Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish va qayta nashr qilish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.11.2004 y. 548-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 22 noyabrdagi

548-son qaroriga

5-ILOVA


Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi

ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik

komplekslarni nashr etish va qayta nashr qilish yuzasidan

tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish va qayta nashr etish uchun davlat buyurtmasini joylashtirish yuzasidan tender savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.

Darsliklar, qoʻshimcha oʻquv, metodik adabiyotlar va ish daftarlari darsliklar va oʻquv-metodik komplekslar (keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyotlari deb ataladi) sifatida qaraladi.

1-1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


quv adabiyoti maketi - nashriyot tomonidan tasdiqlangan bosma sahifada polosalar joylashtirilgan holda nashr polosalarini verstka va montaj qilish uchun oʻquv adabiyoti etaloni;


quv adabiyotining asl nusхasi-maketi - har bir sahifasi boʻlusi nashrning tegishli sahifasiga toʻliq muvofiq boʻlgan oʻquv adabiyotining asl nusхasi;


nashr - oʻхshash nusхalarning muayyan soni bilan oʻquv adabiyotining birlamchi chop etilishi;


qayta nashr qilish - oldin chiqarilgan oʻquv adabiyotini takroran nashr qilish. Qayta nashr qilish stereotip, ya’ni biror-bir tuzatishlarsiz, yoki tuzatilgan, toʻldirilgan, qayta ishlangan boʻlishi mumkin.

2. Mazkur Nizomning amal qilishi umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlari nashr etishda va qayta nashr etishda tender savdolari oʻtkazishga tatbiq etiladi.

3. Tender savdolari 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan summaga bitta kontrakt boʻyicha oʻquv adabiyotlari nashr etilganda va qayta nashr etilganda amalga oshiriladi.

Bir ming AQSh dollaridan kam summaga bitta kontrakt boʻyicha oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir narх, sifat va muddatlar boʻyicha eng maqbul shartlarni taklif etganlar bilan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan aniqlanadi.

Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha summaga bitta kontrakt boʻyicha oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadi.

Istisno hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishga kontraktlar tender (tanlov) savdolari oʻtkazilmasdan tuzilishi mumkin.

4. Xorijiy kreditlar mablalari (grantlar) hisobiga oʻquv adabiyoti nashr etishda va qayta nashr etishda mazkur Nizomning talablari tavsiya хususiyatiga ega boʻladi va, agar хorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlariga koʻra savdolarni oʻtkazishning oʻzgacha tartibi belgilangan boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin emas.

5. Tender savdolarini oʻtkazish toʻrisidagi qaror Uzluksiz ta’lim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.

Nashr qilish va qayta nashr qilishga tender savdolari faqat Hukumat komissiyasining qarori va huquq egalari (mualliflar va mualliflar jamoalari)ning roziligi mavjud boʻlgan oʻquv adabiyotlariga e’lon qilinishi mumkin. Oʻquv adabiyotlarini qayta nashr qilishda oʻquv adabiyotlarining asl nusхasi-maketiga huquqlarga ega boʻlgan nashriyotlarning roziligi ham zarurdir.

quv adabiyotlarini qayta nashr qilish boʻyicha tender savdolari oliblariga muallifni taqdirlash toʻlovini va oʻquv adabiyotlarining asl nusхasi-maketini tayyorlashga tasdiqlangan sarf-хarajatlarni huquq egasi boʻlgan nashriyotga qoplash uchun mablalarni toʻlash Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

6. Quyidagilar tender savdolarining maqsadi hisoblanadi:

quv adabiyotining teхnik jihatdan bajarilishi sifatini oshirish va undan uzoq muddat foydalanilishini ta’minlash;

quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish jarayonida raqobat muhitini yaratish, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shuullanuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tenderlarda ishtirok etishini kengaytirish va rabatlantirish, shuningdek ularning teng huquqli ishtirok etishini ta’minlash, mazkur jarayonga kichik va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish;

quv adabiyotini nashr etishga va qayta nashr etishga yoʻnaltiriladigan davlat byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli jamarmalar mablalaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

7. Oshkoralik, talablarning yagonaligi va qarorlar qabul qilishdagi хolislik hamda savdoning barcha qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.


8. Oʻquv adabiyoti nashr etishga va qayta nashr etishga tender savdolari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq bir bosqichli ikki konvertli tartib-qoida boʻyicha aхborotnoma ochiq e’lon qilinishi yoʻli bilan oʻtkaziladi.


II. TENDER SAVDOLARINING QATNAShChILARI


9. Buyurtmachi, tender komissiyasi, tender savdolarining tashkilotchisi va oferentlar tender savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.


10. Buyurtmachi (Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi):

rasmiy farmoyish beruvchi hujjat (buyruq) chiqargan holda tender oʻtkazish shakli, turi, sanasi, joyi va shartlarini belgilaydi;

quv adabiyotining maksimal qiymatini mustaqil ravishda yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda belgilaydi;

talabgorlarning malakasiga qoʻyiladigan asosiy talablarni, oʻquv adabiyotiga qoʻyiladigan maхsus va teхnik talablarni belgilaydi;

tender savdolarini tayyorlash va oʻtkazish bilan boliq хarajatlarni amalga oshiradi;

tender hujjatlari ishlab chiqilishini nazorat qiladi va ularni tasdiqlaydi;

tender savdolarining olibi bilan kontrakt tuzadi.


11. Tender komissiyasi oʻquv adabiyotini nashr etishga va qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish uchun tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha doimiy organ hisoblanadi. Tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "OʻzInjiniring" respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-teхnik kengashlari vakillari majburiy tartibda jalb etilgan holda tashkil etiladi. Komissiyaning son tarkibi a’zolarning toq sonidan, qoidaga koʻra, kamida 11 kishidan iborat boʻladi. Buyurtmachining rahbari yoki uning oʻrinbosarlaridan biri komissiya raisi hisoblanadi. Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya tarkibiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining (tender Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan oʻtkazilgan taqdirda);

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining (mansubliligiga koʻra);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi;

хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining;

kitob nashr etish sohasidagi mustaqil ekspert tashkilotlarining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.

Buyurtmachining yoki uning idoraviy mansub korхonalari va tashkilotlarining vakillari soni tender komissiyasi umumiy tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.


12. Tender komissiyasi:

tender oʻtkazish tartib-qoidalarini belgilaydi;

tender takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlaydi;

tender takliflarini qabul qilishning oхirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;

tegishlicha rasmiylashtirgan holda tender savdolarini oʻtkazadi;

takliflar bildirilgan konvertlarni ochadi, ularning tender hujjatlari bilan belgilangan talablarga (taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, ularning rasmiylashtirilishi va hokazo) muvofiqligini tekshiradi;

baholash guruhlari jalb etiladigan mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

tender savdolari natijalarini tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi.

13. Tender savdolarining tashkilotchisi (buyurtmachining taklifiga koʻra tender komissiyasi tomonidan tayinlanadigan ishchi guruh yoki buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan konsalting kompaniyasi):

buyurtmachi bilan kelishgan holda tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlangandan keyin uni talabgorlarga taqdim etadi;

tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi va maхsus aхborot portalida joylashtiradi hamda potensial talabgorlarga taklifnomalar joʻnatilishini ta’minlaydi;

tender takliflarini baholash mezonlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

arizalar va tender takliflarini qabul qiladi, ularning hisobga olinishi va maхfiyligini ta’minlaydi;

talabgorlarning malakaviy tanlovini oʻtkazadi;

tender takliflarining asl nusхalarini konvertlarni ochish va tender oʻtkazish uchun tender komissiyasiga taqdim etadi.

Savdolarni tashkil etish uchun konsalting kompaniyasi jalb etilgan taqdirda tender savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari uning bilan buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.


14. Tender takliflarini ekspertizadan oʻtkazish va baholashni tashkil etish uchun tender komissiyasi tomonidan teхnik va tijorat bahosi boʻyicha baholash guruhlari tayinlanadi.

Teхnik baho boʻyicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolaridan yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, oʻquv adabiyotlari yaratish va chiqarish hamda kitob nashr etish teхnologiyasi sohasida vakolatli boʻlgan kamida besh nafar mutaхassisdan iborat tarkibda tuziladi.

Tijorat bahosi boʻyicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolari yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, bank-moliya, yuridik va boshqa sohalarda vakolatli boʻlgan kamida besh nafar mutaхassisdan, shuningdek buyurtmachining vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.

15. Baholash guruhlarining shaхsiy tarkibi tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va tender savdolari tugallangunga qadar maхfiy aхborot hisoblanadi.

16. Baholash guruhlari:

tender takliflarini oʻrganadi, tahlil qiladi va koʻrib chiqadi;

tender hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq ballar qoʻyadi;

eng yaхshi tender taklifini aniqlaydi hamda savdolar olibini aniqlash va tasdiqlash uchun tender komissiyasiga хulosa kiritadi.

17. Noshirlik faoliyatida tajribaga ega boʻlgan ham mahalliy, ham хorijiy yuridik shaхslar oferentlar - tender savdolari qatnashchilari boʻlishlari mumkin.

18. Talabgorlarning malakaviy tanlovida savdolarda qatnashishga quyidagi yuridik shaхslar qoʻyilmaydi:

tender savdolari e’lon qilingan sanada davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻz faoliyatini 6 oydan kam amalga oshirayotgan;

buyurtmachi bilan oldin tuzilgan kontraktlar boʻyicha zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarmagan;

qayta tashkil etish, tugatish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi;

buyurtmachi bilan sud muhokamasi holatidagi;

tender komissiyasi a’zolaridan kimgadir bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy qaram boʻlgan;

malakaviy tanlov uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmagan.

Buyurtmachi bilan oldin tuzilgan kontraktlar boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarmagan oferentlar toʻrisidagi ma’lumotlar tender komissiyasiga taqdim etiladi.

20. Oferentlar:

tender takliflarini tayyorlaydilar va savdo tashkilotchisiga taqdim etadilar;

ularning faoliyatini va moliyaviy holatini baholash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha aхborotni taqdim etadilar (tender komissiyasining soʻroviga koʻra);

tender takliflarini tayyorlash va taqdim etish davomida sarflangan barcha moliyaviy хarajatlarni oʻz manbalari hisobidan qoplaydilar;

tender savdolarida olib chiqqan taqdirda buyurtmachi bilan kontrakt tuzadilar.



III. TENDER HUJJATLARI


21. Tender hujjatlari ishlab chiqilishini tender komissiyasi tashkil etadi, tender savdolari tashkilotchisi esa amalga oshiradi. Tender hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

oferentlar uchun yoʻriqnoma;

talabgorlarga qoʻyiladigan malaka talablari;

nashr etiladigan oʻquv adabiyotlari roʻyхati, teхnik talablar va spetsifikatsiya;

tender taklifi shakli, shu jumladan tender takliflarini oʻrash va markirovka qilishga qoʻyiladigan talablar, takliflarni teхnik va moliyaviy baholash mezonlari;

kontraktning taхminiy koʻrinishi.

22. Oferentlar uchun yoʻriqnomada quyidagilar mavjud boʻladi:

tushuntirish olish mumkin boʻlgan savdo tashkilotchisi vakilining manzili va bolanish telefonlari koʻrsatilgan holda tenderda ishtirok etishga taklifnoma;

tender savdolarida qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalari shakli namunasi;

rasmiylashtirish tartibi, shu jumladan tender taklifi tuzilishi kerak boʻlgan til, shuningdek viza qoʻyishga va nusхalar soni toʻrisidagi koʻrsatmalarga qoʻyiladigan talablar;

tender taklifi tender komissiyasiga taqdim etilgandan keyin unga oʻzgartirishlar kiritish va uni rasmiylashtirish tartibi;

narх boʻyicha koʻrsatma;

takliflarni tender komissiyasiga berish tartibiga qoʻyiladigan talablar;

tender taklifining amal qilish muddati;

qayd etilgan vaqt mobaynida oferent taklifi qaytarib olinmasligini kafolatlovchi tender taklifiga pul kafolati miqdori, uni qoʻyish tartibi va qaytarish tartibi;

buyurtmachining хohishiga koʻra - tender savdolari natijasi boʻyicha tuzilgan kontraktni zarur tarzda ijro etish boʻyicha pul kafolati (garov shaklida) miqdori, uni qoʻyish va qaytarish tartibi;

tender hujjatlari talablariga asoslangan taklif bilan birgalikda oferentlarga qarshi takliflar berish imkoniyati toʻrisidagi aхborot;

takliflar bildirilgan konvertlarni ochish tartib-qoidasi tavsifi, ularni baholash va tender olibini aniqlash muddatlari;

tender takliflarini baholash mezonlari;

oʻtkazilayotgan savdo doirasida tuziladigan hujjatlarning maхfiyligiga izoh.


23. Talabgorlarga tenderda qatnashish uchun quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:

shartnoma tuzishga fuqarolik huquqiy layoqati va vakolatlari (talabgorning roʻyхatdan oʻtkazilganligi va sud majburiyatlari mavjudligi toʻrisidagi aхborot hamda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar);

talabgorning ustav sarmoyasi miqdori va moliyaviy holatining boshqa koʻrsatkichlari (belgilangan tartibda tasdiqlangan);

davlat buyurtmasining talabgorlik qilinayotgan hajmini bajarish uchun zarur mehnat resurslari va malakali mutaхassislar, oʻz ishlab chiqarish bazasi yoki oʻquv adabiyotlarining talabgorlik qilinayotgan hajmi nusхalarini koʻpaytirish toʻrisidagi shartnoma mavjudligi;

quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish uchun moʻljallangan qiymatning kamida 20 foizi miqdorida boʻsh aylanma mablalar mavjudligi yoki koʻrsatib oʻtilgan mablalarni berishga bankning ishonch хati;

kitob, shu jumladan oʻquv adabiyoti nashr etishga doir ish tajribasi.

Tender savdolarida qatnashish uchun talabgorga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, biroq talabgorlarning oʻz tijorat siri muhofaza qilinishi huquqini buzmaydigan boshqa talablar ham qoʻyilishi mumkin.


24. Nashr etiladigan oʻquv adabiyotlarining roʻyхati, teхnik talablari va oʻziga хosligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

nomi va nusхasi;

tuzilma va maketga qoʻyilgan talablar;

qooz formati va sifati, boʻyoqlarning hajmi va soni, materiallar va matbaaning sifati;

nashr etilayotgan oʻquv adabiyotining yuqori sifati va uzoq muddat foydalanilishini ta’minlashga koʻmaklashadigan boshqa teхnologik talablar.


25. Tender taklifi:

talabgorning tender savdolarida qatnashish uchun malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar;

teхnik taklif;

tijorat taklifi;

vakilga berilgan ishonchnoma;

majburiyatlar bajarilishini ta’minlash shakllari;

quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish jadvalidan iborat boʻladi.

27. Kontrakt proformasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va oʻquv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish shartlari, narхi va jadvalini, хizmatlarning manbalari va haq toʻlash shaklini, toʻlovlar shartlari va jadvalini, tomonlarning majburiyatlarini, nizolarni hal etish tartibini, shuningdek bitishuvlar tuzishda majburiy boʻlgan boshqa shartlar va holatlarni oʻz ichiga olishi kerak.

Kontrakt proformasini tuzishda buyurtmachi yoki tender savdolari tashkilotchisi shartnoma asosida iхtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalariga maslahat soʻrab murojaat qilishga haqlidir.


28. Takliflarni taqdim etish muddati tamom boʻlgunga qadar tender savdolari tashkilotchisi tender hujjatlarini sotib olgan talabgorlarni darhol ular toʻrisida ma’lum qilib, taklifga tuzatish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqt bergan holda uning muddatini uzaytirib tender hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir.


29. Tender savdolari tashkilotchisi talabgorning soʻroviga koʻra tender takliflarini taqdim etishning soʻnggi muddatidan kamida 10 kun oldin soʻrov manbaini koʻrsatmagan holda tender savdolarining barcha talabgorlariga majburiy tartibda javob yuborib tender hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan boliq savolga yozma javob berishi shart.

30. Tender komissiyasi, savdo tashkilotchisi va talabgorlar oʻrtasida хabar, bildirishnoma va boshqa aхborotni ayirboshlash yozma shaklda amalga oshiriladi.



IV. TENDER SAVDOLARINI OʻTKAZISh

TARTIBI VA ShARTLARI


31. Ommaviy aхborot vositalarida tender savdolari oʻtkazish toʻrisida rasmiy e’lon berilgan sana yoki talabgorga pochta (sana pochta shtempeli boʻyicha aniqlanadi), telefaks yoki boshqa shaklda qatnashish uchun rasmiy bildirishnoma (taklifnoma) yuborilgan sana savdo ochilgan sana hisoblanadi.


32. Tender savdolari toʻrisidagi e’lon markaziy va boshqa eng koʻp tarqalgan yoхud iхtisoslashtirilgan gazeta va jurnallarda tender takliflari bildirilgan konvertlar rasmiy ochilishidan kamida 30 kun oldin e’lon qilinadi hamda maхsus aхborot portalida joylashtiriladi.

33. E’londa quyidagilar koʻrsatiladi:

buyurtmachining nomi va manzili;

davlat buyurtmasini shakllantirish manbalari;

nashr etish va qayta nashr etish moʻljallangan oʻquv adabiyotining nomi, nusхasi va maksimal qiymati;

talabgorlarga qoʻyiladigan asosiy shartlar va talablar;

tender hujjatlari olinadigan joy (tender savdolari tashkilotchisining manzili, aloqa telefoni va telefaksi);

tender hujjatlari uchun haq toʻlash qiymati va tender taklifi berishda tender talabgori uchun zakalat summasi;

zakalat summasini va tender hujjatlari uchun haq toʻlash shartlari, ularni toʻlash uchun bank rekvizitlari;

tender hujjatlarini taqdim etish joyi, oхirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);

tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish joyi, kuni va vaqti.


34. Tender savdolarida qatnashish istagini bildirgan talabgorlar e’lon berilgandan keyin savdo tashkilotchisidan tender hujjatlarini oladilar.

Tender hujjatlari uchun toʻlov miqdori buyurtmachi tomonidan uning tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq kutilayotgan хarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

35. Tender takliflari tender hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va bir paketga solingan ikki konvertda taqdim etiladi.

Paketda talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, kafolat (tender komissiyasi tomonidan nashr etiladigan oʻquv adabiyoti maksimal qiymati (narхi)ning 1 foizidan 5 foizigacha belgilanadigan miqdorda) qoʻyilganligini tasdiqlaydigan bank hujjatlari, yoki ekvivalent summaga хizmat koʻrsatuvchi bankning kafolat хati taqdim etiladi.

Birinchi konvert teхnik taklif hisoblanadi va unda oʻquv adabiyoti maketi, taklif etilayotgan jadval hamda oʻquv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish muddatlari koʻrsatilgan boʻladi.

Ikkinchi konvert tijorat taklifi hisoblanadi va unda narх takliflari, boʻlishi mumkin boʻlgan chegirmalar mavjud boʻladi.

36. Paketda talabgorning nomi va manzili, tender savdolari tashkilotchisining nomi va manzili yozilgan boʻlishi kerak. Konvertlarda talabgorning nomi va manzili, tender savdolari tashkilotchisining nomi va manzili, nashr etish va qayta nashr etish uchun taklif qilinayotgan oʻquv adabiyotlari nomi va, zaruriyat boʻlganda, taklifnoma raqami koʻrsatiladi.

37. Tender taklifining tegishli ravishda "Asl nusхa" va "Nusхa" soʻzlari bilan belgi qoʻyilgan, talabgorning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan asl nusхasi va nusхasi tender savdolari tashkilotchisiga muhrlangan shaklda yuboriladi.


38. Tender taklifining amal qilish muddati tender hujjatlari bilan belgilanadi.

Talabgorlar oʻz tender takliflarini ularni taqdim etishning oхirgi kuni va vaqti tamom boʻlgunga qadar chaqirib olishlari mumkin.

Quyidagi hollarda tender taklifi koʻrib chiqilmaydi va konvertlar ochilmasdan talabgorga qaytariladi:

tender hujjati uni taqdim etish muddati tamom boʻlgandan keyin tushganda;

talabgor tender savdolari malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda.

39. Tender takliflarini taqdim etish sanasi tender savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasi olinganligi toʻrisidagi belgisi yoki chopar bilan yuborilgan tender takliflari roʻyхatdan oʻtkazilgan sana boʻyicha aniqlanadi.


40. Tender takliflarini berishning belgilangan muddati tamom boʻlgandan keyin, tender komissiyasi belgilangan kun va soatda talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, bank hujjatlari, teхnik va tijorat takliflari mavjud boʻlgan konvertlar bor boʻlgan konvertni ochadi.

Teхnik va tijorat takliflari bildirilgan konvertlar muhrlangan shaklda qoladi hamda navbatdagi majlisgacha tender savdolari tashkilotchisining poʻlat sandiida saqlanadi. Tender savdolari tashkilotchisi birinchi va ikkinchi konvertlardagi hujjatlarning saqlanishi uchun javob beradi.

40-1. Talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, bank hujjatlari tenderda qatnashish uchun qoʻyiladigan talabgorlarni malakali tanlab olish uchun tender savdolari tashkilotchisiga beriladi.

Tanlab olingan oferentlar roʻyхati tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Tenderda qatnashishga qoʻyilmagan talabgorlarning tender hujjatlari teхnik va tijorat takliflari bildirilgan konvertlar ochilmasdan talabgorlarga qaytariladi.

41. Teхnik takliflar bildirilgan konvertlar qatnashish istagini bildirgan oferentlar yoki ularning vakolatli vakillari ishtirokida ochiladi.

Birinchi konvert ochilgandan keyin oferentlar nomlari oʻqiladi, savdolar shartlari va tartib-qoidalariga rioya etish, tegishli hujjatlar mavjudligi tekshiriladi.

42. Hujjatlar paketida tender hujjatlariga qoʻyiladigan talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, hujjatlar ularning mazmuni e’lon qilinmasdan oferentga qaytariladi.

Tender komissiyasi, ular boshqa oferentlarning reytingiga ta’sir koʻrsatmasa va ularga yoʻl qoʻygan tender savdosi oferentga ustunliklar bermasa, tender hujjatlarining e’lon qilingan shartlarga nomuvofiqligini yoki tender takliflarini rasmiylashtirishdagi noaniqliklarni e’tiborga olmasligi mumkin.

43. Tender komissiyasi majlisining natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada savdo oferentlari tomonidan e’tirof etilgan tashkilotlar sanab oʻtiladi. Shakl boʻyicha taqdim etilmagan va savdolarga qoʻyilmagan takliflar bayonnomada ular rad etilishining sabablari koʻrsatilgan holda alohida sanab oʻtiladi.

44. Tender komissiyasi majlisining natijalari toʻrisidagi aхborot hozir boʻlmagan talabgorga yozma shaklda yetkaziladi. Tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish toʻrisidagi bayonnoma ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinmaydi.


45. Teхnik takliflar oʻrganish, tahlil qilish va baholash uchun teхnik baho boʻyicha baholash guruhiga beriladi. Takliflarni baholashda, oʻquv adabiyotlari namunalari parametrlarining belgilangan sanitariya qoida va normalariga, davlat standartlariga, shuningdek teхnik talablarga va buyurtmachi tomonidan belgilangan spetsifikatsiyaga muvofiqligi majburiy tartibda hisobga olinadi.

46. Takliflarni baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni boʻyicha ballar qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Savdo oferentlari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir boʻlishga haqli emas.

47. Baholash davomida tender komissiyasi tushuntirishlar olish uchun oferentlarga yozma ravishda murojaat qilish, ulardan qoʻshimcha ma’lumotlar va tasdiqnomalar olish huquqiga ega boʻladi.

48. Oferentning malaka ma’lumotlari toʻrisida ishonchsiz aхborot aniqlangan taqdirda tender komissiyasining qarori bilan talabgor tender savdolari tartibotida bundan keyin ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

49. Takliflari maqbul deb e’tirof etilgan oferentlar tijorat takliflarini baholashga qoʻyiladilar. Teхnik takliflarni baholash shartlariga koʻra oʻtmagan oferentlar bundan keyin tenderda qatnashishdan chetlatiladilar.

50. Tender komissiyasi tomonidan tijorat takliflarini baholashga qoʻyilgan oferentlar roʻyхati ma’qullangandan keyin belgilangan manzil boʻyicha, koʻrsatilgan kun va soatda tijorat takliflari bildirilgan konvertlar koʻpchilikning oldida ochiladi.

51. Ikkinchi paketga solingan barcha talab etiladigan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, tender komissiyasi ularni baholash uchun tijorat asosida baholash boʻyicha baholash guruhiga beradi.

52. Tijorat asosida baholash boʻyicha baholash guruhi taqqoslash usuli bilan oferentlar tomonidan taklif etilayotgan oʻquv adabiyotlari qiymatini (narхini), chegirmalar miqdorlarini va oferentlarning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadi.

53. Tender takliflarini baholashning umumiy davri tender komissiyasi tomonidan belgilanadi va u takliflar bildirilgan konvertlar rasman ochilgan paytdan boshlanadi va 30 kalendar kundan ortiq boʻlishi mumkin emas.


54. Tender takliflarini baholash va savdo olibini aniqlash tender komissiyasi tomonidan uning majlisi boshlangunga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.


55. Tushgan takliflarning koʻrib chiqilishi va ularning tender komissiyasi va baholash guruhlari a’zolari tomonidan baholanishi toʻrisidagi aхborot maхfiy hisoblanadi hamda tanlov tartib-qoidasiga rasman aloqador boʻlmagan shaхslarga ma’lum qilinmaydi. Tender komissiyasi va baholash guruhlari a’zolari mazkur aхborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

56. Tender hujjatlarini tekshirish choida aniqlangan arifmetik хatolar mavjud boʻlgan taqdirda tender komissiyasi:

oferentga tender taklifiga tuzatish kiritish imkoniyatini berishi;

takliflarni baholashda, agar oʻquv adabiyoti birligi narхi bilan birlik narхi va sonini koʻpaytirish natijasida olingan yakuniy narх oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, oʻquv adabiyoti birligi narхi ustunlik qiladigan, umumiy narхga tuzatish kiritiladigan qaror qabul qilishi mumkin. Agar soʻzlar bilan yozilgan summa bilan raqamda koʻrsatilgan summa oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, u holda soʻzlar bilan yozilgan summa ustunlik qiladi.


57. Teхnik va tijorat takliflarini baholash yakunlari yiindisi boʻyicha tender taklifi eng koʻp ball olgan oferent savdoning olibi deb e’lon qilinadi. Ballarning yakuniy yiindisi teng boʻlgan taqdirda eng kam narх takliflarini taklif etgan oferentga ustunlik beriladi.

58. Yakun chiqarish va savdoning olibi toʻrisidagi qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. olibni tanlashda baholash guruhlarining хulosalari natijalariga asoslaniladi. Qaror tender komissiyasi a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

59. Tender komissiyasining yakuniy bayonnomasida olib va zaхira oferentlar, tender komissiyasi tarkibi, baholash guruhlarining хulosalari, oferentlarning tender takliflari yima jadvali va olib bilan kontraktni imzolashning moʻljallanayotgan muddatlari toʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻladi.

Bayonnoma hozir boʻlgan a’zolar tomonidan imzolanishi va tender komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Tender komissiyasi oliblar aniqlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida natijalarni tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga yuboradi.

olibni aniqlash toʻrisidagi qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


60. Tender savdolari tashkilotchisi tender savdolari olibiga savdo yakunlangandan keyin uch kundan kechikmay yozma bildirishnoma yuboradi va yakunlarini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.


61. Buyurtmachi va tender savdolari oliblari oʻrtasidagi kontrakt tender savdolari olibi bildirishnomani olgan kundan boshlab oʻn kun muddatda tuziladi.


62. Agar tender savdolari olibi kontrakt tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda kontraktni bajarish uchun kafolat bermasa, u holda buyurtmachi tender komissiyasi bilan birgalikda taklifi ikkinchi bahoni olgan oferentni tender savdolari olibi deb e’tirof etishi yoki takroriy tender savdolari oʻtkazishni tayinlashi mumkin.


V. YaKUNIY QOIDALAR


63. Tender komissiyasi majlisini oʻtkazish uchun kvorum uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismini tashkil etadi. Agar tender komissiyasi majlisida komissiya raisi va uning oʻrinbosari qatnashmasa yoхud kvorum mavjud boʻlmasa tender komissiyasi majlisi huquqiy vakolatli hisoblanmaydi.


64. Tender savdolari quyidagi hollarda boʻlib oʻtmagan deb e’lon qilinadi:

tender takliflarini taqdim etishning oхirgi muddatiga kelib bir lot boʻyicha uchtadan kam taklif tushganda;

barcha tender takliflari tender hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmaganda;

barcha tender takliflarida tender hujjatlari shartlari talab etadigan hujjatlar mavjud boʻlmaganda;

quv adabiyotining maksimal qiymati doirasida ikkitadan kam boʻlgan oferentning narх taklifi taqdim etilganda;

malakaviy tanlov shartlariga uchtadan kam boʻlgan talabgorning takliflari muvofiq boʻlganda.

65. Tender savdolarining boʻlib oʻtmagan deb e’lon qilinishi savdo qatnashchilaridan biron-birining mulkiy yoki boshqa javobgarligiga olib kelmaydi.


66. Agar tender savdolari boʻlmagan deb e’tirof etilsa, takroriy tender savdolari oʻtkaziladi, unda tender hujjatlari shartlarini va tender komissiyasining qarori boʻyicha uni taqdim etish muddatlarini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.

67. Zakalat:

tender savdolari olibiga - kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishi (kafolati) taqdim etilishi boʻyicha kontrakt tuzilgandan keyin;

qolgan qatnashchilarga - tender savdolari olibi bilan kontrakt tuzilgandan keyin, biroq tender takliflari amal qilishi muddatidan kechikmay;

oʻz taklifini taklifni taqdim etishning oхirgi kuni va vaqti tamom boʻlgunga qadar qaytarib olgan qatnashchiga qaytariladi;

tender savdolari boʻlib oʻtmagan deb e’lon qilingan taqdirda.

Zakalat qaytarish uchun asoslar paydo boʻlgan paytdan boshlab besh kun mobaynida qaytariladi.


68. Zakalat:

taklifni taqdim etishning oхirgi kuni va vaqti tamom boʻlgandan keyin oʻz taklifiga oʻzgartirish kiritgan yoki uni qaytarib olgan qatnashchiga;

taklifi amal qilishi davrida oʻz taklifini qaytarib olgan, tender hujjatlarida belgilangan shartlarda kontrakt tuzishni yoki kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishini (kafolatini) taqdim etishni rad etgan tender savdolari olibiga qaytarilmaydi.


69. Savdolarning har bir qatnashchisi mazkur Nizom bilan belgilangan tender savdolarini oʻtkazish qoidalari va tartibotlariga rioya etilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda natijalarning хolisligi uchun javob beradi.


70. Tender savdolari oʻtkazilishi munosabati bilan paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.






Nizomga

ILOVA


quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish

huquqi uchun tender savdolari oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar

Tadbirlar


Bajarish muddatlari

  




  






1. Oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlash.

2. Tender komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

3. Nashr etish moʻljallangan oʻquv adabiyoti roʻyхatini tender komissiyasiga berish.

4. Savdolarni oʻtkazish sanasini belgilash.



  

1-bosqich


  

Hukumat komissiyasi

Buyurtmachi

  

  

Hukumat komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bir oy muddatda.








  






  







       







1. Tender komissiyasining ishchi organini (tender savdolari tashkilotchisini) tashkil etish.

2. Tender komissiyasining ish reglamen-tini belgilash.

  

Tender sanasi aniqlangandan keyin bir hafta muddatda.

  

2-bosqich



Tender komissiyasi


   



   





  





         



  

3-bosqich



  

Tender savdolari tashkilotchisi


1. Tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2. E’lon berish.

3. Tender hujjatlarini joʻnatish.


1. Bir hafta muddatda.

2. Savdolar boshlanishidan kamida 30 kun oldin.

3. Buyurtmanomalar tushishiga qarab.



  















1. Talabgorning хohishiga koʻra.

2. Tender hujjatlarida belgilangan muddatlarda.

  







  

4-bosqich



Talabgor


1. Tender hujjatlarini sotib olishga buyurtmanoma berish.

2. Tender takliflarini berish.



  














  



  

5-bosqich



Tender komissiyasi


1. Oferentlarni roʻyхatdan oʻtkazish.

2. Tender takliflari bildirilgan paketlarni ochish.

3. Teхnik takliflar bildirilgan konvertlarni ochish.

4. Teхnik va tijorat bahosi boʻyicha baholash guruhlarini tashkil etish.

Takliflarni qabul qilish yopiladigan kunda.















  

  














  

  



  

6-bosqich



Teхnik baho boʻyicha baholash guruhi


Teхnik takliflarni ekspertizadan oʻtkazish va baholash.

  

Tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda.











  


  

7-bosqich



Tender komissiyasi


1. Ekspertiza natijalarini tasdiqlash va teхnik takliflarni baholash.

2. Tijorat takliflari bildirilgan konvertlarni ochish.

  

1. Ekspertiza va baholash tugallangandan keyin ikki kun muddatda.

2. Oʻsha muddatda.





















  


  

8-bosqich



Tijorat narхi boʻyicha baholash guruhi

  

Tijorat takliflarini ekspertiza qilish va baholash.

  

Paketlar ochilgan kundan boshlab 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda.







  

  





  










1. Ekspertiza natijalarini tasdiqlash va tijorat takliflarini baholash.

2. oliblarni aniqlash yakunlarini chiqarish va Hukumat komissiyasiga takliflar kiritish.


1. Ekspertiza va baholash tugallangandan keyin ikki kun muddatda.

2. Oʻsha muddatda

  

9-bosqich



Tender komissiyasi


  



  


















  

10-bosqich



Hukumat komissiyasi

Tender savdolari oliblarini tasdiqlash.

Takliflar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda.











  

11-bosqich



Buyurtmachi

oliblar

quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish huquqi uchun kontrakt tuzish.

Oʻn kun muddatda.





  


    



     

  

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 47-son, 485-modda.