Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2003 y. 235-son "Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.06.2003 y.

N 235




UMUMIY OʻRTA TA’LIM

TOʻRISIDAGI ShAHODATNOMANING

DAVLAT NAMUNASINI TASDIQLASh HAQIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Qonunni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, yangi davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlari asosida umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjatlarni berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi shahodatnomani bitiruvchilarga berish tartibi toʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi shahodatnoma blankalarini Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chop etsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablalarni, ushbu maqsadlarga 2003 yil byudjetida rejalashtirilgan mablalar doirasida, belgilangan tartibda ajratsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 iyundagi

235-son qaroriga

1-ILOVA



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI






GERB






SHAHODATNOMA







Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 iyundagi

235-son qaroriga

1-ilovaning davomi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI






GERB






ALO DARAJALI

SHAHODATNOMA







Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 iyundagi

235-son qaroriga

1-ilovaning davomi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

UMUMIY O`RTA TALIM TOGRISIDA

SHAHODATNOMA

U № 0000000


____________________________________________________________

(familiyasi,

____________________________________________________________

ismi, otasining ismi)

Tug`ilgan yili va sanasi_________________________________________

Tug`ilgan joyi ________________________________________________

____________________________________________________________

200___ yilda _________________________________________________

(ta`lim muassasasining

____________________________________________________________

to`liq nomi)


Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq belgilangan o`quv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:

O`quv fanlari


Reiyting baholari

(ball)


Ona tili

Adabiyot

_________ tili

Xorijiy til (_________)

O`zbekiston tarixi

Jahon tarixi

Davlat va huquq asoslari

Iqtisodiy bilim asoslari

Algebra

Geometriya

Informatika

Fizika

Kimyo

Biologiya

Geografiya

Milliy istiqlol g`oyasi va

manaviyat asoslari

Chizmachilik

Tasviriy sanat

Musiqa madaniyati


Mehnat

Jismoniy tarbiya

Fakultativ kurslar

M.O`.  Maktab direktori

__________

(imzo)


__________________

(familiya)

O`quv ishlari bo`uicha direktor o`rinbosari


__________

(imzo)

__________________

(familiya)

Sinf rahbari

__________

(imzo)

__________________

(familiya)

Qayd qilingan raqami _____

200___ yil ______________ da berildi.





UMUMIY OʻRTA TA’LIM TOʻRISIDA

DAVLAT NAMUNASIDAGI ShAHODATNOMA

TAVSIFI


Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini bitirganlik toʻrisidagi shahodatnoma 100х145 mm oʻlchovda, vertikal joylashgan, muqovasi toʻq havorang (a’lo darajali shahodatnomaniki  toʻq kizil) rangda boʻladi. Muqovaning yuqori qismiga oʻzbek tilida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI", quyi qismiga "SHAHODATNOMA" soʻzlari, a’lo darajali shahodatnomada esa "SHAHODATNOMA" soʻzidan avval "ALO DARAJALI" soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri oltin zar qoozda, issiq bosma usuli bilan tushiriladi.

Muqova yuqori sifatli, yeyilishga chidamli, qalinligi 300 mkm. materialdan tayyorlanadi.

Shahodatnomaning ichki qismi qalin qoozga ofset bosma usulida ikki rangda: matn qismi qora va tasviriy elementlar havo (a’lo darajali shahodatnomada oltin) rangda bosiladi.

Matn qismi oʻzbek tilida qora rangda bosiladi.

Shahodatnomaning chap varaining yuqori qismida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY O`RTA TALIM TOGRISIDAGI SHAHODATNOMA" soʻzlari yoziladi.

Shahodatnomaning chap varaida U harfi va yettita sondan iborat tartib raqami yoziladi.

Shahodatnomaning chap varai pastida va oʻng varai yuqorisida oʻquv rejasidagi fanlar va ulardan olingan baholar (reyting ballari) hamda fakultativ kurslar koʻrsatiladi.

Shahodatnoma sakkizta darajali himoyaga ega:

1) 100% paхta, ultrabinafsha nurlarni aks ettirmaydigan, zichligi 180+5 g/kv.m qoozdan tayyorlanadi.

2) Qooz ultrabinafsha nurlarda koʻrinadigan koʻk va qizil rangli tolalardan hamda har tarafga tartibsiz tarzda joylashgan koʻrinmas koʻk va och yashil ranglardan iborat tolalarni oʻzida mujassam etadi.

3) Ikki qatlamdan iborat fonli toʻr ingichka chiziqli naqshdan iborat boʻlib, u nusхa koʻchirishga qarshi muhofaza sifatida хizmat qiladi.

4) Asosiy fonli toʻrdagi rasm turli kattalikda va notoʻri shaklli doirachalardan, mayda elementli rasmdan iborat. Shahodatnomaning chap va oʻng varai markazida diametri 48 mm. boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi havo (a’lo darajali shahodatnomada - oltin) rangda bosilgan. Quyi qismida, rasm, shu ranglarda, qalinligi bir хil boʻlgan turli burchaklarga egilgan "хoch" deb ataluvchi chiziqlarga oʻtadi. Ular tutash ichki ikki betga va undan atrofiga nafis naqsh boʻlib oʻtadi.

5) Qoʻshimcha fon toʻri "tovlanish" usulida, ya’ni rasmning chiziqlarini buzmagan holda, bir rangdan ikkinchi rangga ravon tarzda oʻtadi.

6) Ultrabinafsha ranglarda koʻrinadigan, ammo oddiy koʻrishda koʻrinmaydigan "Xumo" qushining tasviri ichki qismning chap va oʻng varaida joylashgan.

7) Koʻp marotaba kattalashtirilganda koʻrinadigan mikromatn shahodatnomaning chap va oʻng varaida joylashgan boʻlib, u uzluksiz qaytariladigan "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY O`RTA TA`LIM TOGRISIDAGI SHAHODATNOMA", a’lo darajali shahodatnomada esa "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY O`RTA TA`LIM TOGRISIDAGI ALO DARAJALI SHAHODATNOMA" soʻzlaridan iborat.

8) Yetti хonali seriya raqami flyuoressent boʻyoida bosilgan boʻlib, blanka ichki qismining chap varaida ultrabinafsha nurlari ostida yashil rangda tovlanib koʻrinadi.