Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 04.08.2010 y. 150-B-son "Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.08.2010 y. 588-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.08.2010 y.

N 588-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRINING

04.08.2010 y.

N 150-B


BUYRUI



Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi

bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga

muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


(2010 yil 29 avgustdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi "Aholini ish bilan ta’minlash toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 97-modda) va "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 9-son, 338-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 52-son, 562-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot va Mehnat vazirliklari tomonidan 1998 yil 30 noyabrda 2-271/041 va 1235/04-1-son bilan tasdiqlangan Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 588, 1999 yil 7 yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Vazir                                                                                  A. Xaitov






Buyruqqa

ILOVA



Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi

bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga

muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 2-banddagi "Bandlikka koʻmaklashuvchi markazi (bundan keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashuvchi markaz deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 6, 7-bandlar, 10-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari hamda 16, 20-bandlardagi "Bandlikka koʻmaklashish markaziga", "Bandlikka koʻmaklashish markazi", "Bandlikka koʻmaklashish markazida", "Bandlikka koʻmaklashish markazlari" degan soʻzlar tegishlicha "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga", "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi", "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida", "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi ishsiz deb e’tirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimi deb yuritiladi) topshiradi".


4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi".


5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyхatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mabla miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar хarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5 sanasiga qadar tegishli Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga yuboradilar".


6. 18-banddagi "Ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" degan soʻzlar "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 19-banddagi "Bandlikka koʻmaklashish markazlari va Ijtimoiy ta’minot boʻlimlari yilning har bir chorak" degan soʻzlar "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har bir oy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 21-banddagi "Mehnat hamda ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" degan soʻzlar "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 1-ilovadagi "Bandlikka koʻmaklashish markazi" va "tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimiga" degan soʻzlar tegishlicha "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi" va "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 2-ilovadagi "tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimi", "Bandlikka koʻmaklashish markaziga" va "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga" degan soʻzlar tegishlicha "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimi", "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga" va "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 3-ilovadagi "chorak", "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga", "Bandlikka koʻmaklashish markazi" va "tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimi" degan soʻzlar tegishlicha "oy", "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga", "Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi" va "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12. Mazkur Yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 33-son, 286-modda.