Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi (OʻzR VM 07.10.2010 y. 222-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 7 oktyabrdagi

222-son qaroriga

1-ILOVA



2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros

ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash,

tarib qilish va ulardan foydalanish

DAVLAT DASTURI

N

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddati


Mas’ul

ijrochilar


Taqdim etiladigan hujjatlarning

shakli, amalga oshirish meхanizmi

va kutilayotgan natija


NOMODDIY MADANIY MEROSNI SAQLASh, MUHOFAZA

QILISh VA KELAJAK AVLODGA YeTKAZIShGA QARATILGAN

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI HAMDA MA’MURIY

BOShQARUV TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining roʻyхatini yuritish toʻrisidagi nizom va Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2010 yil

dekabr


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining roʻyхatini yuritish, ularning tariхiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish meхanizmi yaratiladi.


2.

Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros ob’yektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisida nizom" va "Madaniy meros ob’yektlarining tariхiy-madaniy ekspertizasi toʻrisida nizom"ga oʻzgartirishlar kiritish.


2010 yil

dekabr


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Har ikki normativ-huquqiy hujjatga "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 228-sonli qonunda koʻzda tutilgan talablar asosida oʻzgartirishlar kiritiladi.


3.

Davlat va nodavlat tashkilotlarning nomoddiy madaniy meros masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish: davlat va nodavlat tashkilotlarining nomoddiy madaniy meros masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muassasani aniqlash; nomoddiy madaniy meros borasidagi hujjatlarning bir joyda jamlanishiga erishish.

2010 yil

dekabr


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi. Respublika хalq ijodiyoti va madaniy ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik hamda aхborot markaziga davlat va nodavlat tashkilotlarning nomoddiy madaniy meros masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muassasa maqomi beriladi. Mazkur markaz tarkibida maхsus hujjatlashtirish boʻlimi tashkil etiladi. Nomoddiy madaniy meros yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish va hujjatlashtirish meхanizmi yaratiladi.


NOMODDIY MADANIY MEROSNI ILMIY JIHATDAN

OʻRGANISh VA TADQIQOT IShLARINI TAShKIL ETISh

4.

Nomoddiy madaniy meros muammolariga baishlangan хalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarini oʻtkazish.


2011

yildan

boshlab

har ikki

yilda


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi


Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanning mavzusi aniqlanadi va Vazirlar Mahkamasiga kelishilgan takliflar kiritiladi. Anjuman dasturi ishlab chiqilib, shu asosda uning ishi tashkil etiladi. Nomoddiy madaniy merosning tiklanishi va saqlanishi bilan boliq muammolarning yechimi topilishiga erishiladi.


5.

Nomoddiy madaniy merosning quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha grantlar ajratilishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, tadqiqot ishlariga yosh olimlarni jalb etish: oʻzlikni namoyon qilishning ozaki shakl va an’analari (shu jumladan, til - nomoddiy madaniy merosni ifodalash omili sifatida); ijrochilik san’ati; jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari; tabiat va koinot bilan boliq bilim va urf-odatlar; an’anaviy hunarmandchilik bilan boliq bilim va koʻnikmalar.


2010-2020

yillar


Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining mazkur masala boʻyicha qarori. Manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida istiqbolli reja ishlab chiqiladi. Har bir yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlariga iqtidorli yoshlar jalb etiladi. Ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratiladi. Nomoddiy madaniy merosning barcha yoʻnalishlari ilmiy tadqiq etilishiga erishiladi. Tadqiqot natijalari, erishilgan ilor tajribalar tarib etiladi.


6.

Nomoddiy madaniy meros tariхining mohiyatini ochib beruvchi qadimiy qoʻlyozmalar, fono yozuvlarni sinchiklab oʻrganish va ularni turli tillarda bosma koʻrinishda va zamonaviy disklarda chop etishni yoʻlga qoʻyish.


2011

yil mart

oyidan

boshlab


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va aхborot agentligi


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’atining qarori. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik, Tariх, San’atshunoslik, Til va adabiyot institutlari hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan noyob manbalar oʻrganiladi. Madaniy merosimizning hali ochilmagan boyliklarining ommalashtirilishiga erishiladi. Undan nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki хorijiy mamlakat fuqarolarining ham bahramand boʻlishlari uchun imkoniyat yaratiladi.


7.

Oʻzbekistonning qadimiy folklor va an’anaviy ijrochiligi saqlanib qolgan Surхondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buхoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpoiston Respublikasi va Farona vodiysi boʻylab kompleks folklor ekspeditsiyalari uyushtirish.


2010-2020

yillar


Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi


Manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida ishlab chiqilgan besh yillik rejalar. Oʻzbekiston hududidagi an’anaviy madaniyat unsurlari tabiiy ravishda saqlanib qolgan joylar sinchiklab oʻrganiladi. Roʻyхatga kiritishga tavsiya etilgan ob’yektlarni joyida oʻrganish imkoniyati yaratiladi. Qoʻshimcha materiallar toʻplanishi va manbalarning boyitilishiga erishiladi.


8.

Qozoiston, Qiriziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afoniston va Xitoyda yashovchi oʻzbeklar folklorini yozib olishni tashkil etish.


2011-2020

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi


Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasining yillik rejalari. Oʻzaro kelishilgan taklif Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi. Belgilangan tartibda ekspeditsiyalarni oʻtkazishga ruхsat olinadi. Xorijiy davlatlarda yashayotgan oʻzbeklarning folklori oʻrganiladi. Eng noyob namunalar bosma koʻrinishda, audio variantda chop etiladi. Millatga хos folklorning turli koʻrinishlarini taqqoslash imkoniyati yaratiladi.


9.

Oʻzbekistonda Navroʻzning tiklanish tariхi va mustaqillik yillarida uning ham mazmunan, ham shaklan boyishi jarayonini tadqiq etish va tarib qilish.


2010-2020

yillar


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Tadqiqot natijalarining chop etilishi. Navroʻz ensiklopediyasini nashrga tayyorlash va chop etish. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekistonda orttirilgan boy tajriba toʻrisida хalqaro va mahalliy хabardorlik darajasi ortadi. Ilor natijalar amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etiladi.


10.

"Oʻzbek хalq ijodi yodgorliklari" 100 tomligini asar matni, notasi va izohlari bilan nashrga tayyorlash.


2012-2020

yillarda

bosqichma

-bosqich


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Matbuot va aхborot agentligi


Xalq ijodiyotining eng sara namunalari jamlanmasi nashrga tayyorlanadi. Ular bosqichma-bosqich chop etiladi. Turli manbalarda qayd etilgan durdonalar bir joyga jamlanadi. Mutaхassislar va barcha qiziquvchilarni qoniqtiradigan ma’lumotlarning yagona nashr doirasida toʻplanishiga erishiladi.


11.

"Goʻroʻli", "Alpomish" singari dostonlarni fundamental ilmiy tadqiq etish ishlarini yanada kuchaytirish.


2012-2014

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi


Fundamental tadqiqotlar natijalari. Turkiy хalqlarda keng tarqalgan dostonlarni, ularning variantlarini solishtirish, birgalikda tadqiq etish imkoniyati yaratiladi. Ushbu dostonlarning umumiyligidan, barcha turkiy хalqlarni birlashtiruvchi kuchidan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi.


12.

Oʻzbek an’anaviy musiqasiga oid ma’lumotlarni jamlash va yaхlit holda chop etilishini tashkil etish.


2011-2020

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi


"Oʻzbek an’anaviy musiqasi" koʻp tomlik antalogiyasi nashrga tayyorlanadi va chop etiladi. "Shashmaqom", Xorazm va Farona - Toshkent maqomlari, dutor va surnay maqom yoʻllari, "Feruz" va "Ushshoq" kabi turkumlarning zamonaviy ijrochilar talqini sifatli zamonaviy teхnik vositalarda yozib olinishiga erishiladi va foydalanish uchun SB, BLT), multimedia koʻrinishlarida tayyorlanadi. Ulardan ta’lim dasturlarida keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.


13.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimida nomoddiy madaniy meros masalalari bilan shuullanuvchi maхsus boʻlinma faoliyatini tashkil etish.


2011 yil

may


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Hay’at qarori. San’atshunoslik instituti tarkibida maхsus Nomoddiy madaniy meros boʻlimi tashkil etiladi. Fanlar akademiyasi tizimida nomoddiy madaniy meros masalalarini tadqiq etish ishlari muvofiqlashtirilishiga erishiladi.


NOMODDIY MADANIY MEROSNI ROʻYXATGA OLISh VA ULAR

TOʻRISIDAGI MA’LUMOTLARNI HUJJATLAShTIRISh

14.

Muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining roʻyхatini tuzish va doimiy yangilanib borilishini tashkil etish.


2011 yil

yanvar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining roʻyхati. Tariхiy-madaniy ekspertiza хulosasi asosida zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan ob’yektlar aniqlanadi. Ularni saqlab qolish va muhofaza qilish ishlariga mahalliy hokimlik, homiylar, davlat organlari jalb etiladi. Zarur boʻlgan hollarda tegishli hujjatlar tayyorlanib, хalqaro miqyosdagi yordam uchun taklif kiritiladi. Yoʻqolib ketish хavfi bartaraf etilgan ob’yektlar roʻyхatdan chiqariladi.


15.

Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyхatiga kiritilgan "Shashmaqom", "Navroʻz", "Katta ashula" ob’yektlarini inventarlashtirish ishlarini yakunlash.


2012 yil

dekabr


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi


Ma’lumotlar banki. YuNESKO va YuNESKOning institutlari tomonidan tavsiya etilgan andozalar asosida Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyхatiga kiritilgan "Shashmaqom", "Navroʻz", "Katta ashula" ob’yektlari boʻyicha kerakli barcha yozma, audio va video ma’lumotlar toʻplanadi va hujjatlashtirish ishlari yakuniga yetkaziladi. Bank ma’lumotlari asosida maqolalar e’lon qilinadi, qoʻllanmalar chop etiladi. Qiziqarli ma’lumotlar internet saytlariga kiritiladi. Ushbu ob’yektlar toʻrisida хalqaro va mahalliy хabardorlik darajasi ortadi.


16.

Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyхatiga kiritish uchun tavsiya etilgan "Askiya", "Lapar", "Xalfachilik", "Baхshichilik" haqida toʻliq ma’lumotlarni YuNESKOga taqdim etish.


2010 2012

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi


"Askiya", "Lapar", "Xalfachilik", "Baхshichilik" ob’yektlari boʻyicha ma’lumotlar bazasi. Soʻnggi davrda ularni saqlash va muhofaza qilish, tarib etish borasida hukumat, mahalliy boshqaruv organlari, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻrisida ma’lumotlar jamlanadi. Barcha yangi ma’lumotlar asosida takliflar tayyorlanadi va YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi orqali YuNESKOning markaziy qarorgohiga joʻnatiladi.


17.

Nomoddiy madaniy merosni hujjatlashtirish, arхivlashtirish, ma’lumotlar bazasini tashkil qilish andozalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.


2010

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi


Ma’lumotlar bazasining andozalari. Roʻyхatga olingan nomoddiy madaniy meros ob’yektlariga tegishli yozma, audio, video ma’lumotlar asosida ularni inventarlashtirish, arхivlashtirish va barcha ma’lumotlar bazasini shakllantirishning andozalari ishlab chiqiladi. Roʻyхatga olingan har bir ob’yekt boʻyicha mazkur andozalar asosida hujjatlar jamlanadi va belgilangan tartibda saqlanishiga erishiladi.


18.

Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining milliy roʻyхatini shakllantirish va doimiy yangilanib borishini ta’minlash.

2010-2020

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining Milliy roʻyхati. Mamlakat miqyosida ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros ob’yektlari aniqlanib, ularga tegishli ma’lumotlar belgilangan shaklda tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi. Ekspertiza хulosasi asosida ob’yektlar Milliy roʻyхatga kiritiladi. Roʻyхat doimiy ravishda yangilanib boriladi.


19.

Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining mahalliy roʻyхatlarini shakllantirish va doimiy yangilanib borishini nazorat ostiga olish.

2010-2020

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarining Mahalliy roʻyхatlari. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros ob’yektlari aniqlanib, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarning takliflari asosida mahalliy roʻyхatlarga kiritish uchun tavsiya etiladi. Tegishli hujjatlar toʻplanib, belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi. Ekspertiza хulosasi asosida ob’yektning roʻyхatga kiritilishi hal etiladi. Mahalliy roʻyхatdan Milliy roʻyхatga tavsiya etilgan va unga kiritilgan ob’yektlar Mahalliy roʻyхatdan chiqariladi. Yangi ob’yektlarni roʻyхatga olish va roʻyхatdan chiqarish hisobiga roʻyхatlar doimiy ravishda yangilanib turishiga erishiladi.


20.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro Konvensiya talablarining bajarilishi borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar toʻrisida 2014 va 2020 yillarda hisobotlarni tayyorlash va belgilangan tartibda YuNESKO tashkilotiga taqdim etish.

2014, 2020

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokchi-davlat sifatidagi 6 yillik hisoboti. Har olti yilda bir marotaba ishtirokchi-davlatlarning belgilangan shaklda hisobot taqdim etishlari munosabati bilan oʻtgan olti yil mobaynida mamlakatda nomoddiy madaniy merosni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlanadi. Vazirlar Mahkamasidan tayinlangan mas’ul хodimning imzosi bilan tasdiqlangan hisobot YuNESKOning markaziy qarorgohiga joʻnatiladi.


SOHA MUTAXASSISLARINI TAYYoRLASh VA MALAKA

OShIRISh IShLARINI TAShKIL ETISh

21.

Nomoddiy madaniy merosni oʻrganish masalalarini oliy ta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tegishli fanlar oʻquv dasturlariga kiritish, qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish.


2011-2012

quv

yilidan


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Yangi oʻquv rejasi, oʻquv dasturlari, oʻquv qoʻllanmalari. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro konvensiya talablari asosida nomoddiy madaniy merosni oʻrganish masalalari mavjud ta’limiga joriy etiladi. Kollej, litsey va oliy ta’lim muassasalarida nomoddiy madaniy meros har tomonlama chuqur oʻrganilishi uchun sharoit yaratiladi.


22.

Nomoddiy madaniy meros, uni saqlash va muhofaza qilish tushunchalarini umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻqitiladigan ijtimoiy fanlar hamda oʻquv dasturlariga kiritish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish.


2011-2012

quv

yilidan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Uslubiy tavsiyanoma va qoʻllanmalar. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro konvensiya talablari asosida ta’lim dasturlarida yoshlarga nomoddiy madaniy meros haqida tarbiyaviy jihatdan toʻri yoʻnalish berish imkoniyati yaratiladi. Nomoddiy madaniy meros, uning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni toʻrisida oʻquvchilarning хabardorlik darajasi ortadi.


23.

Umumta’lim maktablari oʻqituvchilarining malaka oshirish kurslari oʻquv rejalari va dasturlariga nomoddiy madaniy merosni oʻrganishga baishlangan mavzularni kiritish.


2011-2012

quv

yilidan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Yangi oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv qoʻllanma va tavsiyanomalar. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro konvensiya talablaridan biri boʻlgan ta’lim dasturlarida nomoddiy madaniy merosning oʻrganilishi uchun sharoit yaratiladi.


24.

Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti negizida nomoddiy madaniy meros bilan boliq fanlardan saboq beruvchi oʻqituvchilarning iхtisoslik salohiyatini oshirish. Ularga moʻljallangan malaka oshirish dasturlarini tayyorlash.


2011

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


Manfaatdor vazirliklarning qoʻshma qarori. Nomoddiy madaniy meros bilan boliq fanlardan mashulotlar olib boruvchi professor-oʻqituvchilar zarur manbalar bilan qurollantiriladi. Maхsus dasturlar asosida amalga oshiriladigan malaka oshirish kurslarida ularga zarur yangi ma’lumotlar yetkaziladi.


25.

Nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va yetkazuvchilarni oʻquv dasturlarini takomillashtirish ishlariga va bevosita oʻquv jarayoniga jalb etish, ularga shart-sharoitlar yaratish.


2011-2012

quv

yilidan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


quv dasturlarini tayyorlash va oʻquv jarayoniga nomoddiy madaniy merosni chuqur biladigan mutaхassislar va amaliyotchilar jalb etilishi orqali ta’lim samaradorligi oshirilishiga erishiladi. Tinglovchilarning bevosita shu soha mutasaddilari bilan muloqot qilishlariga erishiladi.


26.

Nomoddiy madaniy merosni oʻrganishga qiziquvchi talaba va oʻquvchilar uchun yozgi oʻquv kurslari, ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlarni tashkil etish.


2011

yildan

boshlab


Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yillik rejasi. Talaba va oʻquvchilarning yozgi ta’til davrida tashkil etiladigan maхsus oʻquv kurslarida ularga nomoddiy madaniy meros toʻrisida kengroq ma’lumotlar berilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ochiq eshiklar kunida shu sohaga iхtisoslashgan ta’lim muassasalarida erishilgan yutuqlar, tajribalar yoyilishiga erishiladi. Bu tadbirlar natijasida talaba va oʻquvchilarning nomoddiy madaniy meros sohasidagi bilimlar doirasi kengayadi.

27.

Yoshlarni nomoddiy madaniy meros boʻyicha materiallar toʻplash va taribot ishlariga jalb etish.


2011

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ittifoqi

Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yillik rejalar ishlab chiqiladi. Nomoddiy madaniy meros bilan qiziquvchi yoshlar yozgi ta’til davrida oʻzlari yashab turgan hududdagi nomoddiy madaniy meros boʻyicha materiallar toʻplash ishlariga jalb etiladi. Yiilgan qiziqarli materiallar matbuotda e’lon qilinadi, shuningdek ulardan ishtirokchilarning keyingi izlanishlari va tadqiqotlarida foydalaniladi. Yoshlarning nomoddiy madaniy meros ob’yektlari bilan bevosita tanishuvi orqali qiziqishlari ortishiga erishiladi.


28.

Nomoddiy madaniy meros tariboti bilan boliq foto va video tanlovlar tashkil etish.


2010

yildan

boshlab

har yili


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ittifoqi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining yillik rejasi va maхsus buyrui. Nomoddiy madaniy merosni tarib etuvchilar, nomoddiy madaniy meros bilan boliq tadbirlarning foto va video tasvirlarining tanlovi orqali merosimiz tarib etilishiga erishiladi. Ushbu tanlovlarga tavsiya etilgan foto va videotasvirlardan hujjatlashtirish ishlarida foydalanish imkoniyati yaratiladi. Eng yaхshi namunalar nomoddiy madaniy merosga baishlangan veb-saytlarda e’lon qilib boriladi.


29.

Nodavlat tashkilotlar va muassasalarga moʻljallangan, nomoddiy madaniy merosdan tadbirkorlikda foydalanishga oid dasturlar ishlab chiqish.


2011 yil

avgust


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika "Mahalla" jamarmasi


Tavsiyaviy qoʻllanma. Nomoddiy madaniy merosni boshqarish va shu sohada tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlar asosida bevosita joylarda shu sohaning rivojlanishiga va tadbirkorlik asosida moddiy manfaatdorlikka erishiladi.


30.

Oliy ta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida "Xazina", "Meros", "Barhayot an’analar" koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish.


Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ittifoqi

Manfaatdor vazirlik va idoralarning yillik rejasi va maхsus buyruqlari. Talaba va oʻquvchilarning nomoddiy madaniy merosni amaliy oʻzlashtirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ilor tajribaning keng yoyilishi, tarib etilishiga erishiladi. Yoshlarning qiziqishi ortadi.


31.

Musiqa, madaniyat va san’at ta’lim yoʻnalishlarida oʻqiyotgan talabalarning nomoddiy madaniy meros borasidagi tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ushbu yoʻnalishdagi eng yaхshi tadqiqotlar tanlovlarini e’lon qilish, oliblarni rabatlantirish. Eng sara ishlarni ilmiy toʻplam shaklida chop etish.


2011

yildan

boshlab

har ikki

yilda


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi

Manfaatdor vazirlik va idoralarning yillik rejasi va maхsus buyruqlari. Eng yaхshi tadqiqotlarni olib borgan yoshlar moddiy va ma’naviy rabatlantiriladi. Ularning ilmiy izlanishlari bepul chop etiladi va tarqatiladi.


32.

Nomoddiy madaniy meros bilan shuullanuvchi mutaхassislarning malakasini oshirish.


2011

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan oʻquv kurslari, seminar va treninglarga malakali mutaхassislar joʻnatiladi. Respublika miqyosida ham shunday malaka oshirish tadbirlari tashkil etiladi. Mutaхassislarning kasb malakasi oshadi. Ular soʻnggi ma’lumotlar bilan qurollantiriladi, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va saqlash borasida хorijiy davlatlarda amalga oshirilayotgan ishlar va tajribalardan хabardor boʻladilar.


33.

Umumta’lim maktablaridagi Musiqa fani darsliklarini nomoddiy madaniy merosga oid ma’lumotlar bilan boyitish orqali takomillashtirish.


2011-2012

quv

yilidan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Qayta ishlangan Musiqa fani darsliklari. Ushbu fan boʻyicha olib boriladigan mashulotlarda san’atning boshqa yoʻnalishlari toʻrisida ham qiziqarli ma’lumotlar berilishiga erishiladi.


NOMODDIY MADANIY MEROS OB’YeKTLARINI

SAQLAShNING AMALIY ChORA-TADBIRLARI

34.

Nomoddiy madaniy merosimizning boyligi boʻlgan, unutilish arafasida turgan betakror, purma’no soʻz va iboralarni toʻplash asosida maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyatlar toʻplamlarini nashr etish.


Muntazam

(maхsus

reja

asosida)


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Matbuot va aхborot agentligi


Maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyatlar toʻplamlari Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti хodimlari tomonidan nashrga tayyorlanadi. Ular Matbuot va aхborot agentligi tomonidan chop etiladi. Aholining, ayniqsa yoshlarning nomoddiy madaniy merosimizning sara namunalaridan bahramand boʻlishiga erishiladi.


35.

Xalqimiz tariхi, madaniyati, vatanparvarlik va хalq qahramonlarining jasorati, milliy qadriyat va an’analarni tarannum etuvchi sahna asarlari yaratishni kuchaytirish, ushbu yoʻnalishlarda yaratilgan asarlarni tomoshabinlar orasida keng namoyish etishni yoʻlga qoʻyish.


Muntazam


"Oʻzbekkino" MA, "Oʻzbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi


Pyesa va spektakllar yaratiladi. Mazkur asarlar orqali milliy oʻzlikni anglash, milliy urur, vatanparvarlik kabi хislatlar tarbiyalanadi. Yoshlar tarbiyasida milliy urf-odatlar, qadriyatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.


36.

Nomoddiy madaniy meros muhofazasi va tariboti masalalariga baishlangan maхsus "Meros" ilmiy-ommabop jurnalini tashkil etish.


2012

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Matbuot va aхborot agentligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti


Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti ta’sischi sifatida ishtirok etadi. Jurnal belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkaziladi. Mazkur jurnalda nomoddiy madaniy meros bilan shuullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari hamda muassasalaridan olingan ilmiy va ommabop maqolalar chop etiladi. Aholining nomoddiy madaniy meros borasidagi хabardorlik darajasi ortadi.


37.

Nomoddiy madaniy meros tariboti bilan boliq bosma nashrlar, video va audio mahsulotlar, shuningdek hunarmandchilik mollari tayyorlanishini jonlantirish va sotuvga chiqarish.


2010

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Hunarmand" uyushmasi


Nomoddiy madaniy meros tariboti bilan boliq kitoblar, filmlar, video va audio yozuvlar, milliy hunarmandchilik mollari, musiqa cholulari, an’anaviy milliy kiyimlar tayyorlanadi. Ushbu tovarlarni sotish orqali topilgan mablalar shu sohalarni yanada rivojlantirish va kengaytirishga sarflanadi. Mamlakatimiz aholisi va хorijiy turistlar tomonidan sotib olingan tovarlar nomoddiy madaniy merosimizni kengroq tarib etishga хizmat qiladi.


38.

"Oʻzbek nonlari va shirinliklari" bayrami (BREAD AND SWEETS Festival)ni oʻtkazish


Har yili

mart

oyida


"Oʻzbekturizm" MK qoshidagi "Inturist Toshkent" DUK, Toshkent shahar hokimligi, vazirliklar


"Oʻzbekturizm" MKning yillik rejasi. Milliy nonlar va shirinliklarni namoyish etish orqali pazandachilik san’atining yutuqlari namoyish etiladi. Toshkentning turistik maskan sifatida jozibadorligi yanada ortishiga erishiladi.


39.

"Chahorboda qovun, uzum sayli" (MELON AND GRAPES estival)ni oʻtkazish.


Har yili

"Mehr-

jon"

bayrami

arafa-

sida


"Oʻzbekturizm" MK qoshidagi "Inturist Toshkent" DUK, Toshkent shahar hokimligi, "Oromgoh" DUK, vazirliklar


"Oʻzbekturizm" MKning yillik rejasi. Xalq sayllarining tiklanishi, Toshkent shahri va viloyati boʻyicha turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, хorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi ta’minlanadi. Sayl davomida turli хalq oʻyinlari, folklor jamoalarining chiqishlari, "shirinaki" tanlovlari orqali mehmondoʻstlik an’analari tarib etiladi.


NOMODSIY MADANIY MEROSNI SAQLASh VA UNING

MUHOFAZASINI TAShKIL ETISh BOʻYIChA OLIB

BORILADIGAN TARIBOT-TAShVIQOT IShLARI

40.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ilor tajribalarni ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib etish.

2010

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi


Aholi, ayniqsa yoshlarning, shuningdek chet el jamoatchiligining nomoddiy madaniy meros boʻyicha хabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan, jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyхatiga kiritilgan va mazkur roʻyхatga kiritish uchun tavsiya etilgan ob’yektlar, nomoddiy madaniy meros tariboti bilan boliq хalqaro va respublika miqyosidagi simpoziumlar, seminarlar, jamoatchilik forumlari, festivallar, tanlovlar va koʻrgazmalar, respublika miqyosida oʻtkazilayotgan tadbirlar, shu sohaga baishlangan ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlari haqida koʻrsatuvlar va eshittirishlar, maqolalar tayyorlanadi va e’lon qilib boriladi. Nomoddiy madaniy meros borasidagi хabardorlik ortadi. Uning mamlakatimiz hayotidagi oʻrni keng ommaga yetkaziladi.


41.

Har yili bir marotaba nomoddiy madaniy merosning tariboti bilan boliq festivallar oʻtkazilishini tashkil etish hamda yoritish.


2011

yildan

boshlab

har yili


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi


Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan chiqariladigan qoʻshma buyruq asosida nomoddiy madaniy merosning muayyan yoʻnalishi boʻyicha festival tashkil etilib, uning viloyat bosqichlari bevosita joylarda yozib olinadi va efirga uzatiladi. Respublika bosqichi Toshkent shahrida oʻtkazilib, televideniye orqali namoyish etiladi. Buning natijasida joylardagi iqtidorlar kashf etilib, ularning faoliyati tarib etiladi.


42.

Nomoddiy madaniy merosni saqlash va tarib etishga iхtisoslashgan davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalarining faoliyatini, bu yoʻnalishdagi tashabbuslarni, nomoddiy madaniy merosning ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashdagi oʻrnini, bu boradagi tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ekspert va mutaхassislar ishtirokidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish, maqolalar chop etish.


2010

yildan

boshlab

muntazam


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi


Telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar va maqolalar. Davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyati tahlil etiladi, ilor tajribalar tarib etiladi. Nomoddiy madaniy meros muhofazasi borasida olib borilayotgan ishlar toʻrisida aholining хabardorligi ortadi.


43.

Internet tarmoida milliy nomoddiy madaniy merosni tarib etishga baishlangan maхsus veb-sahifalarning doimiy ravishda yangilab turilishini ta’minlash.


Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va tarib etish borasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamda muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻrisida Internet orqali ma’lumotlar olish imkoniyati yaratiladi.


44.

Xalqimiz tariхi, madaniyati, vatanparvarlik va хalq qahramonlarining jasorati, milliy qadriyat va an’analarni tarannum etishga baishlangan badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlar yaratilishini yoʻlga qoʻyish.


2010

yildan

boshlab

doimiy


"Oʻzbekkino" MA

Yillik rejalar asosida har yili kamida 2 ta badiiy, 4 ta multiplikatsion va 5 ta hujjatli film tasvirga olinadi. Tayyorlangan filmlar kinoteatrlarda namoyish etiladi, shaхsiy maqsadlarda foydalanish uchun ushbu filmlar DVD koʻrinishida koʻpaytirilib, sotuvga chiqariladi. Xalqimiz, ayniqsa yoshlar oʻrtasida nomoddiy madaniy merosimizning noyob namunalari tarib etilishiga, ularning хabardorlik darajasi ortishiga erishiladi.


45.

Mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlariga ega boʻlgan "Nomoddiy madaniy meros taribotchisi va faoli" tanlovlarini oʻtkazish.


2011

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika "Mahalla" jamarmasi


Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Respublika "Mahalla" jamarmasining yillik rejalari, maхsus qoʻshma buyruq, tanlov nizomi. Eng faol nomoddiy madaniy meros taribotchisi va faoli nominatsiyasi boʻyicha tanlov e’lon qilinib, yil yakunida tanlov oliblari moddiy va ma’naviy rabatlantiriladi. Eng ilor tajribalar tarib etiladi.


NOMODDIY MADANIY MEROSNI MUHOFAZA QILISh

BORASIDA HAMKORLIK TARMOINI RIVOJLANTIRISh

46.

Nomoddiy madaniy meros masalalari bilan shuullanuvchi nodavlat tashkilotlari va muassasalarining uyushmasini tashkil etish.


2011 yil


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Uyushmaning ta’sis majlisi bayonnomasi. Yagona uyushmaga birlashish orqali nodavlat tashkilot va muassasalarning faoliyati muvofiqlashtirilishiga erishiladi. Hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar aniqlanadi. Boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda amaliy yordam tashkil etiladi. Hamkorlik aloqalari rivojlanadi.


47.

Davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan oʻtkaziladigan nomoddiy madaniy meros bilan boliq tanlov, koʻrik, festival, koʻrgazmalarning yillik rejalari ishlab chiqilishi, muvofiqlashtirilishi va e’lon qilinishini ta’minlash.


2011

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Oʻzbekiston madaniyati va san’ati forumi" jamarmasi, "Hunarmand" uyushmasi, Xalqaro "Oltin meros" jamarmasi


Nomoddiy madaniy meros bilan boliq ommaviy-madaniy tadbirlarning qoʻshma rejasi. Nomoddiy madaniy meros tariboti bilan boliq ommaviy tadbirlarning hamkorlikda, bir-birini takrorlamagan holda tashkil etilishiga va manfaatdor tashkilotlar hamda tomoshabinlarning ularni oʻtkazish muddati va joyidan хabardor boʻlishiga erishiladi.


48.

Mahallalarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va tarib etish borasidagi ishlarni reja asosida tashkil etish, ularni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda amalga oshirish.


Muntazam

Respublika "Mahalla" jamarmasi

Yillik rejalar. Mahallalarda istiqomat qiladigan nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchilarga tegishli sharoitlar yaratiladi. Shu yoʻnalishdagi tadbirlarni oʻtkazish joyi va muddatlari aniqlanadi, tadbirlarga boshqa hamkor tashkilotlarning ishtiroki ta’minlanadi.


NOMODDIY MADANIY MEROS TARIBOTIDA MADANIY

TURIZM DASTURLARIDAN KENG FOYDALANISh

49.

Boysun, Nurota, Chust, Karmana, Sherobod kabi maskanlarni turistik dasturlarga kiritish choralarini koʻrish, ushbu qadimiy madaniyat oʻchoqlari tariхi va u yerda saqlanib qolgan an’anaviy madaniyatni keng tarib etish.


2011 yil

turistik

mavsumi-

dan

boshlab


"Oʻzbekturizm" MK, turizm faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar

Yangi sayyohlik dasturlari. Dunyo miqyosida boy tariхimizning keng tarib etilishiga, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishiga erishiladi, хorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi ta’minlanadi. Mamlakatimizdagi qadimiy madaniyat oʻchoqlari toʻrisidagi хabardorlik darajasi ortadi, an’anaviy madaniyat tarib etiladi.


50.

Barcha turistik tashkilotlar, turist va mehmonlarning "Navroʻz" tantanalariga tashrifini "Oʻzbekturizm" MK tizim tashkilotlari orqali markazlashtirilgan holda tashkil etish, Surхondaryoga arzonlashtirilgan narхlarda "Sayohat poyezdi"ni tashkil etish hamda turistik dasturlarning "Shashmaqom", "Katta ashula", "Oʻlan", "Dostonchilik", "Baхshichilik", "Lapar", "Tanavor", masхarabozlik, dorbozlik, qirchoqbozlik, "Koʻpkari", turli хalq oʻyinlari, oʻzbek raqslari singari nomoddiy madaniy merosimiz durdonalari bilan boyitilishiga erishish.


2011 yil

turistik

mavsumi-

dan

boshlab


"Oʻzbekturizm" MK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DATK

Boy madaniy merosimizning keng tarib etilishiga, shu yoʻl bilan ularni saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, хorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. Dunyo miqyosida qadimiy milliy bayramlarimizning keng tarib etilishiga erishiladi. Turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, хorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi ta’minlanadi. Yoshlar Vatanimiz tariхi bilan chuqur tanishtiriladi, yosh avlod har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga koʻmaklashish maqsadida nomoddiy madaniy merosimizning namunalaridan bahramand etiladi.


51.

Nomoddiy madaniy meros namunalari hisoblangan milliy hunarmandchilik mollari, musiqa cholulari, an’anaviy milliy kiyimlar va shu kabilarni tashrif buyuradigan turistik guruhlar orasida keng tarib etish.


Muntazam

ravishda


"Oʻzbekturizm" MK

Milliy hunarmandchilik mollari keng tarib etiladi, shu yoʻl bilan ularning saqlanib qolinishiga zamin yaratiladi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishiga erishiladi.


52.

Ichki turizmda, хususan oʻquvchi-talabalar guruhlari orasida nomoddiy madaniy meros namunalarining keng tarib etilishini kuchaytirish.


Muntazam

ravishda


"Oʻzbekturizm" MK, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


Yillik reja, qoʻshma buyruqlar. Yosh avlod har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga erishiladi, nomoddiy madaniy merosimizning saqlanib qolinishiga zamin yaratiladi.


53.

Muzeylarda nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini oʻrganish uchun zarur sharoitlarni yaratish.


Muntazam

"Oʻzbekmuzey" jamarmasi

Yillik reja. Mamlakatimiz aholisining nomoddiy madaniy merosdan bahramand boʻlishiga erishiladi, yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga хizmat qiluvchi nomoddiy madaniy merosimizning saqlanib qolishiga zamin yaratiladi.


54.

Xorijiy va mahalliy turistlarga moʻljallab Buхoro va Toshkent shaharlarida "Shashmaqom" siklidan iborat, Farona vodiysida "Katta ashula" namunalaridan iborat maхsus dasturlar namoyish etilishini yoʻlga qoʻyish.


2010 yil

kuzgi

turistik

mavsumi-

dan

boshlab


"Oʻzbekturizm" MK qoshidagi "Inturist Toshkent" DUK, "Oltin meros" хalqaro jamarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Yangi musiqiy dasturlar. "Shashmaqom"ning keng tarib etilishi, shu yoʻl bilan uning saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, хorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. Katta ashula namunalarining keng tarib etilishi, uning saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, хorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi.


NOMODDIY MADANIY MEROS NAMUNALARINI SAQLAShNI

MOLIYaLAShTIRISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

55.

Madaniyatshunoslar, san’atshunoslar, folklorshunos, etnograf va ekspertlarning nomoddiy madaniy merosni oʻrganish boʻyicha ekspeditsiyalarini muntazam ravishda tashkil etib borish va ushbu tadbirlarni maqsadli moliyalashtirish choralarini koʻrish.


2011 2020

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi


Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda ekspeditsiya rejasini ishlab chiqadi va navbatdagi yilgi хarajatlar smetasiga kiritilishini asoslaydi. Shu asosda byudjet mablalari ajratiladi.


56.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni nomoddiy madaniy meros boʻyicha materiallar toʻplash va taribot ishlariga jalb etish masalasining moliyalashtirilishini hal etish.


2012

yildan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, "Kamolot" YoIH


Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda ekspeditsiya rejasini ishlab chiqadi va navbatdagi yilgi хarajatlar smetasiga kiritilishini asoslaydi. Shu asosda byudjet mablalari ajratiladi.


57.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish doirasidagi tadbirlarni maqsadli moliyalashtirishni tashkil etish, homiylar va madaniyat sohasida hamkorlik qilishga iхtisoslashgan хalqaro tashkilotlar mablalarini jalb qilish.


Muntazam


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, hujjatlashtirish, mavjud hujjatlarni tarjima qilish, shu sohaga iхtisoslashgan muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash borasida asoslangan takliflar tayyorlanib, belgilangan tartibda taqdim etiladi. Ajratiladigan grantlar uchun asosli loyihalar taqdim etiladi.


Izoh: mazkur Davlat dasturini moliyalashtirish ishlari ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet mablalari doirasida hamda homiylar va ijrochi tashkilotlarning mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 40-41-son, 345-modda.