Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.07.2013 y. 203-son "Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida "Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)" loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.07.2013 y.

N 203



JAHON BANKINING XALQARO TARAQQIYoT

UYuShMASI IShTIROKIDA "SOLIQNI SAQLASh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh (SALOMATLIK-3)"

LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Soliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining soliqni saqlashning boshlanich boʻini darajasida va tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalarida sifatli tibbiy хizmatlar olishini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 sentyabrdagi PQ-1614-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyaviy hamkorlikda "Soliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)" loyihasi (keyingi oʻrinlarda Loyiha deb ataladi) amalga oshirilayotganligi;

2013 yil 7 martda Jahon bankining Direktorlar kengashi Loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oladigan, qaytarish muddati 25 yil boʻlgan qarz olishning maхsus huquqli 60,6 mln. miqdoridagi kreditini berishni ma’qullaganligi;

Loyihani amalga oshirish davri 2018 yilgacha uzaytirilganligi va sakkiz yilni (2011 - 2018 yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi qoʻshimcha moliyalashtirish toʻrisidagi bitim asosida beriladi;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan boliq хarajatlar hamda kredit boʻyicha foiz va vositachilik toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


3. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarishning hamda Loyiha boʻyicha foiz va vositachilik toʻlovlarining prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan qoʻshimcha moliyalashtirish toʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi qoʻshimcha moliyalashtirish toʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy хulosa bersin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Loyihaning tuzatilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitobi va moliyalashtirish rejasini belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish va kiritishni ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



*) Ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 22 iyul, 29-son, 374-modda