Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻriqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qoʻriqlash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 16.02.1998 y. 69-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 16 fevraldagi

69-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻriqlanadigan

geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini

qoʻriqlash toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom "Geodeziya va kartografiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlari qoʻriqlanishini ta’minlash tartibini belgilaydi.


2. Geodeziya punkti maхsus markaz, sirtqi belgi va geodeziya punktining chegarasi hisoblanadigan zovur yoki tuproq devor koʻrinishidagi tashqi shakldan iborat boʻladi.

Geodeziya punktining tashqi shakli mavjud boʻlmagan taqdirda sirtqi belgining asosi uning chegarasi hisoblanadi.

Sirtqi belgilarga ega boʻlmagan, maхsus markazlari esa imoratlar va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan geodeziya punktlari uchun punktlarning chegaralari va qoʻriqlanadigan zonalari belgilanmaydi.


3. Geodeziya punkti joylashgan yer uchastkasi va tashqi tomondan punkt chegarasiga tutashib ketuvchi 1 metr kenglikdagi yer geodeziya punktining qoʻriqlanadigan zonasi hisoblanadi.


4. Geodeziya punktining qoʻriqlanadigan zonasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining ruхsatisiz sirtqi belgining shikastlanishi va yoʻq qilinishiga, maхsus markaz joylashgan joyning oʻzgarmasligi buzilishiga olib kelishi yoki geodeziya punktidan uning bevosita vazifasiga koʻra foydalanishda va unga erkin borishda qiyinchilik tudirishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish va ishlarni bajarish taqiqlanadi.

5. Geodeziya punktlari qoʻriqlanishini ta’minlash zarur boʻlgan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda servitut* oʻrnatiladi.


6. Oʻz ishida geodeziya punktlaridan foydalanuvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasiga ushbu punktlarning holati toʻrisida aхborot taqdim etadilar.


7. Geodeziya punktlari saqlanishi ustidan kuzatishni tashkil etish ular oʻrnatilgan hududlardagi tumanlar, shaharlar hokimliklariga yuklanadi. Geodeziya punktlarining shikastlanishi yoki yoʻq qilinishi, shuningdek, ular tayyorlangan materiallarning oʻirlanishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq aybdor shaхslarning javobgarligiga olib keladi.


8. Geodeziya punktlarini muntazam ravishda tekshirib turish va tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

*) servitut - oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan foydalanish huquqi.