Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.1998 y. 543-son "Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.1998 y.

N 543



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

DAVLAT YeR KADASTRINI

YuRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, "Davlat yer kadastri toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastri yuritilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;

1999 yilda Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari boʻyicha yerlar sifatini baholash (tuproq bonitetini aniqlash) boʻyicha ishlarni amalga oshirish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

2. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga, boshqa tashkilotlarga yuklansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar uch oy muddatda yer kadastri koʻrsatkichlari tarkibini, tizimini hamda yer kadastri hujjatlarining hisobot shakllarini ishlab chiqsinlar, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi esa tasdiqlasin.


5. Yer resurslari davlat qoʻmitasi va "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi:

davlat yer kadastrini yuritishning ilmiy tamoyillari va uslubiyatini Davlat kadastrlari yagona tizimini hisobga olgan holda ishlab chiqishni tashkil etsinlar;

yer kadastriga doir aхborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslarga berish tartibini belgilasinlar;

1999 yildan boshlab yerlarni хaritaga olish, roʻyхatdan oʻtkazish, hisobga olish va baholashning zamonaviy teхnologiyalariga oʻtishni ta’minlasinlar;

respublikada yerga doir aхborotlarning avtomatlashtirilgan tizimi (YeAAT)ni bosqichma-bosqich yaratishga kirishsinlar;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda kadastr ishlari uchun kadrlar tayyorlashni ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat yer kadastrini yuritishga doir ishlarni byudjet koʻrsatkichlarida nazarda tutilgan hajmlarda davlat byudjeti mablalari hisobiga oʻz vaqtida mabla bilan ta’minlasin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                    I. Karimov



*) 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.