Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.11.1998 y. 493-son "Quvayt Hukumati tomonidan Imom al-Buхoriy jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.11.1998 y.

N 493



QUVAYT HUKUMATI TOMONIDAN

IMOM AL-BUXORIY JAMARMASIGA

AJRATILGAN MABLALARDAN

FOYDALANISh TOʻRISIDA


Imom al-Buхoriy tuilgan kunning 1225 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan Quvayt Moliya vazirligidan Quvayt Markaziy banki tomonidan emitatsiya qilingan 500 ming AQSh dollarlik chek olingan.


Vazirlar  Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki koʻrsatib oʻtilgan summa Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali bank vositachilik haqi undirmasdan keyinchalik belgilangan tartibda Respublika valyuta birjasida konvertatsiya qilish sharti bilan Moliya vazirligining valyuta schyotiga oʻtkazilishini ta’minlasin.


2. Moliya vazirligi tushgan homiylik mablalarining soʻmdagi teng miqdorini Imom al-Buхoriy хalqaro jamarmasiga oʻtkazsin, undan Imom al-Buхoriy kompleksining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashda foydalanilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari H. Karamatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov