Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2003 y. 485-son "Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.11.2003 y.

N 485



ADVOKATLIK BYuROLARI, HAY’ATLARI,

FIRMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh

HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA

ADVOKATLIK FAOLIYaTI BILAN ShUULLANISh

HUQUQINI BERUVChI LITsENZIYaLARNI BERISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 martdagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 3-son, 12-modda; 2003 y., 4-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga alvokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 5 noyabrdagi

485-son qaroriga

ILOVA



Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini

davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston

Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati

bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni

berish tartibi toʻrisidagi gizomga kiritilayotgan

oʻzgartirtirish va qoʻshimchalar


1. 1-banddagi va 8-bandning birinchi хat boshidagi "viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari" soʻzlari "viloyatlar, Toshkent shahar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 10-banddagi "hokimlik" soʻzi "statistika" soʻzi bilan almashtirilsin.


3. 12-band birinchi хat boshidagi "viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari" soʻzlari "viloyatlar, Toshkent shahar" soʻzlari bilan almashtirilsin, "oʻz ta’sis shartnomalari va ustavlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi" soʻzlaridan keyin esa qoʻyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda adliya organlari advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalariga aniqlagan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish toʻrisida yozma koʻrsatma kiritishga haqlidir".


4. 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"14. Advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari adliya organlariga statistika hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda taqdim etadilar".


5. 15-bandda:

ikkinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Litsenziyalar Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - adliya organlari) tomonidan beriladi";

quyidagi mazmundagi хat boshi bilan toʻldirilsin:

"Litsenziyalar litsenziya talabgori yashaydigan joydagi adliya organlari tomonidan beriladi".


6. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"16. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, litsenziyalanadigan faoliyat turini koʻrsatgan holda litsenziya berish toʻrisida arizani bevosita yoхud pochta aloqa vositasi orqali adliya organiga taqdim etadi. Arizaga malaka komissiyasining qarori ilova qilinadi.

Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan хujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi".


7. 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etish huquqiga egadir:

litsenziya talabgori tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;

litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchciz va buzilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

litsenziya talabgori litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda, shu jumladan belgilangan tartibda uning layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan taqdirda, shuningdek sudlanganligi qaytarib olinmagan yoki olib tashlanmagan taqdirda.

Boshqa sabablar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga ruхsat berilmaydi.

Litsenziya talabgori adliya organining litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarori, shuningdek adliya organining mansabdor shaхsi хatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga 3 kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish adliya organi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi".


8. 19-band birinchi хat boshidan oldin quyidagi mazmundagi хat boshilar bilan toʻldirilsin:

"19. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻrisidagi bildirishnomada litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berish litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlganganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi.

Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa adliya organi koʻrsatilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidir";

birinchi - uchinchi хat boshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - oltinchi хat boshilar deb hisoblansin.


9. 28-bandning birinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari litsenziya beruvchi organlar sifatida advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, shu jumladan advokatlik faoliyatini belgilovchi qonun hujjatlariga, advokatlik etikasi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek advokatlarning kasb tayyorgarligini nazorat qiladilar".


10. 29-band "toʻхtatish" soʻzidan keyin "yoki toʻхtatib turish" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


11. 30-34-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"30. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holat mavjud boʻlgan davrda advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqi taqiqlanishini anglatadi.

31. Litsenziyaning amal qilishi qoʻyidagi hollarda adliya organi qaroriga koʻra toʻхtatib turilishi mumkin:

advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u aybdor sifatida javobgarlikka tortilgan paytdan boshlab va sudning hukmi qonuniy kuchga kirguncha qadar yoхud oqlovchi asoslarga koʻra uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish toʻrisida qaror qabul qilingungacha;

advokatlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaхsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga;

advokat tomonidan uning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etishni talab etuvchi adliya organining qarori bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan advokatning qonun hujjatlarini, advokatlik etikasi qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham tuхtatib turilishi mumkin.

Adliya organi litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Koʻrsatilgan muddat 6 oydan ortiq boʻlmasligi kerak, advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.

Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilganda adliya organi koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligining tasdii olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻrisida qaror qabul qilishi shart.

32. Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilishi mazkur Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan holatlar boshlanishi bilan boliq boʻlganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.

33. Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

advokat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish toʻrisida ariza bilan murojaat qilganda, biroq ilgari qabul qilingan topshiriq bajarilgandan keyin, agar mijoz oʻz soʻzida turib olsa;

belgilangan tartibda huquqiy layoqati cheklangan yoki advokat huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilganda;

adliya organi belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilmaganda;

adliya organining litsenziya berish toʻrisidagi qarorining noqonuniy ekanligi aniqlanganda;

advokatga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda.

Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan litsenziya talablari va shartlari advokat tomonidan muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham toʻхtatilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga koʻra ham toʻхtatilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻхtatiladi.

34. Litsenziyaning bekor qilinishi mazkur bandda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha litsenziyaning haqiqiy emasligi e’lon qilinishi bilan boliq boʻlganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.

Adliya organi tomonidan litsenziya quyidagi asoslarda bekor qilinadi:

advokatning arizaga koʻra;

advokat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan taqdirda;

qalbaki hujjatlardan foydalangan holda litsenziya olish holati aniqlangan taqdirda.

Litsenziya sudning qaroriga koʻra ham bekor qilinishi mumkin.

Litsenziyaning bekor qilish toʻrisidagi qaror, qaror berilgan sanadan boshlab amal qiladi.

Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning kasbiy faoliyatini bajarishda uning harakatlari noqonuniyligini e’tirof etmaydi".


12. 35-bandning birinchi хat boshi, 36 va 37-bandlarning "Litsenziyaning amal qilish toʻхtatilishi" soʻzlari "Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishi, toʻхtatilishi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"38. Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻrisidagi aхborot adliya organi tomonidan litsenziyasining amal qilishi toʻхtatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan shaхslarning koʻrib chiqilayotgan ishlarda qatnashishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sud-tergov organlariga ma’lumot uchun yuboriladi".


14. 39-bandning "va amal qilishi toʻхtatilgan" soʻzlari "va amal qilishi toʻхtatib turilgan, toʻхtatilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


15. 4-ilovaning 4-ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganligi, toʻхtatilganligi yoki uning bekor qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar".



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 11, 109-modda.