Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.07.1996 y. 255-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.07.1996 y.

N 255



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

KADASTRLARI YaGONA TIZIMINI TAShKIL

ETISh VA UNI YuRITISh TARTIBI TOʻFRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1996 yil 31 yanvardagi 44-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining faoliyat koʻrsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻrisidagi Nizom (1-ilova).

2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrining yagona tizimiga kiritish uchun "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan va tegishli davlat va tarmoq kadastrlarini yuritish toʻrisida nizomlardagi turlar, hajmlar va muddatlarda zarur ma’lumotlarni "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasiga taqdim etsinlar.

3. "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshqarmasi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi mavjud kadastrlarni takomillashtirish va yangilarini tashkil etishga oid tadbirlarning (3-ilova) bajarilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 7, 21-modda.