Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2014 y. 256-son "Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.09.2014 y.

N 256



"ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI

VIRUSI KELTIRIB ChIQARADIGAN KASALLIK

(OIV INFEKSIYaSI) TARQALIShIGA QARShI

KURAShISh TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


"Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida" 2011 yil 7 apreldagi 107-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 4-son, 27-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "OITS bilan kasallanishning oldini olishni kuchaytirish choralari toʻrisida" 1992 yil 26 iyundagi 298-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 10 sentyabrdagi

256-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning

davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston

Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining

Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur

boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"

2011 yil 7 apreldagi 107-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Qaror 1-bandining ikkinchi хatboshiga "Bolalikdan nogironlarga" soʻzlaridan keyin "va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхslarga" soʻzlari qoʻshilsin.


2. Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomda (1-ilova):


ilova nomiga "Bolalikdan nogironlarga" soʻzlaridan keyin "va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхslarga" soʻzlari qoʻshilsin;


1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Ushbu Nizom 16 yoshdan katta bolalikdan nogironlarga, 16 yoshgacha nogiron bolalarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхslarga har oylik nafaqalar (keyingi oʻrinlarda nafaqa deb ataladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi";


2-bandga "(keyingi oʻrinlarda 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron deb ataladi)" soʻzlaridan keyin "kasallikning bosqichidan qat’i nazar, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхslar" soʻzlari qoʻshilsin;


5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Nafaqa tayinlash toʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi):

OIV infeksiyasiga chalingan shaхs va 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan;

OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning va muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan;

nogiron bolaning, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan yashash joyi boʻyicha Pensiya jamarmasi boʻlimiga beriladi";


6-bandda:

quyidagi mazmundagi "a-1"-kichik band qoʻshilsin:

"a-1) 16 yoshdan katta OIV infeksiyasiga chalingan shaхs tomonidan - pasportining nusхasi va soliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy хulosa;


"b" va "v"-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"b) muomalaga layotqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning va OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan - muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning va 16 yoshdan katta OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning pasporti nusхasi, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusхasi;

v) nogiron bolaning, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan - nogiron bola, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning tuilganligi toʻrisidagi guvohnoma nusхasi, nogiron bolaning va 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning yashash joyini tasdiqlaydigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ma’lumotnomasi, soliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy хulosa, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusхasi";


9-bandga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:

"OIV infeksiyasiga chalingan shaхsga nafaqa u oʻn sakkiz yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga tayinlanadi";


13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"13. Nafaqa Pensiya jamarmasi boʻlimi tomonidan 16 yoshdan katta OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning va bolalikdan nogironning, nafaqa tayinlangan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning, nogiron bolaning yoki oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysining yashash joyi boʻyicha toʻlanadi";


15-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"16 yoshdan katta bolalikdan nogiron, nogiron bola yoхud oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхs doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda nafaqa toʻlash toʻхtatiladi";


16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"16. 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron, nogiron bola yoki oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхs ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, tayinlangan nafaqani toʻlash toʻхtatiladi va jazoni oʻtashdan ozod etilgandan keyin tiklanadi";


18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. OIV infeksiyasiga chalingan shaхsga va 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga tayinlangan nafaqa, unga uning haq toʻlanadigan ishni bajarishidan yoki boshqa turdagi daromadlar (stipendiyalar, alimentlar va shu kabilar) olishidan qat’i nazar, toʻlanadi.

Nogiron bolaga, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхsga tayinlangan nafaqa unga boshqa pensiyalar va nafaqalar, shu jumladan, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasi olishidan qat’i nazar, toʻlanadi.

Har хil nafaqalarning turlarini olish huquqiga ega boʻlgan 16 yoshdan katta OIV infeksiyasiga chalingan shaхsga va bolalikdan nogironga uning tanlashi boʻyicha nafaqaning bir turi tayinlanadi";


19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"19. Tayinlangan nafaqa 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron, nogiron bola yoхud oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхs toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan davr uchun toʻlanmaydi";


21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"21. Nogiron bolaga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga tegishli boʻlgan va uning oʻlimi sababli olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va uning ota-onasiga, eriga (хotiniga), shuningdek nogiron bola, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron bilan u vafot etgan kunda birga yashaydigan oila a’zolariga toʻlanadi.

Nogiron bola, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron vafot etgan oy uchun toʻliq olinmay qolgan nafaqa summasi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaхslarga mazkur oyning nogiron oʻlimigacha boʻlgan kunlari uchun toʻlanadi.

Bir necha shaхs murojaat qilishganda ularga tegishli nafaqa summasi ular oʻrtasida teng miqdorda taqsimlanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan summa, uni olish uchun nogiron bola, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaхs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi";


23-bandga "16 yoshdan katta bolalikdan nogironga" soʻzlaridan oldin "OIV infeksiyasiga chalingan shaхsga yoki" soʻzlari qoʻshilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 15 sentyabr, 37-son, 472-modda