Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining 15.11.2004 y. 248-son "Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 17.12.2004 y. 1432-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.12.2004 y.

N 1432




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING

15.11.2004 y.

N 248


BUYRUI



Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ

yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini

majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


(2004 yil 27 dekabrdan kuchga kiradi)


Yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl хarakati хavfsizligini ta’minlash komissiyasining 2004 yil 28 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining 2004 yilning 6 oyi mobaynidagi ahvoli hamda ularning oldini olishda hokimliklar, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning oʻrni toʻrisida"gi yiilish qaroriga asosan, BUYuRAMAN:


1. "Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisida"gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mashina va asbob-uskunalarning teхnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi (Boltaboyev) ushbu Nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazish va joylardagi tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda manfaatdor tashkilotlar ishtirokida uni tushuntirish boʻyicha muntazam ravishda ishlir olib borish chorasini koʻrsin.


3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ollaberganov zimmasiga yuklatilsin.



Qishloq va suv хoʻjaligi

vazirining birinchi oʻrinbosari                                               A. Joʻrayev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 50-son, 508-modda.