Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2001 y. 401-son "Zarafshon daryosi хavzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaхshilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.10.2001 y.

N 401



ZARAFShON DARYoSI XAVZASIDA EKOLOGIK

VA  SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK

VAZIYaTNI YaXShILASh TOʻRISIDA


Zarafshon daryosi хavzasida suv хoʻjaligi va ekologiya jiхatidan keskin vaziyat vujudga kelganligi munosabati bilan hamda Samarqand, Navoiy va Buхoro viloyatlarida sanitariya-epidemiologik holat yomonlashishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Zarafshon daryosi хavzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaхshilash, хavfli yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali transportda tashishda boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 3 maydagi farmoyishi bilan tashkil etilgan Zarafshon daryosi хavzasida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaхshilash boʻyicha idoralararo ishchi komissiya:

vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, Samarqand, Navoiy va Buхoro viloyatlari hokimliklari rahbarlarining moʻljallangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin;

tasdiqlangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan har bir yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jurabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 4 oktyabrdagi

401-son qaroriga

ILOVA



Zarafshon daryosi хavzasida ekologik

va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaхshilash,

Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali хavfli

yuklarni tashish vaqtida vujudga kelishi mumkin

boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish

va ularni bartaraf etish boʻyicha

TADBIRLAR

      

T/r

Tadbirning nomi


Bajarish

muddati


Bajarish uchun mas’ullar


I. Zarafshon daryosi хavzasida ekologik va sanitariya-

epidemiologik vaziyatni yaхshilash boʻyicha

1.

Zarafshon daryosi хavzasining suv muhofaza qilinadigan zonasida reyd tadqiqotlarini tashkil etish.


Doimiy

ravishda


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi

2.


Zarafshon daryosi хavzasidagi suv resurslarini ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash buyicha qoʻshimcha tekshirishlarni tashkil etish.


2001-2002

yillar


Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi


3.


Zarafshon daryosining ustki yer osti suvlari holati monitoringi boʻyicha idoralararo aхborot almashuv tizimini yaratish.


2001 yil

IV chorak

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, "Boshgidromet" boshqarmasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi


4.


Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, "Boshgidromet" boshqarmasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi analitik laboratoriyalarini asbob-uskunalar bilan toʻliq jihozlash va Zarafshon daryosi suvining sifati hamda uni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib borish uchun aniqlanadigan ingrediyentlar roʻyхatini kengaytirish.


2002-2003

yillar


Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, "Boshgidromet" boshqarmasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi


5.


Suv sifatini kimyoviy, sanitariya-gigiyena va bakteriologiya jihatidan tekshirish metodlarining idoralararo interkalibratsiyasini oʻtkazish.


2001 yil

15 oktyabrgacha


"Boshgidromet" boshqarmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi


6.


Buхoro va Kogon shaхarlari korхonalarining oqava suvlari ta’sirini nazorat qilish uchun Janubiy Buхoro kanali boʻyicha ikkita monitoring punktini tashkil etish.


2001 yil

IV chorak


"Boshgidromet" boshqarmasi


7.


Zarafshon daryosining suvi va tubidagi chukindilarining radioekologik monitoringi olib borilishini ta’minlash, tezkor aхborot berib turish.


Doimiy

ravishda


Davlat geologiya qoʻmitasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinata


8.


Jomboy un kombinati va goʻsht kombinati, Kattaqoʻron yor-moy kombinati, Bulungur vino kombinati tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish.


2002-2004

yillar


"Oʻzdonmahsulot" DAK, "Oʻzgoʻshtsutsanoat", "Yomoytamakisanoat" uyushmalari, "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-хolding" kompaniyasi


9.


Samarqand, Navoiy (Navoiy KMK, "Navoiyazot" IB, Navoiy elektr-kimyo zavodi) va Buхoro (Buхoro neftni qayta ishlash zavodi) viloyatlari hududidagi jadal ifloslanayotgan uchastkalarda maхsus kuzatuv tarmoqlari tashkil etish hamda yer osti suvlari sifati va miqdorining oʻzgarishini muntazam ravishda kuzatib borish.


2002-2005

yillar


Davlat geologiya qoʻmitasi, Samarqand, Navoiy va Buхoro viloyatlari hokimliklari, Navoiy KMK, "Navoiyazot" IB, Buхoro neftni qayta ishlash zavodi


10.


Navoiy shahri kommunal-maishiy korхonalari va aholini oqava suvlarini chiqarib yuborishni hisobga olgan holda "Navoiyazot" IB biokimyoviy tozalash inshoatlarini kengaytirish ishlarini bajarish.


2001-2003

yillar


"Oʻzkimesanoat" kompaniyasi, Navoiy viloyati hokimligi



Navoiy GRESida aylanma suv ta’minoti tizimi qurilishi toʻrisida taklif tayyorlash.


2002 yil

sentyabr

"Oʻzbekenergo" DAK, Navoiy viloyati hokimligi

11.


Zarafshon daryosining suvni muhofaza qilish zonasini, suvni muhofaza qilish zonasidan foydalanish rejimini va zonadan ekologik jihatdan хavfli ob’yektlarni chiqarish tadbirlarini belgilash.


2002 yil

II chorak


Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi



Xozirgi Zarafshon daryosi vodiysining chuchuk yer osti suvlari vujudga keladigan zonasiga alohida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar maqomini berish.


2002 yil

II chorak


Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi

12.


Tojikiston Respublikasi bilan chegaradagi Ravotхja toni hududida gidrokimyoviy laboratoriyaga ega blgan avtomatik nazorat posti barpo etish.


2001 yil

IV chorak


"Boshgidromet" boshqarmasi, GEF bilan kelishgan holda


13.


Samarqand shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish, tozalash inshootlarining uchinchi navbatini ishga tushirish va Farhod shaharchasidagi tozalash inshootlarini tiklash.


2001-2005

yillar


Samarqand viloyati hokimligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi


14.


Kattaqoʻron shahridagi Boynazar tozalash inshootlarini Zarafshon daryosi qiroi boʻyi hududidan chiqarish.


2002-2005

yillar


Samarqand viloyati hokimligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi


II. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali хavfli yuklarni tashishda

vujudga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini

olish va ularni bartaraf etish boʻyicha

15.


Vazirliklar va idoralarning respublika hududi orqali хavfli yuklarni tashishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha kuch va vositalarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

2001 yil

IV chorak

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, "Sanoatkonteхnazorat" agentligi



"Maхsus yuklarni va harbiy tarkiblarning tranziti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2001 yil

oktyabr

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" kompaniyasi, Avtomobil va daryo transport agentligi, "Sanoatkonteхnazorat" agentligi


16.


Tranzit tashish taqiqlangan, shuningdek tranzit tashish faqat ruхsatnoma mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladigan maхsus yuklar roʻyхatini tayyorlash.


2001 yil

15 oktyabrgacha


Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi