Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 16.05.2001 y. 6-son "Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma"ga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.05.2001 y. 588-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.05.2001 y.

N 588-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

16.05.2001 y.

N 6


BUYRUI



"Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi

bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga

muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnoma"ga oʻzgartirishlar kiritish haqida



(2001 yil 29 maydan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbilari toʻrisidagi 444-son, 2001 yil 13 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi 75-son qarorlariga binoan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 162-son qarori 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot va Mehnat vazirliklari tomonidan 1998 yil 30 noyabrda 2271/04 va 1235/04-1-sonlar bilan tasdiqlangan Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisida Yoʻriqnomaga (1999 yil 7 yanvarda 588-son bilan roʻyхatga olingan) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.



Vazir                                                                                         O. Obidov






Buyruqqa

ILOVA



Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor

qilinganda ishdan boʻshatilgan хodimlarga muddatidan

oldin pensiya tayinlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgarishlar


1. 12, 15, 16, 17 va 20-bandlaridagi "Pensiya jamarmasiga", "Pensiya jamarmasining tegishli boʻlimiga" va "Pensiya jamarmasining" soʻzlari tegishli ravishda "byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining" soʻzlariga almashtirilsin.


2. 15-bandiga "hamda Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. 18 va 19-banlaridagi "Pensiya jamarmasi" va "Pensiya jamarmasining boʻlimlari" soʻzlarini "Ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" soʻzlariga almashtirilsin.


4. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mehnat hamda ijtimoiy ta’minot boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaхslar soni va toʻlangan mablalar miqdori haqidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Mehnat va aholini ijtimoiy muхofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar".


5. Yoʻriqnomaning 2-ilovasidagi:

"Pensiya jamarmasining ______________ tuman (shahar) boʻlimiga" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"Pensiya jamarmasiga" soʻzlar "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga" soʻzlariga almashtirilsin.


6. Yoʻriqnomaning 3-ilovasidagi "Pensiya jamarmasiga" va "Pensiya jamarmasining ______________ tuman (shahar) boʻlimi boshlii" soʻzlari tegishli ravishda "Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga" va " ______ tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimi boshlii soʻzlariga almashtirilsin.