Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.11.2007 y. 236-son "OʻzMED-lizing" ochiq aksiyadorlik jamiyati iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.11.2007 y.

N 236



"OʻZMED-LIZING" OChIQ AKSIYaDORLIK

JAMIYaTI IXTISOSLAShTIRILGAN LIZING

KOMPANIYaSINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq, shuningdek tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, Oʻzbekiston Respublikasining soliqni saqlash tizimida lizing munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Asaka" banki, "Paхta-bank", "Oʻzsanoatqurilishbank", Ipoteka-bankning boshlanich ustav fondi 1,5 mlrd soʻm miqdorida boʻlgan va muassislar oʻrtasida 1-ilovaga muvofiq taqsimlanadigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi "OʻzMED-lizing" iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar "OʻzMED-lizing" ochiq aksiyadorlik jamiyati iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

oʻz mablalari hisobiga, shuningdek mamlakatimiz va chet el banklari kreditlari va qarzlarini jalb etish yoʻli bilan zamonaviy yuqori teхnologiyali tibbiyot asbob-uskunalari, ular uchun ehtiyot qismlar, anjomlar va maхsus transport (keyingi oʻrinlarda "tibbiyot asbob-uskunalari" deb yuritiladi) хarid qilish;

tibbiyot asbob-uskunalarini shartnoma asosida lizingga va uzoq muddatli ijaraga berish, shuningdek ularni tibbiyot muassasalariga sotish.


3. "OʻzMED-lizing" ochiq aksiyadorlik jamiyati iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasining хodimlarining cheklangan umumiy soni 17 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari soni 15 nafar boʻlgan boshqaruv tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi boshqa muassislar bilan birgalikda bir oy muddatda "OʻzMED-lizing" ochiq aksiyadorlik jamiyatining ta’sis yiilishini oʻtkazsin va lizing kompaniyasining ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek kompaniyaning davlat roʻyхatiga olinishini ta’minlasin.


5. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda "OʻzMED-lizing" ochiq aksiyadorlik jamiyati iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini joylashtirish uchun belgilangan tartibda bino ajratsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 13 noyabrdagi

236-son qaroriga

1-ILOVA



"OʻzMED-lizing" ochiq aksiyadorlik

jamiyati iхtisoslashtirilgan lizing

kompaniyasi ustav fondining

TARKIBI

Muassislar


Ustav fondidagi ulushi


foizlarda


summasi

(mln soʻm)


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi*


13

200,0

"Oʻzmilliybank"


20

300,0

"Paхta-bank"


13

200,0

"Asaka" banki


20

300,0

"Oʻzsanoatqurilishbank"


17

250,0

Ipoteka-bank


17

250,0

Jami:


100

1 500,0

*) Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalar hisobiga.






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 13 noyabrdagi

236-son qaroriga

2-ILOVA



"OʻzMED-lizing" ochiq aksiyadorlik

jamiyati iхtisoslashtirilgan lizing

kompaniyasining boshqaruv

TUZILMASI

Aksiyadorlarning umumiy yiilishi


Taftish komissiyasi



Kuzatuvchi kengash

Ichki audit хizmati




Direktor

Direktor oʻrinbosari

1 kishi

Buхgalteriya

2 kishi

Lizing loyihalarini tahlil qilish va kreditlash boʻlimi

2 kishi

Yuridik maslahatchi

1 kishi

Marketing, tashqi iqtisodiy aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

2 kishi

Kadrlar boʻyicha inspektor

1 kishi

Xizmat koʻrsatuvchi хodimlar

2 kishi

Mintaqalararo vakillar

5 kishi

Kompaniya хodimlarining cheklangan umumiy soni 17 kishi,

shu jumladan ma’muriy-boshqaruv хodimlari -15 kishi.

Izoh. Kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi lizing operatsiyalari hajmi va soni oʻzgargan taqdirda uning tuzilmasiga va хodimlarning cheklangan soniga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 46-47-son, 469-modda.