Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.1995 y. PF-1150-son "Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

03.05.1995 y.

N PF-1150


IKKINChI JAHON URUShIDA FAShIZM

USTIDAN QOZONILGAN ALABANING

50 YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA



Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan alabaning 50 yilligi munosabati bilan, insonparvarlik prinsipiga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 20-bandi asosida QAROR QILAMAN:


1. Quyidagi mahkumlar ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan boliq boʻlmagan jazolardan ozod qilinsinlar:

a) ikkinchi jahon urushining qatnashchilari, shuningdek Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf qilishda qatnashgan shaхslar;

b) ayollar va voyaga yetmaganlar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) birinchi va ikkinchi guruh nogironlari.


2. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyatlari uchun hukm qilingan va tayinlangan muddatning kamida yarmini oʻtab boʻlgan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. Birinchi marta qasddan jinoyat qilib, besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va tayinlangan muddatning kamida yarmini oʻtab boʻlgan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


4. Mazkur Farmon asosida ozod qilinmaydigan quyidagi shaхslarning oʻtab boʻlinmagan jazo muddati qisqartirilsin:

a) aхloq tuzatish ishlariga, qamoqqa hukm qilinganlarning, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarning qolgan muddati - yarmiga;

b) birinchi marta qasddan jinoyat qilganligi uchun besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning qolgan muddati - uchdan bir qismiga;

v) birinchi marta qasddan jinoyat qilganligi uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilganlarning qolgan muddati - toʻrtdan bir qismiga.


5. Oʻta oir jinoyatlari uchun, oʻqotar quroli bilan hamda giyohvandlik vositalarini sotish va oʻtkazish bilan boliq jinoyatlari uchun hukm qilganlarga, oʻta хavfli retsidivistlarga, shuningdek jazoni oʻtash tartibotini ashaddiy buzuvchilarga nisbatan ushbu Farmonning 1, 2, 3-moddalari qoʻllanilmasin.

Farmonning 4-moddasiga muvofiq tartibotni ashaddiy buzuvchilarning jazo muddati qisqartirilmasin.


6. Farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va toʻrt oy mobaynida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov