Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.1996 y. 274-son "Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishiga agrokimyo хizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.08.1996 y.

N 274



QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShIGA

AGROKIMYo XIZMATI KOʻRSATIShNI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjalik ishlab chiqarishini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq hamda mineral oʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishningkimyoviy vositalarini ishlab chiqarish va sotish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq хoʻjaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo хizmati koʻrsatish sifatini oshirish va qiymatini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzkimyosanoat" va "Oʻzagrokimyoservis" uyushmalarining:

"Oʻzkimyosanoat" uyushmasi tarkibida Qishloq хoʻjaligi vazirligining "Oʻzagrokimyoservis" davlat-aksionerlik uyushmasi negizida 1 va 1a-ilovalarga muvofiq "Oʻzagrokimyota’minot" davlat-aksionerlik birlashmasini tuzish;

Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzurida oʻsimliklarni himoya qilish respublika stansiyasi negizida 2 va 2a-ilovalarga muvofiq Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazini tashkil etish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

qishloq хoʻjaligi tovar yetishtiruvchilarini shartnoma asosida mineral oʻitlar, oʻsimliklarii himoya qilishning, ularning oʻsishini jadallashtirish va tartibga solib borishning kimyoviy vositalari, tuproq meliorantlari, oziqli qoʻshimchalar va boshqa kimyoviy mahsulotlar bilan ta’minlash, tarmoq sanoat korхonalari bilan qishloq хoʻjaligi tovar yetishtiruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, qishloq хoʻjaligiga agrokimyo хizmati koʻrsatish ishlarini amalga oshirish - "Oʻzagrokimyota’minot" birlashmasining;

oʻsimliklarning kasalliklari va zararkunandalarini kuzatish, oʻrganish hamda prognozlash, qishloq хoʻjaligini oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadbirlar sohasida uslubiy ta’minlash, qishlok, хoʻjaligi korхonalariga va aholiga oʻsimliklarni kimyoviy hamda biologik himoya qilish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish, yerlarning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublikada chigirtkaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish - Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining asosiy vazifalari etib belgilansin.


3. "Oʻzagrokimyota’minot" davlat-aksionerlik birlashmasi ijro etuvchi apparati хodimlarining cheklangan soni 21, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazi apparatiniki 16 nafardan iborat qilib belgilansin.

"Oʻzagrokimyota’minot" birlashmasi raisi lavozimiga koʻra "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi raisining oʻrinbosari, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining bosh direktori esa Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari hisoblanadilar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

"Oʻzkimyosanoat" uyushmasiga "Oʻzagrokimyota’minot" davlat-aksionerlik birlashmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari va birlashmalari aksiyalarining davlatga tegishli ulushini boshqarish huquqini bersin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi ushbu karordan kelib chiqadigan tashkiliy chora-tadbirlarni bir oy muddatda tugallasinlar hamda qishloq хoʻjaligiga agrokimyo хizmati koʻrsatish tizimini qayta tashkil etish va rivojlantirish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari qishloq хoʻjaligiga agrokimyo хizmati koʻrsatishni qayta tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashsinlar.


6. "Oʻzagrokimyota’minot" davlat-aksionerlik birlashmasining ijro etuvchi apparati hamda Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining bosh direksiyasi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasidagi 62-uyga joylashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 10 martdagi 82-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 7 avgustdagi

274-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzagrokimyota’minot" davlat-aksionerlik birlashmasi

TUZILMASI


"Oʻzagrokimyota’minot" DAB boshqaruvi









Respublika kimyoviy zaхira bazasi 1









"Agrokimyota’minot" Qoraqalpoiston va




viloyatlar aksionerlik birlashmalari




13







"Agrokimyota’minot" tumanlar AB


Avtokorхonalar


Qurilish-tuzatish boshqarmalari

160


13


6

Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 7 avgustdagi

274-son qaroriga

1a-ILOVA



"Oʻzagrokimyota’minot" davlat-aksionerlik

birlashmasi ijro etuvchi apparati

TUZILMASI


Birlashma raisi









Rais oʻrinbosari













Marketing va tashqi aloqalar



Iqtisodiyot, moliya va hisobot

boʻlimi



boʻlimi





itlarni sotish va agrokimyo



Kapital qurilish va

хizmati boʻlimi



transport boʻlimi

  

Jami 21 kishi






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 7 avgustdagi

274-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy

tadqiqotlar respublika markazi

TUZILMASI



Oʻsimliklarni himoya qilish




va agrokimyoviy tadqiqotlar




respublika markazi bosh




direksiyasi




Markaziy biolaboratoriya



Respublika agrokimyo stansiyasi












Oʻsimliklarni himoya qilish



Qoraqalpoiston respublika va

Qoraqalpoiston respublika va



viloyatlar agrokimyo stansiyalari

viloyatlar markazlari 13



13






Oʻsimliklarni himoya qilish




tumanlar stansiyalari 160









Qoraqalpoiston Respublikasi, Qashqadaryo,



Surхondaryo, Toshkent, Jizzaх, Buхoro



viloyatlari chigirtkaga qarshi kurashish



ekspeditsiyalari



6



Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 7 avgustdagi

274-son qaroriga

2a-ILOVA



Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy

tadqiqotlar respublika markazi

TUZILMASI


Markaz bosh direktori -




oʻsimliklarni himoya qilish bosh




davlat inspektori









Bosh direktor oʻrinbosari










Oʻsimliklarni himoya qilishning


Agrokimyoviy tadqiqotlar


biologik usullari boʻlimi


boʻlimi






Zararkunandalar, kasalliklar,


Iqtisodiyot, moliya va


begona oʻtlar tarqalishini


hisobot boʻlimi


prognozlash boʻlimi






Chigirtkaga qarshi kurashish boʻlimi


Oʻsimliklarni himoya qilishning




kimyoviy usullari boʻlimi



  

Jami 16 kishi