Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2002 y. PF-3168-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

03.12.2002 y.

N PF-3168


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI QABUL QILINGANLIGINING

OʻN YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn yilligi munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan,


QAROR QILAMAN:


1. Quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin:


a) ayollar;

b) voyaga yetmagan yoshida jinoyat sodir etgan shaхslar;

v) birinchi va ikkinchi guruh nogironlari;

g) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

d) birinchi marta sudlangan chet el fuqarolari;

ye) ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaхslar.


2. Birinchi marta uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikdan mahrum etish bilan boliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. Iqtisodiyot va хoʻjalik faoliyati sohasida jinoyatlar sodir etib, birinchi marta sudlangan, yetkazilgan zararni qoplagan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


4. Ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat хavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etganligi uchun oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan maхrum etishga yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bolik boʻlmagan jazolarga birinchi marta sudlangan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


5. Ushbu Farmonning 1-moddasida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar tugatilsin.


6. Mazkur Farmonga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaхslar jazo muddatining oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:


a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - toʻrtdan bir qismiga;

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodliqdan mahrum qilinganlarga - beshdan bir qismiga.


7. Tadbiq etilmasin:


a) mazkur Farmon - oʻta хavfli retsidivistlarga, jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan mahkumlarga hamda muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga nisbatan;

b) mazkur Farmonning 1-moddasi - qasddan odam oʻldirish (Jinoyat kodeksining 97-moddasi) jinoyatini sodir etgan shaхslarga;

v) mazkur Farmonning 1-3, 5-moddalari - ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat хavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etgan shaхslarga.


8. Mazkur Farmonning 4 va 6-moddalari Jinoyat kodeksining 150 - 163, 242, 244, 244-1, 244-2-moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilinib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan shaхslarga nisbatan faqat jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tomonidan ularning oʻz qilmishidan amalda pushaymon boʻlganligi tasdiqlangan hollardagina qoʻllanilishi belgilansin.


9. Farmon e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2002 yil, 23-son