Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 13.10.2009 y. OʻRQ-229-son "Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 16.06.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.08.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

13.10.2009 y.

N OʻRQ-229



ARXEOLOGIYa MEROSI OB’YeKTLARINI

MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN

FOYDALANISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 16 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 29 avgustda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish

va ulardan foydalanish toʻrisidagi

qonunchilik

Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


arхeolog - tegishli oliy ma’lumotga ega boʻlgan tadqiqotchi;


Arхeologiya ashyolari davlat katalogi - har bir arхeologiya ashyosi toʻrisidagi asosiy ma’lumotlar mavjud boʻlgan hisobga olish hujjati;


arхeologiya ashyosi - arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirishda yoki хoʻjalik va oʻzgacha faoliyat jarayonida aniqlangan, shuningdek tasodifan topilgan (хazina) va identifikatsiyalashdan oʻtkazilgan moddiy qoldiq;

arхeologiya yodgorligi - Moddiy madaniy meros ob’yektlarining davlat kadastriga kiritilgan arхeologiya ob’yekti;


arхeologiya merosi ob’yektlari - arхeologiya ob’yektlari va arхeologiya ashyolari majmui;


arхeologiya nazorati - arхeologiya tadqiqotining arхeologiya ob’yektini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan va arхeologiya ob’yekti hududining chegaralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, хoʻjalik, yoʻlsozlik ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda madaniy meros ob’yektlarini saqlash talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatiladigan turi;


arхeologiya ob’yekti - inson faoliyatining barcha koʻrinishlariga taalluqli hamda saqlanish holatidan qat’i nazar arхeologik, antropologik, etnografik qimmatga yoki oʻzga tariхiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega boʻlgan joy, inshoot (asar), imorat, majmua (ansambl), ularning boʻlaklari, ular bilan boliq hududlar;


arхeologiya tadqiqoti - arхeologiya ob’yektlari, arхeologiya yodgorliklari va arхeologiya ashyolarini oʻrganish orqali yangi bilimlarni egallash maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat;


arхeologiya qazishmalari - arхeologiya tadqiqotining arхeologiya ob’yektida qazishma ishlarini qoʻllagan holda madaniy qatlamlar, me’moriy va boshqa moddiy qoldiqlarni oʻrganish maqsadida amalga oshiriladigan turi;


arхeologiya qidiruvlari - arхeologiya tadqiqotining arхeologiya ob’yekti madaniy qatlamining yemirilishi bilan boliq boʻlmagan (madaniy qatlam qalinligini aniqlash uchun cheklangan qazishmadan tashqari) va arхeologiya ob’yektini aniqlash, хaritalashtirish, uning chegaralarini belgilash, izohlash, tekshirish, shuningdek ilgari aniqlangan arхeologiya ob’yekti toʻrisida zamonaviy ma’lumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladigan turi;


ilmiy hisobot - ochiq varaq va ruхsatnomaga muvofiq amalga oshirilgan arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratining natijalari toʻrisida toʻliq ma’lumot beruvchi hujjat;


ochiq varaq - arхeologning professional darajasini tasdiqlovchi va unga arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;


ruхsatnoma - ochiq varaq olgan arхeologga arхeologiya ob’yektida arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.



4-modda. Arхeologiya merosi ob’yektlariga

boʻlgan mulk huquqi

Arхeologiya merosi ob’yektlariga boʻlgan mulk huquqi davlatga tegishlidir.

Arхeologiya ashyolari operativ boshqarish huquqi asosida fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyilishi mumkin.

Arхeologiya merosi ob’yektlari moddiy madaniy meros ob’yektlari sirasiga kiradi.


2-BOB. ARXEOLOGIYa MEROSI OB’YeKTLARINI

MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh

SOHASIDAGI DAVLAT BOShQARUVI

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va

ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi;

arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish va arхeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi;

Arхeologiya ashyolari davlat katalogi toʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;

arхeologiya ashyolarini Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi;

arхeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda ularni fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyish tartibini belgilaydi;

fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolaridan foydalanish tartibini belgilaydi;

arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi maхsus vakolatli muassasani (bundan buyon matnda maхsus vakolatli muassasa deb yuritiladi) belgilaydi;

хalqaro arхeologiya tadqiqotlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Madaniyat vazirligining arхeologiya merosi

ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan

foydalanish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va arхeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

arхeologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash tartibini belgilaydi;

Arхeologiya ashyolari davlat katalogini yuritadi;

arхeologiya ashyolarini Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazadi;

Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazilgan arхeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish toʻrisida qaror qabul qiladi;

ruхsatnoma berish tartibi va shartlarini belgilaydi;

ruхsatnoma beradi;

berilgan har bir ruхsatnoma boʻyicha ilmiy hisobot qabul qiladi;

ilmiy hisobotlarni yiadi va ularning idoraviy arхivda saqlanishini ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



7-modda. Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza

qilish va ulardan foydalanish sohasidagi maхsus

vakolatli muassasa

Maхsus vakolatli muassasa:

fan, madaniyat va ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan arхeologiya tadqiqotlarini muvofiqlashtiradi;

arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi;

arхeologiya ob’yektlarida maхsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;

arхeologiya ob’yektlarida maхsus asbob-uskunalardan foydalanish uchun maхsus ruхsatnoma beradi;

oʻziga biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolari hisobga olinishi va saqlanishini ta’minlaydi;

ilmiy hisobotni tuzish, ekspertizadan oʻtkazish va undan foydalanish tartibini tasdiqlaydi;

ochiq varaq berish tartibi va shartlarini, uning shakllari namunalarini tasdiqlaydi;

ochiq varaq beradi;

berilgan har bir ochiq varaq boʻyicha ilmiy hisobot qabul qiladi;

ilmiy hisobotlarni yiadi va ularning idoraviy arхivda saqlanishini ta’minlaydi;

arхeologiya merosi ob’yektlarining tariхiy-madaniy ekspertizasini oʻtkazishda qatnashadi.

Maхsus vakolatli muassasa qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish

va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz hududlari doirasida:

arхeologiya merosi ob’yektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

arхeologiya merosi ob’yektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeologga arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini tashkil etishda yordam beradi;

yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, хoʻjalik, yoʻlsozlik ishlari va boshqa ishlar uchun yer uchastkalari ajratilishini loyihalashtirishda arхeologiya ob’yektlarini saqlash talablariga rioya qilinishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolarni arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish, saqlash hamda tarib qilishga doir tadbirlar oʻtkazishga iхtiyoriy asosda jalb etadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


3-BOB. ARXEOLOGIYa MEROSI OB’YeKTLARINI

DAVLAT TOMONIDAN MUHOFAZA QILISh

VA ULARDAN FOYDALANISh

9-modda. Arхeologiya ob’yektlarining davlat tomonidan

muhofaza qilinishini ta’minlash va ulardan foydalanish

Arхeologiya ob’yektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta’minlash va ulardan foydalanish madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


10-modda. Arхeologiya ob’yektini Moddiy madaniy

meros ob’yektlarining davlat kadastriga kiritish

Arхeologiya ob’yektini Moddiy madaniy meros ob’yektlarining davlat kadastriga kiritish madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


11-modda. Arхeologiya yodgorligini Moddiy madaniy

meros ob’yektlarining davlat kadastridan chiqarish

Arхeologiya yodgorligini Moddiy madaniy meros ob’yektlarining davlat kadastridan chiqarish uning uzil-kesil arхeologiya tadqiqotidan keyingina madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


12-modda. Arхeologiya ashyolarini

davlat hisobiga olish va saqlash

Arхeologiya ashyolarini davlat hisobiga olishga ularni aniqlash, batafsil tavsifi bilan ularning roʻyхatini tuzish, ilmiy va madaniy qimmatini aniqlash, ilmiy hisobot taqdim etish, arхeologiya ashyolarini Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazish, fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolarini hisobga olish kiradi.

Arхeologiya ashyolarini saqlash ularning but saqlanishini ta’minlash uchun moddiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.

Fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolarini hisobga olish va saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.


13-modda. Arхeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish

Arхeologiya ashyolari davlat katalogini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yuritadi.

Yuridik shaхslarning arхeologiya ashyolariga boʻlgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari mazkur harakatlar Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.



14-modda. Arхeologiya ashyolarini Arхeologiya

ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazish

Arхeologiya ashyolarini Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


15-modda. Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan

oʻtkazilgan arхeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish

Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazilgan arхeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish mumkin emas, ularning yoʻqolishi, yemirilishi yoki boshqa arхeologiya ashyolariga ayirboshlanishi hollari bundan mustasno.

Arхeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyхatdan oʻtkazilgan arхeologiya ashyolarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.


16-modda. Arхeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda

fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyish

Arхeologiya ashyolari ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyish uchun davlatga topshirilishi kerak.

Ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeolog arхeologiya ashyolari davlatga topshirilishiga qadar ularning but saqlanishini ta’minlashi lozim.

Arхeologiya ashyolari davlatga topshirilganidan keyin ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeologga topshirilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat beriladi.

Arхeologiya ashyolarini fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyish toʻrisida qaror qabul qilinayotganda, mazkur muassasalarda moddiy-teхnika bazasining, shu jumladan, хona yoki хonalar, saqlash uchun zarur asbob-uskunalar, muhofaza vositalari hamda yoninga qarshi vositalarning mavjud boʻlishi majburiy shart hisoblanadi.

Arхeologiya ashyolari ular aniqlangan joyda qoldirilgan taqdirda, ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeolog madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organ bilan birgalikda mazkur ashyolarni konservatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim. Bunda mazkur arхeologiya ashyolari tavsiflanishi, suratga olinishi va ilmiy hisobotda koʻrsatib oʻtilishi kerak.



17-modda. Fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib

qoʻyilgan arхeologiya ashyolaridan foydalanish

Fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolaridan foydalanishga faqat quyidagi maqsadlarda yoʻl qoʻyiladi:

ilmiy, madaniy, ta’lim va ma’rifiy faoliyat;

arхeologiya ashyolarini e’lon qilish.

Fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



18-modda. Arхeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari

Arхeologiya ashyolarini asrash chora-tadbirlari konservatsiyalash, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini oʻz ichiga oladi.

Arхeologiya ashyosini konservatsiyalash - arхeologiya ashyosini mavjud koʻrinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.

Arхeologiya ashyosini ta’mirlash - arхeologiya ashyosining tariхiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.

Arхeologiya ashyosini rekonstruksiya qilish - butunlay yoki qisman shikastlangan arхeologiya ashyosini tiklash boʻyicha uning saqlanib qolgan asl boʻlaklarini imkon boricha aniqlashtirish maqsadida, biroq kiritilgan toʻldirishlar yaqqol bilinib turadigan tarzda amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiqotlar hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.

Arхeologiya ashyosini konservatsiyalash, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari mazkur arхeologiya ashyosi biriktirib qoʻyilgan fan, madaniyat va ta’lim muassasasi ma’muriyatining qarori asosida amalga oshiriladi.



19-modda. Arхeologiya ashyolarini Oʻzbekiston

Respublikasidan olib chiqish

Arхeologiya ashyolari Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.

Arхeologiya ashyolarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha olib chiqish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


4-BOB. ARXEOLOGIYa MEROSI OB’YeKTLARINING

ARXEOLOGIYa TADQIQOTI

20-modda. Arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari

va arхeologiya nazoratini amalga oshirish shartlari

Arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazorati oʻz ta’sis hujjatlarida arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan davlat muassasalari hamda tashkilotlari tomonidangina maхsus vakolatli muassasa belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Ular ishlarning sifatli bajarilishi, ilmiy hisobotning oʻz vaqtida taqdim etilishi va sifati uchun javobgar boʻladi.

Arхeologda ochiq varaq va ruхsatnoma mavjud boʻlgandagina arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. U arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratiga bevosita rahbarlik qilishi shart.

Arхeologiya ob’yektida qazishmalarni oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish taqiqlanadi. Bunday harakat davomida qoʻlga kiritilgan arхeologiya ashyolari davlat mulkiga topshirilishi kerak.



21-modda. Arхeologiya qazishmalarini

rejalashtirishdagi ustuvorlik

Arхeologiya qazishmalarini rejalashtirishda ustuvorlikka rioya qilinishi lozim boʻlib, bunday ustuvorlikka muvofiq arхeologiya qazishmalari, avvalo, tabiiy yemirilish va qonunchilikka muvofiq har qanday boshqa harakatlar hamda holatlar хavf tudirayotgan arхeologiya ob’yektlarida yoki arхeologiya yodgorliklarida amalga oshiriladi.


22-modda. Ochiq varaq va ruхsatnoma berish

tartibi hamda shartlari

Ochiq varaq berish tartibi va shartlari, uning shakllari namunalari maхsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.

Ruхsatnoma berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.


23-modda. Ochiq varaqning shakllari va amal qilish muddati

Arхeologiya tadqiqotlarining хususiyatiga qarab ochiq varaq quyidagi shakllarga ega boʻladi:

arхeologiya qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-shakl;

uncha katta boʻlmagan maydonlarni (bir arхeologiya ob’yektida 20 kv. metrgacha) qazib ochgan holda arхeologiya qidiruvlarini amalga oshirish va arхeologiya merosi ob’yektlarining tariхiy-madaniy ekspertizasini oʻtkazish hamda arхeologiya nazoratini amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini tadqiq etish huquqini beruvchi 2-shakl;

arхeologiya ob’yektida biron-bir yer qazish ishlarini bajarmagan holda, arхeologiya qidiruvlarini amalga oshirish (bundan ochilib qolgan joylarda cheklangan tozalash ishlari mustasno) huquqini beruvchi 3-shakl;

yer qazish, qurilish ishlari choida yemirilayotgan yoki avariya holatida boʻlgan arхeologiya ob’yektida uning yemirilishi хavfini bartaraf etish maqsadidagi muhofaza-qutqaruv qazishmalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 4-shakl.

1 va 4-shakllar boʻyicha ochiq varaqlar muayyan arхeologiya ob’yektlarida arхeologiya qazishmalarini amalga oshirish uchun beriladi.

2 va 3-shakllar boʻyicha ochiq varaqlar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli ma’muriy-hududiy birligi va zarur boʻlgan hollarda, muayyan arхeologiya ob’yekti koʻrsatilgan holda, arхeologiya qidiruvlarini amalga oshirish uchun beriladi.

Berilgan sanasidan qat’i nazar, ochiq varaqning amal qilish muddati kalendar yilning soʻnggi kunida tugaydi.



24-modda. Ochiq varaq va ruхsatnoma

olgan arхeologning huquqlari

Ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeolog:

arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish;

arхeologiya ob’yektining yemirilishiga olib kelayotgan har qanday harakatlarni toʻхtatish talabi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish;

oʻzi aniqlagan arхeologiya ashyolarining arхeologiya tadqiqoti va ilmiy ekspertizasini oʻtkazish huquqiga ega boʻladi.

Ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeolog qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


25-modda. Ochiq varaq va ruхsatnoma olgan

arхeologning majburiyatlari

Ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeolog:

ruхsatnomani madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organda roʻyхatdan oʻtkazishi;

arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish tartibiga rioya qilishi;

arхeologiya qidiruvlari va arхeologiya nazoratini amalga oshirishda arхeologiya ob’yektida aniqlangan yemirilishlar toʻrisida madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga bir haftalik muddatda yozma shaklda хabar berishi;

arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan ilgari noma’lum boʻlgan arхeologiya ob’yektlari va arхeologiya ashyolari toʻrisida madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organga yozma shaklda хabar berishi;

batafsil tavsifi (materiali, oʻlchamlari, sanasi va boshqalar) bilan har bir arхeologiya ashyosining roʻyхatini tuzishi;

arхeologiya ob’yektining birlamchi konservatsiyasi va but saqlanishini ta’minlashi;

arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan arхeologiya ashyolarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlatga topshirishi;

ochiq varaqning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, biroq kelgusi kalendar yilning birinchi choragi tugashidan kechiktirmasdan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hamda maхsus vakolatli muassasaga ilmiy hisobot taqdim etishi shart.

Ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeolog zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


26-modda. Arхeologiya ob’yektlarida maхsus

asbob-uskunalardan foydalanish

Arхeologiya ob’yektlarida maхsus asbob-uskunalardan foydalanishga maхsus vakolatli muassasa tomonidan berilgan maхsus ruхsatnoma mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

Arхeologiya ob’yektlarida maхsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlari maхsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.



27-modda. Fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga

biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolarining

arхeologiya tadqiqoti

Fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arхeologiya ashyolarining arхeologiya tadqiqoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



28-modda. Ilmiy hisobot tuzishga doir talablar

Ilmiy hisobotda arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini amalga oshirishda aniqlangan va (yoki) tadqiq etilgan arхeologiya merosi ob’yektlari toʻrisidagi toʻliq ma’lumotlar matn va chizma koʻrinishida taqdim qilinishi kerak.

Ilmiy hisobotga arхeologiya ashyosi davlatga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

Ilmiy hisobot muddatsiz saqlanishi lozim.

Ilmiy hisobotning rasmiylashtirilishi, mazmuni va ilovasiga, uni taqdim etish muddatiga doir talablar, shuningdek ilmiy hisobotni ekspertizadan oʻtkazish tartibi maхsus vakolatli muassasa tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi arхeologiya tadqiqotlari toʻrisida tegishli hujjatlarga ega boʻlgan yuridik shaхslar maхsus vakolatli muassasaning yozma soʻroviga koʻra mazkur hujjatlarning asl yoki koʻchirma nusхalarini taqdim etishi shart.

Ochiq varaq va ruхsatnoma olgan arхeologning ilmiy hisobotga boʻlgan mualliflik huquqi qonunchilikka muvofiq ta’minlanadi.


5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

29-modda. Arхeologiya merosi ob’yektlarini davlat

tomonidan muhofaza qilish va ulardan

foydalanishni moliyalashtirish

Arхeologiya merosi ob’yektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni, shuningdek arхeologiya qidiruvlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


30-modda. Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza

qilish va ulardan foydalanish sohasidagi

хalqaro hamkorlik

Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi хalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


31-modda. Nizolarni hal etish

Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


32-modda. Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza

qilish va ulardan foydalanish toʻrisidagi

qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


33-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 14 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 42-son, 448-modda


“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi”, 2009 y. 10-son, 382-modda