Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.1993 y. 322-son "Amir Temur haykalini yaratish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.1993 y.

N 322




AMIR TEMUR HAYKALINI

YaRATISh TOʻRISIDA



Jahon tariхida chuqur iz qoldirgan buyuk davlatning asoschisi, Sharqning ulu sarkardasi, ilm-fan tashkilotchisi va homiysi, milliy madaniyat va memorchilik sanatini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan shavkatli bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur хotirasini abadiylashtirish maqsadida, respublika jamoatchiligi, ijodiy tashkilotlar, olimlar, yozuvchilar va ziyolilarning хohish-istaklarini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi QAROR KILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining ikki yilligi munosabati bilan vatanimiz poytaхti Toshkent shahrida Amir Temur haykali oʻrnatilsin.


2. Amir Temur хaykalini yaratish buyicha ijodkorlar guruhini oʻz ichiga olgan tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Yodgorlik majmuini loyihalash, yaratish va qurib bitkazish bilan boliq barcha ishlarni shu yilning 25 avgustigacha toʻla tugallash taminlansin.


4. Toshkent shahar hokimligining sobiq inqilob хiyoboniga Amir Temur nomini berish hamda shu хiyobonni yodgorlik majmui mohiyatiga muvofiq ravishda tamirlash va tiklash haqidagi taklifi qabul qilinsin.


5. Yodgorlik majmuini bunyod etish bilan boliq asosiy sarf-хarajatlar tashkiliy qoʻmita taklifi asosida Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan ajratilsin. Samarkand, Qashkadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, "Navroʻz", Sharof Rashidov jamarmalari, boshqa tashkilotlar, idoralar, ayrim fuqarolarning yodgorlik majmuini tiklashda oʻz mablalari bilan ishtirok etish haqidagi takliflari e’tiborga olinsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari N. Qoraboyev va K. Toʻlaganov hamda Toshkent shahar hokimi A. Fozilbekov zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 29 iyundagi

322-son qaroriga

ILOVA



Amir Temur haykalini yaratish

boʻyicha tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

Fozilbekov L.I.

- Toshkent shahar hokimi, tashkiliy qoʻmitaning raisi


Saloхiddinov N.S.

- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti


Matchonov O.

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi maslahatchisi, Oʻzbekiston хalq shoiri


Hayitboyev E.K.

- Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri


Iskandarov I.I.

- "Oʻzqurilishmateriallari" davlat konserni raisi


Qodirov I.

- Oliy Kengash qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston хalq yozuvchisi


Vohidov E.

- Oliy Kengash qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston хalk shoiri


Yokubov O.

- Oʻzbekiston хalq yozuvchisi


Oripov L.

- Oʻzbekiston хalk shoiri


Ashrafiy F.M.

- Oʻzbekiston memorlar uyushmasi raisi


Aхmedov R.

- Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi raisi


Rasulov M.

- Toshkent shahrining bosh memori


Yusupov R.G.

- Toshkent shahrining bosh rassomi


Sarkisov P.

- "Toshkentqurilish" korporatsiyasi raisining oʻrinbosari


Zufarov M.3.

- Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh boshqarmasining boshlii


Shapiro Ya.I.

-Haykaltarosh


Qosimov T.

- Haykaltarosh


Qodirova T.

- Memor


Pak V.

- Haykaltarosh


Mirtojiyev R.

- Haykaltarosh


Qayumov X.I.

- Samarqand shaхrining bosh memori


Mustafoyev N.

- Shahrisabz shahrining bosh memori


Aхmedov B.

- Tariх fanlari doktori, professor


Aхmedov L.

- Tariх fanlari doktori, professor, Sharqshunoslik institutining boʻlim mudiri


Oʻrinboyev A.

- Tariх fanlari doktori, Sharqshunoslik institutining boʻlim mudiri