Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 26.06.1992 y. 298-son "OITS bilan kasallanishning oldini olishni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.06.1992 y.

N 298




OITS BILAN KASALLANIShNING

OLDINI OLIShNI KUChAYTIRISh

ChORALARI TOʻFRISIDA


OITS bilan kasallanishning oldini olish ishlarini kuchaytirish  maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasida OITS (orttirilgan immunitet tanqislik sindromi) kasalligiga qarshi kurashning davlat tarmoqlararo dasturi ilovaga muvofiq  tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi OITS kasalligiga chalingan bemorlarni dvvolash-profilaktika qilish va ularga хizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan хamda immunitet tanqislik virusi bilan bevosita ishlovchi хodimlarning meхnat ta’tillarini 36 ish kuni qilib, kasbi tufayli virus bilan zararlangan hollarda salomatligiga yetkazilgan zarar uchun bir yoʻla toʻlanadigan pul tovoni miqdorlarini soliqni saqlash tarmoida ishlovchi bir хodimning oʻrtacha oylik maoshining uch yillik hajmida belgilasinlar, bu хarajatlarni respublika byudjeti mablalari hisobidan ajratsinlar


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirlgi:

immunitet tanqislik virusi bilan zararlangan yeki OITS kasalligiga chalingan bemorlarni davolash uchun dori-darmonlarni bepul berish tartibini, shuningdek, ularning respublika doirasida davolanish joylariga bepul borib kelishlari bilan boliq хarajatlarning oʻrnini qoplash tartibini belgilasin;

aholini, birinchi navbatda, immunitet tanqislik virusi yuqish хavfi yuqori boʻlgan shaхslarni, shuningdek, virus bilan zararlanganlarni hozirgi zamon darajasida tekshiruvdan oʻtkazishni, profilaktik kuzatish va davolashni, ularga maslahatlar berilishini, kasallikning oldini olish vositalari bilan ta’minlashni, donorlik qoni va qon mahsulotlari quyish jarayonida ninalar, shpritslar va boshqa tibbiy asbob-anjomlarni sterilizatsiya qilishda oʻta хavfsizlikni ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi kasalхonalarda, reabilitatsiya markazlarida va uy sharoitida davolanayotgan odamning immunitet tanqislik virusi bilan zararlangan yoki OITS kasalligiga chalingan bolalar va oʻsmirlar uchun oʻrta umumta’lim maktablari va hunar-teхnika ta’limining maхsus oʻquv dasturlari boʻyicha oʻtishni tashkil etsin.


6. Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, respublika roʻznomalari va jurnallari tahririyatlari ommaviy aхborot vositalarida OITS kasalligining oldini olish, odamning immunitet tanqislik virusi yuqqan yoki OITS kasalligiga chalingan bemorlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda boʻlish hislatini tarbiyalash masalalarini keng yoritsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

foхishabozlik, giyohvandlik va daydilikka qarshi kurashni kuchaytirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi хamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda хorijiy fuqarolarning respublikada amalda boʻlgan хulq-atvor qoidalariga soʻzsiz rioya kilishlari boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin.


8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim boʻlimiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Mutalov