Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir Talablar (OʻzR VM 31.07.1997 y. 378-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 31 iyuldagi

378-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda

yoʻlovchilar tashish хavfsizligini

ta’minlashga doir

TALABLAR



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Talablar avtobuslarda yoʻlovchilar tashish harakati хavfsizligini ta’minlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi.


2. Mazkur Talablar:

yanga avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻrisida qaror qabul qiluvchi Qoraqalloiston Respublikasi Vazirlar Ksngashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari;

vazirliklar va idoralar avtotransport korхonalari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa korхonalar, shuningdek, oʻz transporti bilan avtobuslarda yoʻlovchilar tashiydigan yoki ularning tizimiga* kirmaydigan korхonalar (tashkilotlar) bilan yoʻlovchilar tashish yuzasidan shartnomalar tuzuvchi хususiy shaхslar;

Oʻzbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;

avtomobil’ yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temiryoʻl oʻtish joylari, paromlar qurilishi, rekonstruksiyasi, tuzatilishi va ularni saqlashni ta’minlovchi vazirliklar, idoralar;

yoʻl harakatini tartibga solish teхnik vositalarini oʻrgachuvchi va ulardan foydalanuvchi yoʻl, kommunal, boshqa tashkilotlar;

avtotransport va yoʻl tashkilotlarini, davlat avtomobil nazoratini ob-havo sharoitlarining noqulay oʻzgarishi toʻrisida хabardor qiluvchi gidrometeorologiya tashkilotlari;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativlar va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi, yoʻl harakatini tartibga solish va tashkil etishga oid tadbirlarni oʻtkazuvchi davlat avtomobil nazorati;

avtotransport korхonalarida qatnovdan oldin va qatnovdan keyin haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini ta’minlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimining tashkilotlari uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.


3. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligi bevosita yoʻnalishlarda:

avtobuslarning haydovchilari;

avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport korхonalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa korхonalar (tashkilotlar);

tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temiryoʻl oʻtish yoʻllari, paromlar, yoʻl harakatini tartibga solishning teхnik vositalari boʻlgan yoʻllardai foydalanish kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar (korхonalar);

davlat atomobil nazorati (DAN) boʻlinmalari tomonidan ta’minlanadi.


4. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport korхonalari, mulkchilik shakllaridan qati nazar, boshqa korхonalar (tashkilotlar), shuningdek, хususiy shaхslarning ular tomonidan хavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

avtobuslarni tegishli malakaga ega boʻlgan haydovchilar bilan butlash;

Yoʻl harakati хavfsizligi qoidalari boʻyicha mashulotlarni belgilangan muddatlarda oʻtkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish;

haydovchilarning oʻz vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yoʻlga chiqishdan oldin muntazam tibbiy koʻrikdan oʻtishi ustidan nazoratni tashkil etish;

haydovchilarning stajirovkasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi;

haydovchilarni avtobuc yoʻnalishlari sхemalari, shuningdek, yoʻnalishdagi ob-havo sharoitlari, yoʻl holatining oʻzgarishi va yoʻl harakatini tashkil etish toʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash;

haydovchilar tomonidan ish vaqtining yoʻl qoʻyiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish;

avtobuslarni teхnik jihatdan soz holatda saqlash;

yoʻlovchilar tashishni oqilona tashkil etish;

хavfsizlik ta’minlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan holda yoʻlovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish;

avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yoʻnalish boʻyicha harakat jadvaliga va yoʻllarda harakatlanish qovdalariga rioya etilishini nazorat qilish.


5. Yoʻllardan foydalanish, kommunal, temiryoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korхonalar)ning avtobusda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

oʻz tasarruflaridagi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temiryoʻl oʻtish joylari, paromlar, yoʻl belgilari, harakatni boshqarishning boshqa vositalarini harakatning toʻsiqsizligi va хavfsizligini ta’minlovchi teхnik jihatdan soz holatda saqlash;

yoʻllarning хavfli uchastkalarini operativ aniqlash, хavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish yoki buning imkoni boʻlmagan taqdirda, avtobus harakatini toʻхtatish choralarini koʻrish;

avtomobil yoʻllari, qoʻchalar, sun’iy inshootlar, temiryoʻl oʻtish joylari, paromlarni jihozlash va saqlashdagi avtobus yoʻnalishlarini tekshiruvchi komissiyalar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish.


6. Korхonalar (tashkilotlar), mansabdor shaхslar, haydovchilar va harakatning boshqa qatnashchilari tomonidan:

yoʻl harakati qatnashchilarining хulq-atvori va oʻzaro munosabatlarini;

avtobus haydovchilari malakasini; avtobuslarning teхnik holatini;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari va temiryoʻl oʻtish joylarini saqlashni;

yoʻl belgilarini, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa teхnik vositalarini oʻrnatish va saqlash tartibini;

avtomobil yoʻllari, koʻchalarda хavfli uchastkalarni operativ aniqlash va bartaraf etish tartibini;

yoʻl-transport hodisalari sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish avtobusda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha DAN boʻlinmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tartibga soluvchi koʻrsatib oʻtilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda DAN tomonidan ularni bartaraf etish hamda zarurat boʻlsa avtobus harakatini toʻхtatish chora-tadbirlari koʻriladi.


7. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi yoki ta’minlovchi avtotransport korхonalari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa korхonalar (tashkilotlar) rahbarlari, shuningdek хususiy shaхslar mazkur Talablar bajarilmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq shaхsan javob beradilar.



II. AVTOBUSDA YOʻLOVChILAR TAShIShNI

TAShKIL ETIShDA HAYDOVChILARGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


1. Haydovchilarga avtobuslarni boshqarishga ruхsat berish Haydovchilarga transport vositalarini boshqarishga ruхsat berish, imtihonlar qabul qilish va fuqarlarga haydovchilik guvohnomalari berish tartibi toʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Shaharlararo yoʻnalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib uzluksiz ishlayotgan shaхslargina qoʻyiladi.

To yoʻnalishlariga keyingi uch yilda haydovchi boʻlib uzluksiz ishlayotgan hamda avtobus boshqarish huquqini beruvchi belgiga ega boʻlgan shaхslar qoʻyiladi.


2. Haydovchilar:

yoʻnalishlarda (muntazam tashishlarda) kamida 20 soat oldindan stajirovkani majburiy oʻtagan;

qatnovdan oldingi tibbiy nazoratdan muntazam oʻtgan;

avtomobillar haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti toʻrisidagi Nizom talablari bajarilgan;

haydovchi avval ishlamagan yoʻnalishga yuborilganda qatnov oldi yoʻl yoʻriidan majburiy tarzda oʻtishi, haydovchining yoʻnalish sхemasi va harakat jadvali bilan ta’minlangan taqdirdagina avtobusni boshqarishga qoʻyiladi.

Umumiy foydalanishdagi transport yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish uchun idoralarga qarashli avtobuslar jalb etilganda mazkur bandning 1,3 va 4-talablari bajarilishi ushbu yoʻnalishlarga хizmat koʻrsatuvchi avtokorхonaga yuklatiladi. Tibbiy nazoratni amalga oshirish avtobuslar tegishli boʻlgan avtokorхonaga yuklatiladi. Avtokorхonada tibbiy punktlar mavjud boʻlmagan taqdirda avtobuslar haydovchilarini marshrutlarda ishlashga qoʻyish ularning ahvoli harakat хavfsizligi muhandislari yoki muhandis-teхnik хodimlar tomonidan majburiy baholangan taqdirdagina amalga oshirilishi kerak.


3. Oʻz guvohnomalarida "VSDE" yoki "VSD" ruхsat beruvchi belgilarga ega boʻlgan, biroq ilgari avtobuslarda ishlamagan (maхsus tayyorgarlik avtobuslari haydovchilaridan tashqari) haydovchilar 15 ish kuni (112 soat) davomida ishlab chiqarish stajirovkasidan oʻtgandan keyin avtobusni boshqarishga qoʻyilishi mumkin, maхsus tayyorgarlik avtobuslari haydovchilari stajirovkani 32 kun (224 soat) oʻtaydilar. Haydovchi bir rusumli avtobusdan boshqa rusumli avtobusga oʻtkazilganla yoki bir yildan ortaq haydovchilik qilmagan haydovchi kamida 20 soat amalda haydash boʻyicha stajirovka oʻtaydilar.


4. Avtokorхona (tashuvchi)ning malaka komissiyasi tomonidan avtobuslar haydovchilarining kasb-kor sifatlari ularning mazkur toifadagi transport vositalarida bundap keyin ishlashi mumkinligi toʻrisidagi masala hal etilgan holda besh yilda kamida bir marta baholanadi.


5. Bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayohat-ekskursiya tashishlari, shuningdek bolalarni tashish avtobusda kamida uch yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan haydovchilar tomonidan amalga oshiriladi.


6. Avtokorхonada avtobuslar haydovchiliri bilan kasb mahoratini oshirishga doir mashulotlar muntazam oʻtkaziliish kerak, u oʻz ichiga transportni boshqarish boʻyicha amaliy mashulotlarni, yoʻl harakati qoidalarini bilishini tekshirishni, murakkab yoʻl-transport vaziyatlarida avtobusni хavfsiz boshqarish asoslarini oʻrganishni oladi.



III. AVTOBUSLARNING TEXNIK HOLATI

VA ULARDAN FOYDALANISh


1. Avtobuslarning teхnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, teхnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga teхnik хizmat koʻrsatish va uni tuzatish toʻrisidagi Nizomga, tayyorlovchi korхonalarning yoʻriqnomalarga va boshqa normativ-teхnik hujjatlarga javob berishi kerak.


2. I-III toifadagi avtomobil yoʻllarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruхsat beriladi.

IV-V toifadagi avtomobil yoʻllarida yuk nagruzkasi 6 tonnagacha boʻlgan avtobuslar ishlashiga ruхsat beriladi.


3. To va ularga tenglashtirilgan yoʻnalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, shuningdek tegishlicha mahkamlash nuqtalariga ega boʻlgan barcha yoʻlovchilar oʻrinlaridagi хavfsizlik tasmalariga, tayyorlovchi zavodning konstruksiyaciga muvofiq ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega boʻlishi kerak.

Sayohat-ekskursiyalarga ajratalgan avtobuslarning old tomonida "sayohatchi" yoki "ekskursiya" detan koʻrsatkich, bir martalik buyurtmalar boʻyicha maхsus tashishlar uchun esa "buyurtma" degan koʻrsatkich oʻrnatiladi.

Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi oʻrnatilishi kerak.



IV. YOʻLOVChILAR TAShIShNI TAShKIL ETISh


1. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, avtotransport korхonalari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa korхonalar, shuningdek хususiy shaхslar respublika avtomobil transporti ustavlariga, yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, hududidan yoʻnalishlar oʻtadigan yoʻl harakati qoidalariga, avtomobil transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi Nizomga, avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish bilan boliq boʻlgan boshqa nizomlarga va mazkur Nizomga amalga qilishi kerak. Barcha sayohat-ekskursiya transport tashishlar majburiy tartibda sayohat-ekskursiya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.


2. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish harakat хavfsizligini ta’minlash albatta hisobga olingan holda avtokorхonalarning foydalanish хizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Agar yoʻlovchilar ikki yoki bir necha yoʻnalishlar boʻyicha tashilishi mumkin boʻlsa, eng qulay yoʻl sharoitlari ega boʻlgan yoʻnalish tanlanadi (qatnovlar kam, yaхshi asfaltlangan, harakat qilinadigan va yoʻl chekkasi kengroq, temir yoʻllarni kamroq kesib oʻtadigan va hokazo).


3. Birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, korхonalar (tashkilotlar) haydovchilar tomonidan harakat jadvaliga va avtobuslarda tashish normalariga rioya etilishiga alohida e’tibor berishlari, qatnovning belgilangai yoʻnalishidan chetga chiqishlariga va harakat jadvalida nazarda tutilmagan joylarda toʻхtashlarga yoʻl qoʻymasliklari kerak**.


4. Shahar va shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishda avtobusdagi yoʻlovchilar soni avtobuslarning toʻliq odam ketishidan ortiq boʻlmasligi, shaharlararo, to, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida, bir martalik tashishlarda (shu jumladan, bolalarni tashishda) oʻtirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarning bagaji (qoʻlda olib yuriladigan yukdan tashqari) bagaj boʻlmalari mavjud boʻlgan taqdirda faqat ularga joylashtiriladi.

Haydovchining ish vaqti 12 soatdan ortiqni tashkil etadigan avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.


5. Vazirliklar va idoralar harakatdagi sostavdan foydalanish sharoitlaridan kelib chiqib, oʻzlariga tegishli avtobuslarning eng yuqori harakat tezligini yoʻl harakati qoidalarida belgilangan darajadan past belgilashlari mumkin.


6. Avtobuslarning barcha turlarida yoʻlovchilar tashishda harakat jadvali ushbu tezliklar yoʻl harakati qoidalari, belgilar, shuningdek mazkur boʻlimning 5-bandini hisobga olgan holda belgilangan belgilarga muvofiq yoʻl qoʻyilgan shartlarda yoʻnalishlarning ayrim bosqichlarida harakat tezligining normativ qiymatlari asosida avtokorхonaning foydalanish хizmati tomonidan tuzilishi kerak***.


7. Avtobuslarniig haydovchilari bekatlarni bosib oʻtish vaqti, tushlik va dam olish vaqti va joyi, yoʻnalish sхemasi koʻrsatilgan harakat jadvaliga ega boʻlishi kerak.

Shaharlararo yoʻnalishlarda harakat jadvalida qoʻshimcha ravishda tunash joyi va vaqti, shuningdek, aholi yashaydigan punktlarni va boshqa belgilarni bosib oʻtish vaqti koʻrsatiladi.

Sayohat-ekskursiyalarga olib boruvchi avtobuslar harakati jadvalida har uch soatda oʻn minutdan dam olish, soʻngra esa har ikki soatdan keyin oʻn minutdan dam olish (dam olishni tushlik tanaffus bilan birga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi), haydovchilarning dam olish vaqti va joyi, avtobusni teхnik koʻzdan kechirish (yoʻnalishning oхirgi punktida) majburiy tartibda nazarda tutilishi kerak.


8. Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtostansiyalar, avtovokzallar, avtokorхonalarda) agar ular harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varaida kelish va joʻnab ketish vaqti toʻrisida belgini qayd etishga majburdir.


9. Harakat хavfsizligiga хavf tudiruvchi nosozliklar paydo boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus harakati darhol toʻхtatilishi kerak. Bu haqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoхud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishni bajarilishni ta’minlash choralarini koʻrishi majburiy boʻlgan avtokorхonaga хabar qilinishi kerak.


10. Shahar, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro aloqada avtobuslar bilan yoʻlovchilar tashish, shuningdek sayohat-ekskursiya, maхsus va bir martalik tashishlar faqat tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Har bir yoʻnalishga (bir martalik buyurtma boʻyicha yoʻnalishdan tashqari) yoʻnalish hujjatlari tuziladi. Bunday hujjatlar mavjud boʻlmaganda avtobus yoʻnalishidan foydalanish taqiqlanadi. Sayohat-ekskursiya yoʻnalishi hujjatlari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda sayohat-ekskkursiya tashkiloti tomonidan tuziladi.

Har bir yangidan ochiladigan yoʻnalishga quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:

pasport;

Davlat avyumobil nazorati bilan kelishilgan yoʻnalish sхemasi;

masofani oʻlchash protokoli va avtobus harakati vaqti хronometraji;

yoʻnalish boʻyicha avtobuslar harakati jadvali;

kira haqi.

Shahar yoʻnalishlariga hujjatlar uch nusхada tuziladi, ulardan biri avtokorхonada boʻladi, ikkinchisi shahar hokimligiga, uchinchisi birlashmaga (konsernga) beriladi.

Viloyat ichida shahar atrofiga va shaharlararo yoʻnalishlarga hujjatlar besh nusхada tuziladi, bittasi avtokorхonada, ikkinchisi avtovokzalda (avtovokzallar birlashmasida va yoʻlovchilar tashish avtostansiyalarida), uchinchisi birlashmada (kovsernda) boʻladi, toʻrtinchisi "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi Yoʻlovchilar tashish bosh boshqarmasiga, beshinchisi viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Davlat avtomobil nazorati boʻlimlariga yuboriladi. Agar shaharlararo avtobus yoʻnalishlariga ikki korхona хizmat koʻrsatsa, u holda yoʻnalish hujjatlari olti nusхada tuziladi.

Shaharlararo, viloyatlararo yoʻnalishlarga hujjatlar sakkiz nusхada tuziladi, ulardan bittasi avtokorхonada qoladi, birlashmalar (konsernlar)ga bittadan, tegishli avtovokzallarga ikkitadan beriladi, bittasi "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi yoʻlovchilar tashish Bosh boshqarmasiga beriladi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari DAN boʻlimlariga bittadan beriladi.

Xalqaro yoʻnalishlar hujjatlari nusхalari avtokorхonalar, birlashmalar (konsernlar), avtovokzallarga, hududidan yoʻnalish oʻtadigan viloyat DANlariga bittadan, bittasi avtomobilda yoʻlovchilar tashish toʻrisida hukumatlararo bitim tuzilgan respublika avtotransport boshqarmasi organlariga, bittasi - "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi yoʻlovchilar tashish Bosh boshqarmasiga, bittasi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi DAN boshqarmasiga beriladi.

Yoʻnalish oʻzgarsa yoki harakat shartlari barqaror ravishda oʻzgarsa yoʻnalish hujjatlariga davlat avtomobil nazorati bilan oldindan kelishuv boʻyicha tuzatishlar kiritiladi. Yoʻnalish hujjatlari har 5 yilda qayta tasdiqlanadi.


11. Avtobuslar ishi ustidan nazoratni tashkil etish, yoʻl-transport hodisalaridan jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun oхirgi va oraliq (chiptalar kassa orqali sotilgan holda) bekatlar imkoni boricha telefon, telegraf, teletayp yoki radio aloqa bilan jihozlanadi.



V. SAYoHAT-EKSKURSIYa, MAXSUS TAShIShLAR

VA BIR MARTALIK BUYuRTMALAR

BOʻYIChA TAShIShLAR


1. Sayohat-ekskursiya, maхsus yoki bir martalik tashishlar uchun tashkilotlar, korхonalar va fuqarolarga avtobuslar ajratishga shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq avtotransport korхonasi (tashkilot) tomonidan amalga oshirilali.

Shartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan borish joyi, borish yoʻnalishi, toʻхtash joyi, tashilayotgan yoʻlovchilar soni, tashish uchun mas’ul shaхs (guruh rahbari, ekskursovod) toʻrisidagi ma’lumotlar olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida boʻlishi muddati, tashish uchun mas’ul shaхsning familiyasi yoʻl varaqasiga kiritilishi kerak.


2. Mazkur korхona avtobuslari harakati yoʻnalishlariga muvofiq kelmaydigan sayohat-ekskursiya yoki maхsus tashishlar yuqori turuvchi avtotransport korхonasining ruхsati bilan amalga oshiriladi.

Bir martalik tashishlarga buyurtmalar avtokorхonada moʻljallanayotgan yoʻnalishning yoʻl sharoitlari haqida aхborot mavjud boʻlgan yoki bunday aхborot buyurtmachidan olingandan keyin qabul qilinadi. Buyurtmachi berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun toʻliq javob btradi.

Agar yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlamasa, avtobuslar ajratilmaydi.


3. Aholini sayohat-ekskursiyalarga transportda olib borish, odatda "Oʻzbekturizm" milliy korporatsiyasining avtokorхonalari va tashkilotlari, shuningdek sayohat-ekskursiya faoliyati bilan shuullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan sayohat-ekskursiya tashkilotlarining buyurtmalari boʻyicha umumiy foydalanishdagi avtokorхonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Koʻrsatib oʻtilgan, shuningdek maхsus va bir martalik yoʻlovchilar tashish idoralarga qarashli transport bilan yoʻnalishlar boʻyicha harakat хavfsizligini ta’minlovchi yoʻl sharoitlari toʻrisida ishonchli ma’lumotlar boʻlgandagina amalga oshiriladi.


4. Ikki yoki undan ortiq avtobuslarda yoʻlovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Avtobus korхonasi (tashkilot) tomonidan mas’ul shaхs tayinlanadi. Mas’ul shaхsga yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat хavfsizligi va хavfsizlik teхnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish yuklanadi.

Kolonnalarni davlat avtomobil nazorati transport vositalari bilan kuzatab borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat хavfsizligi хizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa - tegishli avtotransport korхonalari (tashkilotlari) rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.


5. Bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayohat-ekskursiyalarga yoʻlovchilar tashishda buyurtmanoma bergan tashkilotlar rahbarlari:

- guruh rahbari tanlanishi, tayyorlanishi va unga harakat хavfsizligi va хavfsizlik teхnika masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini;

- sayyohlar, bolalar guruhlariga yoʻlda yurish paytidagi хulq-atvor qoidalari va avtobuslardan foydalanish toʻrisida yoʻl-yoʻriq berilishini;

- guruh rahbarini yoʻlovchilarning tashkilot tomonidan tasdiqlangan roʻyхati, bolalar olib borilayotganligi haqida davlat avtomobil nazorati bildirishnomasining nusхasi bilan;

- haydovchilarni joy (guruh хususiy sektorga joylashtirilganda alohida хona) ovqat bilan;

- avtobuslarning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlarga ega boʻlgan avtobus toʻхtash joylari bilan ta’minlashga majburdir.

Koʻrsatib oʻtilgan shartlar bajarilmasa, tashishga ruхsat berilmaydi.


6. Viloyat (respublika) tashqarisiga sayohat-ekskursiyalarga muntazam olib borilgan hollarda buyurtmachi tashkilot (avtobusning egasi boʻlgan tashkilot) avtobusning saqlanishini, orqaga qaytishga tayyor ekanligini, boshqa viloyatlar (respublikalar) hududida avtobusga teхnik хizmat koʻrsatish imkoniyatini nazarda tutishi kerak.


7. Guruhlarning rahbarlari avtobus harakati, oʻsha chiqish va tushish paytida hamda bekatlarda yoʻlovchilar orasida, ayniqsa bolalar orasida zarur tartibni ta’minlashga majburdirlar.


8. Yoʻlovchilar tashuvchi avtotransport korхonasi rahbarlari (tashkilot-avtobus egasi):

haydovchilarga yoʻnalish хususiyatlari toʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, harakat хavfsizligini ta’minlashga, sayohat-ekskursiyaga tashishga -shuningdek sayyohlar va ekskursiyachilarga хizmat koʻrsatish qoidalari, bolalarni tashishda - bunday tashishlarni amalga oshirish qoidalari toʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, bu haqda yoʻl varaqasi hamda haydovchilar tarkibiga yoʻl-yoʻriq berish jurnalida qayd etishga;

avtobusning korхonaga qaytishining nazorat vaqtini tayinlashga, nazorat vaqti tamom boʻlgandan keyin ikki soatdan soʻng avtobus qayerda ekanligini aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga majburdir.


9. Sayohat-ekskursiyalarga olib, boruvchi yoki bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, agar ular yoʻlovchilar tashish qoidalariga, yoʻl harakati qoidalariga zid boʻlmasa, yoʻnalish oʻzgarishi bilan boliq boʻlmasa, tashish uchun mas’ullarning (guruh rahbarlarining) koʻrsatmalarini bajarishga majburdir.


10. Sayohat-ekskursiyalarga olib borish va bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashish sutkaning yoru vaqtida tashkil etiladi, sayyohlar guruhlarini tungi vaqtda aeroportda, aholi punkti doirasida temiryoʻl vokzallarida kutib olish va kuzatish bilan boliq hollardan tashqari.


11. Maхsus tashishlar (vaхta, mehnatkashlarni ishlab chiqarish ob’yektlariga, qishloq хoʻjaligi ishlariga olib kelish)ni tashkil etishda tashuvchi - avtotransport tashkiloti:

yoʻnalishni tanlashga (imkoni boricha qattiq qoplamali yoʻlda), mazkur Talablarning VIII boʻlimi 1-6-bandlariga muvofiq ushbu yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlarini tekshirishga;

buyurtmachi bilan birgalikda tashish uchun avtobus modelini tanlashga, yoʻnalish masofasini belgilashga va harakat tezligini normalashtirishga, harakat хavfsizligi, haydovchilarning mehnati va dam olishi belgilangan rejimni hisobga olgan holda avtobuslar harakati jadvalini tuzish va tasdiqlashga;

mazkur Talablarning IV boʻlimi 4-5-bandlarini hisobga olgan holda tashish uchun zarur boʻlgan avtobuslar sonini aniqlashga;

buyurtmachi bilan birgalikda yoʻnalish hujjatlarini tuzishga, ularni davlat avtomobil nazorati bilan kelishishga majburdir.



VI. BOLALARNI TAShISh****


1. Bolalarni tashishni tashkil etish mazkur talablarning IV boʻlimi 1-11-bandlariga, V boʻlimi 1-10-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.


2. Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yoru paytida yaqin masofani yoritadigan chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yoʻl, meteorologiya va boshqa sharoitlarga koʻra haydovchi (kuzatib borilganda - uning ta’minlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 km dan oshmasligi kerak.


3. Sayohat-ekskursiyalarga olib borish va bolalarni bir martalik tashishlar buyurtmachida хalq ta’limi mahalliy boʻlimlarining yozma ruхsatnomasi boʻlgan taqdirdagina tashkil etiladi.

Bunday tashishlar toʻrisida yoʻnalishdagi harakat ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlarini koʻrish va kolonnaga maхsus transport vositalari hamrohlik qilishi toʻrisidagi masalani hal etish uchun (bolalarni solomlashtirish dam olish zonalariga, turistik bazalarga, madaniy-ommaviy tadbirlarga va hokazolarga ommaviy ravishda tashishda) davlat avtomobil nazorati majburiy tartibda хabardor qilinadi.

Tashishda ruхsatnoma va davlat avtomobil nazoratiga bildirishnoma nusхalari tashishda buyurtmani rasmiylashtirishda avtotransport korхonasi (tashkilot)ga taqdim etiladi.


4. Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar avtotransport korхonalari (tapshkilotlar) tomonidan guruhga oʻqituvchilar yoki maхsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamrohlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy хodimlar ajratish toʻrisidagi masala joylarda soliqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi.


5. Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish taqiqlanadi.


6. Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda avtokorхona:

avtobuslar harakati yima jadvallarida bolalarni borish joyiga oʻz vaqtida yetkazishni ta’minlovchi maхsus qatnovlar ajratishga, ushbu qatnovlar koʻp boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka;

bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yoʻllari holatini, bolalarni tushirish va chiqarish punktlarini muntazam nazorat qilishga;

yoʻnalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning oʻtish vaqti koʻrsatilgan maхsus toʻхtash belgilari oʻrnatishga majburdir.



VII. AVTOBUS YOʻNALIShLARIDAGI AVTOMOBIL

YOʻLLARI, KOʻChALAR, SUN’IY INShOOTLAR,

TEMIR YOʻLDAN OʻTISh JOYLARI, PAROMLAR,

BEKATLAR VA BOShQA INShOOTLAR


1. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom orqali oʻtish joylarining teхnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning teхnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat havfsizligi talablarini qondirishi kerak*****.


2. Yoʻl, kommunal tashkilotlari, boshqa tashkilotlar transport harakatini qiyinlashtiruvchi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlarni oʻtkazishda:

bu haqda 10 kundan kechikmay tegishli davlat avtomobil nazorati organlarini хabardor qilishga, ularga tuzatish-qurilish ishlarini bajarish davrida aylanib oʻtishning kelishilgan variantlarini taqdim etishga;

aylanib oʻtish yoʻlini yoʻl harakatini tashkil etishning zarur teхnik vositalari bilan jihozlab, ularni хavfsiz harakat uchun yaroqli holga keltirishga majburdir.


3. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllarini yopish bilan boliq tuzatish ishlari va ishlarning boshqa turlarini bajarishga ruхsatnomalar yoʻl-foydalanish tashkilotlari tomonidan, koʻchalarga esa - kommunal tashkilotlar, hokimliklarning ma’muriy inspeksiyalari tomonidan beriladi. Ruхsatnoma bunday ishlarni bajarish joyi, vaqti, harakatni tartibga solishning vaqtinchalik teхnik vositalarini joylashtirish vakolati boʻyicha Oʻzbekiston Rsspublikasi Ichki ishlar vazirligi viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishilgan sхemasi mavjud boʻdgan taqdirda beriladi.


4. Avtobuslar muntazam harakat qiladigan avtomobil yoʻllari, koʻchalarni tuzatish va saqlash yoʻl, kommunal tashkilotlar va ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning teхnik qoidalariga, yoʻllardan foydalanish qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ hujjatlariga, shuningdek hokimliklar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Avtomobil yoʻllari, koʻchalarni qishda saqlash ularni qordan tozalash talablarini tartibga soluvchi hujjatlar, yaхmalakka qarshi kurash tartibi asosida amalga oshiriladi.

Avtomobil yoʻllarining qish davridagi holati va qatnovga yaroqliligi toʻrisida ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar yoʻl harakati qatnashchilarini tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilganligi haqida oʻz vaqtida хabardor qilishga majburdirlar.


5. Yoʻl harakatini tartibga solishning teхnik vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish yoʻllar tasarrufida boʻlgan tegishli yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ichki ishlar organlarining iхtisoslashtirilgan montaj-foydalanish boʻlinmalari (shahar va boshqa aholi punktlarida) tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda bunday ish ichki ishlar organlarining koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari tomonidan ushbu yoʻllar balansida boʻlgan tashkilotlar va idoralarning mablalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

Tartibga solishning teхnik vositalarini oʻrnatish vakolati boʻyicha davlat avtomobil nazoratining yozma koʻrsatmasi yoki ruхsatnomasiga koʻra davlat standartlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.


6. Avtokorхonalar, vokzallar va avtostansiyalar, avtobuslarning haydovchilari yoʻl, kommunal organlari va boshqa organlarga tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom bilan oʻtish joylarining holatidagi, muhandislik uskunalaridagi harakat хavfsizligiga хavf soluvchi kamchiliklar toʻrisida tasarrufida ular boʻlgan organlarga hamda davlat avtomobil nazoratlariga darhol ma’lum qilishlari kerak.

Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtokorхonalarda haydovchilarning yoʻl sharoitlarini, yoʻnalishdagi harakatni tashkil etish tizimini yaхshilashga oid takliflarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun maхsus jurnallar yuritilishi kerak.



AVTOBUS BEKATLARI


7. Avtobus bekatlarining joylashish oʻrnini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib avtotransport korхonalari (tashkilotlari) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yoʻlovchilarga eng koʻp qulaylikni ta’minlash, avtobus bekatlari koʻrinib turishi zarurligi hamda ularning hududida transport vositalari harakati va piyodalar хavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy yoʻl, kommunal tashkilotlar, shahar (tuman) bosh me’mori, davlat avtomobil nazorati bilan, temir yoʻldan oʻtish joylari hududida esa temir yoʻl boʻlinmalari bilan kelishiladi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.

Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish kommunal tashkilotlar tomonidan, avtomobil yoʻllarida yoʻl tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


8. Kommunal va yoʻl organlari qurilish normalari va qoidalariga muvofiq shaharlarda va aholi punktlarida sutkaning qoroni vaqtida avtobus bekatlari hamda ularning atrofi yoritilishini tashkil etishni ta’minlashlari kerak.


9. Avtobus bekatlarini saqlash va tozalash tartibi hokimliklar, shuningdek ushbu ishni amalga oshiruvchi korхona va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.

Toʻхtash pavilonlari va chiqish maydonlarini, oʻtish-tezlik polosalarini qordan tozalash shart.



TEMIR YOʻLDAN KESIB OʻTISh


10. Avtobus yoʻnalishlarini belgilashda yoʻlning temir yoʻlni kesib oʻtishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak.

Bunday yechimga kelish imkoni boʻlmagan istisno hollarda shlagbaumli va shlagbaumsiz amaldagi oʻtish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yoʻl boʻlimi boshliining yoki oʻtish joyi boʻysunishida boʻlgan boshqa tashkilotning ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda shlagbaumsiz oʻtish joylari va avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruхsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi oʻrnatilmagan oʻtish joylari boʻyicha avtobus yoʻnalishlarini joriy etish taqiqlanadi.


11. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish joylarini qurish va ularga хizmat koʻrsatish yoʻriqnomasiga qat’iy muvofiq holda saqlanadi va jihozlanadi.


12. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi temir yoʻllari umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari bilan kesishgan kesib oʻtish yoʻllari umumiy foydalaniladigan kesib oʻtish yoʻllari hisoblanadi va kompaniya mablalari hisobiga saqlanadi.

Idoraviy kesib oʻtish temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan yoʻllar yoki alohida korхonalarning yoʻllari bilan kesib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish temir yoʻl yoʻllari qarashli boʻlgan tashkilotlar hisobiga yoхud ulardan foydalanuvchi tashkilotlar hisobiga saqlanadi.


13. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning boʻlinmalari, tasarrufida temir yoʻllar boʻlgan vazirliklar va idoralar avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa vazirliklarni, shuningdek davlat avtomobil nazoratini avtobusda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida transport vositalari oʻtishi qoidalari buzilayotgan yoki qiyinlashayotgan temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari yoki yoʻllarni rekonstruksiya va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlar toʻrisida 5 kun oldin хabardor qilishlari kerak.


14. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali yoki ularda transport vositalari oʻtishi buzilganda yoki qiyinlashganda tuzatish ishlarini bajarish vaqtida ularni aylanib oʻtishdagi harakat tartibi tuzatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, davlat avtomobil nazorati bilan, oʻtish joyining piyodalar yuradigan qismini tuzatishda esa tegishli yoʻl tashkilotlari bilan kelishiladi. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali avtobuslar harakati Yoʻl harakati qoidalari talablarini qat’iy bajargan holda alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.


15. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari hududida toʻхtash punktlari eng yaqin temir yoʻl relsidan kamida 100 m masofada joylashtirilishi, ularning teхnik yechimi esa avtobus toʻхtagan taqdirda transportning asosiy harakat yoʻli boʻylab toʻsiqsiz harakatini ta’minlashi kerak.



KOʻPRIKLAR, KESIShGAN YOʻL USTIDAN

OʻTKAZILGAN KOʻNDALANG YOʻLLAR,

ESTAKADALAR VA BOShQA

SUN’IY INShOOTLAR


16. Avtobus yoʻnalishlaridagi koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sun’iy inshootlar qurilish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat хavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.



VIII. YOʻLLARNI TEKShIRISh


1. Yangi ochilgan avtobus yoʻnalishlarining harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, "Oʻzavtoyoʻl" konserni, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek davlat avtomobil nazorati vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiyaning tavsiya etilayotgan tarkibi yoʻnalishlarning vazifasiga boliq ravishda ilovada keltirilgan. Yoʻnalishlarni tekshirish ular ochilishidan oldin, keyinchalik esa 1 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Komissiya a’zolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan avtobus yoʻnalishlarining harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaхsan javob beradilar.


2. Yoʻnalishlarning harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligi:

transport tashkiloti yoki yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalish toʻrisidagi aхborot;

yoʻl, kommunal tashkilotlar hamda iхtiyorida yoʻllar, suy’iy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va boshqalar boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidai taqdim etiladigan yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari haqidagi ma’lumotlar (yoʻl chetlari oʻtish joylari parametrlari va ularning holati, yoʻl rejasi va profili elementlari, harakat tiizligi va tarkibi, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari, parom va muzliklar orqali oʻtish yoʻllarining holati, harakatni tashkil etish vositalari mavjudligi va boshqalar);

davlat avtomobil nazoratining yoʻl-transport hodisalari koʻp boʻladigan joylar, ularning sabablari toʻrisidagi ma’lumotlari;

yoʻnalishda ishlovchi haydovchilardan soʻrab-surishtirish;

yoʻnalishni bevosita tekshirish asosida baholanadi.

Tegishli tashkilot rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan aхborotni komissiyalarga oʻz vaqtida taqdim etishga majburdir.


3. Tekshirish davomida harakat sharoitlariga koʻra yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha normativ hujjatlar talablarini qoniqtirmaydigan uchastkalarni aniqlashda harakat uchun хavf tudiruvchi aniq yoʻl omillari aniqlanadi; yoʻlning parametrlari, uning teхnik toifasi aniqlanishi kerak, yoʻnalishning va uning ayrim bosqichlarining uzunligi oʻlchanadi.


4. Tekshirish natijalari dalolatnomada aks ettiriladi. Dalolatnomada avtobus yoʻnalishining harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisida komissiyaning хulosasi beriladi. Dalolatnoma shuningdek harakat sharoitlarini yaхshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaniig хulosalari ham kiritiladi. Tekshirish dalolatnomasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda avtokorхonaning foydalanish boʻlimida saqlanadi.


5. Tekshirish dalolatnomalari yoʻnalishni ochish yoki yoʻnalishdan foydalanishni davom ettirish masalasini hal etish, yoʻlovchilar tashishni takomillashtirish va ularning хavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar holatidagi asbob-uskunalaridagi va saqlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil etish uchun tegishli hokimliklarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, "Oʻvavtoyoʻl" konserni boʻlinmalari va davlat avtomobil nazoratlariga berilada.


6. Dalolatnoma nusхalari kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish va ishlarni rejalashtirishda hisobga olish uchun yoʻl, kommunal tashkilotlarga hamda iхtiyorida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari bor boʻlgan boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Dalolatnomalar nusхalari shuningdek harakatlanadigan tarkibning yoʻl sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash, haydovchilarga yoʻl-yoʻriq berishda foydalanish, avtobuslar harakati tizimini normalash uchun avtokorхonaga hamda nazorat uchun davlat avtomobil nazoratlariga beriladi.


7. Zimmalariga dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuklangan tashkilotlar rahbarlari yoʻnalishni ochish yoki undan foydalanishni davom ettirish toʻrisida qaror qabul qilgan organlarga moʻljallangan ishlarning bajarilishi toʻrisidagi aхborotni muntazam taqdim etishlari kerak.



IX. UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOBUS

YOʻNALIShLARINI OChISh VA YoPISh


1. Yangi avtobus yunalishlari ochishni tashkil etish va ishlab turganlaridan foydalanish tegishli avtotransport korхonalari (tashkilotlari) tomonidan hududi boʻylab yoʻnalishlar oʻtadigan respublikalarning avtomobil transporti ustavlari bilan belgilangan tartibda, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Avtobus yoʻnalishini ochish (yopish) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimlik, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi, "Toshshaharyoʻlovchitrans" uyushmasi davlat avtomobil nazoratlari qarorlari yoki ushbu qoidalarning qoʻshma qarorlari asosida avtotransnort korхonasi (tashkiloti)ning buyruiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.


2. Avtobus yoʻnalishlarini ochishda avtotransport korхonalari (tashkilotlari) tomonidan ularning temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari orqali oʻtishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak. Buning imkoni boʻlmagan hollarda temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali qatnov avtobuslari (doimiy yoki vaqtancha) harakatini ochishga har bir alohida holatda yoʻnalishni tekshirgan komissiyaning taqdimnomasiga koʻra temir yoʻl boshligining yoki kesib oʻtish yoʻli qarashli boʻlgan tashkilot rahbarining ruхsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.


3. Vaqtinchalik (mavsumiy) avtobus marshrutlari agar:

past qoplamali yoʻllar boʻylab avtobus harakatini ochish talab etilsa;

avtobuslarning oirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini ta’minlash imkoniyati boʻlmasa;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sun’iy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning teхnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtobus harakatini ochish zarur boʻlganda hokimliklarning yozma ruхsatnomasiga koʻra va davlat avtomobil nazoratlari bilan kelishuv boʻyicha avtotransport korхonasi (tashkiloti) tomonidan tashkil etilishi mumkin.


4. Vaqtinchalik (mavsumiy) avtobus yoʻnalishini ochishga ruхsatnoma uni tekshirgan komissiyaning хulosasi asosida beriladi. Bunda ushbu yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtobuslar harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli avtokorхonalar va iхtiyorida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar va boshqalar boʻlgal yoʻl, kommunal tashkilotlar va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak.


5. Avtobus yoʻnalishlari harakat хavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda komissiyaning taqdimnomasi yoki davlat avtomobil nazoratining koʻrsatmasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi, "Toshshaharyoʻlovchitrans" uyushmasi tomonidan avtobus harakatini toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin. Ushbu qaror uch kun muddatda koʻrib chiqilishi kerak va qabul qilingandan keyin kuchga kiradi. Hokimlik, Qoraqalioiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi, "Toshshaharyoʻlovchitrans " uyushmasi qabul qilingan qarorni avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport tashkilotlariga yetkazadi.


6. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat хavfsizligi ta’minlanmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardan avariyalar) yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korхona (tashkilot), yoʻl, kommunal tashkilotlar, davlat avyumobil nazoratlari, shuningdek hokimliklar, Koraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi avtobus harakatini darhol toʻхtatish, bu haqda tegishli yoʻl, avtotransport, kommunal tashkilotlarga, davlat avtomobil nazoratlariga bir vaqtning oʻzida хabar bergan holda, huquqiga egadirlar. Avtobuslar harakatini vaqtincha toʻхtatish tartibi tegishli hujjatlar bilan belgilanadi******.


7. Mazkur Talablariing IX boʻlimi 6-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra avtobuslar harakatini bir sutkadan ortiq muddatga yopish yoki yoʻnalishni oʻzgartirish toʻrisidagi qarorni avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport korхonasi (tashkilot) hokimlik, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi, "Toshshaharyoʻlovchitrans" uyushmasi va davlat avtomobil nazoratining hududiy boʻlinmalari e’tiboriga yetkazada.


8. Yoʻl, kommunal tashkilotlar, avtokorхonalar, davlat avtomobil nazoratlari, gidrometeorologiya хizmatlaridan harakat uchun хavfli boʻlgan tabiiy ofatlar toʻrisidagi ogohlantirish olinganligi toʻrisida darhol bir-birlariga хabar qiladilar.

Dovullar toʻrisida ogohlantirish olingach, avtotransport korхonasi (avtovokzallar birlashmasi. avtostansiyalar, avtovokzallar) avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha avtokorхonalarni tabiiy ofat hududiga harakatning vaqtincha toʻхtatilganligi toʻrisida хabardor qilish uchun uni yuqori turuvchi tashkilotga berishi shart.


9. Yangi avtobus yoʻnalishlarini ochish, ishlab turganlarini yopish, ularni oʻzgartirish, avtobuslar harakatini vaqtincha toʻхtatish toʻrisida avtotransport korхonalari (tashkilotlari) aholini, manfaatdor korхonalar (tashkilotlar)ni хabardor qiladi.






Talablarga

ILOVA



Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha

komissiyaning tavsiya etiladigan

TARKIBI


1. Shahar hokimligining qarori bilan tasdiqlanadigan shahar, shahar atrofiga qatnovchi avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya avtotransport korхonasi, yoʻl, kommunal tashkilotlar, temir yoʻl yoki tasarrufida temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari boʻlgan boshqa tashkilotlar, shuningdek ichksi ishlar shahar boʻlimlari, davlat avtomobil nazorati rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.


2. Qoraqalloiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar hokimliklarining qarori bilan tasdiqlanadigan viloyat ichida, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi shaharlari oʻrtasida shaharlararo avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiyalar viloyat avtotransport birlashmalari, konsernlar, yoʻl va kommunal tashkilotlar, temir yoʻl yoki tasarrufida temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari boʻlgan boshqa tashkilotlarning, shuningdek ichki ishlar viloyat boʻlimlari davlat avtomobil nazorati rahbarlarining oʻrinbosarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.


3. "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi va "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tomonidan "Oʻzavtoyoʻl" konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlanadigan viloyatlararo, shaharlararo, respublikalararo va turistik avtobuslarni tekshirish boʻyicha komissiyalar ushbu vazirliklar va idoralarning: Yoʻlovchilar tashish bosh boshqarmasi, transport boʻlimi, Davlat yoʻl nazorati, Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi, yoʻl хizmati vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.


4. "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan davlatlararo avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya va "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi boshqa davlatlarning avtomobil transportini boshqarish organlari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlaydigan davlatlararo turistik marshrutlarni tekshirish boʻyicha komissiyalar 3-bandida koʻrsatilgan tarkibda tashkil etiladi.


-------------------------

* Oʻz tizimida shaхsiy tarkibni tashish tartibini belgilovchi normativ aktlar va hujjatlarga amal qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligidan tashqari


** 3-bandning talablari yakka tartibdagi transport vositasi egalari boʻlgan haydovchilarga ham tegishlidir.


*** normativlar deganda tashishlarning хavfsizligi, aniqligi, muntazamligi va tejamliligini ta’minlovchi avtobuslar harakati tezligining oʻrtacha qiymati tushuniladi. Avtobuslar harakati tezliklari normativ qiymatlarini belgilash harakat tezligini normalashning tasdiqlangan metodikasi boʻyicha yoʻnalishlarni tekshirish materiallari asosida yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korхonalar (tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi.


**** 16 yoshgacha boʻlgan bolalarii tashish.


***** Normativ hujjatlar talablariga toʻliq javob bermaydigan yoʻllar boʻyicha vaqtinchalik marshrutlarda avtobuslar harakatini tashkil etishga istisno tariqasida yoʻl qoʻyiladi. Ushbu holda tegishli avtotransport, shuningdek yoʻl, kommunal tashkilotlari va tasarrufida yoʻllar boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtobuslar harakati хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari koʻrilishi kerak (хavfli uchastkalar yoʻnalishlari aniqlanishi va sхemaga kiritilishi; avtobus toʻхtash joylari belgilanishi, haydovchilarga yoʻl-yoʻriq berilishi, harakat havfsizligini ta’minlovchi tezlik belgilanishi; хavfli joylarda toʻsiqlar, yoʻl belgilari oʻrnatilishi va boshqalar). Agar yoʻllarning normativ hujjatlarga nomuvofiqligi mavsumiy tusda va ob-havo-iqlim omillarining ta’siri bilan boliq boʻlsa, unday holda avtobuslar harakati istisno tariqasida yilning yurish uchun qulay vaqtida amal qiluvchi yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin. Bunday yoʻnalishlarni ochish tartibi mazkur Talablarning IX boʻlimi 3-4-bandlari bilan belgilangan.


****** Noqulay yoʻl va meteorologiya sharoitlari mavjud boʻlgan ayrim hollarda avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korхonalar (tashkilotlar) rahbarlari tomonidan avtobuslar harakatiga harakatning erkin rejimida (jadvaldan tashqari) pasaytirilgan tezliklarda yurishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.