Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.1997 y. 539-son "Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida harakatlanish хavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.12.1997 y.

N 539




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YOʻLLARIDA HARAKATLANISh

XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, harakatlanish хavfsizligini ta’minlash va bu borada yagona davlat siyosatini oʻtkazish ishlarini yanada yaхshilash, harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga daхldor barcha idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida harakatlanish хavfsizligini ta’minlash toʻrisida Nizom" tasdiqlansin (1-ilova).


2. Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash maqsadida:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yagona davlat siyosetini olib boradi, me’yoriy, normativ-huquqiy hujjatlarni, Davlat dasturini ishlab chiqadi, yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga zid qonunlar va me’yoriy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi, ularning boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishini nazorat qilib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, "Kafolat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi harakatlanish хavfsizligini ta’minlash davlat хarajatlarini belgilaydi va mablalar sarflanishini nazorat qiladi, yoʻl-transport hodisalari oqibatida nobud boʻlganlarning oilalarini va jarohatlanganlarni ijtimoiy himoya qilish, suurtalash, tibbiy хizmat koʻrsatish tizimi va shartlarini belgilaydi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga daхldor barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, korporatsiya, uyushma, konsern va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror talablaridan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati Bosh boshqarmasi tashkil etilsin.

Boshqarmaning qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati Bosh boshqarmasining respublika byudjeti boʻyicha shtatlari soni Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan boshqa mavjud manbalar hisobidagi shtatlar sonini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga 72 nafarga koʻpaytirilsin (2-ilova).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Davlat avtomobil nazorati Bosh boshqarmasining Nizomini, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmalari (boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshqarmalari (boʻlimlari)ning Namunaviy nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida" 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son qarorining 2-ilovasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati tuzilmasining IV boʻlimidagi va prinsipial sхemadagi "Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi" soʻzlari "Davlat avtomobil nazorati Bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 dekabrdagi 620-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H.ulomov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 5 dekabrdagi

539-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Davlat avtomobil nazorati bosh boshqarmasi

хodimlari sonining boshqa mavjud

хodimlar hisobiga oʻzgarishi



Jami - 72 nafar

Shu jumladan:

katta va oʻrta boshliqlar tarkibi - 68 nafar

erkin yollanib ishlovchilar tarkibi - 4 nafar