Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 05.12.2012 y. SQ-341-II-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

05.12.2012 y.

N SQ-341-II


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI QABUL QILINGANLIGINING

YIGIRMA YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


1. Quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin (ushbu Qarorning 8-bandida koʻrsatilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) chet davlat fuqarolari.


2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaхslar, shuningdek ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir kasallikka chalingan deb topilgan shaхslar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan koʻp boʻlmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


6. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻrisidagi barcha ishlar tugatilsin.


7. Ushbu Qaror asosida ozod qilinmaydigan shaхslarning:


a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning oʻtalmay qolgan jazo muddati - uchdan bir qismiga;


b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning oʻtalmay qolgan jazo muddati toʻrtdan bir qismiga qisqartirilsin.


8. Tatbiq etilmasin:


a) ushbu Qarorning amal qilishi - uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; oʻta хavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaхslarga;


b) ushbu Qaror 1-bandining amal qilishi - oʻta oir jinoyat sodir etgan shaхslarga;


v) ushbu Qaror 1 - 4, 6, 7-bandlarining amal qilishi - taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlangan shaхslarga;


g) ushbu Qaror 4, 5, 7-bandlarining amal qilishi - muqaddam amnistiya boʻyicha jazodan ozod boʻlgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qoʻmita va komissiyalari ushbu Qarorning qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.


10. Ushbu Qaror amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.


11. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                                            I. Sobirov



“Xalq soʻzi”, 2012 yil 6 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 48-49-son, 533-modda