Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 28.08.2008 y. 529-I-son "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

28.08.2008 y.

N 529-I


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUSTAQILLIGI E’LON QILINGANLIGINING

OʻN YeTTI YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


1. Birinchi marta sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlar jazodan ozod qilinsin (mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

v) 60 yoshga toʻlgan erkaklar;

g) chet el fuqarolari.


2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar, shuningdek birinchi marta hukm qilingan shaхslar, basharti ular ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etgan boʻlsalar, jazodan ozod qilinsin.


3. Mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaхslar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan, hukmi mazkur qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


5. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, mazkur qaror e’lon qilingan kunga oʻtalmay qolgan jazo muddati uch yildan koʻp boʻlmagan shaхslar manzil-koloniyaga oʻtkazilsin.


6. Ushbu qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatilsin.


7. Tatbiq etilmasin:

a) mazkur qaror - uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; oʻta хavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaхslarga;

b) mazkur qarorning 1-bandi - oʻta oir jinoyat sodir etgan shaхslarga;

v) mazkur qarorning 1, 2, 5 va 6-bandlari - taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlanganlarga.


8. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 3 va 4-bandlari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslarga nisbatan tatbiq etilishi mumkin.


9. Senatning tegishli Qoʻmita va Komissiyalari mazkur amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.


10. Senatning ushbu qarori amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.


11. Ushbu qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                                    I. Sobirov



"Xalq soʻzi" 2008 yil 29 avgust.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 35-36-son, 344-modda.