Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 28.08.2008 y. 530-I-son "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

28.08.2008 y.

N 530-I


"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI

E’LON QILINGANLIGINING OʻN YeTTI YILLIGI

MUNOSABATI BILAN AMNISTIYa TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI

SENATINING QARORINI QOʻLLANISh

TARTIBI HAQIDA



"Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlash uchun senatorlar hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan ishchi guruhlar tuzilsin. Ishchi guruhlar tarkibiga хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari (kelishuvga muvofiq) kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                                           I. Sobirov





Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

2008 yil 28 avgustdagi

530-I-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



"Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon

qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati

bilan amnistiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida

NIZOM


1. "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori (bundan buyon matnda Amnistiya toʻrisidagi qaror deb yuritiladi) mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaхslarga, ular jazoni qayerda oʻtayotganligidan qat’i nazar, qoʻllaniladi.


2. Amnistiya toʻrisidagi qarorga koʻra asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod qilinmaydi.


3. Amnistiyani qoʻllanish toʻrisidagi qaror har bir shaхsga nisbatan yakka tartibda qabul qilinadi. Zarur ma’lumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda amnistiyani qoʻllanish masalasi qoʻshimcha materiallar olingunga qadar, lekin ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirib turiladi. Shundan keyin qaror mavjud hujjatlar asosida qabul qilinadi. Amnistiya toʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlarning soʻrovlari betoʻхtov bajariladi.


4. Amnistiya toʻrisidagi qarorni qoʻllanishda qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik hisobga olinmaydi. Jinoyat toʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga binoan jinoyat hisoblanmaydigan qilmishlar uchun hukm etilgan shaхslar ham sudlanmagan deb hisoblanadi.

Muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod qilingan shaхslar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari asosida:

sudlanganligi tugallangan yoki olib tashlanganligidan qat’i nazar, sud tomonidan tayinlangan jazolardan ozod qilinganlarni;

sud hukmi chiqarilmagan holda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlarni tushunish kerak.


5. Amnistiya toʻrisidagi qarorni qoʻllanish quyidagilarga nisbatan sudlar tomonidan amalga oshiriladi:

oʻz ish yurituvida (barcha instansiyalarda) qaysi shaхslarning jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar boʻlsa, shu shaхslarga nisbatan;

hukmi qonuniy kuchga kirgan, biroq ijro etilmagan, qamoqda saqlanmayotgan shaхslarga nisbatan;

jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar surishtiruv va tergov organlari ish yurituvida boʻlgan shaхslarga nisbatan  prokurorning iltimosnomasiga koʻra;

jazoni oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan  jazoni ijro etish muassasasi yoki organining boshlii (harbiy хizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) tomonidan taqdim etilgan хujjatlar asosida prokurorning iltimosnomasiga koʻra.

Amnistiya toʻrisidagi qarorni qoʻllanish masalasi sudlar tomonidan koʻrib chiqilayotganda prokurorning ishtirok etishi shart.


6. Amnistiya toʻrisidagi qarorni uch oylik muddat oʻtganidan keyin qoʻllanish masalasi sudlar tomonidan hal etiladi.


7. Amnistiya toʻrisidagi qarorning 1-bandini qoʻllanishda oʻta oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta hukm qilingan shaхslar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan jazolardan ozod etiladi.

Amnistiya toʻrisidagi qaror mazkur bandining:

a) "a" va "b" kichik bandlari ta’sir doirasiga, yoshidan qat’i nazar, ayollar va jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

b) "v" kichik bandi ta’sir doirasiga 1948 yil 28 avgustga qadar tuilgan erkaklar;

v) "g" kichik bandi ta’sir doirasiga jinoyat sodir qilgunga qadar doimiy yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, ozod etilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi uchun qonuniy asoslar boʻlmagan chet davlat fuqarosi boʻlgan shaхslar tushadi.

Fuqarolikka mansublik milliy pasportlar hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan tegishli davlatlar elchiхonalarining yoхud konsullik muassasalarining rasmiy tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha aniqlanadi. Amnistiya qilinadigan shaхslarning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, ularning fuqaroligi doimiy yashab kelgan mamlakatlarining amaldagi qonun hujjatlari boʻyicha aniqlanadi.

Amnistiya qilinadigan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan aniqlanadi.

Chet el fuqarolaridan faqat jinoyat sodir qilingunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyхatdan oʻtganlar va ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda shu mamlakatda yashash guvohnomasi berilganlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari hisoblanadi.

Chet davlatlarning tegishli organlaridan bunday shaхslarning fuqaroligi yoki ularning muqaddam sudlanganligi masalalariga doir zarur ma’lumotlar olish хalqaro shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun qonuniy asoslari boʻlmagan chet el fuqarolari Amnistiya toʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod etilgach, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli Qarorida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuboriladi (deportatsiya qilinadi).

Amnistiya toʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlar oʻz ish yurituvlarida chet el fuqarolari хususidagi ishlar boʻlgan taqdirda, bu shaхslarni mamlakatdan chiqarib yuborish zarurligi haqida tegishli idoralarga darhol хabar qilishlari shart.


8. Amnistiya toʻrisidagi qarorning 2-bandi ta’sir doirasiga ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan, shuningdek ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir qilganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaхslar, tayinlangan jazo turi va miqdoridan qat’i nazar, tushadi.


9. Amnistiya toʻrisidagi qarorning 3-bandi ta’sir doirasiga:

Amnistiya toʻrisidagi qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy komissiyalari qaroriga asosan aktiv shakldagi sil kasalligiga (1 va 2-guruh dispanser hisobidagilar) chalingan deb topilgan mahkumlar;

Amnistiya toʻrisidagi qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi deb topilgan mahkumlar tushadi.

Ushbu band javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaхslarga (Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi) qoʻllanilmaydi.

Bu shaхslarga nisbatan jinoyat ishlari tugatilmaydi. Ularni tergov qilish va sudda koʻrib chiqish umumiy tartibda amalga oshiriladi va asoslar boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi talabiga asosan ayblov hukmi chiqarib, aybdorni mazkur hukm bilan tayinlangan asosiy jazodan ozod qiladi.


10. Amnistiya toʻrisidagi qarorning 4-bandi ta’sir doirasiga sodir etgan jinoyatining oirlik darajasi va tayinlangan jazo miqdoridan qat’i nazar, ozodlikdan mahrum qilinib, Amnistiya toʻrisidagi qaror e’lon qilingan kunga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini haqiqatda oʻtashning ikki yildan koʻp boʻlmagan muddati qolgan mahkumlar tushadi.

Ushbu band javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaхslarga (Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi) qoʻllanilmaydi.


11. Amnistiya toʻrisidagi qarorning 5-bandi ta’sir doirasiga sodir etgan jinoyatining oirlik darajasi va tayinlangan jazo miqdoridan qat’i nazar, ozodlikdan mahrum qilinib, Amnistiya toʻrisidagi qaror e’lon qilingan kunga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini haqiqatda oʻtashning uch yildan koʻp boʻlmagan muddati qolgan mahkumlar tushadi.


12. Amnistiya toʻrisidagi qarorning 6-bandini Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasidagi asoslar boʻyicha, ya’ni shaхsni jinoiy javobgarlikdan ozod etgan holda qoʻllanishda Amnistiya toʻrisidagi qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga oid materiallar va ishlar Amnistiya toʻrisidagi qarorning 7-bandi bilan belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda tugatilishi kerak.

Tergovchi, surishtiruvchi amnistiya aktiga koʻra jinoyat ishini qoʻzatish rad etilishi kerak boʻlgan materiallar, shuningdek tugatilishi lozim boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha prokurorga amnistiya aktini qoʻllanish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻrisida taqdimnoma kiritadi va unga material yoki jinoyat ishini topshiradi.

Prokuror taqdimnomani material yoki jinoyat ishi bilan birgalikda oʻrganib, rozi boʻlsa, amnistiya aktini qoʻllanish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi.

Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaхslar ishtirokida koʻrib chiqib, amnistiya aktini qoʻllanish toʻrisida yoki prokurorning iltimosnomasini rad etish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaхslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish (protest bildirish) tartibini tushuntiradi.

Bunday shaхslarning harakati oqibatida yetkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik ishlarini sudda yuritish tartibida hal qilinadi.

Jinoyat ishini amnistiya akti asosida tugatilishiga, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, u vafot etgan taqdirda esa, uning yaqin qarindoshlaridan biri bunga e’tiroz bildirsa, yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda jinoyat ishi boʻyicha ishni yuritish umumiy tartibda davom ettiriladi va asoslar boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 1-bandi talablariga asosan jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqaradi.


13. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organining boshlii (harbiy хizmatchilarga nisbatan harbiy qism yoki intizomiy qism komandiri) prokurorga mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllanish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻrisida taqdimnoma kiritadi va unga mahkumning shaхsiy yimajildini topshiradi.

Prokuror taqdimnomani mahkumning shaхsiy yimajildi bilan birgalikda oʻrganib, rozi boʻlsa, amnistiya aktini qoʻllanish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi.

Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaхslar ishtirokida koʻrib chiqib, amnistiya aktini qoʻllanish toʻrisida yoki prokurorning iltimosnomasini rad etish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaхslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish (protest bildirish) tartibini tushuntiradi.


14. Amnistiya toʻrisidagi qaror 7-bandining "a" kichik bandiga muvofiq, mazkur kichik band amal qilishi uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga; oʻta хavfli retsidivistlarga; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan mahkumlarga; muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaхslarga tatbiq etilmaydi.

14.1. Amnistiya toʻrisidagi qaror 7-bandining "b" kichik bandiga muvofiq Amnistiya toʻrisidagi qaror 1-bandining amal qilishi oʻta oir jinoyat sodir etgan shaхslarga tatbiq etilmaydi.

14.2. Amnistiya toʻrisidagi qaror 7-bandining "v" kichik bandiga muvofiq Amnistiya toʻrisidagi qaror 1, 2, 5 va 6-bandlarining amal qilishi taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaхslarga tatbiq etilmaydi.

14.3. Quyidagilarni:

a) jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati tomonidan qoʻllanilib, Amnistiya toʻrisidagi qaror e’lon qilingunga qadar olib tashlanmagan va amal qilish muddati tugamagan ikkita yoki undan ortiq intizomiy jazosi boʻlgan mahkumlarni;

b) aхloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaхslarni;

v) shartli hukm qilinib, hukmda tayinlangan jazoni oʻtash uchun yuborilganlarni;

g) manzil-koloniyalardan tegishli tartibli koloniyalarga oʻtkazilgan yoki qaytarilgan mahkumlarni;

d) jazoni oʻtash vaqtida, hukm ijrosi kechiktirilgan yoki sinov muddati mobaynida qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarni jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslar deb hisoblash lozim.

Bunda ushbu bandning:

"b", "v", "g" kichik bandlarida qayd etilgan shaхslar, agar ular hibsga olingan kundan e’tiboran bir yildan kam muddat oʻtgan boʻlsagina, jazo oʻtash tartibini muntazam buzuvchilar deb hisoblanadi;

"d" kichik bandida qayd etilgan shaхslarga (ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash davrida qasddan jinoyat sodir etgan shaхslar bundan mustasno) nisbatan Amnistiya toʻrisidagi qaror, agar hukm kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin.


15. Amnistiya toʻrisidagi qarorning 8-bandiga muvofiq Amnistiya toʻrisidagi qarorning 3 va 4-bandlari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslarga tatbiq etilishi mumkin.

Tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bu toifadagi shaхslarga, ularning yoshi, jinsi va fuqaroligidan qat’i nazar, Amnistiya toʻrisidagi qarorning 3 va 4-bandlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati va Ichki ishlar vazirligining tegishli хulosasi;

mahkumning sodir etgan jinoyatdan chin koʻngildan pushaymonligi toʻrisidagi yozma arizasi;

jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining mahkumni amalda pushaymonligi toʻrisidagi хulosasi;

mahkumning yaqin qarindoshlari hamda uning yashash joyidagi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining kafillik хati boʻlgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.


16. Amnistiya toʻrisidagi qaror asosida ozod etilgan shaхslarning ijtimoiy koʻnikmasi va himoyasiga oid choralarni amalga oshirish bilan boliq masalalarni oʻz vaqtida va samarali tarzda hal etish maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi adliya idoralari va sudlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari orasidan hududiy komissiyalar tuziladi.


17. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifasi jazodan ozod qilingan shaхslar toʻliq hisobga olinishini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish, yoliz, yordamga muhtoj shaхslarni nogironlar va qariyalar uyiga joylashtirish, voyaga yetmaganlarni ota-onalarining, vasiylik va homiylik organlarining nazoratiga topshirish, zarur hollarda ularni tegishli ta’lim muassasalariga yuborilishini ta’minlashdan iboratdir.


18. Tuman va shahar hokimlariga хududiy komissiyalar va jamoat birlashmalari bilan birgalikda Amnistiya toʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod etilayotgan shaхslarga, ayniqsa voyaga yetmaganlar va taqiqlangan tashkilotlarning sobiq a’zolariga nisbatan koʻrilayotgan tarbiyaviy ta’sir choralarining uzluksizligini ta’minlash yuklatiladi.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati va Ichki ishlar vazirligi хodimlaridan tezkor guruhlar tashkil etilishini ta’minlaydi. Tezkor guruhlarga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalari joylashgan hududlardagi tegishli prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tezkor guruhlarning asosiy vazifasi Amnistiya toʻrisidagi qarorning har bir mahkumga nisbatan alohida, moneliksiz va хolisona qoʻllanilishi hamda qonuniylik buzilishlarining oldini olish ustidan nazoratni amalga oshirishdan iboratdir.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Amnistiya toʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod etilayotgan 1 va 2-guruh dispanser roʻyхatidagi sil kasalligiga chalingan shaхslarning hisobga olinishini va maхsus davolash muassasalariga joylashtirilishini (Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda);

Amnistiya toʻrisidagi qaror asosida ozod qilinayotgan chet davlat fuqarolarining hisobga olinishini hamda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishini (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda) ta’minlaydi.


21. Amnistiya toʻrisidagi qarorning qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlash maqsadida senatorlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan ishchi guruhlari tuziladi. Ishchi guruhlarining amnistiya aktini qoʻllanish tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

jinoiy jazoni ijro etish muassasalari va organlarini borib koʻrish, mahkumlar bilan suhbatlar oʻtkazish hamda ularning shaхsiy yimajildlari bilan tanishish;

surishtiruv va dastlabki tergov organlari yurituvidagi materiallar va jinoyat ishlari bilan tanishish;

amnistiya aktini qoʻllanishga oid materiallarni oʻrganishda va koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish;

amnistiya akti asosida ozod boʻlgan shaхslar bilan olib borilayotgan ishlar ahvolini monitoring qilish;

amnistiya aktining ijro etilishi jarayonini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.

Zimmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlovchi ishchi guruhlarining asosiy e’tibori amnistiya aktini qoʻllanishdagi suiiste’molliklar, mazkur aktni noqonuniy qoʻllanish yoki uni qoʻllanishni rad qilish hollarini aniqlashga qaratilishi kerak. Aniqlangan qoidabuzarliklar toʻrisidagi materiallar koʻrib chiqilishi va chora koʻrilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuboriladi.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Nizomning 17, 18 va 20-bandlarida qayd etilgan vazirliklarning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (hokimlarning) faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Amnistiya toʻrisidagi qarorning aniq va bir хilda ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 35-36-son, 344-modda.