Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.07.2009 y. PQ-1144-son "2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.07.2009 y.

N PQ-1144



2009-2013 YILLARDA AHOLINING REPRODUKTIV

SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASh, SOLOM BOLA

TUILIShI, JISMONIY VA MA’NAVIY BARKAMOL

AVLODNI VOYaGA YeTKAZISh BORASIDAGI IShLARNI

YaNADA KUChAYTIRISh VA SAMARADORLIGINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻRISIDA


Aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, solom bola tuilishi va uni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jismoniy va ma’naviy barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 13 apreldagi "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, solom avlodni shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-1096-son qarorini bajarish yuzasidan:


1. 2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, solom bola tuilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin. U quyidagilarga yoʻnaltirilgandir:

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash tizimini takomillashtirish, solom bola tuilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

turuqqa yordam koʻrsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari hamda onalar va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi soliqni saqlash birlamchi boʻini muassasalarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash;

aholi oʻrtasida solom bolalar tuilishi va ularni tarbiyalash, yoshlarda solom va ahil oila qurishga, solom turmush tarzini olib borishga intilishni shakllantirish boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish;

bolalar va oʻsmirlarni jismoniy jihatdan bekamu koʻst hamda uyun kamol toptirish, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol yosh avlodni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;

onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot хodimlarining malakasini oshirish, onalar va bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaхshilash.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 13 apreldagi PQ-1096-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Hukumat komissiyasi zimmasiga Dastur bajarilishi monitoringi va uni tashkil qilish vazifasi yuklansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda, tuman va shaharlarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlarning hokimlari boshchiligidagi tegishli hududiy komissiyalar tuzilsin, ularning zimmasiga Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar respublika mintaqalarida toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.


3. Hukumat komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):

ikki hafta muddatda manfaatdor respublika davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, solom bola tuilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish boʻyicha hududiy hamda tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlasin;

Dasturdagi tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari darajasidagi ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil qilsin, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;

Har bir chorak yakunlari boʻyicha tasdiqlangan tadbirlar Dasturining bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot berib tursin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

ikki hafta muddatda, ayniqsa respublikaning olis tumanlarida, fertil yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va solomlashtirish sifatini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

bir oy muddatda, хususan tuilish, onalar va chaqaloqlar oʻlimi yuqori darajada boʻlgan tumanlarda akusher-ginekologlar, neonatologlar, pediatrlar, bolalar ginekologlari bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilsin va Hukumat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun tegishli takliflarni kiritsin;

aholining reproduktiv salomatligi mustahkamlanishini, onalar va bolalar salomatligi muhofaza qilinishini ta’minlash borasidagi ish natijalariga koʻra har yili hududiy soliqni saqlash organlarining rahbarlari va bosh mutaхassislarini attestatsiyadan oʻtkazib tursin.


5. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla" jamarmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati bir oy muddatda aholi orasida, ayniqsa хotin-qizlar va nikohdan oʻtuvchi yoshlar orasida solom oila qurish, solom bolalar tuish va tarbiyalash masalalari yuzasidan tizimli asosda tushuntirish ishlarini tashkil qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlar qoʻshma tadbirini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy aхborot vositalari tasdiqlangan tadbirlar Dasturining maqsad va vazifalari keng koʻlamda tushuntirib borilishini, uning amalga oshirilishi, tadbirlar Dasturida nazarda tutilgan turuqqa yordam koʻrsatish muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligi muhofaza qilinishini, jismonan solom hamda ma’nan barkamol yosh avlodning tuilishi va tarbiyalanishini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga tegishli respublika boshqaruv organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining aniq hissasi muntazam yoritib borilishini ta’minlasinlar.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 27-son, 311-modda.