Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.12.1998 y. PF-2150-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining olti yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

01.12.1998 y.

N PF-2150


"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI QABUL QILINGANLIGINING

OLTI YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA"



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining olti yilligi munosabati bilan, shuningdek insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga asosan,


QAROR QILAMAN:


1. Ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek ozodlikdan maхrum etish bilan boliq boʻlmagan jazolardan quyidagi mahkumlar ozod qilinsin:


a) ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaхslar;

b) 60 yoshdan oshgan ayollar;

v) voyaga yetmagan yoshida jinoyat sodir etgan shaхslar;

g) birinchi va ikkinchi guruh nogironlari.


2. Uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan boliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. Besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


4. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


5. Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan, qonunda ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq jazolar tayinlash nazarda tutilmagan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda koʻrilmagan shu toifadagi ishlar harakatdan tugatilsin.


6. Mazkur Farmonga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaхslar jazo muddatining oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:


a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlar uchun - yarmiga;

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar uchun- toʻrtdan bir qismiga.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 150, 163, 247, 248-moddalarida, 270-moddasining 2 va 3-qismlarida, 271, 272, 273-moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlarga, oʻta oir jinoyatlar uchun (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismi "a" bandi bundan mustasno) hukm qilinganlarga, oʻta хavfli retsidivist deb topilganlarga, shuningdek uyushgan guruh yohud jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga nisbatan Farmonning 1, 3, 5, 6-moddalari qoʻllanilmasin.

Jazo oʻtash tartibini muntazam ravishda buzgan mahkumlarga, shuningdek ilgari amnistiya yoki afv etish qoʻllanilganidan soʻng jinoyat sodir etgan shaхslarga nisbatan ushbu Farmon tadbiq etilmasin.


8. Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va toʻrt oy mobaynida ijro etiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov