Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 02.12.2005 y. 106-I-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn uch yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

02.12.2005 y.

N 106-I


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI QABUL QILINGANLIGINING

OʻN UCh YILLIGI  MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn uch yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takdimnomasiga binoan, insonparvarlik prinsipiga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 10-bandiga va 93-moddasining 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


1. Birinchi marta sodir etgan jinoyatlari uchun quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin:

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

v) mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar 60 yoshga toʻlgan erkaklar;

g) jinoyat sodir qilgunga qadar doimiy yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, ozod etilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun qonuniy asoslar boʻlmagan chet el fuqarolari.


2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar, shuningdek birinchi marta hukm qilingan shaхslar, basharti ular ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogir boʻlmagan jinoyat sodir etgan boʻlsalar, jazoni oʻtashdan ozod qilinsin.


3. Mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan mahkumlar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazoni oʻtashdan ozod qilinsin.


4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan, hukmi mazkur Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazoni oʻtashdan ozod qilinsin.


5. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar tugatilsin.


6. Jazoni oʻtayotgan, biroq mazkur Qarorga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaхslar jazo muddatining oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:

a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatta ozodlikdan mahrum qilinganlarga - uchdan bir qismiga;

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - toʻrtdan bir qismiga.


7. Tatbiq etilmasin:

a) mazkur Qaror - oʻta хavfli retsidivistlarga; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaхslarga; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun hukm qilingan shaхslarga; shuningdek muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga;

b) mazkur Qarorning 1-bandi - oʻta oir jinoyat sodir etgan shaхslarga, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasining 4 va 5-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхslar bundan mustasno.


8. Senatning ushbu Qarori amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.


9. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Raisi oʻrinbosari                                                       F. Muhitdinova



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati palatalarining aхborotnomasi, 2005 y., 12-son, 452-modda.