Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08.1996 y. 271-I-son "Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

30.08.1996 y.

N 271-I




"SELEKSIYa YuTUQLARI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:


1. "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini koʻrib chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. Sobiq SSSRda seleksiya yutuqlariga berilgan himoya hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilishi e’tirof etilsin. Ana shu himoya hujjatlari bilan muhofaza qilingan seleksiya yutuqlaridan qonunga muvofiq foydalanayotgan jismoniy va yuridik shaхslar seleksiya yutuqlaridan litsenziya shartnomasi tuzmagan holda bundan buyon ham foydalanish huquqini saqlab qoladilar. Ana shu seleksiya yutuqlarining mualliflariga haq toʻlash himoya hujjati berilgan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


4. Arizachilarga seleksiya yutuqlarining mualliflari bilan birgalikda talabnoma topshirilgan kundan e’tiboran yigirma yillik muddat oʻtmagan himoya hujjatlarining amal qilishini toʻхtatish va ularni Oʻzbekiston Respublikasining himoya hujjatlari bilan almashtirish toʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi berilsin.


5. Seleksiya yutui yuzasidan ariza beruvchilarga sobiq SSSRda yoki boshqa davlatda topshirilib, ish yuritish tugallanmagan birinchi talabnoma sanasining ustunligini saqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasining himoya hujjatlarini berish toʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi berilsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, almashtirish toʻrisida iltimosnoma topshirilgan himoya hujjatlari bilan muhofaza qilingan seleksiya yutuqlaridan qonunga muvofiq foydalanayotgan shaхslar bu yutuqlardan litsenziya shartnomasi tuzmagan holda himoya hujjatini almashtirish toʻrisida iltimosnoma topshirilgan sanada erishilgan ishlab chiqarish hajmi doirasida bundan buyon ham foydalanish huquqini saqlab qoladilar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                 E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1996 y., N 9, 134-modda