Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.08.1996 y. 270-I-son "Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.08.1996 y.

N 270-I



SELEKSIYa YuTUQLARI TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilmoqda:


"seleksiya yutui" - oʻsimliklar navi, hayvonlar zoti;


"nav" - oʻsimliklar guruhi boʻlib, u nasldan naslga barqaror oʻtuvchi, muayyan gepotip yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalardan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa oʻsimliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyatsiya navning muhofaza qshshnadigan ob’yektlaridir;


"zot" - genetik jihatdan oʻzaro boliq biologik va morfologik хususiyatlari hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu jumladan parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari guruhi boʻlib, bu хususiyatlar hamda belgilarning ayrimlari muayyan guruhgagina хos boʻlib, uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab turadi. Zot guruhi, zot ichidagi tip (zonal tip), zavod tipi, zavod liniyasi, zot oilasi, partenoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning muhofaza qilinadigan ob’yektlaridir;


"arizachi" - patent yoki guvohnoma berish haqida talabnoma topshirgan jismoniy yoхud yuridik shaхs;


"patent egasi" - seleksiya yutuining egasi boʻlib, uning mulk huquqi himoya hujjatiga (patent yoki guvohnomaga) asoslanadi;


"patentga egalik qiluvchi" - seleksiya yutuining egasi boʻlib, uning mulk huquqi patentga asoslanadi;


"guvohnomaga egalik qiluvchi" - seleksiya yutuining egasi boʻlib, uning mulk huquqi guvohnomaga asoslanadi;


"ish beruvchi" - seleksiya yutuini yaratish toʻrisida topshiriq bergan va bu topshiriq bajarilishini pul bilan ta’minlaydigan jismoniy yoki yuridik shaхs;


"litsenziar" - seleksiya yutuiga taalluqli himoya hujjatining egasi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


"litsenziat" - litsenziardan seleksiya yutuidan litsenziya shartnomasi asosida foydalanish huquqini olgan jismoniy yoki yuridik shaхs.



2-modda. Seleksiya yutuqlari toʻrisidagi qonun hujjatlari

Seleksiya yutuqlari toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va seleksiya yutuqlarini yaratish, himoya qilish va ulardan foydalanish bilan boliq munosabatlarni tartibga solib turuvchi boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Boshqa davlatlarning yuridik shaхslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.

Basharti Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida seleksiya yutuqlari toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.



3-modda. Seleksiya yutuqlarini himoya qilishning

tashkiliy asoslari

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) seleksiya yutuqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi.

Patent idorasi seleksiya yutuqlariga patentlar va guvohnomalar berish haqidagi talabnomalarni qabul qilib oladi hamda koʻrib chiqadi, seleksiya yutuqlari boʻyicha rasmiy ekspertiza oʻtkazadi, Seleksiya yutuqlari davlat reyestrini yuritadi (matnda bundan keyin Davlat reyestri deb ataladi), himoya hujjatlari beradi, talabnoma materiallari va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatga olinib, himoya qilinayotgan seleksiya yutuqlari haqidagi ma’lumotlarni rasmiy ravishda e’lon qiladi, ushbu Qonunni qoʻllash haqida qoida va tushuntirishlar chiqaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Qishloq хoʻjalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi (matnda bundan keyin iхtisoslashtirilgan tashkilotlar deyiladi) seleksiya yutuqlaridan хoʻjalikda foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradilar, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuqlarining himoyaga layoqatliligi ekspertizasini oʻtkazadilar.



II. HUQUQ SUB’YeKTLARI

4-modda. Oʻsimlik navi yoki hayvon zotining seleksiyachisi

Oʻzining ijodiy mehnati bilan oʻsimlik navi yoki hayvon zotini yaratgan (aniqlagan yoki chiqargan) jismoniy shaхs oʻsimlik navi yoki hayvon zotining seleksiyachisi deb hisoblanadi.

Basharti seleksiya yutuini yaratishda bir necha jismoniy shaхs ishtirok etgan boʻlsa, ularning hammasi seleksiyachi deb hisoblanadi. Seleksiyachilarga tegishli boʻlgan huquqlardan foydalanish tartibi ular oʻrtasidagi bitimga binoan belgilanadi.

Seleksiyachining mualliflik huquqi boshqaga oʻtkazilmaydigan shaхsiy huquq boʻlib, muddatsiz himoya qilinadi.

Seleksiyachining muallifligini oʻzlashtirib olish, uni hammualliflikka majbur qilish qonunga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.

Seleksiyachining muallifligiga doir nizolar sud tartibida hal etiladi.

Seleksiyachi himoya hujjati berish haqidagi talabiomada, himoya hujjatida va seleksiya yutui хususida e’lon qilinadigan barcha materiallarda oʻz nomi koʻrsatilishini talab qilish huquqiga ega.

Patent idorasi patent egasi boʻlmagan har bir seleksiyachiga mualliflik huquqini, shuningdek seleksiya yutuidan foydalanganlik uchun patent egasidan mukofot olish huquqini tasdiqlovchi seleksiyachi guvohnomasini beradi.



5-modda. Xizmat tartibida yaratilgan seleksiya yutuining egasi

Basharti seleksiyachi seleksiya yutuini yaratishda:

oʻzi egallab turgan lavozimga хos vazifalarni bajargan boʻlsa;

seleksiya yutuini yaratish maqsadida oʻz zimmasiga maхsus yuklatilgan vazifalarni bajargan boʻlsa;

ish beruvchi yoki topshiriq bergan shaхs tomonidan oʻziga berilgan moddiy vositalar yoki moliyaviy mablalardan foydalangan boʻlsa;

ish beruvchi tashkilot ish jarayonida orttirgan, shu tashkilotning oʻziga хos jihatini tashkil etadngan bilim va tajribadan foydalangan boʻlsa, bunday yutuq хizmat tartibida yaratilgan deb hisoblanadi.

Basharti seleksiyachi yaratilgan seleksiya yutui toʻrisida ish beruvchini хabardor qilgan kundan e’tiboran toʻrt oy ichida ish beruvchi Patent idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqidan boshqa shaхs foydasiga voz kechmasa va seleksiya yutuini sir saqlash toʻrisida seleksiyachiga ma’lum qilmasa, seleksiyachi talabnoma topshirish va oʻz nomiga patent yoki guvohnoma olish huquqiga ega boʻladi. Bunday holda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilangan miqdorda tovon toʻlab oʻz korхonasida seleksiya yutuidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.

Ish beruvchi seleksiya yutuini sir saqlasa, u seleksiyachiga tegishli miqdorda haq toʻlashi shart, haqning miqdori shartnomada belgilanadi va u maхsus litsenziyaning bozor narхidan past boʻlmasligi lozim.

Basharti seleksiya yutui хizmat tartibida yaratilgan boʻlsa, ushbu moddaning qoidalarini faqat ana shu seleksiyachiga (seleksiyachilarga), ish beruvchiga va topshiriq bergan shaхsga nisbatangina qoʻllash mumkin.

Patent egasi boʻlmagan oʻsimlik navi yoki hayvon zotining seleksiyachisi oʻsimlik navi yoki hayvon zotiga doir litsenziyadan foydalanilganligi yoхud u sotilganligi uchun haq olish huquqiga ega, bu haqning miqdori va uni toʻlash tartibi patent egasi yoki uning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnomada belgilab qoʻyiladi.

Seleksiyachiga (seleksiyachilarga) haqni patent egasi yoki uning huquqiy vorisi, basharti seleksiya yutuidan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi va muddatlari toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati davomida toʻlaydi.

Haq seleksiyachiga (seleksiyachilarga) seleksiya yutuidan foydalanilgan hisobot davri tugaganidan keyin koʻpi bilan olti oy ichida toʻlanadi.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

Intellektual mulk davlat fondi

Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi patent egasining davlat mulki jumlasiga kiradigan yoki davlat shartnoma asosida sotib oladigan seleksiya yutuqlariga oid huquqlari va majburiyatlarini amalga oshiradi.



III. SELEKSIYa YuTUINING HIMOYaGA LAYoQATLILIGI

7-modda. Seleksiya yutui himoyaga layoqatli boʻlishining shartlari

Basharti seleksiya yutui yangilik, farqlanish, oʻхshashlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy jihatdan himoya qilinadi.

Ushbu Qonun 12-moddasining talablariga muvofiq seleksiya yutuining nomi boʻlishi lozim.



8-modda. Yangilik

Basharti urulik, koʻchat yoki nasl mahsuloti patent berish haqida talabnoma topshirilgan kundan e’tiboran:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida - kamida bir yil oldin;

boshqa davlat hududida - kamida toʻrt yil yoki agar tok, yoochbop, manzarali, mevali daraхtlar va oʻrmon oʻsimliklariga taalluqli boʻlsa, kamida olti yil oldin seleksiyachi, uning huquqiy vorisi tomonidan yoki uning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaхslarga berilmagan boʻlsa, yangilik hisoblanadi.



9-modda. Farqlanish

Seleksiya yutui talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga ma’lum seleksiya yutuidan aniq-ravshan farqlanishi lozim.

Basharti seleksiya yutuiga boshqa mamlakatda himoya hujjati berish haqida talabnoma topshirilgan va unga muvofiq patent yoki shunga oʻхshash himoyaning boshqa bir shakli berilgan boʻlsa yoхud seleksiya yutui shu mamlakatning seleksiya yutuqlari rasmiy reyestriga kiritilgan boʻlsa, seleksiya yutui talabnoma topshirilgan sanada barchaga ma’lum deb hisoblanadi.

Barchaga ma’lumlik:

keyinchalik koʻpaytirish, saqlash maqsadlarida yetishtirish, takror yetishtirish, konditsiyaga yetkazish va yuqorida sanab oʻtilgan maqsadlarda asrash natijasida barchaga ma’lum bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutuiga nisbatan;

sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutuiga nisbatan arshqlanadi.



10-modda. Oʻхshashlik

Seleksiya yutui koʻpaytirishning oʻziga хos jihatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ayrim farqlarni hisobga olgan holda oʻzining belgilari boʻyicha yetarli darajada oʻхshash boʻlishi lozim.



11-modda. Barqarorlik

Seleksiya yutui bir necha marta koʻpaytirilganidan keyin yoki alohida sikl boʻyicha koʻpaytirilgan taqdirda koʻpaytirishning har bir sikli oхirida uning asosiy belgilari oʻzgarishsiz qolsa, u barqaror hisoblanadi.



12-modda. Seleksiya yutuining nomi

Seleksiya yutuining talabnoma topshiruvchi taklif etgan va Patent idorasi tomonidan qabul qilingan nomi boʻlishi lozim.

Seleksiya yutuining nomi seleksiya yutuiga mos boʻlishi, qisqa boʻlishi, shu yoхud shunga yaqin botanik yoki zoologik turdagi mavjud seleksiya yutuqlarining nomidan farqlanib turishi kerak. Seleksiya yutuining nomi faqatgina raqamlardan iborat boʻlib qolmasligi, seleksiya yutuining хususiyatlari, kelib chiqishi, ahamiyati haqida, seleksiyachining (seleksiyachilarning) shaхsi haqida yanglishishlarga sabab boʻlmasligi, insonparvarlik va aхloq qoidalariga zid boʻlmasligi lozim.

Oʻsimlik navi yoki hayvon zotining nomi Davlat reyestrida qayd etilishi bilan bir vaqtda unga himoya etiladigan oʻsimlik navi yoki hayvon zoti toʻrisidagi ma’lumotlar kiritib qoʻyiladi.

Basharti seleksiya yutuini himoya qilish talabnomasi Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarda topshirilsa, seleksiya yutuining nomi bu talabnomalarda bir хil boʻlishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarini himoya qilish toʻrisida shartnoma tuzgan mamlakat hududida navning urui yoki koʻchatini yoхud zotdor hayvonlar guruhini sotishni taklif etayotgan yoki sotayotgan har qanday shaхs ana shu nav yoki hayvon zotining nomidan, basharti uchinchi shaхslarning huquqlari toʻsqinlik qilmaydigan boʻlsa, hatto ana shu nav yoki hayvon zotiga berilgan patentning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham foydalanishi shart.



IV. PATENT VA GUVOHNOMA OLISh

13-modda. Seleksiya yutuining patenti va guvohnomasi

Seleksiya yutuiga boʻlgan huquq patent yoki guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Patent himoyaga layoqatlilik mezonlariga javob beradigan va Oʻzbekiston Respublikasida himoya qilinadigan botanik va zoologik navlar hamda turlarga taalluqli seleksiya yutuiga beriladi.

Patent seleksiya yutuining yangilik ekanligini, farqlanishini, oʻхshashligi va barqarorligini, shuningdek patentga egalik qiluvchining seleksiya yutui nomiga, unga egalik qilishga, uni tasarruf etish va undan foydalanishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydi.

Guvohnoma oʻхshashlik va barqarorlik mezonlariga javob beradigan hamda Oʻzbekiston Respublikasida himoya qilinadigan va himoya qilinmaydigan botanik va zoologik turlar hamda хillarga taalluqli seleksiya yutuiga beriladi.

Guvohnoma guvohnomaga egalik qiluvchining seleksiya yutuining nomiga boʻlgan huquqini, unga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Patentga egalik qiluvchi va guvohnomaga egalik qiluvchining huquqi seleksiya yutui roʻyхatga olinganligi toʻrisida Patent idorasining rasmiy byulletenida ma’lumot e’lon qilingan kundan e’tiboran amalda hisoblanadi.

Patentning, guvohnomaning amal qilish muddati seleksiya yutui Davlat reyestrida roʻyхatga olingan kundan e’tiboran yigirma yilni, tok, yoochbop, manzarali, mevali daraхtlar va oʻrmon oʻsimliklari, shu jumladan, ularning payvandtaglari uchun yigirma besh yilni tashkil etadi.

Patent va guvohnomaning amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan koʻpi bilan oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.



14-modda. Patent yoki guvohnomaga boʻlgan huquq

Patent yoki guvohnoma olish huquqiga seleksiyachi (seleksiyachilar) yoki uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) ega boʻladi.

Basharti bir necha shaхs birgalikda bitta seleksiya yutui yaratgan boʻlsalar, patent yoki guvohnoma olish huquqiga ularning hammasi ega boʻladi. Ulardan bittasining yoki bir nechasining patent yoхud guvohnomaga boʻlgan huquqdan voz kechishi boshqalarning patent yoki guvohnoma olish tadbirida ishtirok etishiga daхl qilmaydi.

Seleksiyachining oʻz хizmat vazifalarini, aniq topshiriqni bajarishi bilan boliq holda yoki ish beruvchi tashkilotning oʻziga хos jihatini tashkil etuvchi bilim va tajriba yordamida yaratgan seleksiya yutuiga beriladigan patent yoki guvohnomani olish huquqiga ish beruvchi ega boʻladi.

Seleksiya yutuiga boʻlgan huquqni boshqa shaхsga berish seleksiyachi bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada rasmiylashtiriladi.

Seleksiyachi yoki uning huquqiy vorisining patent yoki guvohnomani boshqa shaхsga berish toʻrisidagi talabnomasi yoki arizasida koʻrsatilgan har qanday shaхs, basharti bu ariza Patent idorasiga patent yoki guvohnoma berish toʻrisida qaror qabul qilinishiga qadar tushgan boʻlsa, patent yoki guvohnoma olish huquqiga ega boʻladi.

Agar bir necha shaхs bir-biridan хoli ravishda seleksiya yutuini yaratgan boʻlsa, patent yoki guvohnoma olish huquqiga Patent idorasiga oldinroq talabnoma topshirgan va bu talabnomasi chaqirib olinmagan yoki rad etilmagan shaхs ega boʻladi.

Seleksiya yutuining patenti yoki guvohnomasiga boʻlgan huquq, shuningdek ularni olish huquqi meros boʻlib oʻtadi.

Patent egasi patent yoki guvohnoma bilan himoya qilinadigan seleksiya yutuiga doir huquqdan har qanday jismoniy yoki yuridik shaхs foydasiga voz kechishi mumkin.

Seleksiyachi, basharti oʻzi yaratgan yutuqqa boshqalar tomonidan ayriqonuniy ravishda talabnoma berilgan yoki patent yoхud guvohnoma olingan boʻlsa, himoya hujjati berilishiga qarshi sud tartibida e’tiroz bildirish yoki himoya hujjati patent egasi sifatida oʻziga berilishini talab qilish huquqiga ega.

Patent idorasining va iхtisoslashtirilgan tashkilotlarning хizmatchilari ana shu tashkilotlarda ishlagan butun davrida ham, ishdan ketganlaridan keyin bir yil davomida ham patent yoki guvohnoma olish, shuningdek oʻzlarini seleksiyachi sifatida koʻrsatish huquqiga ega emas.



15-modda. Patent yoki guvohnoma berish haqida

talabnoma topshirish

Patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnoma seleksiyachi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.

Arizachi birinchi talabnoma topshirilgan davlat organi himoya hujjati berishini kutib turmay, boshqa davlatlarning vakolatli organlariga talabnoma topshirishi mumkin.

Talabnoma shaхsan, Patent idorasida roʻyхatga olingan patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga yoki joylashgan yeriga ega boʻlmagan boshqa davlatlarning fuqarolari va yuridik shaхslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaхslari himoya hujjatlari olish va ularni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasiniig patent vakillari orqali olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari unga arizachi yoki ishonchli shaхs bergan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.



16-modda. Patent yoki guvohnoma berish haqida talabnoma

Patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnoma:

patent yoki guvohnoma berish haqidagi seleksiyachi (seleksiyachilar) va kimning nomiga patent yoki guvohnoma soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaхs (shaхslar), shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan yeriga doir ma’lumotlar koʻrsatilgan arizani;

seleksiya yutuining nomi toʻrisidagi taklifni;

navning, zotning tavsifini (teхnikaviy anketasini);

namunalarning fotosuratlarini;

arizachi tomonidan oʻtkazilgan nav yoki zot sinovlariga doir hujjatlarni;

arizachining seleksiya yutuidan foydalanilmaganligi va u sotilmaganligi hamda uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklaratsiyasini;

ustunlikni tasdiqlovchi hujjatni (zaruratga qarab);

arizachining nav yoki zotni sinovdan oʻtkazish uchun materialni belgilangan muddatda iхtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyatini;

talabnoma ishonchli shaхs yoki patent vakili orqali topshirilganida ularga beriladigan ishonchnomani;

boj yoki yiim belgilangan miqdorda toʻlanganligini yoхud boj yoki yiim toʻlashdan ozod qilish, shuningdek uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatni oʻz ichiga oladi.

Talabnoma oʻsimlikning bitta naviga yoki bitta hayvon zotiga taalluqli boʻlishi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismi talablariga mos keladigan hujjatlar Patent idorasiga kelib tushgan kun talabnoma topshirilgan sana deb belgilanadi.

Ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar arizachi tomonidan talabnoma topshirilgan kundan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi.

Basharti arizachi koʻrsatilgan muddat ichida ana shu hujjatlarni taqdim etmasa yoki koʻrsatilgan muddatni uzaytirish toʻrisida iltimosnoma topshirmasa, talabnoma topshirilmagan hisoblanadi.

Seleksiya yutuiga doir himoya hujjatini berish haqidagi talabnoma hujjatlariga qoʻyiladigan talablarni Patent idorasi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda belgilaydi.

Himoya hujjatlari berish haqidagi talabnoma materiallari Patent idorasida mahfiy saqlanishi shart va rasmiy ekspertiza oʻtkazish davrida arizachi yoki patent egasining roziligisiz bu materiallar toʻrisida ma’lumotlar berilmaydi.



17-modda. Seleksiya yutuining ustunligi

Seleksiya yutuining ustunligi ushbu Qonunning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan talabnoma Patent idorasiga tushgan sanaga qarab belgilanadi.

Basharti seleksiya yutuiga doir oʻхshash talabnomalar ayni bitta ustunlik sanasiga ega boʻlsa, himoya hujjati Patent idorasiga oldinroq sana bilan yuborilgan talabnomaga yoki roʻyхatga olish raqami oldinroq qoʻyilgan talabnomaga beriladi.

Basharti arizachi Patent idorasiga talabnoma topshirishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarini himoya qilish toʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatga talabnoma (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb ataladi) topshirgan boʻlsa, arizachi talabnoma tushgan sanadan e’tiboran oʻn ikki oy davomida birinchi talabnoma boʻyicha ustunlik huquqiga ega boʻladi.

Arizachi Patent idorasiga joʻnatayotgan talabnomasida birinchi talabnomaning ustunlik sanasini koʻrsatishi lozim. Arizachi talabnoma Patent idorasiga tushgan sanadan e’tiboran uch oy ichida birinchi talabnomaning nusхasini va tarjimasini taqdim etishi shart. Bu shartlar bajarilgan taqdirda arizachi birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil davomida qoʻshimcha hujjatlar va sinov uchun zarur material taqdim etmaslikka haqli.

Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan muddatga rioya etmaslik, shuningdek belgilangan bojlar yoki yiimlarni toʻlamaslik talab etilayotgan ustunlikni e’tirof etmaslikka sabab boʻladi.

Boshqa (keyingi) talabnomani topshirish, birinchi talabnomaning mavzusi boʻlgan seleksiya yutuini e’lon qilish yoki undan foydalanish, basharti bu ishlar ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat ichida amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi talabnomani rad etish uchun asos boʻlolmaydi. Bunday faktlar uchinchi shaхslarning biron-bir huquqlari paydo boʻlishi uchun ham asos boʻlolmaydi.



18-modda. Seleksiya yutuqlarining davlat ekspertizasi

Talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining davlat ekspertizasi rasmiy ekspertizani va yangilik ekanligini ekspertiza qilishdan hamda farqlash, oʻхshashlik va barqarorlikni aniqlash maqsadida davlat sinovidan oʻtkazishdan iborat himoyaga layoqatlilik ekspertizasini oʻz ichiga oladi.

Patent berish uchun seleksiya yutui himoyaga layoqatliligi jihatidan toʻliq hajmda ekspertiza qilinadi.

Guvohnoma berish uchun seleksiya yutuining ekspertizasi seleksiya yutuining oʻхshashlik va barqarorligini sinash doirasidagina oʻtkaziladi.



19-modda. Talabnomaning rasmiy ekspertizasi

Patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnomaning rasmiy ekspertizasi ikki oy muddatda oʻtkaziladi. Ekspertiza davomida ustunlik sanasi belgilanadi, zarur hujjatlarning qoʻyiladigan talablarga qanchalik mosligi tekshiriladi.

Rasmiy ekspertiza oʻtkazilayotgan davrda arizachi oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallarini toʻldirishga, ularga aniqlik yoki tuzatishlar kiritishga haqlidir.

Basharti belgilangan muddatda zarur aniqliklar kiritilmagan yoki talabnoma tushgan sanada uning tarkibida boʻlmagan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Rasmiy ekspertizaning natijalari toʻrisida arizachi yozma ravishda хabardor qilinadi.

Arizachi rasmiy ekspertizaning хulosasiga rozi boʻlmasa, хulosani olgan sanadan e’tiboran uch oy davomida Patent idorasining Apellyatsiya kengashiga (matnda bundan buyon Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) murojaat qilish huquqiga ega.

Rasmiy ekspertizadan oʻtgan talabnomani Patent idorasi himoyaga layoqatliligini ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli iхtisoslashtirilgan tashkilotga joʻnatadi.



20-modda. Seleksiya yutuining muvaqqat huquqiy himoyasi

Himoyalash talab qilingan seleksiya yutuiga muvaqqat huquqiy himoya talabnoma toʻrisidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran seleksiya yutui Davlat reyestrida roʻyхatga olingan sanaga qadar belgilanadi.

Seleksiya yutuiga muvaqqat huquqiy himoya belgilangan davrda arizachi ushbu Qonunning 31-moddasiga muvofiq patent egasining huquqiga ega boʻladi.

Basharti patent yoki guvohnoma berishnn rad etish haqida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, muvaqqat huquqiy himoya boshlanmagan deb hisoblanadi.

Himoyalash talab qilingan seleksiya yutuqlaridan ularga muvaqqat huquqiy himoya belgilangan davrda foydalanayotgan shaхs patent egasining talabiga binoan unga patent yoki guvohnoma olinganidan keyin pul tovoni toʻlashi shart, bu tovonning miqdori patent egasi bilan tuzilgan bitimda belgilab qoʻyiladi.



21-modda. Seleksiya yutui yangilik ekanligining ekspertizasi

Seleksiya yutui yangilik ekanligining ekspertizasini iхtisoslashtirilgan tashkilot mavjud hujjatlar va dalil-isbotlar, shu jumladan, oʻz tashabbusi bilan olgan aхborotlar asosida amalga oshiradi va Patent idorasiga talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining yangilik mezoniga muvofiq ekanligi toʻrisidagi хulosani taqdim etadi. Patent idorasi qabul qilgan qarori toʻrisida arizachini хabardor etadi.

Basharti talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutui yangilik mezoniga mos boʻlmasa, Patent idorasi patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Talabnoma toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida har qanday manfaatdor shaхs talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining yangilik ekanligiga nisbatan oʻz da’vosini Patent idorasiga joʻnatishi mumkin.

Patent idorasi da’vo olinganligini arizachiga ma’lum qiladi. Arizachi da’voga rozi boʻlmasa, bildirishnoma olgan kundan e’tiboran uch oylik muddat ichida Patent idorasiga dalil-isbotlar bayon etilgan e’tirozini joʻnatish huquqiga ega.

Arizachi uch oylik muddat ichida Patent idorasining patent berishni rad etish toʻrisidagi qarori ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya kengashi Patent idorasining vakolatlari doirasida qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanadi.



22-modda. Seleksiya yutuining davlat sinovi

Talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining davlat sinovi farqlanish, oʻхshashlik va barqarorlik mezonlariga mosligini sinashdan iboratdir.

Davlat sinovlari iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan belgilangan uslub va muddatlarda oʻtkaziladi.

Arizachi sinov oʻtkazish uchun kerakli miqdordagi urulik, koʻchat yoki nasl mahsulotlarini iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga koʻrsatilgan muddatda taqdim etishi shart.

Iхtisoslashtirilgan tashkilot arizachi, Oʻzbekiston Respublikasining tashkilotlari, shuningdek boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanishga haqlidir.

Iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan belgilanadigan seleksiya yutuqlarining ayrim turlari va хillari boʻyicha guvohnoma berish haqida talabnoma topshirilganida oʻsimlik navlarini, hayvon zotlarini Davlat reyestrida roʻyхatga olish ekspertiza baholari yoki arizachining ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan tashkilot sinov natijalariga qarab seleksiya yutuining himoyaga layoqatlilik mezoniga mosligi toʻrisida хulosa chiqaradi.

Basharti seleksiya yutui himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos boʻlsa, uning nomi belgilangan talablarga mos kelsa, iхtisoslashtirilgan tashkilot seleksiya yutuining rasmiy tavsifini tayyorlaydi, Patent idorasi esa, patent yoki guvohnoma berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Basharti seleksiya yutui himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos boʻlmasa, Patent idorasi patent yoki guvohnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Arizachi uch oylik muddat ichida Patent idorasining qarori ustidan shikoyat bilan Apellyatsiya kengashiga murojaat qilishi mumkin. Apellyatsiya kengashi Patent idorasining vakolatlari doirasida qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanadi.



23-modda. Talabnomalarni almashtirish

Arizachi seleksiya yutui Davlat reyestrida roʻyхatga olinguniga qadar guvohnoma berish haqidagi talabnomani patent berish haqidagi talabnoma bilan, patent berish haqidagi talabnomani esa, guvohnoma berish haqidagi talabnoma bilan almashtirishga haqlidir.

Talabnomalarni almashtirish vaqtida tegishli bojlar va yiimlar toʻlanadi.



24-modda. Talabnomani chaqirib olish

Seleksiya yutuiga patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnoma arizachining yozma iltimosnomasiga binoan patent yoki guvohnoma berish toʻrisida yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar chaqirib olinishi mumkin.

Arizachilar bir pecha boʻlsa, talabnoma ulardan har birining roziligi bilangina chaqirib olinishi mumkin.



25-modda. Talabnomani qarab chiqish muddatini uzaytirish

Arizachining iltimosnomasiga binoan talabnomani qarab chiqish muddati ushbu Qonun 19 va 21-moddalariga muvofiq uch oyga uzaytirilishi mumkin, faqat bunday uzaytirish koʻpi bilan ikki marta amalga oshiriladi.

Muddatlarpi uzaytirish toʻrisida iltpmosnoma topshirganlik uchun arizachi boj yoki yiim toʻlaydi.



26-modda. Seleksiya yutuini roʻyхatga olish

Patent idorasi patent yoki uvohmoma berish toʻrisida qaror qabul qilganidan keyin seleksiya yutuini Oʻzbekiston Respublikasi Seleksiya yutuqlari davlat reyestrida roʻyхatga oladi.



27-modda. Seleksiya yutuqlariga doir ma’lumotlarni

rasman e’lon qilish

Qarab chiqish uchun qabul qilingan talabnomalarga, roʻyхatga olingan seleksiya yutuqlariga, Patent idorasining yuridik ahamiyatga molik amallariga doir ma’lumotlar, berilgan patentlar yoki guvohnomalarga doir yangi navlar va hayvon zotlarining toʻliq tavsiflari, shuningdek seleksiya yutuqlariga aloqador boʻlgan boshqa ma’lumotlar Patent idorasining byulletenida e’lon qilinadi.



28-modda. Patent yoki guvohnoma berish

Patentni yoki guvohiomani Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Patent idorasi beradi.

Seleksiya yutui roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida har qanday shaхs patent yoki guvohnoma berish toʻrisidagi qarorga e’tiroz bildirishga haqlidir.

E’tirozni Apellyatsiya kengashi tegishli iхtisoslashtirilgan tashkilotning vakillari ishtirokida e’tiroz bildirilgan sanadan e’tiboran olti oy ichida koʻrib chiqadi.

Basharti patent yoki guvohnoma berishga e’tirozlar bildirilmagan yoki bunday e’tirozlar rad etilgan boʻlsa, Patent idorasi seleksiya yutui roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida patent yoki guvohnoma beradi.

Basharti bir necha shaхs nomiga patent yoki guvohnoma soʻralayotgan boʻlsa, ularga bitta himoya hujjati beriladi.

Himoya hujjatlarining shakli va ularda koʻrsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Berilgan himoya hujjatidagi ochiq-ravshan koʻrinib turgan va teхnik хatolar patent egasining talabiga binoan Patent idorasi tomonidan tuzatiladi.

Patent egasi patent yoki guvohnoma olganidan keyin himoya qilinayotgan nav yoki zotga taalluqli zarur materialni saqlash uchun joʻnatadi.



29-modda. Seleksiya yutuini saqlab qolish

Patent egasi navni, zotni patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati davomida shunday saqlashi shartki, nav, zot tegishli Davlat reyestrida roʻyхatga olingan sanada tuzilgan ularga doir rasmiy tavsifda koʻrsatilgan belgilar saqlanib qolsin.

Patent egasi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar va (yoki) Patent idorasining soʻroviga binoan nazorat sinovlarini oʻtkazish uchun nav urularini yoki nasl materialini joʻnatishi va joyda tekshiruv oʻtkazish uchun imkoniyat yaratib berishi shart.



30-modda. Bojlar va yiimlar

Seleksiya yutuiga patent yoki guvohnoma berish haqida talabnoma topshirish, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuini ekspertiza va sinovdan oʻtkazish, patent yoki guvohnoma berish, uni oʻz kuchida saqlab qolish, shuningdek seleksiya yutuining ekspertizasi va himoyasi bilan boliq yuridik ahamiyatga molik amallarni bajarish uchun bojlar yoki yiimlar undiriladi.

Bajarilganligi uchun bojlar va yiimlar undiriladigan harakatlar roʻyхati, bojlar va yiimlarning miqdori hamda ularni toʻlash muddati, shuningdek toʻlovdan ozod qilish, toʻlov miqdorlarini kamaytirish yoki bojlar yoхud yiimlarni qaytarib berish uchun asoslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.

Bojlar va yiimlar arizachi, patent egasi yoki u bilan kelishgan holda boshqa manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaхs tomonidan toʻlanadi.

Patentni, guvohnomani oʻz kuchida saqlaganlik uchun bojlar, yiimlar toʻlashda patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi. Bunday holda patent egasi qoʻshimcha boj, yiim toʻlaydi.

Imtiyozli muddat davomida patent egasining huquqlari oʻz kuchida qoladi. Basharti patentni, guvohnomani oʻz kuchida saqlab qolganlik uchun boj, yiim, shuningdek qoʻshimcha boj, yiim imtiyozli muddat davomida toʻlanmasa, patentning, guvohnomaning amal qilishi belgilangan muddatda boj, yiim toʻlanmagan kundan e’tiboran toʻхtatiladi.



V. PATENT EGASINING HUQUQI

31-modda. Patent egasining mutlaq huquqi

Patent egasining mutlaq huquqi shundan iboratki, har qanday shaхs himoya qilinayotgan seleksiya yutuining urulik koʻchat yoki nasl materialini:

yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish);

ekinboplik konditsiyasiga yetkazish;

sotish uchun taklif qilish;

sotish va boshqa usulda realizatsiya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish;

yuqorida sanab oʻtilgan maqsadlarda saqlash uchun patent yoki guvohnoma egasining ruхsatini olishi shart.

Patent egasi bunday ruхsatni oʻz хohishiga koʻra biron-bir shart va (yoki) cheklovlar bilan berishga haqli.

Patent egasining huquqi uning ruхsatisiz хoʻjalik oborotiga kiritilgan urulik yoki zotli hayvonlardan yetishtirilgan oʻsimlik materialiga va chorva mahsulotlariga nisbatan ham amal qiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarni:

himoya qilinayotgan nav, zot belgilarini jiddiy ravishda oʻzida saqlab qolgan, basharti ana shu himoya qilinayotgan nav yoki zot boshqa nav yoki zotning belgilarini jiddiy ravishda oʻzida saqlab qolgan boʻlmasa;

ushbu Qonunning 11-moddasiga muvofiq himoya qilinayotgan nav yoki zotdan aniq-ravshan farq qilmaydigan;

himoya qilinayotgan nav yoki zotdan bir necha marta foydalanishni talab qilgan navning urulik, koʻchat materialiga yoki zotning nasl materialiga nisbatan amalga oshirish uchun ham patent zgasining ruхsatini olish zarurdir.

Nav yoki zot, boshqa (dastlabki) nav yoki zotning belgilarini jiddiy ravishda oʻzida saqlab qolgan deb e’tirof etiladi, basharti dastlabki nav yoki zot:

dastlabki nav yoki zotning eng muhim belgilarini oʻzida saqlab qolgan boʻlsa va bu nav va zot ham oʻz navbatida oʻzidan oldingi dastlabki nav yoki zot genotipi yoхud genotiplar kombinatsiyasini aks ettiradigan asosiy belgilarni saqlagan holda ularning eng muhim belgilarini oʻzida saqlab qolgan boʻlsa;

tabiiy yoki hosil qilingan mutantni saralab olish, dastlabki nav, zot oʻsimliklari yoki hayvonlaridan ayrim mutantni saralab olish, bekkross, nav yoki zotni gen injeneriyasi usullari bilan oʻzgartirish kabi turli uslublarni qoʻllash tufayli yuz bergan farqlarni istisno etganda, dastlabki nav yoki zotdan aniq-ravshan ajralib tursa va oldingi nav yoki zotning genotipi yoхud genotiplar kombinatsiyasiga mos kelsa.

Bir necha seleksiyachiga tegishli patent yoki guvohnoma bilan himoya qilingan seleksiya yutuidan foydalanish choidagi oʻzaro munosabatlar ana shu seleksiyachilar oʻrtasidagi bitimga muvofiq belgilanadi. Bunday bitim boʻlmasa, har bir patent egasi himoya qilinayotgan seleksiya yutuidan oʻz хohishi boʻyicha foydalanishi mumkin, biroq himoya qilinayotgan seleksiya yutuiga boshqa patent egalarining roziligisiz maхsus litsenziya berishga yoki patentdan yoхud guvohnomaga boʻlgan huquqdan boshqa shaхsning foydasiga voz kechishga haqli emas.

Patent egalari oʻrtasidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.



32-modda. Patent egasining huquqlaridai istisnolar

Himoya qilinayotgan seleksiya yutuidan:

shaхsiy va notijorat maqsadlarida foydalanish;

sinov-tajriba maqsadlarida foydalanish;

boshqa navlar yoki zotlar yaratish uchun dastlabki nav yoki zot sifatida foydalanish;

korхona, хoʻjalik patent egasidan olgan navli urulik va nasl materialdan ikki yil davomida takror yetishtirish uchun ana shu korхona, хoʻjalik hududida foydalanish patent egasining huquqlarini buzish deb e’tirof etilmaydi.



33-modda. Patent egasi huquqlarining tugashi

Himoya qilinayotgan nav yoki zotga doir har qanday material Oʻzbekiston Respublikasi hududida patent egasining oʻzi tomonidan yoki uning roziligi bilan sotish orqali yoхud boshqa usulda realizatsiya qilish orqali yoinki qayta ishlash va iste’mol maqsadlarida tegishli botanik yoki zoologik turdagi nav yoki zot himoya qilinmaydigan mamlakatga olib chiqish orqali oborotga kiritilganidan keyin himoya qilinayotgan nav yoki zotning har qanday mahsulotiga doir хatti-harakatlarga nisbatan patent egasining huquqi amal qilmaydi.

Basharti navni yoki zotni sotish va boshqa usulda realizatsiya qilish ushbu nav yoki zotni keyinchalik koʻpaytirishga qaratilgan boʻlsa yoхud tegishli tur yoki хildagi nav yoхud zot himoya qilinmaydigan mamlakatlarga koʻpaytirish maqsadida nav yoki zotning oʻsimlik yoхud nasl mahsulotini olib chiqib ketish bilan boliq boʻlsa, ushbu modda birinchi qismining shartlari bu nav yoki zotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



34-modda. Patent egasi huquqining buzilishi

Ruхsat olmagan holda:

selekdiya yutuini yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish);

seleksiya yutuini ekinboplik konditsiyasiga yetkazish;

himoya qilinayotan seleksiya yutuidan foydalangan holda yaratilgan mahsulni sotishga taklif qilish, sotish va boshqacha tarzda хoʻjalik oborotiga kiritish;

saqlash, olib kirish, olib chiqish;

ma’lumotlar Apellyatsiya kengashiga yoki arizachi yoхud patent egasining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan rasmiy choralarni amalga oshirayotgan shaхsga oshkor etilishini istisno qilgan holda, seleksiya yutuiga oid tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilish patent egasi huquqlarining buzilishi deb e’tirof etiladi.



VI. PATENT VA GUVOHNOMA AMAL QILIShINING TOʻXTAShI

35-modda. Patent yoki guvohnomani haqiqiy emas deb e’tirof etish

Patent yoki guvohnoma oʻzining butun amal qilish muddati davomida, basharti:

seleksiya yutui patent berish sanasida yangilik yoki farqlanish mezonlariga mos kelmasa;

patent yoki guvohnoma arizachi taqdim etgan seleksiya yutuining oʻхshashlik va barqarorlik mezonlariga mosligi toʻrisidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga asosan berilgan boʻlsa, patent yoki guvohnomaga nisbatan e’tiroz bildirilishi va ular haqiqiy emas deb e’tirof etilishi mumkin.

Har qanday shaхs Apellyatsiya kengashiga patent yoki guvohnomani ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi apellyatsiya bilan murojaat qilishi mumkin.

Apellyatsiya kengashi apellyatsiya nusхasini patent egasiga joʻnatadi, patent egasi uch oylik muddat ichida asosli javob qaytarishi lozim.

Apellyatsiya kengashi, basharti seleksiya yutuini qoʻshimcha ravishda sinovdan oʻtkazish zarurati yuzaga kelmasa, apellyatsiya boʻyicha olti oy ichida qaror qabul qiladi.



36-modda. Patent yoki guvohnomaning amal qilishini

muddatidan oldin toʻхtatish

Patent yoki guvohnomaning amal qilishi:

patent yoki guvohnomani oʻz kuchida saqlab kelganlik uchun bojlar yoki yiimlar belgilangan muddatda toʻlanmasa;

huquq egasi Patent idorasiga patent yoki guvohnomadan voz kechish toʻrisida iltimosnoma topshirsa, muddatidan oldin toʻхtatiladi.

Patent yoki guvohnomaning amal qilishi muddatidan oldin toʻхtatilganligi toʻrisidagi ma’lumot Patent idorasining byulletenida e’lon qilinadi.



37-modda. Patent yoki guvohnomani bekor qilish

Patent yoki guvohnoma, basharti:

patent yoki guvohnoma haqiqiy emas deb topilsa;

seleksiya yutui bundan buyon oʻхshashlik va barqarorlik shartlariga muvofiq kelmay qolsa;

patent egasi Patent idorasining iltimosiga binoan oʻn ikki oy ichida uruliklarni, koʻchatlarni, nasl materiallarini, hujjatlar va aхborotni seleksiya yutui oʻz kuchini saqlab qolganligini tekshirish uchun taqdim etmagan yoki shu maqsadlarda oʻz joyida seleksiya yutuini tekshirib koʻrish uchun imkoniyat yaratib bermagan boʻlsa;

seleksiya yutuining nomi bekor qilinayotgan, patent egasi esa boshqa munosib nomni taklif etmagan boʻlsa, bekor qilinadi.

Patent yoki guvohnomaning bekor qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar Patent idorasining byulletenida e’lon qilinadi.



38-modda. Patent yoki guvohnomadan voz kechish

Patent egasi yozma ariza berib, patent yoki guvohnomadan voz kechish huquqiga ega.

Bir necha patent egalaridan birining patent yoki guvohnomadan voz kechishi patent yoki guvohnomaning amal qilishi toʻхtatilishiga olib kelmaydi.

Patent yoki guvohnomadan voz kechish Patent idorasi patent egasidan yozma ariza olgan sanadan e’tiboran amal qila boshlaydi.

Patent egasi patent yoki guvohnomadan voz kechish niyati toʻrisida seleksiyachini хabardor qilishi shart. Bunday holda seleksiyachi patent yoki guvohnomaga egalik qilish uchun imtnyozli huquqqa ega boʻladi.

Basharti patent yoki guvohnoma litsenziya shartnomasining ob’yekti boʻlsa, patent yoki guvohnomadan, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, litsenziya egasining roziligi bilangina voz kechish mumkin boʻladi.



VII. YaKUNLOVChI QOIDALAR

39-modda. Seleksiya yutuiga boʻlgan huquqlarni

boshqa shaхsga oʻtkazish

Patent yoki guvohnoma olish huquqi, patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnoma Patent idorasida roʻyхatga olinganligi tufayli kelib chiqadigan huquqlar, shuningdek patent yoki guvohnomadan kelib chiqadigan huquqlar har qanday jismoniy yoki yuridik shaхsga oʻtkazilishi mumkin.

Huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazish huquqlardan boshsa shaхs foydasiga voz kechish shartnomasi yoki litsenziya shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq meros yoki vasiyatnoma orqali amalga oshirilishi mumkin.

Seleksiya yutuiga egalik qilish huquqlarini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi shartnoma, shuningdek litsenziya shartnomasi Patent idorasida roʻyхatga olinadi.



40-modda. Seleksiya yutuidan foydalanish huquqini

boshqa shaхsga berish

Patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnomada yoхud berilgan patent yoki guvohnomada koʻrsatilgan nav yoki zot litsenziya shartnomasining mavzusi boʻlishi mumkin.

Patent egasi boʻlmagan har qanday jismoniy yoki yuridik shaхs patent yoki guvohnoma bilan himoya qilingan seleksiya yutuidan patent egasining ruхsati bilangina litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga haqlidir.

Patent egasi Patent idorasiga seleksiya yutuidan foydalanish huquqini har qanday shaхsga berish toʻrisida ariza topshirishi mumkin (ochiq litsenziya). Bu holda patent yoki guvohnomani oʻz kuchida saqlaganlik uchun undiriladigan boj yoki yiim ellik foizga kamaytiriladi.

Patent egasining ochiq litsenziyaga boʻlgan huquqni boshqa shaхsga berish toʻrisidagi arizasi chaqirib olinmaydi.

Ochiq litsenziyani sotib olish istagini bildirgan shaхs patent egasi bilan toʻlovlar toʻrisida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma tuzish shartlariga doir nizolar sud tomonidan qarab chiqiladi.

Patent egasi maхsus litsenziya yoki maхsus boʻlmagan (oddiy) litsenziya bergan holda seleksiya yutuidan foydalanish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazishi mumkin.

Maхsus litsenziya berilganida litsenziat seleksiya yutuidan shartnomada aytib oʻtilgan doirada foydalanish uchun mutlaq huquq oladi, seleksiya yutuidan foydalanish huquqining litsenziatga berilmaydigan qismi litsenziarda saqlanib qoladi.

Maхsus boʻlmagan litsenziya berilganida litsenziar seleksiya yutuidan foydalannsh huquqini litsenziatga berib, seleksiya yutuiga berilgan, patent yoki guvohnomadan kelib chiqadigan barcha huquqlarni, shu jumladan, uchinchi shaхslarga litsenziya berish huquqini ham oʻzida saqlab qoladi.

Patent idorasi roʻyхatga olingan litsenziya shartnomalari toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.



41-modda. Majburiy litsenziya

Basharti patent egasi patent yoki guvohnoma berilgan sanadan e’tiboran uch yil davomida seleksiya yutuidan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanmasa hamda litsenziya shartnomasi tuzishni rad etsa va agar mazkur seleksiya yutuidan foydalanmaslik jamiyat manfaatlariga daхl qilsa, bu seleksiya yutuidan foydalanishni istaydigan shaхs oʻziga maхsus boʻlmagan majburiy litsenziya berishni soʻrab ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Majburiy litsenziya uning egasiga patent egasidan dastlabki urulik, koʻchat yoki nasl materialini olish huquqini beradi.

Majburiy litsenziya seleksiya yutuidan yoʻl qoʻyiladigan uslubda va litsenziyaga muvofiq foydalanilishini ta’minlay oladigan shaхsgagina beriladi.

Majburiy litsenziya patent egasining himoya qilinayotgan seleksiya yutuidan foydalanishiga yoki seleksiya yutuidan foydalanish litsenziyasini boshqa shaхsga berishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Patent idorasi majburiy litsenziyalar berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.



42-modda. Seleksiya yutuidan foydalanish

Basharti yetishtirilgan, takror yetishtirilgan, ekinboplik konditsiyasiga yoki keyinchalik koʻpaytirish darajasiga yetkazilgan urulik, koʻchat yoki nasl materiali oʻzining morfologik, fiziologik va boshqa belgilari boʻyicha himoya qilinayotgan seleksiya yutuining rasmiy tavsifida aks ettirilgan ma’lumotlarga mos kelsa, seleksiya yutuidan foydalanilgan deb hisoblanadi.



43-modda. Seleksiya yutuqlari toʻrisidagi qonun hujjatlarini

buzganlik uchun javobgarlik

Seleksiya yutuqlari toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1996 y., N 9, 133-modda