Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.12.2004 y. PF-3515-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn ikki yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

01.12.2004 y.

N PF-3515


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI QABUL QILINGANLIGINING

OʻN IKKI YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn ikki yilligi munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan, QAROR QILAMAN:


1. Oʻta oir boʻlmagan jinoyatlar uchun hukm qilinganlar jazodan ozod qilinsin:

a) birinchi marta sodir etgan jinoyati uchun jazo oʻtayotgan ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

v) mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar 60 yoshga toʻlgan erkaklar;

g) jinoyat sodir qilgunga qadar doimiy yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, ozod etilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish uchun qonuniy asoslar boʻlmagan birinchi marta sudlangan chet el fuqarolari.


2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar, shuningdek birinchi marta hukm qilingan shaхslar, basharti ular ijtimoiy havfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etgan boʻlsalar, jazodan ozod qilinsin.


3. Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaхslar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan shaхslar (javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.


5. Ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat havfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


6. Ushbu Farmonning 1-moddasida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek birinchi marta sodir etilgan ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar tugatilsin.


7. Mazkur Farmonga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaхslar jazo muddatining oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:

a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - uchdan bir qismiga;

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - toʻrtdan bir qismiga.


8. Tadbiq etilmasin:

a) mazkur Farmon - oʻta хavfli retsidivistlarga, jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan mahkumlarga, shuningdek muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga;

b) mazkur Farmonning 1-4, 6, 7-moddalari - ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat хavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etganligi uchun hukm etilgan shaхslarga nisbatan.


9. Farmon e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 48-49-son, 492-modda.