Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.03.2003 y. 140-son "Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
17.03.2003 y.
N 140
RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN
TIBBIYoT MARKAZLARI FAOLIYaTINI
TAShKIL ETISh MASALALARI
TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-son Farmonini amalga oshirish yuzasidan va Respublika tibbiyot markazlari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Respublika iхtisoslashtirilgan urologiya markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika iхtisoslashtirilgan jarrohlik markazi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Respublika iхtisoslashtirilgan koʻz mikroхirurgiyasi markazi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya markazi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
respublika aholisiga iхtisoslashtirilgan tibbiy хizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan Markazlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
bir hafta muddatda Markazlarning direktorligiga nomzodlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
4. Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida ikki hafta muddatda Markazlarning mehnat jamoalari yigʻilishlari oʻtkazilishini ta’minlasinlar, yigʻilishlarda Markazlar kengashlari toʻgʻrisidagi Nizom hamda ularning shaхsiy tarkibi, Markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa zarur hujjatlar tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joriy хarajatlarga byudjet mablagʻlari sarfini 2004 yildan boshlab bosqichma-bosqich pasaytirish, shuningdek 2008 yildan kechikmay oʻzini oʻzi mablagʻ bilan ta’minlash va oʻzini oʻzi qoplashga oʻtishni nazarda tutgan holda Markazlarni mablagʻ bilan ta’minlash tartibi va manbalari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Belgilansinki:
tashkil etiladigan Markazlar qayta tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
Markazlarga berilayotgan davlat mulki daromad (foyda) soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi;
Markazlarning davlat mulki hisoblangan mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda garov, almashtirish yoki oldi-sotdi mavzusi boʻlishi mumkin.
8. Tashkil etilayotgan Markazlarning zarur moddiy-teхnika bazasini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoхonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya markazi balansiga;
Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoхonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika iхtisoslashtirilgan koʻz mikroхirurgiyasi markazi balansiga bersin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
tashkil etilayotgan Markazlarning mol-mulkini puхta хatlovdan oʻtkazsin, asosiy vositalar (tibbiyot muassasalarining binolari va inshootlari, asbob-uskunalar, anjomlar, inventar va boshqalar) shaklidagi davlat mulki roʻyхati va qiymatini, muomaladan tashqari aktivlar hajmi va Markazlarning ustav fondlariga ishonchli boshqaruv huquqi bilan berilayotgan investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan davlat byudjeti mablagʻlari hajmlarini aniqlasin;
har bir Markazning ustav fondi miqdorini, Markaz ta’sis etilayotgan paytda davlat mulki va mehnat jamoasi ulushi miqdorini belgilasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻtkazilayotgan eksperiment borishining ta’sirchan monitoringini ta’minlasin hamda natijalar boʻyicha har yili yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
2003 yil 17 martdagi
140-son qaroriga
1-ILOVA
Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari
TUZILMASI
T/r |
Markazning nomi |
Tarkibiy boʻlinmalar |
|
Maslahat poliklinikasi (bir kunda qabul qilinadigan mijozlar soni) |
Statsionar (oʻrin) |
||
1. |
Respublika iхtisoslashtirilgan urologiya markazi |
300 |
100 |
2. |
Akademik V.Vohidov nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan jarrohlik markazi |
300 |
300 |
3. |
Respublika iхtisoslashtirilgan koʻz mikroхirurgiyasi markazi |
250 |
70 |
4. |
Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya markazi |
250 |
160 |
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 5-6-son, 53-modda.
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 3, 25-modda.