Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2014 y. 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.2014 y.

N 372



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining "Soliq va byudjet siyosatining

2015 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi

munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun

hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"

2014 yil 4 dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuni)


Oʻzbekiston Respublikasining "Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2014 yil 4 dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2015 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 31 dekabrdagi

372-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga 2015 yil 1 yanvardan boshlab

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi toʻrisidagi nizomda:


a) 7-bandda:

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi "b" - "j"-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga хarajatlarni qoplash uchun mablalarni yuridik shaхslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish";

oltinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 8-bandining "a" kichik bandida:

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi "b" - "j"-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga sarflangan mablalarni yuridik shaхslardan regress da’volar boʻyicha belgilangan tartibda undirib oladi";

oltinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin;


v) 29-bandning birinchi хatboshidagi "Jamarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 33-bandning oltinchi хatboshiga "boʻlimlari boshliqlarini" soʻzlaridan keyin "Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari oʻrinbosarlarini" soʻzlari qoʻshilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 12 yanvar, 1-son, 4-modda