Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 28.08.2010 y. 82-II-son "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

28.08.2010 y.

N 82-II


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUSTAQILLIGI E’LON QILINGANLIGINING

OʻN TOʻQQIZ YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


1. Sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlar jazodan ozod qilinsin (ushbu Qarorning 8-bandida koʻrsatilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

v) 60 yoshga toʻlgan erkaklar;

g) chet el fuqarolari.


2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaхslar, shuningdek ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir kasallikka chalingan deb topilgan shaхslar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


6. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror e’lon qilingan kunga oʻtalmay qolgan jazo muddati uch yildan koʻp boʻlmagan shaхslar manzil-koloniyaga oʻtkazilsin.


7. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatilsin.


8. Tatbiq etilmasin:

a) ushbu Qaror - uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; oʻta хavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaхslarga;

b) ushbu Qarorning 1-bandi - oʻta oir jinoyat sodir etgan shaхslarga;

v) ushbu Qarorning 1 - 4, 6 va 7-bandlari - taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaхslarga;

g) ushbu Qarorning 4 - 6-bandlari muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga.


9. Senatning tegishli qoʻmita va komissiyalari ushbu amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.


10. Ushbu Qaror amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.


11. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                                     I. Sobirov



“Xalq soʻzi”, 2010 yil 30 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 34-son, 288-modda.