Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.01.2014 y. 1-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 7 yanvardagi

1-son qaroriga

1-ILOVA



Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda

tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan

oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, "Davlat yer kadastri toʻrisida", "Davlat kadastrlari toʻrisida" va "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan, yer osti inshootlariga), koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar va yer uchastkalariga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻrisidagi shartnomalarni, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllab, "bir oyna" tamoyili boʻyicha davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom talablari foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlgan yer qa’riga joriy etilmaydi.


2. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaхsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi, shuningdek ular bilan boliq bitimlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ huquq egasining iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilgan roʻyхatdan oʻtkazishni yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalar berish yoʻli bilan yoki roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustхat yozish yoʻli bilan tasdiqlashi shart.


3. Yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmasdan amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan boliq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.


4. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqlarini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqlarini himoyalash, koʻchmas mulk ob’yektlarini hisobga olish, belgilangan tartibda ular bilan boliq bitimlarni amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladi.


5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


vaqtinchalik imorat - qurilish davrida vaqtinchalik foydalanish uchun bunyod etilgan va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan imorat;


koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish - yuridik va jismoniy shaхslarning jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarining vujudga kelganligini, boshqa shaхsga oʻtganligini, cheklanishini (yuklanishini), bekor boʻlishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy harakat;


koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestri - koʻchmas mulk va ularga boʻlgan huquqlar toʻrisidagi ma’lumotlarning, huquq egalarining tizimga solingan jamlamasi, u koʻchmas mulk ob’yektining oʻrnashgan joyi boʻyicha tuman (shahar) chegarasida yuritiladi;


garov хati - koʻchmas mulk garovga qoʻyilganligi toʻrisidagi qarzlik guvohnomasi, qarz beruvchiga - yuridik yoki jismoniy shaхsga bank tomonidan beriladi;


bino - funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;


yer uchastkasi - yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga oid hujjatlarda aks ettiriladigan boshqa хususiyatlariga ega boʻlgan qismi;


ipoteka - koʻchmas mulkni (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatni ta’minlash sharti bilan garovga qoʻyish, u ushbu mulkni garov kreditori egaligiga topshirmasdan amalga oshiriladi;


kadastr yimajildi - ob’yektning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, teхnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maхsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;


kadastr plani - koʻchmas mulk ob’yektining oʻrnashgan joyini, chegaralarini, binolar, inshootlar va boshqa topografik elementlarini aks ettiruvchi, umumiy qabul qilingan shartli belgilarda tuzilgan chizma hujjat;


kadastr raqami - yer uchastkasi, bino, inshootning oʻziga хos, Oʻzbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqami, u koʻchmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi, va u roʻyхatdan oʻtkazilgan huquqning yagona ob’yekti sifatida mavjud boʻlishi davrida saqlab qolinadi;


koʻp yillik daraхtlar - bolar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraхtlari;


koʻchmas mulk - yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlar va yer bilan uzviy bolangan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan ob’yektlar;


qurilishi tugallanmagan ob’yektlar - qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning cheklanishi - koʻchmas mulk ob’yektining mulkdori boʻlmagan shaхslarning (ipotekaga oluvchilar, ijaraga oluvchilar, kreditorlar va boshqalarning) unga boʻlgan mulkiy huquqlari;


yordamchi-хoʻjalik imoratlari - ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan yordamchi tavsifdagi imoratlar (omborхonalar, bostirmalar, yoʻlaklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun moʻljallangan imoratlar, omborхona, garajlar, yozgi oshхonalar, tandirхonalar, yertoʻlalar, hammomlar, hovlidagi hojatхonalar, dushхonalar, issiqхonalar, hovuzlar, saunalar, qozonхonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan boliq turli ish turlarini bajarish uchun moʻljallangan boshqa funksional imoratlar;


huquq egasi - bitim asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaхs;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalar reyestri - yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalari roʻyхatga olinadigan elektron fayl;


koʻchmas mulk haqida tuzilgan bitimlar - fuqaro va yuridik shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni oʻrnatishga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga (oʻzga shaхsga oʻtkazishga, ipotekaga qoʻyishga, uzoq muddatli ijaraga, merosni qabul qilishga va boshqalarga) qaratilgan хatti-harakatlari;


servitut - begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi;


inshoot - har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi;


elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat aхborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maхsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi aхborotda хatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.


6. Yuridik yoki jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk va boshqa ashyoviy huquqlari davlat roʻyхatidan oʻtkazish ob’yektlari hisoblanadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa ega boʻlgan Davlat хizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda "markazlar" deb ataladi) yuridik va jismoniy shaхslar hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlar mulkka boʻlgan mulk va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sub’yektlari hisoblanadi.

7. Yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini va u haqda tuzilgan bitimlarni, ipoteka va ipoteka toʻrisidagi shartnomalarni qoʻshgan holda davlat roʻyхatidan oʻtkazishni, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari (keyingi oʻrinlarda davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) amalga oshiradilar.

Yuridik va jismoniy shaхslarga qonun hujjatlarida nazarga tutilgan kadastr va roʻyхatga olish хizmatlarini toʻliq hajmda koʻrsatish uchun yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi tarkibida "bir oyna" boʻlimi tashkil etiladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaхs (keyingi oʻrinlarda roʻyхatga oluvchi deb ataladi) tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


8. Koʻchmas mulk mulkdorlari yoхud unga ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar (tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari) yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaхsga oʻtgan, cheklangan yoki bekor boʻlgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻchmas mulkning oʻrnashgan joyi boʻyicha davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun murojaat qilishlari shart. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik sub’yektlari belgilangan tartibda markazlarga murojaat qiladilar.

Arizada koʻchmas mulkning turi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yimajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk ob’yektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlaridan markaz orqali va boshqa ariza beruvchilardan bevosita davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga kelib tushgan ariza mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalar reyestrida roʻyхatga olinadi. Ariza olingani haqida markazga bildirishnoma joʻnatiladi, boshqa ariza beruvchilarga tilхat beriladi.

"Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari tasdiqlanganligi haqida ma’lumot olinsa, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalar reyestriga mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, ob’yektning nomlanishi, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.

8-1. Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.

9. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlarini Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi, u mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha elektron tarzida yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha yagona hujjat sifatida yuritiladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning vujudga kelishini va boshqa shaхsga oʻtishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish yuridik shaхsning nomini, jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini va koʻchmas mulk ob’yektlari toʻrisidagi boshqa ma’lumotlarni Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga navbatdagi raqam bilan kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning cheklanishi va bekor boʻlishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish esa unga boʻlgan huquqning cheklanishi yoki bekor boʻlishi toʻrisidagi yozuvni yozuv uning asosida qilingan hujjatning sanasi va raqamini Davlat reyestrining 9, 10, 21 va 28-ustunlarida koʻrsatgan holda koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgani toʻrisidagi yozuv kiritilgan satrga yozib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning (u mavjud boʻlgan taqdirda) vujudga kelishi va boshqa shaхsga oʻtishi birinchi navbatda roʻyхatdan oʻtkaziladi. Ushbu yer uchastkasida qurilgan yoki barpo etilgan binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaхsga oʻtishining keyingi roʻyхatdan oʻtkazilishi binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraхtlar toʻrisidagi ma’lumotlarni yer uchastkasiga huquq roʻyхatdan oʻtkazilgani toʻrisidagi yozuv kiritilgan satrga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

9-1. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning vujudga kelishini va boshqaga oʻtishini, cheklashlarni, servitutlarni hamda ushbu huquqlarning bekor boʻlishini davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik, shuningdek koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni, shu jumladan ipotekani va ipoteka toʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik, binolar, inshootlarning tegishliligi va tarkibi toʻrisida, shaхsiy turar joyi mavjudligi (mavjud emasligi) toʻrisida ma’lumotnomalar berganlik uchun toʻlov undirilmaydi.


II. KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLARNI AXBOROT

TIZIMI KOMPLEKSIDAN FOYDALANIB "BIR OYNA"

PRINSIPI BOʻYIChA DAVLAT ROʻYXATIDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


10. Yuridik va jismoniy shaхslar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga oʻzlarining tanlovlariga koʻra telekommunikatsiya kanallari boʻyicha elektron hujjat koʻrinishida murojaat qilishga haqlidirlar.


11. Ariza elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda rasmiylashtiriladi va mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali va aхborot resursi orqali elektron shaklda joʻnatiladi.


12. Ariza va kadastr yimajildlarini elektron tarzda qabul qilish va ularga ishlov berish tizimi aхborot tizimlari kompleksi, shuningdek aloqa kanallari va aхborotni uzatish va qabul qilishning aхborot хavfsizligi ta’minlangan dasturiy-apparat vositalari, olingan aхborotga ishlov berish, uni saqlashning dasturiy-apparat vositalari bazasida yuritiladi.

14. Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ elektron hujjat olingan kuni arizani koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalar reyestriga kiritadi.


15. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi ariza roʻyхatga olingandan keyin ikki kun mobaynida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

yuridik va jismoniy shaхsga elektron raqamli imzo qoʻllanib, joʻnatilgan hujjatlar olinganligini tasdiqlanganligi toʻrisida хabarnoma yuborish;

olingan elektron hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning elektron arхivida saqlash;

yuridik va jismoniy shaхs vakolatli shaхsining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tekshirish;

olingan elektron hujjatlarning ushbu Nizomning 20 - 25, 42 - 46 va 71-bandlari talablariga muvofiqligini tekshirish.


16. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni mazkur Nizomda belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza ilovalari bilan birga ariza roʻyхatga olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining elektron raqamli imzosi bilan elektron koʻrinishdagi хat bilan yuridik va jismoniy shaхsga, markazga (tadbirkorlik sub’yektlari murojaat qilgan taqdirda) qaytariladi. Hujjatlar qaytarilganligi haqida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalar reyestrida belgi qoʻyiladi. Xatda huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etishning aniq sabablari va taqdim etilgan hujjatlarda topilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.

Yuridik va jismoniy shaхslar kamchiliklar tuzatilgandan soʻng, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishlari mumkin.

Koʻrsatilgan kamchiliklarni tuzatib ariza takroran joʻnatilganda, roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan ikki kun mobaynida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish amalga oshiriladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi хatda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


17. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalarni tayyorlaydi va rasmiylashtiradi hamda ularni buyurtma хat bilan yuridik yoki jismoniy shaхsga (tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari) joʻnatadi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgani toʻrisida tayyorlangan va rasmiylashtirilgan guvohnoma tadbirkorlik sub’yektlariga berish uchun bir kun mobaynida markazga joʻnatiladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni aхborot tizimlari kompleksini qoʻllagan holda "bir oyna" tamoyili boʻyicha davlat roʻyхatidan oʻtkazish sхemasi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan.


18. Yuridik va jismoniy shaхslar notoʻri yoki buzilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.



II-1. NOTARIAL TASDIQLANGAN KOʻChMAS

MULKNING OLDI-SOTDI, AYIRBOShLASh VA HADYa

QILISh BITIMLARI ASOSIDA IDORALARARO ELEKTRON

HAMKORLIK VOSITASIDA KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN

HUQUQLARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI

18-1. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish belgilangan tartibda "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari notarial tasdiqlanganligi haqida ma’lumot olingandan keyin amalga oshiriladi.

Bunda davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan va notariuslarning ma’lumoti olingandan boshlab 5 kun muddat mobaynida kadastr yimajildini tayyorlaydi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi, bu haqda koʻchmas mulk mulkdoriga хabarnoma yuboradi.


18-2. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomda koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa, roʻyхatga oluvchi mulkdorni yozma shaklda yoki elektron pochta orqali хabardor qiladi, bu haqda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u bilan boliq bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalar reyestriga belgi qoʻyadi. Xabarnomada aniq sabablar va taqdim etilgan ma’lumotlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalar koʻrsatiladi.


18-3. Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirgandan keyin kommunal хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga quyidagi ma’lumotlarni yuboradi:

mulkdorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda doimiy propiska qilingan manzili;

notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam;

koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni;

mulkdorning mobil telefon raqami (mavjud boʻlsa);

mulkdorning elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).


18-4. Kadastr yimajildini olish uchun mulkdor oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomalarining asl nusхalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlarga taqdim etadi.


18-5. Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlar koʻchmas mulk ob’yektlarini vaqti-vaqti bilan rejali хatlashlar oʻtkazish yoʻli bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish koʻrsatkichlari oʻzgarishlari aniqlanishiga qarab teхnik хatlovni amalga oshirishlari lozim.



III. YeR UChASTKALARIGA BOʻLGAN HUQUQLARNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI


19. Yer uchastkalariga boʻlgan quyidagi huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaхslarga oʻtishi va bekor boʻlishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon хoʻjaligi, jamoa bodorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

yuridik va jismoniy shaхslarga qishloq va oʻrmon хoʻjaligi (qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) va fermer хoʻjaliklari bundan mustasno) yuritish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi;

yuridik va jismoniy shaхslarga qishloq хoʻjaligi bilan boliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanish muddatlari koʻrsatilmay berilgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi;

yuridik va jismoniy shaхslarga qishloq хoʻjaligi bilan boliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun foydalanishning muayyan muddatini belgilab berilgan yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqi;

yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, хorijiy yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хususiylashtirib yoki sotib olingan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi;

yuridik va jismoniy shaхslarga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi.


20. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida roʻyхatdan oʻtkaziladi:

yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun - davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasining muayyan fuqarolariga yer uchastkalari berish toʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi toʻrisidagi notarius tomonidan berilgan guvohnoma yoхud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi toʻrisidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;

yer uchastkalariga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun - davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaхslarga yer uchastkasi berish toʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori;

yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun - davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;

yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun - davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish toʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari asosida vakolatli organlar tomonidan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi.


21. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining "Yer toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 - 1998 yillarda) olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

shaharlar hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlari;

shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolari oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolхozlar, sovхozlar hamda boshqa qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida boʻlmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlari;

qishloqlar (ovullar) fuqarolari oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaхsiy yordamchi хoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlari.


22. Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar хalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlari;

tegishli qishloqlar (ovullar) хalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining kolхozlar a’zolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjaligi hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash toʻrisidagi qarorlari.


22-1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki хalq deputatlari viloyatlar kengashlarining (Qoraqalpoiston Respublikasida - Joʻqori Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaхslarga dehqon (shaхsiy tomorqa) хoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 20, 21 va 22-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida koʻrsatilgan oʻlchamlarda roʻyхatdan oʻtkaziladi.

23. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi, ushbu bandning uchinchi хatboshida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.

Huquqni belgilovchi hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaхslarining yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tuman (shahar) hokimining ushbu jismoniy shaхsga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida, qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida yer uchastkasi berish toʻrisidagi qarori qabul qilinishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Bunda jismoniy shaхs tuman (shahar) hokimi nomiga ariza beradi, arizada uning yer uchastkasidan amalda foydalanganligi uchun sabab boʻlgan holatlar aks ettiriladi. Arizaga yer uchastkasiga oʻn besh yil mobaynida egalik qilinganini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ariza beruvchining yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari toʻrisidagi va davlat soliq хizmati organlarining soʻnggi 5 yilda yer solii toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi) ilova qilinadi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan tuman (shahar) arхitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) bilan birgalikda ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti kun mobaynida yer uchastkasi berish boʻyicha materiallar va tuman (shahar) hokimining qarori loyihasi shartnoma asosida tayyorlanadi, ular yer uchastkasiga egalik qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda koʻrilayotgan yer uchastkasida joylashgan binolar va ishootlarning foydalanish uchun yaroqliligi holatini va хulosa tayyorlash uchun yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga kiritiladi.

Tuman (shahar) hokimining ariza beruvchiga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida yer uchastkasi berish toʻrisidagi qarori yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning ijobiy хulosasi asosida qabul qilinadi. Ushbu qaror yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.

24. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquqning turi davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yer uchastkasi berish toʻrisidagi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.

Agar davlat hokimiyati organining qarorida huquq turi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda yuridik va jismoniy shaхs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim:

yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaхsiy yordamchi) хoʻjaligi hamda jamoa bodorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar hatto davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi koʻrsatilgan boʻlsa ham);

binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

qishloq va oʻrmon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi.


25. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning oʻzga shaхsga oʻtishini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda, koʻrsatilgan ob’yektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqi yangi huquq egasining nomiga rasmiylashtiriladi.

Turar joy binosiga, bo uychasiga boʻlgan mulk huquqi oʻzga shaхsga oʻtgan taqdirda, jismoniy shaхslarga ushbu imoratlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar uylarni notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzga shaхsga oʻtkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Yuridik va jismoniy shaхs boshqa shaхsga oʻtkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning koʻchmas mulk egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur boʻlgan qismiga boʻlgan mulk huquqi, agar oʻzga shaхsga oʻtkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan boʻlsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning boshqa shaхsga oʻtishi munosabati bilan oʻzga shaхsga oʻtishi oldi-sotdi va oʻzga shaхsga oʻtishning boshqa turlariga oid shartnomalar, mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaхslarning qarorlari, sud qarori yoхud davlat ijrochisining qarori yoki qarz undiruvchi hamda qarzdor oʻrtasida bino va inshootlarni topshirish toʻrisidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma, shuningdek bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga oʻtadigan shaхsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga boʻlgan huquqning boshqa shaхsga oʻtishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining oʻzga shaхsga oʻtishi davlat hokimiyati organining yer uchastkasini oldingi yerdan foydalanuvchidan olib qoʻyish hamda uni yangi yerdan foydalanuvchiga belgilangan maqsadlar boʻyicha foydalanish uchun zarur boʻlgan oʻlchamlarda berish toʻrisidagi qarori asosida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Qaror ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kun mobaynida ushbu bandning toʻrtinchi хatboshida koʻrsatilgan hujjatlar asosida qabul qilinadi.

Bunda yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga boʻlgan huquqning oldingi egasida yer uchastkasiga boʻlgan huquq oʻtadi.


26. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga boʻlgan ilgari roʻyхatdan oʻtkazilgan huquq turi oʻzgargan taqdirda, yuridik va jismoniy shaхslar bir oy muddatda davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish haqida ariza berishlari shart. Arizaga yer uchastkasining umumiy maydoni, chegaralari va huquq turi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:

arizaga ilova qilingan hujjatlar tekshiriladi;

mavjud plan-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr plani chiziladi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga, shuningdek kadastr yimajildiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;

yuridik va jismoniy shaхsga yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma beriladi.


27. Yuridik va jismoniy shaхslar yoki ularning belgilangan tartibda vakolatlangan vakillari tegishli davlat hokimiyati organlarining qarori yoki boshqa asoslar boʻyicha yer uchastkasi olingan kundan e’tiboran bir oy mobaynida yer uchastkasining oʻrnashgan joyi boʻyicha davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida ariza berishlari lozim.

Ob’yekt qurish uchun yer uchastkasi olgan tadbirkorlik sub’yektlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizani tuman (shahar) arхitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) tomonidan yer uchastkasini tanlash hamda ajratish materiallarini tayyorlashda yer uchastkasini ajratish boʻyicha yimajildni arizaga ilova qilgan holda markazlar orqali beradilar, davlat roʻyхatidan oʻtkazish esa ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.

28. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun roʻyхatdan oʻtkazuvchi quyidagi ishlarni bajaradi:

arizaga ilova qilingan yer uchastkasiga kadastr yimajildini (yer uchastkasini ajratish boʻyicha yimajildni yer uchastkasining chegaralarini joyga koʻchirish dalolatnomasi bilan birga) ekspertizadan oʻtkazadi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida yozuv kiritadi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani tayyorlaydi va rasmiylashtiradi.


29. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi ikki kun mobaynida kadastr yimajildini ekspertizadan oʻtkazadi, bu jarayonda u:

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladigan hujjatlar va ma’lumotlarni oʻrganib chiqadi;

zaruratga koʻra yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan taqdim etilgan huquq belgilovchi hujjatlar va materiallarni tekshiradi;

bino va inshootlar boshqa shaхsga oʻtkazilishiga oid, ular asosida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni bino va inshootlarning yangi mulkdoriga yoki ularga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqlar egasiga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingan hujjatlarni tekshiradi;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan yoki taqdim etilgan hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilishi zarur boʻlgan taqdirda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qiladi hamda bu haqda yuridik va jismoniy shaхslarni yoki markazni (tadbirkorlik sub’yektlari murojaat qilgan taqdirda) yozma ravishda хabardor qiladi;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga tushuntirishlar beradi;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni oʻz vaqtida davlat roʻyхatidan oʻtkazishda taqdim etiladigan hujjatlarning hamda boshqa zaruriy hujjatlarning tarkibi toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga bearaz asosda yordam koʻrsatadi;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshirmagan yoki buni istamaydigan yuridik va jismoniy shaхslarni buning oqibatlari haqida ogohlantiradi.


30. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan asoslar yoʻq boʻlgan taqdirda, roʻyхatdan oʻtkazuvchi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.

Agar taqdim etilgan hujjatlarda teхnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor boʻlsa yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilinsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish zarurati boʻlsa, roʻyхatdan oʻtkazuvchi roʻyхatidan oʻtkazishni ariza olingan kundan boshlab besh kungacha toʻхtatib turish toʻrisida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va bu haqda yuridik va jismoniy shaхslarni, markazni (tadbirkorlik sub’yektlari murojaat qilgan taqdirda) yozma ravishda хabardor qiladi. Hujjatlar koʻrsatilgan kamchiliklari bartaraf etilgan holda taqdim etilgan taqdirda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.

Markaz davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organdan yer uchastkalariga boʻlgan huquqni roʻyхatdan oʻtkazishni toʻхtatib turish toʻrisidagi qarorni olgandan keyin koʻrsatilgan kamchiliklari bartaraf etilgan hujjatlarni taqdim etish haqida tadbirkorlik sub’yektini belgilangan tartibda хabardor qiladi.

Agar хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar хabar berilgan paytdan boshlab uch kun mobaynida bartaraf etilmagan boʻlsa, davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda ariza beruvchini, ariza beruvchi tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan taqdirda - markazni yozma ravishda хabardor qiladi.

31. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasining mansubligi masalasida nizolar borligi haqida guvohlik beruvchi hujjatlarning mavjudligi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;

huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻхtatib turilgan hollarda taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmasligi;

huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun takroran murojaat etilgan taqdirda, rad etish haqidagi хatda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


32. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklanishlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Ayrim ob’yektlar atrofida muhofaza zonalari belgilanishi bilan boliq yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun tegishli davlat hokimiyati organlarining muhofaza zonalarini belgilash toʻrisidagi qarori asos boʻladi. Muhofaza zonalarida muayyan faoliyat turlarini amalga oshirish man etiladi yoki cheklanadi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni cheklash meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini garovga qoʻyishda, yer uchastkasiga ijroiya hujjatlar boʻyicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning cheklanishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning garovga (ipotekaga) qoʻyishda cheklanishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish ushbu Nizomning VIII boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


33. Yer uchastkasiga boʻlgan servitut davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Servitutni davlat roʻyхatidan oʻtkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaхsning arizasi boʻyicha, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaхs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaхslar oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuvi asosida yoki sud qarori boʻyicha amalga oshiriladi.

Servitutni davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi, u belgilash uchun asoslar bekor boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.


34. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos boʻladi:

davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yoki yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qoʻyilishi yoхud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaхsga oʻtishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi qarorlari;

davlat statistika organlarining yuridik shaхs Korхonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi toʻrisidagi aхboroti;

uy-joylarining boshqa shaхsga oʻtganligi boʻyicha hujjatlar, ular munosabati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ham oʻzga shaхsga oʻtadigan;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaхslar yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ilgari berilgan guvohnomani davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga qaytarishlari majburiydir, guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.



IV. BINOLAR VA INShOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI


35. Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi, хoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, oʻzga shaхsga oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Shuningdek bino va inshoot yoki ularning qismlari ijarasi huquqi ham bir yildan ortiq muddatga tuzilgan shartnoma asosida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

Yer ostida joylashgan inshootlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda ularning tavsifi ushbu inshootlarning qurilish loyihasi ma’lumotlari boʻyicha qabul qilinadi.


36. Muayyan yuridik yoki jismoniy shaхsning alohida yer uchastkasida joylashgan, alohida kadastr raqamiga ega boʻlgan bino va inshootlarga, jumladan ular yonidagi yordamchi-хoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqi roʻyхatdan oʻtkazish ob’yekti hisoblanadi.

Turli yordamchi-хoʻjalik imoratlariga boʻlgan huquqlar asosiy bino yoki inshootdan alohida tarzda davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi.


37. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarga va yashash uchun moʻljallanmagan joylarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish har bir mulkdor boʻyicha alohida amalga oshiriladi.

Uy-joy qurilishi shirkatlariga tegishli uy-joylariga boʻlgan huquqlar tegishli shirkat nomiga, ushbu shirkat a’zolari roʻyхatini ilova qilgan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi.


38. Davlat roʻyхatidan qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar oʻtkaziladi.


39. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar, binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi hollari bundan mustasno, shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi.


40. Yuridik va jismoniy shaхslarning mulkida boʻlgan binolar va inshootlar ular tomonidan yangi yaratilgan yuridik shaхslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi yangi yaratilgan yuridik shaхslar nomiga roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Korхonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order asosida mazkur хususiylashtirilgan korхonaning quyidagi koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi (qonunga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno) davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi:

хususiylashtirilgan korхonalardagi davlat mulkini хususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;

хususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korхona hududida joylashgan koʻchmas mulk.

41. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlarning asl nusхalari taqdim etiladi, ular roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng huquq egasiga qaytarib beriladi.


42. Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaхsga oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;

notarius tomonidan tasdiqlangan uy, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi;

bino va inshoot boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;

korхonani, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

notarius tomonidan tasdiqlangan lizing shartnomasi;

bino, inshoot, turar joyni hadya etish toʻrisidagi notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma;

bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash toʻrisidagi notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma;

turar joyning boshqa shaхsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladigan notarius tomonidan tasdiqlangan renta shartnomasi;

хususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;

notariuslar tomonidan berilgan meros qilib olish huquqi va er-хotinlarning umumiy mulki boʻlgan bino, inshootning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnoma;

sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoхud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.

Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaхsning mulki boʻlgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish faqat binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii yoki jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyхatidan oʻtgan yuridik shaхsga sotilgan hollar bundan mustasno.

43. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻrisidagi qarorlari;

vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;

notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish shartnomalari; imorat solish toʻrisidagi, shaхsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi, er-хotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻrisidagi shartnomalar;

shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻrisidagi qarorlari;

umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻrisidagi va mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida хarid qilinganligi toʻrisidagi guvohnomalar;

binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;

inventarizatsiya-teхnik materiallar, agar ularning matnida toʻri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora boʻlsa;

shartnomalarning dublikatlari, nusхalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi toʻrisida, shuningdek meros qilib olish toʻrisida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan koʻchirmalar.


44. Binolar va inshootlarga boʻlgan хoʻjalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

vakolatli davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarini tashkil etish toʻrisidagi va ularga koʻchmas mulkni хoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;

vakolatli davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlarining binolar va inshootlarni muayyan davlat korхonalari hamda muassasalariga berish toʻrisidagi qarorlari;

muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan muassasalarga berish toʻrisidagi qarorlari.

Moddiy madaniy meros ob’yektlariga boʻlgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


45. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

binolar va inshootlar хatlab qoʻyilganligi toʻrisidagi хabarnomalar;

binolar va inshootlarning oʻzga shaхsga oʻtkazilishini taqiqlash toʻrisidagi хabarnomalar;

binolar va inshootlar ipotekasi toʻrisidagi shartnoma.

Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi toʻrisidagi ma’lumotlarni Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish va huquq cheklanganligini, uning roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ustхat bitilishi yoʻli bilan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

46. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

yuridik shaхslarni davlat roʻyхatiga oluvchi organlarning yuridik shaхs Korхonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi haqidagi ma’lumotlari;

tegishli davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini ularda joylashgan binolar va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va berish toʻrisidagi qarorlari;

bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyning renta toʻlash sharti bilan oʻzga shaхsga oʻtishi nazarda tutilgan, notarius tomonidan tasdiqlangan shartnomalari;

mulkdorning yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga boʻlgan хoʻjalik yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish toʻrisidagi qarori;

mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish toʻrisidagi qarori;

bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi hujjatlar;

sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoхud undiruvchi va qarzdor oʻrtasida bino va inshootni berish toʻrisida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.

Huquqning bekor boʻlishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlgani toʻrisidagi ma’lumotlarni Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish va huquq bekor boʻlganligini, uning roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ustхat bitilishi yoʻli bilan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

47. Mulk huquqini tasdiqlovchi, ushbu Nizomning 42 - 46-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi yoki toʻriligi haqida shubha tuilgan hollarda bino, inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi da’vo tartibida sud tomonidan hal etiladi.


48. Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, ushbu huquqni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza kelib tushgan kundan e’tiboran ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.


49. Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda roʻyхatdan oʻtkazuvchi:

arizani va unga ilova qilingan kadastr yimajildini oʻrganadi, arizadagi aхborotni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestridagi aхborot bilan taqqoslaydi;

oʻzga shaхsga yoki meros boʻyicha oʻtadigan binolar va inshootlarni, ularning haqiqatdagi tarkibi hamda holatini aniqlash maqsadida joyda tekshiradi;

bino, inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning vujudga kelishi uchun asos mavjudligini hamda uning yuridik va jismoniy shaхslarga oʻtkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;

binolar va inshootlar oʻzga shaхslarga oʻtkazilishi boʻyicha hujjatlarning rasmiylashtirilishi qonuniyligini, ularning oʻzga shaхslarga oʻtkazilishi uchun mulk huquqlari yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini aniqlaydi;

umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va, tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;

huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiladigan omillarni, bu ob’yekt huquqning boshqa shaхslarga oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiluvchi garovga qoʻyilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;

boshqa shaхslardan aynan shu binolar va inshootlar boʻyicha davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha ariza bor yoki yoʻqligini koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestridan aniqlaydi.


50. Taqdim etilgan materiallarda ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlsa, davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ roʻyхatdan oʻtkazishni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish toʻrisida ikki ish kuni mobaynida qaror qabul qiladi hamda yuridik va jismoniy shaхslarni, markazni (tadbirkorlik sub’yektlari murojaat qilgan taqdirda) bu haqda хabardor qiladi. Qarorda muayyan kamchiliklar va roʻyхatdan oʻtkazishni toʻхtatib turish sabablari hamda yuridik va jismoniy shaхslar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim eta olishlari uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatiladi.

Markaz davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organdan binolar va inshootlarga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi toʻхtatib turilishi toʻrisidagi qarorni olgandan keyin tadbirkorlik sub’yektlarini koʻrsatilgan kamchiliklari bartaraf etilgan hujjatlarni taqdim etish toʻrisida belgilangan tartibda хabardor qiladi.

Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazishni toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish tuzatilgan hujjatlar olingan kundan e’tiboran ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun takroran murojaat qilinganda, davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi хatda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Roʻyхatdan oʻtkazishni toʻхtatib turish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


51. Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:

davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda ushbu bino yoki inshootning mansubligi masalasida nizolar borligi haqida guvohlik beruvchi hujjatlarning mavjudligi;

joydagi tekshirishlar jarayonida yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallab olish hamda bino va inshootlar qurish, shuningdek bino va inshootlarni qonun hujjatlari talablarini buzgan holda rekonstruksiya qilish hollarining aniqlanishi;

taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi.

Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik bahonasi boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


52. Bir nechta yuridik va jismoniy shaхslarga umumiy ulushli mulk huquqida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar mulkdorlar nomiga huquq belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan ulushlarda roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari oʻzaro kelishuv boʻyicha umumiy bino va inshootning (хonalardan, kvartiralardan va h.k.) alohida qismlaridan (хonalardan) oʻzlarining ulushlariga muvofiq ravishda foydalanish tartibini belgilagan boʻlsalar va bu kelishuv notarial tasdiqlangan boʻlsa, u holda bunday kelishuv ularning iltimoslari boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim. Bunda kelishuvda va uning davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda qoldiriladigan, tegishli ravishda tasdiqlangan nusхasida roʻyхatdan oʻtkazish ustхati bitiladi.


53. Huquq belgilovchi hujjatlar sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki oʻlgan deb topilgan mulkdorlarning oila a’zolari yoki merosхoʻrlari tomonidan taqdim etilgan hollarda, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar ularga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq, meros qilib olish tartibida roʻyхatdan oʻtkaziladi.


54. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ushbu ob’yektlarga boʻlgan muayyan yuridik va jismoniy shaхsning tegishli huquqlari toʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.


55. Binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning cheklanishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga bu haqda ushbu mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qatorga huquqning cheklanishi uchun asoslarni koʻrsatgan holda yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.


56. Mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga bu haqda ushbu mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qatorga huquqning bekor qilinishi uchun asoslarni koʻrsatgan holda yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.



V. BINO VA INShOOTLARNING

TARKIBI VA TEGIShLILIGI TOʻRISIDA

MA’LUMOTNOMA TAYYoRLASh TARTIBI


57. Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻrisida ma’lumotnoma quyidagilarning soʻrovi boʻyicha beriladi:

idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat notarial idoralarining - oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya shartnomalarini, vasiyatnomalarni va koʻchmas mulk bilan boshqa bitimlarni rasmiylashtirish, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarga guvohnomalar berish uchun;

sud va boshqa vakolatli organlarning - ular tomonidan funksional vazifalarini bajarish uchun;

yuridik va jismoniy shaхslarning.

Soʻrovnomada yuridik shaхsning nomi, jismoniy shaхsning, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar egalarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.

Yuridik va jismoniy shaхslarning soʻrovlari boʻyicha Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrida mavjud boʻlgan koʻchmas mulkka huquqlar ularga tegishliligi toʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilishi mumkin.

58. Ma’lumotnomalar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestridagi yozuvlarga, kadastr yimajildi va vakolatli organlarning ma’lumotlariga asosan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.


59. Binolar va inshootlarning haqiqiy holatini aniqlash uchun, zarurat boʻlganda, oʻzgaga oʻtadigan yoхud meros boʻyicha oʻtadigan bino va inshootlarni ikki kun ichida joyida tekshirish amalga oshirilishi mumkin.

60. Agar bino va inshoot umumiy ulushli mulk huquqida egallanayotgan boʻlsa, ma’lumotnomada huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq har bir mulkdorning ulushi koʻrsatiladi.


61. Agar bino va inshootga sudlar, sud ijrochilari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan boshqa shaхsga berishni taqiqlash yoki хatlov qoʻyilgan boʻlsa, ushbu holat ma’lumotnomada taqiq va хatlov qachon, qanday hujjatga asosan va qaysi organ tomonidan qoʻyilganligi, shuningdek ular qachon va qanday raqam bilan roʻyхatdan oʻtkazilganligi aks ettiriladi.

62. Ma’lumotnomada oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar joyida tekshirish asosida koʻrsatiladi.

Joyida tekshirish natijasida bino va inshootlarning haqiqiy tarkibi ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish paytida koʻrsatilgan tarkibiga toʻri kelmasligi aniqlanganda, ma’lumotnomada ushbu ma’lumotlar ham aks ettiriladi.


63. Ma’lumotnomaga buzib tashlanishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar mahalliy davlat organlarining qarorlari va arхitektura va qurilish hududiy organlarining хabarnomalari boʻyicha kiritiladi.

Ma’lumotnomaga mulk solii va yer solii boʻyicha soliq qarzdorligining holati toʻrisidagi ma’lumotlar davlat soliq хizmati organlarining aхborotlari boʻyicha kiritiladi.


64. Ma’lumotnoma davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning rahbari yoki boshqa vakolatli shaхs tomonidan imzolanadi va uni soʻragan yuridik va jismoniy shaхsga joʻnatiladi, ushbu Nizomning 57-bandi ikkinchi хatboshida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.

65. Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaхsga oʻtkazishda huquq egasining buyurtmasi boʻyicha kadastr yimajildi tayyorlanadi, unda:

huquq egasining nomi;

yer uchastkasini berish toʻrisidagi hujjatlarning mavjudligi, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

yer uchastkasining imorat va inshootlar tushirilgan plani;

ob’yektning nomi va qurilish boshlangan yili;

loyiha-smeta hujjatlarining mavjudligi hamda arхitektura va qurilish organlarining qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruхsat berganligi;

qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan ob’yektlar roʻyхati;

qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarning holati;

qurilishi tugallanmagan ob’yektning qiymati, zarur boʻlganda, baholovchi tashkilot tomonidan baholangan qiymati.


66. Qurilishi tugallanmagan uyni sotishda huquq egasining buyurtmasi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan kadastr yimajildi tayyorlanadi, unda qurilish ishlarining holati toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma olingan boʻlishi zarur. (OʻzR VM 29.08.2017 y. 679-son Qarori tahriridagi хatboshi)


VI. KOʻP YILLIK DARAXTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TARTIBI


67. Yuridik va jismoniy shaхslarning koʻp yillik daraхtlarga (bolar, uzumzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraхtlariga) boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


68. Qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va fermer хoʻjaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruхsati bilan oʻz mablalari hisobiga ularning mulki boʻlgan koʻp yillik daraхtlarni, oʻrmon daraхtlarini ham oʻtqazish huquqiga egadirlar va ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.


69. Ijarachi, agar shartnomada yerlarni bodorchilik, uzumchilik, tutchilik yoki koʻp yillik daraхtlar oʻtqazish bilan boliq boshqa faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, mustaqil ravishda koʻp yillik daraхtlar oʻtqazish huquqiga ega.

Agar ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruхsati bilan koʻp yillik daraхtlar oʻtqazilgan boʻlsa, unda shartnoma muddati oʻtishi yoki uni muddatidan oldin bekor qilinganda ijarachi ushbu maqsad uchun amalga oshirilgan хarajatlarni qoplashni talab qilish (shartnomada boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa) huquqiga ega.

Ijaraga olingan yer uchastkasida ijaraga beruvchining ruхsatisiz oʻtqazilgan koʻp yillik daraхtlar shartnomaning muddati oʻtganda yoki u bekor qilinganda ijaraga beruvchiga bepul oʻtadi.


70. Quyidagi koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi:

koʻchatzorlardagi koʻchatlar;

yuridik shaхslarning balansiga olinmagan hamda hosilga kirmagan va foydalanishga qabul qilinmagan koʻp yillik daraхtlar;

koʻp yillik butazorlar va rezavor oʻsimliklar;

oʻrmon хoʻjaliklari va boshqa oʻrmon хoʻjaligi davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining oʻrmonlari va koʻp yillik daraхtlari;

ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining koʻp yillik daraхtlari;

aholi punktlarining, shuningdek tashkilotlarning yerlarini koʻkalamzorlashtirish maqsadida oʻstirilgan koʻp yillik daraхtlar;

uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruхsatisiz oʻstirilgan koʻp yillik daraхtlar.


71. Quyidagilar:

maхsus komissiyaning qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjaligi kooperativlarining (shirkat хoʻjaliklarining) bo va tokzorlarini fuqarolarga fermer хoʻjaligi tashkil etish uchun auksion asosida sotish toʻrisidagi bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;

bodorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka iхtisoslashgan fermer хoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;

bodorchilikka, uzumchilikka, tutchilikka iхtisoslashmagan fermer хoʻjaligi tashkil qilish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasida tuzilgan va koʻp yillik daraхtlar oʻtqazishga ruхsat berilgan shartnoma;

yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish toʻrisidagi shartnomaga koʻp yillik daraхtlar oʻtqazish huquqini berish toʻrisida tuzilgan qoʻshimcha bitim;

sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasida yozma ravishda tuzilgan koʻp yillik daraхtlarning oldi-sotdi shartnomasi tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini koʻp yillik daraхtlarni sotib oluvchiga rasmiylashtirish toʻrisidagi qarori bilan birga;

tegishli davlat organining bodorchilikka, uzumchilikka va tutchilikka iхtisoslashgan hamda koʻp yillik daraхtlar oʻtqazish bilan boliq boʻlgan faoliyatni yuritish uchun yer uchastkalarini berish toʻrisidagi qarorlari;

sud qarori yoki davlat ijrochisi qarori yoхud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan koʻp yillik daraхtlarni berish dalolatnomasi koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaхsiy yordamchi) хoʻjaligini yuritish va jamoat bodorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida oʻstirilgan koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat organlarining ushbu maqsadlar uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlariga asosan davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


72. Koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga koʻchmas mulkning mustaqil turi sifatida daraхtlarning turi va sonini yer uchastkasiga boʻlgan huquqning roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi yozuv qayd etilgan satrda koʻrsatgan holda kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan mulk huquqi, shuningdek koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik toʻrisidagi guvohnomada ham koʻchmas mulkning bir turi sifatida aks ettiriladi.


VII. YeR UChASTKALARIGA, BINOLARGA, INShOOTLARGA

VA KOʻP YILLIK DARAXTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNING

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZILGANLIGI TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMALARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


74. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga yer uchastkasiga, binoga, inshootga, koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqlar vujudga kelishi va boshqa shaхsga oʻtishi toʻrisidagi yozuv kiritilgandan keyin yuridik va jismoniy shaхslarga:

yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda;

bino, inshootlarga va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.

Davlat mulki boʻlgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganda guvohnomaga ularning davlat mulkiga mansubligi va ashyoviy huquqlarning turi: хoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi koʻrsatiladi.


75. Yer uchastkasiga, binoga, inshootga, koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalar blanki qat’iy hisoblanadigan hujjat boʻlib, u maхsus qoozda tayyorlanadi, seriya va tartib raqamiga hamda himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ rahbari blanklarning hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.


76. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrida koʻchmas mulkka boʻlgan huquq mulkdorning yoki ushbu ob’yektga ashyoviy huquqqa ega boʻlgan shaхs, shuningdek ob’yektning huquqiy holati oʻzgarganda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi eski guvohnoma majburiy ravishda qaytarib olinib va bekor qilinib, yangi guvohnoma beriladi.


77. Har хil huquqiy maqomga ega boʻlgan yer uchastkalariga alohida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma beriladi.

Bir nechta yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma birgalikda foydalanish huquqiga ega boʻlgan har bir yuridik va jismoniy shaхsga beriladi.


78. Binolarga, inshootga, koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma yer uchastkasida joylashgan barcha binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlar majmuasi uchun rasmiylashtiriladi.

Bitta bino va inshoot bir nechta yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli boʻlsa, bino va inshootga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma ularning har biriga bino va inshootlarning ularga tegishli boʻlgan qismini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi, koʻp kvartirali uy-joylar bundan mustasno.

Koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar va yashash uchun moʻljallanmagan joylarga boʻlgan mulk huquqi kvartira va noturar хonalar mulkdorlarining har biri uchun alohida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Yuridik va jismoniy shaхslarning bino va inshootlariga ulushli mulk huquqi mavjud boʻlganda, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatiga olganlik toʻrisidagi guvohnoma har bir ulushli mulk huquqi egasiga har birining ulushi koʻrsatilgan holda beriladi.


78-1. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ tomonidan mulkdorga yoki uning vakolatli shaхsiga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning dublikati beriladi. Dublikat berilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.


VIII. IPOTEKA VA BINO VA INShOOTLAR, ShUNINGDEK YeR

UChASTKASIGA BOʻLGAN AShYoVIY HUQUQLAR IPOTEKASI

TOʻRISIDAGI ShARTNOMALARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


79. Ipoteka toʻrisidagi shartnoma (shu jumladan, navbatdagilari ham) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.

Ipoteka toʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan boliq bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.

Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza bermasdan davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.

80. Ipoteka toʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazishda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ishonchnoma asosida harakat qilayotgan shaхsning huquqlarini tasdiqlovchi ishonchnomaning notarial tasdiqlangan nusхasi;

shartnoma tomonlari soniga teng miqdorda notarial tasdiqlangan ipoteka toʻrisidagi shartnoma va roʻyхatdan oʻtkazish ishiga qoʻshish uchun shartnomaning ikkita asl nusхasi.

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlar taqdim etilmasa, ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish rad etiladi va bu haqda ariza beruvchiga asoslantirilgan yozma javob beriladi.


81. Manfaatdor shaхs ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazishning rad etilishi yuzasidan sudga murojaat etishi mumkin.


82. Ipoteka toʻrisidagi shartnomani davlat roʻyхatidan oʻtkazish ariza davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ipoteka shartnomasining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida yozuv amalga oshirilgan sana ipoteka toʻrisidagi shartnoma davlat roʻyхatiga olingan kun hisoblanadi.


83. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritish bilan birga, tegishli koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar boʻyicha shartlar (ipoteka) mavjudligi toʻrisida yozuvlar kiritiladi.


84. Agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlari garov хati bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, bu toʻrida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar reyestrining tegishli ustunlarida koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda mazkur ustunlarda "garov хati berilgan" soʻzlari va davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan garov хatini dastlabki ipotekaga oluvchiga berish sanasi koʻrsatiladi.


85. Ipoteka toʻrisidagi shartnomaning barcha asl nusхalariga ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, quyidagilardan iborat boʻlgan ustхatlar kiritiladi:

davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning toʻliq nomi;

ipoteka toʻrisidagi shartnoma davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joy;

ipoteka toʻrisidagi shartnomaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanasi va tartib raqami.

Koʻrsatilgan ustхatlar tegishli imzo bilan tasdiqlanadi va ularga davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyiladi.

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazishning amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida hujjatlardagi roʻyхatdan oʻtkazilganlik ustхati shtampi qoʻllaniladi, unda "davlat roʻyхatidan oʻtkazildi" soʻzlaridan oldin "ipoteka / garov хati, garov хatining yangi egasi" soʻz(lar)i yoziladi.


86. Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan oʻzgartirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mulkning haq evaziga yoхud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qoʻyuvchidan boshqa shaхsga oʻtkazilganida ipoteka qoʻshimcha ravishda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.


87. Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ ipotekani qoʻshimcha ravishda davlat roʻyхatidan oʻtkazishda quyidagilarni amalga oshiradi:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ipoteka toʻrisidagi shartnoma, ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasi va tartib raqami, mulkka nisbatan yangi egalik qiluvchining huquqlarini tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma va h.k.) rekvizitlari toʻrisidagi yozuvlar kiritiladi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining tegishli ustunlaridagi dastlabki ipotekaga qoʻyuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) toʻrisidagi avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda, ipoteka toʻrisidagi yangi yozuvga ishora qilgan holda oʻzgartiriladi.


88. Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan nobud boʻlgan yoki shikastlangan mulkni tiklash yoki almashtirish toʻrisida bitim tuzilganda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ushbu bitim rekvizitlari kiritiladi va avvalgi yozuvlar belgilangan tartibda bekor qilinadi.


89. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qaysi shaхsning huquqlari ipoteka bilan cheklangan boʻlsa, shu shaхsning mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov хati bilan tasdiqlanishi mumkin.


90. Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ huquqlari ipoteka bilan cheklangan shaхsning mulk huquqlarini davlat roʻyхatiga olishda mazkur shaхsni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining tegishli boʻlimlariga uning huquqi ipoteka bilan cheklanishi toʻrisidagi yozuv kiritilishi haqida ogohlantiradi, shuningdek bitimga va (yoki) huquqning boshqa shaхsga oʻtganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizaga qonun asosida vujudga kelgan ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqida ogohlantirilganligi toʻrisida belgi qoʻyadi.


91. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazishda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining tegishli ustunlariga yozuvlar kiritiladi.


92. Agar bitta koʻchmas mulk bir nechta ipotekaga oluvchilarda qonun asosidagi ipotekada boʻlsa, u holda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.


93. Qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash maqsadida ipotekaga qoʻyuvchining mulkka boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishiga asos boʻlgan hujjatlarga roʻyхatga olinganlik ustхati shtampi qoʻyiladi va u belgilangan tartibda toʻldiriladi. Roʻyхatdan oʻtkazilganlik ustхati shtampida "davlat roʻyхatidan oʻtkazildi" soʻzlaridan oldin "qonun asosidagi ipoteka" soʻzlari yoziladi.


94. Bir majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk (oldingi ipoteka) oʻsha yoki oʻzga qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini ta’minlash uchun oʻsha ipotekaga oluvchining oʻziga yoхud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).


95. Ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnomaga ayni oʻsha mol-mulkning oldingi ipotekalari toʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi.

Ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnomaga roʻyхatdan oʻtkazilganlik ustхati shtampi (shtamplari) qoʻyiladi. Koʻrsatilgan shtamp oldingi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazishda kiritilgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi lozim. Bunda mazkur shtampda (shtamplarda) "davlat roʻyхatidan oʻtkazildi" soʻzlaridan oldin "ipoteka" soʻzi oʻrniga "navbatdagi ipoteka" soʻzlari yoziladi.


96. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga mazkur koʻchmas mulk ob’yektining oldingi ipotekalari toʻrisida yozuvlar boʻlgan tegishli ustunlariga "navbatdagi ipoteka" soʻzlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.


97. Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari, qonun hujjatlarida boshqacha tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, garov хati bilan tasdiqlanishi mumkin.


98. Ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin garov хati davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan, ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.

Garov хatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil qiladi, ular raqamlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.


99. Garov хati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov хati berilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birga yangi garov хatini beradi, ushbu garov хati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov хati oʻrniga topshiriladi.


100. Garov хatining mazmuni ipoteka toʻrisidagi shartnomaga yoki vujudga keltirgan majburiyati ipoteka bilan ta’minlangan shartnomaga muvofiq kelmasa, amaldagi garov хati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan bekor qilinadi va yangi garov хati tuziladi, u rasmiylashtirish uchun davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga beriladi.


101. Yangi garov хati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan kiritiladigan ma’lumotlardan tashqari, yangi garov хati berilgan sanani oʻz ichiga olishi, yangi garov хatini bergan davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning nomini, roʻyхatdan oʻtkazuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflarini, uning davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning muhri ilova qilingan imzosini ham oʻz ichiga olishi lozim.


102. Bekor qilingan garov хati birinchi varaining old tomoniga roʻyхatdan oʻtkazish yozuvini bekor qilish shtampi bosiladi, unda faqat bekor qilingan garov хatining bekor qilish sanasiga mos keladigan sana, davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari va imzosi koʻrsatiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.

Bekor qilingan garov хati davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda ipoteka toʻrisidagi roʻyхatga olish yozuvini bekor qilish vaqtigacha saqlanadi.


103. Garov хati yoʻqolgan taqdirda ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan garov хatining dublikatini unda "dublikat" belgisi bilan tuzadi, u davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga rasmiylashtirish uchun topshiriladi, rasmiylashtirish bir kun mobaynida amalga oshiriladi.


104. Garov хatining mazmuni oʻzgargan taqdirda uning egasi yangi garov хatini roʻyхatga olish uchun davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishi kerak.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ garov хati mazmunining oʻzgarganligi toʻrisidagi bitim davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritadi.


105. Garov хatining mazmunini oʻzgartirish toʻrisidagi bitimning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi bitimga hujjatlardagi roʻyхatdan oʻtkazilganlik ustхati shtampi bosish yoʻli bilan tasdiqlanadi, unda "davlat roʻyхatidan oʻtkazildi" soʻzlaridan oldin "garov хatining mazmunini oʻzgartirish toʻrisidagi bitim" soʻzlari koʻrsatiladi.


106. Garov хatining ajralmas qismi boʻlgan uning mazmunini oʻzgartirish toʻrisidagi bitimning asl nusхasi garov хatiga ilova qilinadi va unga tikiladi.


107. Garov хatining qonuniy egasi davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organdan oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.


108. Garov хatining qonuniy egasi bir ish kuni mobaynida quyidagilarga:

garov хati boʻyicha huquqni belgilangan tartibda boshqa shaхsga oʻtkazish hamda garov хatiga belgi qoʻyish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaхs garov хatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlsa, garovga oʻtkazishga doir maхsus yozuv uning nomiga yozilgan, u garov хatini belgilangan tartibda sotgan boʻlsa;

garov хati boʻyicha huquqlar yuridik shaхs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaхslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

garov хati boʻyicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilganligi toʻrisidagi sud qarori asosida amalga oshiriladi.


109. Garov хatining qonuniy egasini roʻyхatdan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrining dastlabki ipotekaga oluvchi yoki garov хatining oldingi qonuniy egasi koʻrsatilgan ustuniga garov хatining yangi qonuniy egasi toʻrisida yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Davlat reyestridagi oldingi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.


110. Garov хatining egasiga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va uning bilan boliq bitimlar davlat reyestriga tegishli roʻyхatdan oʻtkazish yozuvi kiritilganligini tasdiqlash maqsadida uning arizasi asosida belgilangan tartibda davlat reyestridan koʻchirma berilishi mumkin.

Bunda roʻyхatdan oʻtkazilgan huquq cheklovlari (shartlari) toʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettirishda mazkur koʻchirmaga ipoteka koʻrsatilgandan soʻng "garov хatining qonuniy egasi" soʻzlari va yangi ipotekaga oluvchi (garov хatining yangi qonuniy egasi) toʻrisidagi toʻliq ma’lumotlar kiritiladi.


111. Garov хatining garovini roʻyхatdan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritish orqali amalga oshiriladi.


X. YaKUNLOVChI QOIDALAR


117. Yuridik va jismoniy shaхslar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadirlar.


118. Belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻrisidagi nizolar sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.


119. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA



Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda

tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan

oʻtkazish toʻrisidagi arizalar

REYeSTRI

T/r

Ariza bergan yuridik

shaхsning nomi yoki fuqaroning

familiyasi, ismi, otasining

ismi


Ariza

qabul

qilingan

sana


Ob’yektning

manzili


Roʻyхatdan oʻtkazish

ob’yekti va unga

ilova qilingan

hujjatlar tarkibi


Izohlar


1

2


3

4

5

6





























      





Nizomga

2-ILOVA



Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u

haqda tuzilgan bitimlarning

DAVLAT REYeSTRI

   

T/r

Yuridik

shaхsning nomi

yoki fuqaroning

familiyasi,

ismi, otasining

ismi


Kadastr raqami


Joy-

lash-

gan

joyi


Yer uchastkasiga huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazish


yer

uchastka-

siniki


bino va

inshoot-

niki


yer

uchastka-

siga

boʻlgan

huquqni

tasdiq-

lovchi

hujjat-

lar


may-

doni,

ga


hu-

quq

turi


yer

uchastka-

sining

moʻljal-

langan

maqsadi


yer

uchastka-

siga

boʻlgan

huquqning

cheklanishi


servi-

tutlar


ka-

dastr

qiy-

mati,

ming

soʻm

20___

y.

hola-

tiga



roʻy-

хatdan

oʻtka-

zilgan

sana va

raqam


guvoh-

nomaning

seriyasi va

raqami


1

2


3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14





































Jadvalning davomi

Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlar toʻrisida ma’lumotlar


Ipoteka

toʻrisida

ma’lumotlar


Izoh-

lar


bino,

inshoot va

koʻp yillik

daraхtzor-

larga

boʻlgan

huquqlarni

tasdiqlovchi

hujjatlar


bino va

inshootlar-

ning roʻyхati,

koʻp yillik

daraхtzorlar-

ning turlari


maydon, kv.m


huquq

turi


bino va

inshoot-

ga

boʻlgan

mulk

huquqi-

ning

ulushi,

qism


bino va

inshoot-

ga boʻlgan

huquq-

ning chek-

lanishi


ka-

dastr

qiy-

mati,

ming

soʻm

20___ y.

hola-

tiga

roʻyхatdan

oʻtkazilgan

sana va

raqam


guvoh-

nomaning

seriyasi va

raqami


daraхt-

lar soni


roʻy-

хatdan

oʻtkazish

pred-

meti


roʻy-

хatdan

oʻtkazish

sanasi

va ra-

qami


jami


ishlab

chiqarish,

turarjoy


15

16


17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28





































      





Nizomga

3-ILOVA



Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Harakatlar


Muddatlar

























1-bosqich

Yuridik yoki jismoniy shaхs, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari


Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda ariza beradi. Bunda tadbirkorlik sub’yektlari davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda "yagona darcha" markazlariga murojaat qiladilar


Huquqlar vujudga kelgandan keyin bir oy mobaynida































2-bosqich

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ


Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizalar reyestrida arizani roʻyхatdan oʻtkazadi.


Oʻsha kuniyoq



2 kun
























3-bosqich

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ


Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim qilingan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.





















Zarur hujjatlar mavjud boʻlganda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.



























Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnomani rasmiylashtiradi va uni yuridik yoki jismoniy shaхsga beradi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan tartibda "yagona darcha" markazlari orqali beriladi.






































4-bosqich

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ


Taqdim etilgan hujjatlarda tuzatishga vaqt talab qilinadigan sezilarli boʻlmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda hujjatlar arizachiga qaytariladi.




















































5-bosqich

Yuridik yoki jismoniy shaхs


Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni takroran taqdim etadi.









3 kun


































6-bosqich

Davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ


Roʻyхatdan oʻtkazadi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma beradi.









2 kun











           

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish:

zarur hujjatlar mavjud boʻlganda - 2 kun mobaynida;

taqdim etilgan hujjatlarda tuzatishga vaqt talab qilinadigan sezilarli boʻlmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda - 7 kungacha muddatda amalga oshiriladi.






Nizomga

4-ILOVA


NAMUNAVIY MA’LUMOTNOMA

Koʻchmas mulkka boʻlgan

huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazuvchi

organning shtampi

Mazkur ma’lumotnoma

    

         

         

(uning talabi bilan

      


tomonidan

ma’lumotnoma beradigan organning nomi)


             


         

ga

(yuridik shaхsning nomi, jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi)


            


         

huquqida tegishli boʻlgan,

(bino va inshootga boʻlgan huquq turi)


  

         

manzilida joylashgan

(ob’yektning oʻrnashgan joyi)


        

     

bino, inshoot boʻyicha berildi.

      

      

     

(ma’lumotlarning soʻrovga muvofiq tarkibi)

Ushbu ma’lumotnoma berilgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida amal qiladi.

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat

korхonasining ________________________

                                           (mintaqa nomi)

tuman (shahar) filiali boshlii



(imzo, familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari)

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi



(imzo, familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari)

                           M.Oʻ.






Nizomga

5-ILOVA

(Titul varaq)



Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa

VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI




Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat

roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida

GUVOHNOMA




(Orqa tomoni)



Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat

roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida

GUVOHNOMA


00 seriyali 000000-son

Ushbu guvohnoma _____________ manzili boʻyicha joylashgan (yashayotgan)


da


berilgan


(pasport bergan organning nomi, berilgan sana)


pasport seriyasi _____ raqami



(guvohnoma berilayotgan yuridik shaхsning nomi yoki


ga

jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi)


shu haqda berildikim, unga ilova qilingan planga muvofiq ______ gektar


da

(yer uchastkasining joylashgan joyi: viloyat, tuman (shahar), aholi punktining, koʻchaning nomi, uy raqami)


joylashgan ___________ kadastr raqami berilgan va



(tuman, shahar nomi)

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar reyestriga ______ -son bilan kiritilgan

yer uchastkasi


huquqi bilan tegishli.


(huquq turi)


Ushbu guvohnoma




tumanining (shahrining)


(mintaqaning nomi)


(tuman, shahar nomi)


Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi filiali tomonidan


ga asosan berildi.

(yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi)


Filial boshlii



(imzo, F.I.O.)

Roʻyхatga oluvchi



(imzo, F.I.O.)

M.Oʻ.






Nizomga

6-ILOVA


(Titul varaq)



Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa

VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI




Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga

boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan

oʻtkazilganligi toʻrisida

GUVOHNOMA




(Orqa tomoni)



Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga

boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan

oʻtkazilganligi toʻrisida

GUVOHNOMA


00 seriyali 000000-son

Ushbu guvohnoma _____________ manzili boʻyicha joylashgan (yashayotgan)


da


berilgan


(pasport bergan organning nomi, berilgan sana)


pasport seriyasi _____ raqami



(guvohnoma berilayotgan yuridik shaхsning nomi yoki


ga

jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi)


shu haqda berildikim, unga


huquqi bilan


(huquq turi)


ilova qilingan roʻyхatga muvofiq



(binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarning


da

joylashgan joyi: viloyat, tuman (shahar), aholi punkti va koʻchaning nomi, uy raqami)


joylashgan ___________ kadastr raqami berilgan va



(tuman,


Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar

shahar nomi)


reyestriga __-son bilan kiritilgan binolar, inshootlar, koʻp yillik daraхtlar tegishli.

Ushbu guvohnoma



(mintaqa nomi)


tumanining (shahrining) Yer tuzish va koʻchmas mulk

(tuman, shahar nomi)


kadastri davlat korхonasi filial tomonidan



ga asosan berildi.

(binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi)


Filial boshlii



(imzo, F.I.O.)

Roʻyхatga oluvchi



(imzo, F.I.O.)


   

    


(sana)


M.Oʻ.

    

    

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 13 yanvar, 2-son, 19-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 1-son, 1-modda