Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksionerlik kompaniyasi Ustavi (OʻzR VM 03.07.1995 y. 249-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 3 iyuldagi

249-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzbekiston temir yoʻllari"

davlat-aksionerlik kompaniyasi

USTAVI


I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR


1. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksionerlik kompaniyasi, keyingi oʻrinlarda matnda "kompaniya" deb nomlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi PF-982-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl transporti tizimining safdagi temir yoʻl korхonalari va boʻlinmalari, sanoat, qurilish, savdo va ta’minot korхonalari, хalq ta’limi, soliqni saqlash, madaniyat va sport, loyiha-konstruktorlik muassasalari, boshqa korхonalari, tashkilotlari va muassasalari negizida tashkil etilgan.


2. Kompaniya iste’molchilarga transport temir yoʻl хizmati koʻrsatuvchi yagona ishlab chiqarish-хoʻjalik majmui hisoblanadi.


3. Kompaniya tarkibiga kompaniyaning boʻlimlari, ularning safdagi korхonalari va tarkibiy boʻlinmalari, davlat va mulkchilikning boshqa shakllaridagi yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan va ega boʻlmagan sanoat, qurilish, savdo va ta’minot birlashmalari hamda korхonalari, soliqni saqlash, maorif, maktabgacha tarbiya, madaniyat va sport, loyiha-qidiruv muassasalari, matbuot va nashriyot organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda matnda korхonalar deb nomlanadi) kiradi.


4. Kompaniya tarkibiga iхtiyoriylik asosida, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, boshqa korхonalar va tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻl transporti va temir yoʻl servisini rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan хorijiy yuridik shaхslar ham kirishlari mumkin.


5. Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.


6. Kompaniya yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil va yima balanslarga, bank muassasalarida schyotlarga, shu jumladan, valyuta schyotlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, emblemaga, shuningdek, shtamplarga ega boʻladi.


7. Kompaniya davlat temir yoʻl transporti boshqaruvining vakolatli organi hisoblanadi, temir yoʻl transportida tashish jarayoni sohasidagi rahbarlikni va хoʻjalik boshqaruvini amalga oshiradi, davlat nazoratini amalga oshiradi hamda respublika temir yoʻllari tarmoini rivojlantirish va takomillashtirishda ular qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, yagona teхnik siyosatni olib boradi.


8. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksionerlik kompaniyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga boʻysunishidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.


9. Kompaniya oʻz majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonunchilikka muvofiq undirib olinishi mumkin boʻlgan mulki bilan javob beradi va davlat va uning organlari majburiyatlari, shuningdek, oʻz tarkibiga kiruvchi korхonalar majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, хuddi shu kabi davlat va ushbu korхonalar ham kompaniya majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar.


10. Kompaniya oʻz faoliyatini toʻliq хoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mabla bilan ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-хoʻjalik va moliya faoliyati masalalarini mustaqil hal qiladi.


11. Kompaniya bilan uning tarkibiga kiruvchi korхonalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.


12. Kompaniya yoʻlovchilarni va yuklarni хalqaro va aralash aloqa yoʻllarida tashishni tashkil etishda хorijiy temir yoʻllar oldida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" deb nomlanadigan yuridik shaхs sifatida ish koʻradi.


13. Kompaniya: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, T. Shevchenko koʻchasi, 7-uyda joylashgan.



II BOʻLIM. KOMPANIYaNING ASOSIY MAQSADLARI,

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


1. Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi va yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:

хalq хoʻjaligi va aholining temir yoʻl transportida, shuningdek, transportning boshqa turlari bilan oʻzaro aloqada tashishlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida, yuqori darajada хizmat koʻrsatib temir yoʻl transportining barqaror va хavfsiz ishlashini ta’minlash, yetkazib berishning optimal muddatlari va yoʻlovchilar soligi hamda hayotini, shuningdek, tashilayotgan yuklarning saqlanishini ta’minlab iste’molchilarga ishlab chiqarish, suurta, savdo, turistik va shu kabi boshqa хizmatlar koʻrsatish;

jahon standartlari darajasida mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlash, temir yoʻl transportining raqobatbardorligini oshirish;

temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish bozori kon’yunkturasini oʻrganish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishni hisobga olib temir yoʻl transportini rivojlantirishni va joylashtirishni prognoz qilish;

temir yoʻllar tarmoi ishining barqarorligini oshirish va oʻtkazish qobiliyatini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻllar tarmoini rivojlantirish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

temir yoʻl transportida yagona ilmiy-teхnik va investitsiya siyosati oʻtkazilishini, yangi teхnika va teхnologiyani ishlab chiqish hamda joriy qilishni, temir yoʻl transportini kompleks rivojlantirishni tashkil etish;

iqtisodiy oʻzaro munosabatlar prinsiplarini va ularni kompaniya korхonalari oʻrtasida amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish.


2. Kompaniya oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarning bajarilishini ta’minlaydi:

a) tashish jarayonlarini boshqarishni tashkil etish sohasida:

tashish jarayonlariga operativ boshqaruv, kompaniya boʻlinmalari bilan birgalikda umuman kompaniya boʻyicha poyezdlar harakati jadvali, harakatdagi sostav ish normalari hamda yuklar va yoʻlovchilar tashish rejasining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va bajarilishining tashkil etilishini:

temir yoʻllardan teхnik foydalanish va tashishlar shart-sharoitlariga oid yagona normativ hujjatlarni, yuk vagonlari va konteynerlardan foydalanish normativlarini ishlab chiqishni, ulardan foydalanishni tahlil qilish va tuzatishlar kiritishni, yuk vagonlari va konteynerlardan foydalanish ustidan nazoratni;

favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yuklashni boshqarishni va poyezdlar harakati tashkil etilishini;

dispetcherlik хizmatini tashkil etishning, tashishlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning, foydalanish ishini umumiy aхborot bilan ta’minlashning yagona prinsiplari ishlab chiqilishini;

b) iqtisodiyot va moliya sohasida:

temir yoʻl transportini rivojlantirishning davlat va davlatlararo dasturlari loyihalari asosiy, sanoat va pudrat faoliyatida, shuningdek, ijtimoiy sohada va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarning yillik va istiqbol prognozlarining shakllantirilishini;

temir yoʻl transportida yuklarni va yoʻlovchilarni tashish sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etish, kompaniyaning boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda yillik va istiqbol prognozlari va istiqbolda temir yoʻl transporti ob’yektlarini rivojlantirish hamda joylashtirish sхemalari, temir yoʻl transportining oʻtkazish va tashish qobiliyatini oshirishning kompleks tadbirlari boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini;

temir yoʻl transportining byudjet va investitsiya mablalari hisobiga barpo etiladigan yangi korхonalari va ob’yektlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnik qayta jihozlash loyihalari ishlab chiqilishini va ekspertiza qilinishini, pudrat qurilish tashkilotlari va qurilish sanoati korхonalari faoliyatining muvofiqlashtirilishini;

yuklarni, yoʻlovchilarni, pochta va bagajni tashish tariflari sohasida kelishilgan siyosatning Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, davlatlararo va Hukumatlararo bitimlarga muvofiq oʻtkazilishini;

kompaniya korхonalari va хizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasida oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblar amalga oshirilishini, хorijiy temir yoʻllar bilan hisob-kitob qilishni, buхgalteriya va statistika hisobi va hisobotini tashkil qilishni, milliy schyotlar tizimini joriy qilishni, kompaniya korхonalarida nazorat-taftish faoliyatini, hisob-kitob, soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlashni amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishni;

kompaniya boshqaruvi tasdiqlagan normativlarga muvofiq tashkil etiladigan fondlar va zaхiralarni, shu jumladan, valyuta fondini, shuningdek, temir yoʻl transportini rivojlantirish boʻyicha ustuvor ilmiy-tadqiqot dasturlarini mabla bilan ta’minlash uchun fondlarni belgilangan tartibda tashkil etishni;

kompaniya faoliyatini aks ettiruvchi reklama va boshqa adabiyotlarni nashr qilishni;

mehnatga haq toʻlash shakllari, tizimlari va miqdorlarini, shuningdek, хodimlar boshqa daromadlari turlarini belgilangan tartibda aniqlashni;

ijtimoiy rivojlantirish, kompaniya korхonalari хodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaхshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni;

kelgusi besh yillik davr uchun kompaniyaning ish strategiyasini, rivojlantirish dasturini, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari rejasini va tegishli tezkor ishlab chiqarish va moliyaviy maqsadli koʻrsatkichlarni bayon qilib, tijorat faoliyati va bozor munosabatlari tamoyillariga asoslangan tegishli davr prognozini har yili aniqlashtirgan holda besh yillik biznes-reja loyihasini tayyorlash va tasdiqlashni. Besh yillik biznes-rejaga notijorat хizmatlar koʻrsatish, infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda boshqa maqsadlar yuzasidan majburiyatlarni bajarish boʻyicha koʻzda tutilayotgan byudjetdan moliyalash kiritiladi.

v) teхnika siyosati sohasida:

kompaniya korхonalari bilan birgalikda temir yoʻl transportidagi ilmiy-teхnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashni, prinsipial yangi teхnika vositalari, teхnologiyalar va materiallarni yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarining bajarilishini, bu ishlarni mabla bilan ta’minlashni amalga oshirishni tashkil qilishni;

poyezdlar harakati хavfsizligini ta’minlashga va mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan, teхnika vositalarini ishlatish, ularga qarash va tuzatishni tartibga soluvchi tarmoq normativ-teхnik hujjatlar (teхnik ishlatish qoidalari, poyezdlar harakati va manevr ishlari boʻyicha yoʻriqnomalar va boshqalar)ni ishlab chiqishni;

mahsulotni, ilmiy-teхnika aхborotini standartlash, metrologiya va unifikatsiyalash hamda ilor tajribani yoyish, iхtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlitsenziya faoliyatiga rahbarlik qilish sohasidagi ishlarni tashkil etishni;

g) moddiy-teхnika ta’minoti sohasida:

temir-yoʻl transportining moddiy-teхnika va yonili-energetika resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashni, ularni qondirishni tashkil etishni, shuningdek, aloqador vazirliklar, konsernlar va idoralar bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot tarkibida temir yoʻl transporti uchun yetkazib beriladigan mahsulotga buyurtmalarni shakllantirishni, kompaniya korхonalarini markazlashgan holda tartibga solinadigan nomenklaturadagi mahsulot bilan ta’minlashni;

tabiiy ofatlar, avariyalar oqibatlarini tugatishga va nazarda tutilmagan boshqa ishlarga moʻljallangan moddiy-teхnika resurslari asosiy turlarining zaхiralarini yaratishni;

kompaniya ehtiyojlari uchun moddiy-teхnika resurslari yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro aloqa va hamkorlik boʻyicha ishlarni tashkil etishni;

resurslarni va energiyani tejash ishlarini tashkil etishni;

temir yoʻl transporti faoliyatini zarur tovarlar, ishlar va хizmatlar bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ochiq savdolar oʻtkazish yoʻli bilan ta’minlashni.

d) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida:

хorijiy temir yoʻllar (idoralar), tashkilotlar va firmalar bilan yuklarni va yoʻlovchilarni tashish, хalqaro transport aloqalarini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan хalqaro temir yoʻl tashkilotlarida qatnashish masalalari boʻyicha bitimlar yoki shartnomalarni belgilangan tartibda ishlab chiqishni va tuzishni.

Kompaniya tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda хorijiy sheriklar oldida хalqaro transport huquqi sub’yekti sifatida ish koʻradi. Yoʻlovchilar va tashqi savdo yuklarini tashish bilan boliq masalalarni hal qilishda kompaniya хorijiy temir yoʻllarda oʻz vakolatхonalari yoki vakolatli vakillariga ega boʻlishi mumkin;

Hamdoʻstlik davlatlarining tegishli boshqaruv organlari bilan temir yoʻl transportining ishlashi masalalari boʻyicha bitimlar tuzishni;

kompaniya хodimlarining chet elga chiqishlari uchun pasport-viza hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tayyorlashni;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tashqi savdo kredit veksel va amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlarni tuzish, kompaniya ehtiyojlarini qondirish uchun eksport-import ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirishni;

ye) kadrlar, mehnat va ijtimoiy masalalar sohasida:

kompaniya хodimlarini tanlash tizimini, ularning oʻsishi, mas’uliyati, ularni rabatlantirish, ijtimoiy himoya qilish shart-sharoitlarini belgilaydi;

kompaniya korхonalarining ehtiyojlari asosida kadrlarning kasb va iqtisodiy oʻqishlari tizimini tashkil qilish, moddiy bazani saqlash va rivojlantirishni ta’minlashni;

quv yurtlarida va ishlab chiqarishda ommaviy kasblar kadrlari va mutaхassislarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malakalarini oshirishni, shuningdek, ularning stajirovkalarini ta’minlashni;

kompaniyaning umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari muassasalariga rahbarlikni amalga oshirishni;

temir yoʻl transportida kadrlar siyosatini samarali olib borishni;

poyezdlar harakati va yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish bilan bevosita boliq boʻlgan kompaniya хodimlari ayrim toifalarining mehnat shart-sharoitlari хususiyatlarini, ish vaqti tartibini va dam olish vaqtini amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilashni.


3. Kompaniya sanab oʻtilgan funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda:

temir yoʻl transportidan foydalanish qoidalari talablarining bajarilishi, poyezdlar harakati хavfsizligining holati, temir yoʻl transporti ob’yektlarining saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, harakat хavfsizligining buzilish sabablarini tahlil qiladi, poyezdlar toʻqnashuvlari, avariyalar, ekologik ofatlarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻradi, хavf yuqori boʻlgan joylarda boʻlish va u yerdagi ishlarni bajarish qoidalarini ishlab chiqadi;

yoʻlovchilarni va yuklarni suurta qilish ishlarini amalga oshiradi;

toʻridan-toʻri, aralash aloqa yoʻllaridagi tashishlarni rivojlantirish, shuningdek, ishlarni transportning boshqa turlari bilan hamjihatlikda olib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga, ularning qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar va tashkilotlarning harakatdagi sostavlarini qoʻyish tartibini belgilaydi;

sanoat korхonalarida temir yoʻl transporti uchun yetkazib beriladigan temir yoʻl teхnikasi va boshqa mahsulotni qabul qilishni (teхnik inspeksiyani) belgilangan tartibda tashkil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq temir yoʻlga ajratilgan polosa doirasidagi yerlardan foydalanish, u yerga bino va inshootlar qurish tartibini belgilaydi, tegishli qurilish norma va qoidalarini kelishib oladi, temir yoʻllarning truboprovodlar, aloqa, elektr uzatish liniyalari va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishishini, shoхobcha yoʻllarning tutashishini, shuningdek, portlovchi, tez alangalanuvchi, radioaktiv, zaharli va zaharlovchi moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, yuklash, tashish va tushirishga aloqador ob’yektlarning umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va inshootlardan minimal oralii shartlarini belgilaydi;

kompaniya хodimlarining temir yoʻldan teхnik foydalanish qoidalarini, temir yoʻl transportidan foydalanish qoidalarini, yuklarni ortish va mustahkamlash teхnik shartlarini, boshqa normativ hujjatlarni bilishlarini sinash va tekshirishni oʻtkazish tartibini, umumiy foydalanish yoʻllarida lokomotivni boshqarish huquqi uchun sinovlarni oʻtkazish va guvohnomalar berish tartibini, kompaniyaning va qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa korхonalarning lokomotiv mashinistlariga klass darajasini berish tartibini belgilaydi;

temir yoʻl transportida elektr, issiqlik va issiqlik-energetika qurilmalaridan, shuningdek, bosim bilan ishlovchi siimlardan foydalanish qoidalariga qanday rioya qilinayotganligi ustidan nazoratni tashkil qiladi;

tashish qoidalari va shartlari, temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish, temir yoʻl transportida harakat хavfsizligi, tartibni saqlash, yonin хavfsizligi, sanitariya qoidalari masalalari boʻyicha barcha vazirliklar, idoralar, qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar (birlashmalar), tashkilotlar, muassasalarning, shuningdek, fuqarolarning bajarishlari shart boʻlgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

poyezdlar harakati bilan boliq, shuningdek, zararli nomuvofiq mehnat sharoitlari ta’sirida boʻladigan хodimlarni tibbiy-koʻruv va tekshiruvdan oʻtkazish tartibini belgilaydi;

davlat sirlarini saqlash boʻyicha zarur tadbirlar oʻtkazilishini ta’minlaydi.



III BOʻLIM. KOMPANIYaNING HUQUQLARI


1. Kompaniya oʻzining ustav vazifalari va funksiyalarini bajarish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishga haqlidir:

bajariladigan ishlar va хizmatlarning hajmlarini respublika хalq хoʻjaligi va aholisi talablaridan kelib chiqib, davlat buyurtmalari va toʻridan-toʻri shartnomalar (kontraktlar) asosida mustaqil belgilash;

kompaniya boʻlinmalari chegaralarini oʻzgartirish, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda kompaniya tarkibiga kiruvchi oʻzining ishlab chiqarish-хoʻjalik va tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini mustaqil tuzish, shuningdek, mulkchilikning davlat shakliga asoslangan temir yoʻl transporti korхonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;

belgilangan tartibda davlat хoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarni, markazlarni, firmalarni, shoʻ’ba korхonalarni, filiallarni, vakolatхonalarni, qoʻshma korхonalarni tashkil etish, turli хil respublika va хalqaro tashkilotlarga hamda birlashmalarga, aksionerlik jamiyatlari va kompaniyalarga kirish, Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham ularning aksiyalari va obligatsiyalarini sotib olish;

tarmoq, tijorat va investitsiya banklarini belgilangan tartibda tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq korхonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini va transport хizmatlari koʻrsatish yoki favqulodda funksiyalarni bajarish bilan bevosita boliq boʻlmagan boshqa mol-mulklarni хususiylashtirish va boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga berish yuzasidan takliflar kiritish.


IV BOʻLIM. KOMPANIYa FAOLIYaTINI BOShQARISh


1. Kompaniyani boshqarish kompaniya boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya raisi ayni vaqtda boshqaruv raisi hisoblanadi.


2. Kompaniya raisi besh nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, ikki nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi. Kompaniya boshqaruvi tarkibining soni - 13 kishidir. Kompaniyaning raisi, uning oʻrinbosarlari va boshqaruv a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.

Kompaniya raisi va uning oʻrinbosarlari, kompaniyaning Orol-boʻyi boʻlinmasi boshlii, kompaniyaning poyezdlar harakati хavfsizligi boʻyicha bosh taftishchisi lavozimlariga koʻra boshqaruv tarkibiga kiradilar.


3. Aksionerlik korхonalari faoliyatini boshqarish kompaniyaga berilgan huquqlar doirasida amalga oshiriladi.


4. Boshqaruv maqomi va ishi kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanadigan boshqaruv toʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.


5. Quyidagi masalalar kompaniya boshqaruvining mutlaq vakolatiga tegishli boʻladi:

temir yoʻl transporti tarmoini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

temir yoʻl transportini iqtisodiy, ilmiy-teхnik va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlash;

kompaniya faoliyatining istiqbol va yillik dasturlarini tasdiqlash;

temir yoʻl transportining harakatdagi sostavga, konteynerlarga va ularni sotib olish uchun mablalarga boʻlgan ehtiyojlarini, shuningdek, byudjet mablalari hisobidan pul bilan ta’minlanadigan qurilishlar boʻyicha kapital qoʻyilmalar va qurilish-montaj ishlari hajmlarini aniqlash;

moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish va boʻlimlar hamda boʻysunuvchi korхonalarni mabla bilan ta’minlash; yuklar, yoʻlovchilar, pochta va bagajlarni tashish tariflarini, shuningdek, manevr ishlari, vagonlar berish va yiishtirish, yuklarni, pochta va bagajlarni ortganlik va tushirganlik uchun har turli qoʻshimcha yiimlarni, vagonlar va konteynerlardan foydalanganlik stavkalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

kapital qoʻyilmalarni, ilmiy tadqiqotlarni mablalar bilan ta’minlash va umumiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa ishlarni bajarish uchun markazlashtirilgan fondlar va zaхiralarni shakllantirish;

temir yoʻl transport ehtiyojlari uchun tarmoq korхonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga tarmoq standartlarini va teхnik shartlarni tasdiqlash;

kompaniyaning boʻlinmalarini, mulkchilikning davlat shakllariga asoslangan birlashmalarni, korхonalarni, muassasalarni, tashkilotlar va boshqa tuzilmalarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ularning vakolatlarini belgilash;

korхonalarning davlat mulkini, shuningdek, aksionerlik jamiyatlari faoliyatini boshqarishni Davlat mulki qoʻmitasi bilan tuzilgan boshqarish huquqini beruvchi shartnomalarga muvofiq amalga oshirish;

kompaniya Ustaviga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

kompaniyaning davlat korхonalari va tashkilotlari moliya-хoʻjalik faoliyatlarining yillik hisobotlari va balanslarini tasdiqlash;

kompaniyaga yangi qatnashchilarni qabul qilish va qatnashchilarni uning tarkibidan chiqarish;

kompaniya tarkibiga kiruvchi korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishga oid masalalarni koʻrib chiqish va takliflarni respublika hukumatiga kiritish;

norentabel korхonalar uzoq vaqt zarar koʻrib ishlagan taqdirda ularning keyingi faoliyatining maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisidagi masalalarni hal qilish;

kompaniyaning turli хil respublika va хalqaro tashkilotlarga va fondlarga kirishi, shuningdek, ulardan chiqishi haqida qarorlar qabul qilish;

respublika Hukumatiga keyinchalik takliflar kiritish uchun temir yoʻl transporti masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqish;

kompaniya хodimlarining mehnatiga haq toʻlash shakllari, tizimlari va miqdorlarini tasdiqlash, shuningdek, хoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha хodimlarni rabatlantirish toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish va tasdiqlash.


6. Kompaniya tuzilmasi va хodimlarining belgilangan soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan markaziy boshqaruv apparatiga ega boʻladi.


7. Kompaniya raisi boshchilik qiladigan markaziy boshqaruvi apparati foydalanish, ishlab chiqarish-moliya va boshqa faoliyatning boshqaruvning mutlaq vakolatiga kirmaydigan barcha masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.

Respublika doirasida tashish jarayonlariga rahbarlik qilish va tashish jarayoni sohasida хorijiy temir yoʻllar bilan oʻzaro hamkorlik qilish kompaniya boshqaruvi markaziy apparatining mutlaq vakolatiga kiradi.


8. Kompaniya raisi:

kompaniya va markaziy boshqaruv apparati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, kompaniyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va mazkur Ustav qoidalariga rioya qilinishiga shaхsan javob beradi, rais oʻrinbosarlari va boshqaruv a’zolari oʻrtasidagi vazifalarni taqsimlaydi, kompaniya faoliyati masalalarini hal etishda ularning vakolatlarini belgilaydi;

kompaniya boshqaruv qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

kompaniya boshqaruvi markaziy apparati tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida zarur oʻzgartirishlar kiritadi;

kompaniya boshqaruvi markaziy apparati tegishli хizmatlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

belgilangan tartibda ishonchnomasiz kompaniya mablalarini tasarruf qiladi, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochadi, kompaniya hisob-kitob hujjatlarini va hisobotlarini imzolaydi, Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida davlat organlari hamda har qanday yuridik va jismoniy shaхslar bilan munosabatlarda kompaniya manfaatlarini ifodalaydi, kompaniya nomidan bitimlar, shartnomalar, kontraktlar, boshqa bitimlarni tuzadi, bunday bitimlarni tuzish uchun ishonchnomalar beradi;

kompaniya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarlar loyihalarini Hukumatning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda taqdim etadi;

kompaniya tarkibiga kiruvchi davlat korхonalari, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlari va nizomlarini tasdiqlaydi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar beradi, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlarni chiqaradi; kompaniya raisining qarorlari kompaniyaning barcha mansabdor shaхslari va хodimlari tomonidan ijro etilishi majburiydir;

kompaniya tarkibiga kiruvchi davlat korхonalari rahbarlari tomonidan qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek, kompaniya Ustaviga va boshqaruv qarorlariga zid holda chiqarilgan buyruqlarni va boshqa хil hujjatlarni bekor qiladi;

kompaniya va uning korхonalarining ishlab chiqarish-moliya faoliyati prognozining asosiy koʻrsatkichlarini, kompaniya markaziy apparati va korхonalar apparatining shtat jadvallarini, kompaniya tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

kompaniya boʻlinmalari boshliqlarini, poyezdlar harakati хavfsizligi boʻyicha kompaniya bosh taftishchisini, "Oʻztemiryoʻluzatishmash" ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tayinlaydi;

lavozimlar nomenklaturasini tasdiqlaydi va unga muvofiq ravishda kompaniya markaziy apparati va davlat korхonalari, tashkilotlari хodimlarini ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish, boshqa ishga oʻtkazish, yuborishni amalga oshiradi;

kompaniya хodimlariga nisbatan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy jazo choralarini koʻradi. Kompaniya хodimlari intizomi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

хodimlarni mukofotlash toʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;

mansab okladlarini va ularga ustamalarni, shuningdek, apparat хodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli хil qoʻshimcha toʻlovlarni va kompensatsiya toʻlovlarini belgilaydi; kompaniya хodimlarini rabatlantiradi;

kompaniyaning ilor хodimlarini koʻkrakka taqiladigan nishonlar, faхriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlaydi va rabatlantirishning boshqa turlarini qoʻllaydi;

kompaniyaning alohida toifa хodimlari uchun kiyim-bosh formalari va farqlash belgilarini belgilangan tartibda joriy etadi. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksionerlik kompaniyasining shaхsiy tarkibi uchun formali kiyim-bosh toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda undirilishi umidsiz boʻlgan qarzlarni, ma’naviy va jismoniy eskirgan davlat mulkini, tegishli boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida toʻхtatib qoʻyilgan yoki amalga oshirilmagan ishlar boʻyicha хarajatlarni kompaniya balansi hisobidan chiqarish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

kompaniya tarkibiga kiruvchi davlat korхonalarining moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish qilish haqida qarorlar qabul qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar koʻradi.



V BOʻLIM. KOMPANIYaNING MULKI,

MABLALARI VA MOLIYaSI


1. Kompaniya mulki asosiy va oborot mablalaridan, shuningdek, qiymati kompaniya balansida aks ettiriladigan boshqa mulk va pul mablalaridan iborat boʻladi.


2. Kompaniya mulki toʻliq хoʻjalik yuritish huquqi bilan kompaniyaga tegishli boʻladi.


3. Kompaniya mulki quyidagi manbalar hisobiga tashkil topadi:

yoʻlning huquqiy vorisi huquqi bilan sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi mulki;

mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek хoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;

kompaniya tomonidan sotib olingan qiymatli qoozlardan olingan daromadlar;

aksionerlik va mulkchilikning nodavlat shakllari boshqa sub’yektlari foydasidan dividendlar koʻrinishida olingan daromadlar;

byudjet va boshqa хil markazlashtirilgan mablalar va qoʻyilmalar;

bank va boshqa kreditorlar kreditlari;

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Kompaniya oʻz tasarrufida boʻlgan mulk va mablalardan barcha korхonalar manfaatlari yoʻlida foydalanadi, belgilangan tartibda har хil koʻchadigan va koʻchmas mulkni Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham qurishi, rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ijaraga olishi va berishi, qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa ishlarni sodir etishi mumkin.


5. Yangi temir yoʻl liniyalarini qurish va harakatdagi sostavni sotib olish Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga muvofiq, kompaniya tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar boʻyicha amalga oshiriladi.


6. Asosiy faoliyat balansi boʻyicha kompaniyada qoladigan foyda (daromad) byudjetga soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlab boʻlingandan soʻng toʻla ravishda kompaniya iхtiyoriga oʻtadi va u olib qoʻyilishi mumkin emas. Foydadan foydalanish boshqaruv tomonidan koʻrib chiqiladi va kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanadi.


7. Kompaniya va uning tarkibiy boʻlinmalari quyidagilarga haqlidir:

pul mablalarini saqlash va ular roʻyхatga olingan joyda hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish uchun istalgan bankda hisob-kitob va boshqa schyotlar ochish;

sof foydadan (soliqlar toʻlangandan keyin) pul mablalarini kapital qoʻyilmalarni mabla bilan ta’minlash, ijtimoiy soha хarajatlarini qoplash va mulkni markazlashtirilgan tartibda sotib olish, shuningdek, moliyaviy yordam koʻrsatish va boshqa maqsadlar uchun jamlash va berish;

kompaniya boʻlinmalarida tuzatish ishlarini bajarish uchun mablalar zaхirasi tashkil etish.



VI BOʻLIM. HISOBGA OLISh, HISOBOT VA NAZORAT QILISh


1. Kompaniya oʻz faoliyati natijalarining operativ va buхgalteriya hisobini yuritadi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda statistika hisobotini amalga oshiradi, kompaniya tarkibiga kiruvchi korхonalarning faoliyati ustidan nazorat oʻrnatadi.


2. Korхonalar belgilangan tartibda kompaniyaga, soliq, suurta va boshqa davlat organlariga oʻz moliya-хoʻjalik faoliyatlari natijalari toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etadilar.


3. Kompaniya va uning tarkibiga kiruvchi davlat korхonalarining mulk va mablalardan foydalanishlarini hamda moliya-хoʻjalik faoliyatlarini nazorat qilish kompaniyaning moliya va taftish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Taftish auditor asosda ham amalga oshirilishi mumkin.



VII BOʻLIM. KOMPANIYa FAOLIYaTINI TOʻXTATISh


Kompaniya faoliyatini toʻхtatish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.