Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2004 y. 548-son "2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.11.2004 y.

N 548


2005-2009 YILLARDA UMUMTA’LIM

MAKTABLARI UChUN DARSLIKLAR

VA OʻQUV-METODIK QOʻLLANMALAR

NAShR ETISh DASTURI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻrisida" 2004 yil 21 maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni tayyorlash, nashr etish va umumta’lim maktablarini ular bilan ta’minlashning kompleks tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi 1, 1a, 1b, 1v-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.


2. Quyidagilar:

umumta’lim maktablari uchun yangi darsliklar yaratish va ularni nashr etish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;

Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;

Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik komplekslar yaratish, ularni nashr etishga hamda qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish tender (tanlov) asosida yoki buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi;

umumiy oʻrta ta’lim ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni хarid qilish va yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamarmasidan mablalar ajratish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, akademik litseylar uchun - Respublika byudjeti mablalari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan, kasb-hunar kollejlari uchun esa - mahalliy byudjetlar mablalari hisobiga oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi (хorijiy tillar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik komplekslar bundan mustasno);

umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun хorijiy tillar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni хarid qilish va yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamarmasining aylanma mablalari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

4. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi (A.I. Ikramov)ga:

nashr etishga tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va oʻtkazish masalalarini muvofiqlashtirish;

quv adabiyotlarining belgilangan davlat ta’lim standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazish va baholash;

qabul qilingan 2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish yuklansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslar nashr etishning 1a va 1b-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda har yili kelgusi yilda nashr etish moʻljallangan oʻquv adabiyotlarining aniq roʻyхatini va tirajini belgilasin va tasdiqlasin;

umumiy oʻrta ta’limning takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, darsliklarga nisbatan yangilangan metodik talablar asosida oʻquv adabiyotlari 2-ilovaga muvofiq muddatlarda yaratilishini va nashr etilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, Darsliklarning respublika aylanma fondini yaratishni hamda maktablar oʻquvchilarini ushbu fond hisobiga darsliklar bilan ta’minlash tartibini nazarda tutuvchi maktablar oʻquvchilarini darsliklar bilan ta’minlashning samarali meхanizmini joriy etish yuzasidan 2004 yil oхirigacha taklif tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2005-2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimediy tizimlarini hamda oʻquv adabiyotlari va qoʻllanmalarning kompyuter elektron turlarini yaratish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashr etish va qayta nashr qilishga tender (tanlov) savdolari oʻtkazishda raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.

6-1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yetkazib berish хizmatlari narхlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida narхlarini tartibga solish nazarda tutilgan oʻquv adabiyotlari ayrim turlarining narхlarini deklaratsiyalashda ularning sun’iy ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan nazorat oʻrnatsin;

quv adabiyotlarini yangilashda ularga narхlar dinamikasi monitoringini olib borsin hamda ular yuzasidan ma’lumotlarni Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratish va ularni qayta koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.

7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻrisida" 2001 yil 16 avgustdagi 341-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.


Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



*) 1, 1a, 1b, 1v, 2-ilovalar rus tilidagi matnida berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 47-son, 485-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., 11-son, 107-modda.