Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (OʻzR 26.12.2013 y. OʻRQ-360-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BYuDJET KODEKSI


UMUMIY QISM


I BOʻLIM.

UMUMIY QOIDALAR


1-BOB. ASOSIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga

solinadigan munosabatlar

Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini (bundan buyon matnda byudjet tizimi byudjetlari deb yuritiladi) shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish va byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.



2-modda. Byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik

Byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Byudjet toʻgʻrisidagi qonunchiligining boshqa qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq boʻlishi kerak.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar

Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aylanma kassa mablagʻi - moliya yilida Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaхs;

byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlaridan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablagʻlari;


byudjet jarayoni - byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning shakllantirilishini, tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jarayoni;

byudjet jarayoni ishtirokchilari - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar;


byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi - birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi va ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi;

byudjet sohasidagi vakolatlar - byudjet jarayoni ishtirokchilarining byudjet munosabatlari sohasidagi vakolatlari;


byudjet ssudasi - qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga, rezident-yuridik shaхsga ajratiladigan pul mablagʻlari;


byudjet soʻrovi - oʻrta muddatli davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olishga boʻlgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat;

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari - qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan byudjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablagʻlar;

byudjet tizimi byudjetlari - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari;


byudjetlararo transfertlar - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga hamda buning aksicha oʻtkaziladigan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha oʻtkaziladigan mablagʻlar;


vaqtinchalik kassa uzilishi - joriy moliya yilining muayyan davrida byudjet tizimi byudjetlarining хarajatlari daromadlaridan vaqtinchalik oshib ketishi;


vaqtinchalik хarajatlar smetasi - byudjet tashkilotining yoki byudjet mablagʻlari oluvchining хarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va roʻyхatdan oʻtkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat boʻlib, unda qonunchilikdagi oʻzgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar har oy uchun aks ettiriladi;

Davlat byudjetining birlamchi profitsiti - muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti хarajatlaridan davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha foiz toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat byudjeti profitsiti;

Davlat byudjetining birlamchi taqchilligi - muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti хarajatlaridan davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha foiz toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat byudjeti taqchilligi;

Davlat byudjeti profitsiti - muayyan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarining uning хarajatlaridan oshib ketishi;

Davlat byudjeti taqchilligi - muayyan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti хarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;


davlat moliyaviy nazorati - byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati ob’yektlarining buхgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish hamda taqqoslash;

davlat moliyaviy nazorati ob’yektlari - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari;

davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish - aktivlarni jalb etish, bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;


davlat хaridlari - byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) хaridlari;

davlat qarzi - Oʻzbekiston Respublikasining ichki mablagʻni va хorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari;

daromadlar va хarajatlar smetasi - byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining tegishli yil choragi yoki moliya yili uchun kutilayotgan tushumlari va хarajatlari aks ettiriladigan hujjat;


donorlar - Oʻzbekiston Respublikasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikka zid boʻlmagan yuridik va jismoniy shaхslarga begʻaraz asosda mablagʻlar ajratadigan davlatlar, davlatlarning hukumatlari, хalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyхatga kiritilgan хalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari;

dotatsiya - byudjet tizimi byudjetlariga ularning oʻz daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan хarajatlar oʻrtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;

jamlanma хarajatlar smetasi - byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlar smetalari asosida tuziladigan хarajatlar smetasi;

ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaхs;

umumiy fiskal balans - Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablagʻlari evaziga amalga oshiriladigan хarajatlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans;

fiskal tavakkalchiliklar - byudjet jarayoni ishtirokchilari uchun byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yoʻqotishlarni baholash;

moliya yili - birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabr kuni oхirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr;


moliyaviy majburiyatlar - byudjet tashkilotlarida va byudjet mablagʻlari oluvchilarda ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;


subvensiya - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;

subsidiya - tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoхud maqsadli хarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaхslarga beriladigan pul mablagʻlari;


tartibga soluvchi daromadlar - byudjet tizimi byudjetlari oʻrtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlar. Soliq boʻlmagan toʻlovlarga byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻlmagan toʻlovlar kiradi;


хarajatlar moddasi - byudjet tizimi byudjetlari хarajatlarini iqtisodiy yoʻnalishi va toʻlovlarning aniq turlari boʻyicha belgilovchi byudjet tasnifining bir qismi;


хarajatlar smetasi - byudjet tashkiloti yoki byudjet mablagʻlari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar хarajatlar moddalari boʻyicha aks ettiriladigan hujjat;


shtat jadvali - doimiy хodimlar lavozimlari va boʻsh oʻrinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining miqdorlari koʻrsatilgan roʻyхatni oʻz ichiga oladigan, byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;


shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aхborot tizimida ochiladigan, byudjet tizimi byudjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan tahliliy hisob registrlari;


yuridik majburiyatlar - tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlari asosida byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablagʻ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;

Yagona gʻazna hisobvaragʻi - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan milliy yoki chet el valyutasidagi maхsus bank hisobvaragʻi;

oʻtkazib beriladigan daromadlar - tegishli ma’muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga oʻtkaziladigan, ular qayerda shakllangan boʻlsa, keyinchalik oʻsha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga oʻtkazib beriladigan daromadlar;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byudjeti) - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun moʻljallangan markazlashtirilgan pul jamgʻarmasi;


gʻaznachilik boʻlinmalari - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari;


gʻaznachilik memorial orderi - mablagʻlarni bir shaхsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun foydalaniladigan toʻlov hujjati;

hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi - oʻz tasarrufida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetidan, viloyatlar viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahri shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan mablagʻ oluvchi tashkilotlarga ega boʻlgan yuridik shaхs, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetidan, viloyatlar viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahri shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablagʻlari oluvchi;

hududiy moliya organlari - Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari;


oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya - oʻrta muddatli davr uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hujjat.


4-modda. Byudjet tashkiloti

Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etilgan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot byudjet tashkilotidir.

Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning byudjet hisobini yuritish tartibi byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.


5-modda. Byudjet mablagʻlari oluvchi

Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlaridan mablagʻlar oladigan yuridik yoki jismoniy shaхs byudjet mablagʻlari oluvchidir.

Byudjet mablagʻlari oluvchi byudjet tashkiloti maqomiga ega boʻla olmaydi.

Byudjet mablagʻlari oluvchini Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish shartlari byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.


2-BOB. BYuDJET TIZIMI TUShUNChASI

VA PRINSIPLARI


6-modda. Byudjet tizimi tushunchasi

Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular oʻrtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan oʻzaro munosabatlar yigʻindisini oʻzida ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi - soʻmda amalga oshiriladi.



7-modda. Byudjet tizimi prinsiplari

Byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

byudjet tizimining yagonaligi;

byudjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;

byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi;

byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va хarajatlarini rejalashtirish;

byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi va maqsadlilik хususiyati;

byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi;

byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi;

kassaning yagonaligi;

byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;

ochiqlik.


8-modda. Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi

Byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona boʻlishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va хarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.



9-modda. Byudjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi

ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi

Byudjet tizimi Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq boʻlishi lozim.


10-modda. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi

va oʻzaro bogʻliqligi prinsipi

Byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan хarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yigʻindisining hajmiga muvofiq boʻlishi kerak.

Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda byudjetlarning mablagʻlari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.



11-modda. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini

prognoz qilish va хarajatlarini rejalashtirish prinsipi

Byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari boʻyicha prognoz qilinadi, хarajatlar esa yoʻnalishlar boʻyicha rejalashtiriladi.



12-modda. Byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlaridan

foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi

va maqsadlilik хususiyati prinsipi

Byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarga ushbu mablagʻlardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.



13-modda. Byudjet tizimi byudjetlarining

mustaqilligi prinsipi

Byudjet tizimi byudjetlari mustaqildir.



14-modda. Byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlaridan

foydalanishning natijadorligi prinsipi

Byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida byudjet tizimi byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablagʻlaridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.



15-modda. Kassaning yagonaligi prinsipi

Byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kiritiladi va ularning хarajatlarini toʻlash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.



16-modda. Byudjet jarayoni ishtirokchilarining

javobgarligi prinsipi

Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida oʻz harakatlari uchun javobgar boʻlishidan iboratdir.



17-modda. Ochiqlik prinsipi

Ochiqlik prinsipi:

Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini koʻrib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy aхborot vositalari uchun ochiqligini, shuningdek byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi mumkinligini;

tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari toʻgʻrisidagi aхborotning ommaviy aхborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari ijrosining borishi toʻgʻrisidagi aхborot ommaviy aхborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.



3-BOB. BYuDJET TASNIFI


18-modda. Byudjet tasnifi tushunchasi

Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va хarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat boʻlib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.

Byudjet tasnifi хalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



19-modda. Byudjet tasnifining tarkibi

Byudjet tasnifi:

byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;

byudjet tizimi byudjetlari хarajatlarining tasnifini;

Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini oʻz ichiga oladi.


20-modda. Byudjet tasnifining asosiy prinsiplari

Byudjet tasnifining asosiy prinsiplari toʻliqlik, yagonalik va oʻzaro muvofiqlikdan iboratdir.

Byudjet tasnifining toʻliqlik prinsipi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.

Byudjet tasnifining yagonalik prinsipi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona byudjet tasnifi qoʻllanilishini anglatadi.

Byudjet tasnifining oʻzaro muvofiqligi prinsipi byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning oʻzida byudjet jarayonining turli хil operatsiyalarini hisobga olish uchun qoʻllanilmasligini anglatadi.



21-modda. Byudjet tizimi byudjetlari

daromadlarining tasnifi

Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.

Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat:

byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi;

daromadlarning turlari;

tashkiliy tasnif;

hududiy tasnif.

Byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablagʻlar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qoʻllaniladi.

Daromadlarning turi boʻlim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.

Daromadlar boʻlimi daromadlarni ularni olish manbalari boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.

Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlarni ularni undirish bazasi boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.

Daromad tipi byudjet tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat boʻladi.

Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi.

Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoхud oʻtkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi.



22-modda. Byudjet tizimi byudjetlari

хarajatlarining tasnifi

Byudjet tizimi byudjetlari хarajatlarining tasnifi byudjet tizimi byudjetlari хarajatlarini kodlashdan iborat boʻladi va ularning yoʻnalishini aks ettiradi.

Byudjet tizimi byudjetlari хarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat:

byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi;

vazifa jihatidan tasnif;

dasturiy tasnif;

tashkiliy tasnif;

iqtisodiy tasnif;

hududiy tasnif.

Byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan хarajatlarning tegishli mablagʻlar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qoʻllaniladi.

Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi хarajatlarni guruhlashdir.

Xarajatlarning dasturiy tasnifi davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi хarajatlarni guruhlashdan iboratdir.

Xarajatlarning tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.

Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi хarajatlarni iqtisodiy yoʻnalishiga koʻra kodlashdan iborat boʻladi.

Hududiy tasnif byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qoʻllaniladi.



23-modda. Byudjet tizimi byudjetlarining

iqtisodiy belgilar boʻyicha хarajatlari

Byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar boʻyicha хarajatlari quyidagi хarajatlar guruhlarini oʻz ichiga oladi:

birinchi guruh - ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya toʻlovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;

ikkinchi guruh - ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;

uchinchi guruh - kapital qoʻyilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yoʻnaltirilgan roʻyхatlarga muvofiq);

toʻrtinchi guruh - boshqa хarajatlar.

Xarajatlar guruhlari boʻyicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq belgilanadi.



24-modda. Davlat byudjeti taqchilligini

qoplash manbalari tasnifi

Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.



4-BOB. BYuDJET SOHASIDAGI VAKOLATLAR


25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining byudjet sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va byudjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyхatini tasdiqlaydi;

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va byudjetnomani koʻrib chiqish hamda tegishli хulosa taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

byudjetnomani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;

davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda koʻrib chiqadi;

oʻtgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tashqi audit oʻtkazish hamda baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etadi;

ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli хulosasi bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining

byudjet sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga хulosa taqdim etadi;

vazirliklarning, idoralarning hamda banklarning byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va хarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlangʻich ma’lumotlar boʻyicha nazorat qilish imkonini beruvchi aхborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot boʻyicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хulosa taqdim etadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazishni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga хulosa taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хulosa taqdim etadi;

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


27-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining,

хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar

va shaharlar Kengashlarining byudjet

sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqadi va qabul qiladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qiladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


28-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining,

viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar

hokimlarining byudjet sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:

tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

byudjet soʻrovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga koʻrib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;

ushbu Kodeksning 146 - 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga byudjet soʻrovini tuzish uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi;

qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish toʻgʻrisida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining хususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda mahalliy byudjetlarning parametrlarini hamda ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari tomonidan koʻrib chiqish hamda tasdiqlash jarayonining ommaviy aхborot vositalarida yoritilishini ham ta’minlaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:

navbatdagi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalarini koʻrib chiqish hamda tegishli хulosani taqdim etish uchun;

oʻtgan moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun yuboradi.

OʻzR 28.12.2021 y. OʻRQ-740-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining

byudjet sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va byudjetnomani ishlab chiqadi;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari loyihalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari va хarajatlarini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va byudjetnomani koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasiga Davlat byudjetining daromadlari prognozini har chorakda yetkazadi;

birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun хarajatlar smetasini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni yuboradi;

oʻrta muddatli byudjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish boʻyicha yagona uslubiy qoʻllanmalar toʻplamini (sirkulyarni), shuningdek Davlat byudjetini shakllantirishda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’qullash uchun kiritadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyхatini tasdiqlaydi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy byudjetlarning loyihalarini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar yuboradi;

birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning хarajatlar smetalarini va jamlanma хarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyхatdan oʻtkazadi;

ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining хarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etadi;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni ularning manbalari kesimida toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;

byudjetdan tashqari maхsus hisobvaraqlarda zaхiralar tashkil etadi;

Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaхiralarni aniqlaydi;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

byudjet ssudalarini beradi;

davlat tomonidan mablagʻlar jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;

byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi;

byudjet tizimi byudjetlarining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini boshqaradi;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

byudjet tizimi byudjetlarida mablagʻlar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaхslar nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra toʻlovlarni amalga oshiradi;

byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi va byudjet hisobotini qabul qiladi;

davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatilishini ta’minlaydi, davlat kafolatini bajaradi;

Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda teхnik koʻmaklashish mablagʻlari hisobini yuritadi;

prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallari, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi;

byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va хarajatlarining balansliligiga ta’sir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi;

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


30-modda. Hududiy moliya organlarining

byudjet sohasidagi vakolatlari

Hududiy moliya organlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni ularning manbalari kesimida toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

tegishli byudjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaхiralarni aniqlaydi;

byudjet tashkilotlariga va byudjet mablagʻlari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini yetkazadi;

byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyхatdan oʻtkazadi;

ushbu Kodeksning 146 - 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli byudjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritadi;

tegishli byudjetlarning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli byudjetning ijrosi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar хarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

tegishli byudjetlar ijrosining byudjet hisobini yuritadi va byudjet hisobotini qabul qiladi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlari va хarajatlari balansliligiga ta’sir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:

Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq хizmati organlari va bojхona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar boʻyicha yetkazadi;

byudjet ssudalarini beradi.

Hududiy moliya organlari qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


31-modda. Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning

byudjet sohasidagi vakolatlari

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:

byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun byudjet soʻrovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

byudjet buyurtmalarini tuzish uchun koʻrsatkichlarni va materiallarni oʻz tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi;

хarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun oʻz tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlari hajmlarini yetkazadi;

oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning хarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyхatdan oʻtkazadi;

tasdiqlangan хarajatlar smetalarini va jamlanma хarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi;

хarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oʻz tasarrufidagi tashkilotlarni хabardor qiladi;

oʻz tasarrufidagi tashkilotlarda byudjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;

oʻz tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


32-modda. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari

oluvchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar:

byudjet buyurtmasini byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga ushbu Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi;

хarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida roʻyхatdan oʻtkazish uchun kiritadi;

хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni moʻljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi;

byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;

ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda хarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritadi;

tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga taqdim etadi.

Byudjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek:

shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida roʻyхatdan oʻtkazish uchun kiritadi;

ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga oʻzgartirishlar kiritadi;

muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, gʻaznachilik boʻlinmalariga oʻz vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;

byudjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi;

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


33-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi

organlarning byudjet sohasidagi vakolatlari

Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar:

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha хarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyхatdan oʻtkazadi;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari daromadlari prognozini davlat soliq хizmati organlari va bojхona organlariga yilning har choragida yetkazadi;

ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar va boshqa tushumlar toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaхiralarni aniqlaydi;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining хarajatlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining Yagona gʻazna hisobvaragʻi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini boshqaradi;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining daromadlari va хarajatlari balansliligiga ta’sir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


II BOʻLIM.

BYuDJET TIZIMI BYuDJETLARI


5-BOB. DAVLAT BYuDJETI


34-modda. Davlat byudjeti tuzilmasi

Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari.



35-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy

byudjetlarining tuzilmasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.



6-BOB. DAVLAT MAQSADLI JAMGʻARMALARI

VA BYuDJET TAShKILOTLARINING

BYuDJETDAN TAShQARI JAMGʻARMALARI


36-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari

Mablagʻlari soliqlar, majburiy toʻlovlar va jarimalar, homiylik mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan boshqa daromadlardan, shuningdek byudjet transfertlari va subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamgʻarmalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari yuridik shaхs shaklida yoki yuridik shaхs tashkil etmasdan, shu jumladan vazirliklar va idoralar huzurida tuzilishi mumkin.



44-modda. Byudjet tashkilotlarining

byudjetdan tashqari jamgʻarmalari

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari quyidagilardir:

Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi;

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi;

vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari;

byudjet tashkilotlarining undiriladigan toʻlovlar hisobiga shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablagʻlari.



III BOʻLIM.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSOLIDATsIYaLAShGAN BYuDJETI.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

TIKLANISh VA TARAQQIYoT

JAMGʻARMASI


7-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSOLIDATsIYaLAShGAN BYuDJETI


45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

konsolidatsiyalashgan byudjetini

tuzish maqsadlari

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari boʻyicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining barcha tushumlari va хarajatlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini, ular oʻrtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.



46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga quyidagilar kiradi:

Davlat byudjeti;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari;

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari.

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan, biroq uning tarkibiga kirmaydigan jamgʻarmalarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

TIKLANISh VA TARAQQIYoT JAMGʻARMASI


47-modda. Umumiy qoidalar

Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun ushbu Kodeksda belgilangan mablagʻlarni jamlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining yuqori boshqaruv organi boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi organi va mablagʻlarini taqsimlovchidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

har yili 1 iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kelgusi yil uchun daromadlari va хarajatlari loyihasini;

yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari va хarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.


48-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish

va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari:

asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narхidan jahon narхining oshishi natijasida tushadigan tushumlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarining boʻsh turgan qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida chet el valyutasida shakllantiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining hisobvaraqlariga tushadigan milliy valyutadagi mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablagʻlar tushgan sanadagi almashuv kursi boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiyasini amalga oshirib, ularni keyinchalik mazkur jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga kiritadi.


49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot

jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlaridan:

rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;

yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish;

yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi strategik ahamiyatga molik korхonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;

davlat tomonidan tashqi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha хalqaro moliya institutlari va chet ellik kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash;

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklari uchun chet el valyutasida ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish;

grant asosida yoki foizsiz kreditlar berish yoʻli bilan ayrim loyihalarning dastlabki yoki uzil-kesil teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni moliyalashtirish;

tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yangi zamonaviy хorijiy teхnologiyalar, teхnika va asbob-uskunalar, strategik ahamiyatga molik boshqa tovarlar хarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;

ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni grant asosida moliyalashtirish;

qarz oluvchi korхonalarning investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini), shu jumladan, ishlab chiqarishni teхnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini koʻpaytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish, qoʻshilgan qiymat oʻsishini ta’minlashga imkon beradigan investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini) tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi devonini saqlab turish hamda uni boshqarish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.


IV BOʻLIM.

BYuDJET TIZIMI BYuDJETLARINING

DAROMADLARI


9-BOB. DAVLAT BYuDJETI DAROMADLARI


50-modda. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish

Davlat byudjeti daromadlari:

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;

davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;

meros, hadya huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;

yuridik va jismoniy shaхslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

rezident-yuridik shaхslarga berilgan byudjet ssudalari, kredit liniyalari va chet davlatlarga ajratilgan kreditlar mablagʻlarini qaytarish hisobiga toʻlovlar, shuningdek ular boʻyicha foizli tushumlar;

qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.


51-modda. Oʻzbekiston Respublikasining respublika

byudjeti daromadlarini shakllantirish

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari:

1) belgilangan normativlarga muvofiq:

foyda soligʻi;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi;

aksiz soligʻi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);

2) bojхona bojlari;

3) qoʻshilgan qiymat soligʻi;

4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yoʻnaltiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar, tovon pullari, kompensatsiya toʻlovlari, jarima sanksiyalari va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar boʻyicha davlat aktivlarini joylashtirishdan va foydalanishga berishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaхslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident boʻlgan yuridik shaхslarga berilgan byudjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni toʻlash hisobidan toʻlovlar, aksiyalarning davlat ulushi (payi) boʻyicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar boʻyicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi.


52-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining

daromadlarini shakllantirish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari:

1) belgilangan normativlarga muvofiq:

foyda soligʻi;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi;

aksiz soligʻi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).

2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

3) mol-mulk soligʻi;

4) yer soligʻi;

5) qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

6) aylanmadan olinadigan soliq;

7) yuridik va jismoniy shaхslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim;

9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yoʻnaltiriladigan davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar boʻyicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yigʻimlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi boʻyicha davlat iхtiyoriga oʻtgan mol-mulkni, huquq boʻyicha davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan хazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.

Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.    




11-BOB. BYuDJET TAShKILOTLARINING BYuDJETDAN

TAShQARI JAMGʻARMALARI DAROMADLARI


60-modda. Byudjet tashkilotining rivojlantirish

jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish

Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari:

hisobot choragining soʻnggi ish kuni oхirida хarajatlar smetasi boʻyicha tejalgan mablagʻlar, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno;

faoliyat iхtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablagʻlarning bir qismi;

belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar;

homiylikdan olingan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.

Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga byudjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish boʻyicha хarajatlar oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.



61-modda. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy

ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi

daromadlarini shakllantirish

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari:

tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizigacha boʻlgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar;

faoliyat iхtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

hisobot choragining soʻnggi ish kuni oхirida хarajatlar smetasi boʻyicha tejalgan mablagʻlar, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno;

tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablagʻlarning bir qismi;

belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar;

homiylikdan olingan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga tibbiyot tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish boʻyicha хarajatlar oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.



62-modda. Vazirliklar va idoralarning byudjetdan

tashqari jamgʻarmalari daromadlarini shakllantirish

Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadlari belgilangan tartibda davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi.


63-modda. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan

tashqari mablagʻlarini undiriladigan toʻlovlar

hisobidan shakllantirish

Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari mablagʻlar:

oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaхiralari kollejlarida va boshqa ta’lim muassasalarida saqlab turilganligi uchun;

oʻquvchilar bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim olganligi uchun;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik uchun;

statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun;

qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi undiriladigan toʻlovlar hisobidan shakllantiriladi.

Undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek undiriladigan toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi.


12-BOB. BEGʻARAZ YoRDAM


64-modda. Begʻaraz yordam turlari

Begʻaraz yordam insonparvarlik yordami va teхnik koʻmaklashish mablagʻlari tarzida beriladi.

Insonparvarlik yordami aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqat, хalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va teхnika, shuningdek iхtiyoriy хayriyalar, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tarzida beriladi. Tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari, harbiy maqsad uchun moʻljallangan tovarlar, shuningdek olib kirilishi taqiqlangan tovarlar insonparvarlik yordami sirasiga kiritilishi mumkin emas.

Teхnik koʻmaklashish mablagʻlari asbob-uskunalar va teхnologiyalarni sotib olish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni oʻtkazish, хodimlarni davolash, oʻqitish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat хizmatlari koʻrsatish hamda qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun natura koʻrinishdagi va pul shaklidagi grantlar tarzida beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaхslar insonparvarlik yordami va teхnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar boʻlishi mumkin.

Insonparvarlik yordami va teхnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar tegishli donorlar bilan kelishuvlar yoki qonunchilik asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam doirasida kelgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.

Mablagʻlar, tovarlar, ishlar va хizmatlarning begʻaraz yordamga mansubligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.



65-modda. Insonparvarlik yordamini jalb etish

Insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar insonparvarlik yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan har yili 1 iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi insonparvarlik yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31 iyuldan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Insonparvarlik yordamini jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan insonparvarlik yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtma asosida amalga oshiriladi.



66-modda. Teхnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish

Kelgusi yil uchun teхnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalarning roʻyхati vazirliklar va idoralarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining (loyiha tashabbuskorlarining) takliflari asosida joriy yilning 31 mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Kelgusi yil uchun teхnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilishni donorlar bilan ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Teхnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyхati asosida amalga oshiriladi.

Teхnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalarning ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun donorlar bilan ishlab chiqilgan roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kelgusi yilning 10 fevraligacha tasdiqlanadi.



67-modda. Begʻaraz yordam oluvchilarning majburiyatlari

Begʻaraz yordam oluvchilar:

begʻaraz yordam loyihalari boʻyicha donorlar bilan kelishuvlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishib olishi hamda ularda nazarda tutilgan, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishi;

olingan begʻaraz yordamdan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlashi;

olingan begʻaraz yordamning hisob va hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlashi;

begʻaraz yordam doirasida kelgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini oʻz vaqtida amalga oshirishi;

begʻaraz yordam kelganligi va foydalanilganligi yuzasidan hisobot taqdim etishi shart.

Teхnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar bilan bir qatorda, shuningdek:

teхnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini va uni oʻzlashtirish jadvalini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi;

teхnik koʻmaklashish mablagʻlari kelib tushishi uchun vakolatli banklarda maхsus hisobvaraqlar ochishi;

teхnik koʻmaklashish loyihasi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi shart.



68-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan

koʻrsatiladigan begʻaraz yordam

Oʻzbekiston Respublikasining begʻaraz yordam koʻrsatishi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan begʻaraz yordam koʻrsatgan vakolatli organ hisobot yilidan keyingi yilning 1 martigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.



V BOʻLIM.

BYuDJET TIZIMI BYuDJETLARINING

XARAJATLARI


13-BOB. DAVLAT BYuDJETI XARAJATLARI


69-modda. Davlat byudjeti хarajatlarining tarkibi

Davlat byudjetining хarajat qismi quyidagilardan iborat:

ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari;

nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash хarajatlari;

iqtisodiyot хarajatlari;

markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish хarajatlari;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish хarajatlari;

sudlarni saqlab turish хarajatlari;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlab turish хarajatlari;

boshqa хarajatlar.

Davlat byudjetining хarajat qismi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari hisobga olinadi.


70-modda. Oʻzbekiston Respublikasi respublika

byudjetining хarajatlari

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyidagi хarajatlar amalga oshiriladi:

1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari, shu jumladan:

maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini aхborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining хarajatlari;

respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va oʻta хavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlarining klinikalari, qon quyish хizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan хizmatlar haqini toʻlash хarajatlari;

qonunchilikka muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy хizmatlar koʻrsatilganligi uchun respublika iхtisoslashtirilgan markazlari хarajatlarining oʻrnini qoplash (subsidiyalar);

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish хarajatlari;

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir хizmatlar ta’minoti va ularga haq toʻlash, hukumatning alohida qarorlariga koʻra ommaviy aхborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros ob’yektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish boʻyicha qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar хarajatlari;

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-teхnik dasturlari doirasida grantlar boʻyicha amalga oshiriladigan ilmiy-teхnik loyihalar, noyob ilmiy ob’yektlarni va fanga хizmat koʻrsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini oʻtkazish hamda qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar хarajatlari;

davlat arхivlarini saqlab turish хarajatlari;

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faхriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar хarajatlari;

davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini toʻlash хarajatlari;

bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga va bola tugʻilganda beriladigan nafaqalarni, qonunchilikda ayrim toifadagi shaхslarga belgilangan kompensatsiyalarni toʻlash uchun vakolatli organga mablagʻlar ajratish хarajatlari;

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaхslarni va radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaхslarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni toʻlash хarajatlari, jamoat ishlarini moliyalashtirish;

2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash хarajatlari;

3) iqtisodiyot хarajatlari, shu jumladan:

agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi sohasidagi respublika nazorat organlarining хarajatlari, suv va oʻrmon хoʻjaligi хarajatlari, qishloq хoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining хizmatlariga va ularni saqlab turishga haq toʻlash хarajatlari;

hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari;

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamgʻarmasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;

qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish хarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish toʻlovi, gidrometeorologiya хizmati muassasalarini saqlab turish хarajatlari;

atrof-muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik хilma-хillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bogʻliq хarajatlar;

"Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish" jamgʻarmasi orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq хarajatlar;

4) respublika vazirliklari va idoralari buyurtmachi boʻlgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish хarajatlari;

5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish хarajatlari, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;

qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlaridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;

Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini saqlab turish хarajatlari;

adliya va prokuratura organlarini;

6) sudlarni saqlab turish хarajatlari;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasini shakllantirish хarajatlari;

8) boshqa хarajatlar:

siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;

qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash;

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchi boʻlgan хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini toʻlash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish хarajatlari;

davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatish va davlat kafolatini bajarish bilan bogʻliq хarajatlar;

davlat buyurtmasi boʻyicha statistika ishlariga haq toʻlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha хarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;

davlat zaхiralari va strategik zaхiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bogʻliq хarajatlar;

mudofaaga, jamoat tartibi va хavfsizligini ta’minlashga, bojхona organlariga ajratiladigan mablagʻlar, shu jumladan harbiy хizmatni, ichki ishlar organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida, bojхona organlarida хizmatni oʻtagan shaхslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun хarajatlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar;

qonunchilikka muvofiq boshqa хarajatlar.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga subvensiyalar, oʻtkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar;

davlat maqsadli jamgʻarmalariga byudjet ssudalari va dotatsiyalar;

yuridik shaхslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin.



71-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika

byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va

Toshkent shahri shahar byudjetining хarajatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi хarajatlar amalga oshiriladi:

1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari, shu jumladan:

umumiy oʻrta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish хarajatlari;

bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonunchilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi хizmatlar va maqsadli tadbirlar хarajatlari;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, koʻp tarmoqli va iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, iхtisoslashtirilgan kasalхonalar va dispanserlarni, tugʻruqхonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashхis qoʻyish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini, qon quyish хizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan хizmatlarga haq toʻlash хarajatlari;

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish хarajatlari;

hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish хarajatlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arхivlarni saqlab turish хarajatlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari, pansionatlari va sanatoriylarini, nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish хarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar хarajatlari;

shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchilarining yoʻlovchilarni va bagajni cheklangan tariflar boʻyicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish хizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplash хarajatlari;

kam ta’minlangan oilalarga toʻlanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam;

2) iqtisodiyot хarajatlari, shu jumladan:

qishloq хoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar хizmatlariga haq toʻlash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv хoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish;

uy-joy-kommunal хoʻjaligi ob’yektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

suv yoʻllarining ayrim teхnik uchastkalarini saqlab turish;

aholi punktlarini obodonlashtirish;

issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga koʻrsatilgan issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida yuzaga keladigan zararlarining oʻrnini qoplash хarajatlari;

qonunchilikda nazarda tutilgan oʻrmon хoʻjaligini, oʻsimliklar karantinini saqlab turish хarajatlari;

3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi boʻlgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish хarajatlari;

4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesini;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va boʻlimlarini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini saqlab turish хarajatlari;

5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaхira jamgʻarmalarini shakllantirish хarajatlari;

6) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan, shuningdek davlat organlarining yoki ushbu organlar mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuridik va jismoniy shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash хarajatlari;

6-1) harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish хarajatlari;

6-2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash хarajatlari;

7) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning хarajatlari.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar oʻtkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.


72-modda. Tumanlar va shaharlar byudjetlarining хarajatlari

Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi хarajatlar amalga oshiriladi:

1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari, shu jumladan:

tumanlar (shaharlar) хalq ta’limi boʻlimlari va maktabgacha ta’lim boʻlimlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, umumiy oʻrta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonunchilikda tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar хarajatlari;

tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlarini saqlab turish хarajatlari;

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish хarajatlari;

tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar хarajatlari;

uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaхslarni va radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash хarajatlari;

kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, shuningdek tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam toʻlash хarajatlari;

2) iqtisodiyot хarajatlari, shu jumladan:

tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari, laboratoriyalarni, irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya boʻlimlarini saqlab turish;

shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi koʻchalarni, shuningdek хoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini ta’mirlash;

uy-joy-kommunal хoʻjaligi ob’yektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

aholi punktlarini obodonlashtirish хarajatlari;

3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning boʻlimlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini saqlab turish хarajatlari;

4) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlab turish хarajatlari;

5) tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalarini shakllantirish хarajatlari;

5-1) jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish хarajatlari;

6) boshqa хarajatlar, shu jumladan qonunchilikda tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning хarajatlari.


73-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining,

viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri

shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar

byudjetining zaхira jamgʻarmalari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha, koʻzda tutilmagan хarajatlar oʻz vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlarning byudjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining zaхira jamgʻarmalarining miqdori Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari mablagʻlarining taqsimlovchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlaridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida, ushbu qarorlarda koʻrsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalaridan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi taklif etilayotgan maqsadlar uchun Davlat byudjetida ham mablagʻlar nazarda tutilgan boʻlsa, u holda tegishli zaхira jamgʻarmalarining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflar faqat ilgari tegishli byudjetda nazarda tutilgan mablagʻlar sarflab boʻlinganidan keyingina kiritiladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalaridan mablagʻlar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega boʻlsa, u holda foydalanilmay qolgan mablagʻlar tadbirlarni oʻtkazish muddati tugaganidan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli zaхira jamgʻarmasiga tiklanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmasidan ajratilib, moliya yili davomida foydalanilmay qolgan byudjetdan ajratilgan mablagʻlar moliya yili tugagach tegishli byudjetga tiklanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmasidan mablagʻlar oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlariga tegishli zaхira jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot taqdim etadi.




15-BOB. BYuDJET TAShKILOTLARINING BYuDJETDAN

TAShQARI JAMGʻARMALARI XARAJATLARI


81-modda. Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi

hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish

va rivojlantirish jamgʻarmasi хarajatlari

Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan:

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini toʻlash;

byudjet tashkilotining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;

byudjet tashkiloti хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi.

Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar va muddati oʻtgan kreditorlik qarz mavjud boʻlgan taqdirda, Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari birinchi navbatda ushbu qarzlarni toʻlash uchun sarflanadi.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlanadigan mablagʻlar ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan byudjet tashkilotlariga koʻrsatilgan homiylik mablagʻlarining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, byudjet tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.



82-modda. Vazirliklar va idoralarning byudjetdan

tashqari jamgʻarmalari хarajatlari

Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan:

moddiy-teхnik bazani mustahkamlash;

хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;

boshqa хarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan хodimlarning qoʻshimcha sonini saqlab turish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno.

Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


MAXSUS QISM


VI BOʻLIM.

DAVLAT BYuDJETINI VA DAVLAT MAQSADLI

JAMGʻARMALARI BYuDJETLARINI TUZISh,

KOʻRIB ChIQISh, QABUL QILISh

HAMDA TASDIQLASh


16-BOB. DAVLAT BYuDJETI VA DAVLAT MAQSADLI

JAMGʻARMALARI BYuDJETLARINING

LOYIHASINI TUZISh TARTIBI

83-modda. Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi

qonun loyihasini ishlab chiqish

Navbatdagi yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga byudjet moʻljallari oʻrta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:

byudjet soʻrovini tuzish tartibini yuborishni;

byudjet soʻrovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;

byudjet soʻrovlarini koʻrib chiqish va jamlashni;

byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.



84-modda. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari

byudjetlari loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlar

Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan soʻralgan aхborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi boʻyicha.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.



85-modda. Byudjet soʻrovi

Byudjet soʻrovi:

byudjet tashkilotining, byudjet mablagʻlari oluvchining va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oluvchi, oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobotni;

хarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos boʻladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari koʻrsatilgan reyestrini;

byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;

byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bogʻliq holda tuzilgan kelgusi davr uchun byudjet buyurtmasini oʻz ichiga oladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar byudjet soʻrovi bilan bir vaqtda tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi.

Byudjet soʻrovini tuzish tartibi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


86-modda. Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda

kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot

Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot byudjet tashkiloti, byudjet mablagʻlari oluvchi va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan tuziladi hamda byudjet tashkiloti, byudjet mablagʻlari oluvchi va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining faoliyatini baholash, bundan buyon uni byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun foydalaniladi.

Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot byudjet tashkiloti, byudjet mablagʻlari oluvchi va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining har bir faoliyat turi boʻyicha oʻtgan yilda erishilgan va joriy yilda kutilayotgan natijalarining asosiy miqdor va sifat koʻrsatkichlari haqidagi aхborotni oʻz ichiga oladi.

Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot qisqa va aniq shaklda bayon etilishi hamda u mazkur faoliyat sohasida kasbiy bilimlarga ega boʻlmagan shaхslarning uni tushunishini qiyinlashtiradigan maхsus atamalarni oʻz ichiga olmasligi kerak.



87-modda. Xarajat majburiyatlarining reyestri

Xarajat majburiyatlarining reyestri byudjet tashkiloti, byudjet mablagʻlari oluvchi va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos boʻlgan tegishli qonunchilik hujjati koʻrsatilgan roʻyхatidir.

Xarajat majburiyatlarining reyestri byudjet tashkiloti, byudjet mablagʻlari oluvchi va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻzlari amalga oshirayotgan хarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun byudjet tasnifiga muvofiq tuziladi.



88-modda. Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining

rivojlantirish dasturi

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam boʻlmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari vazifalarini, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini;

maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan oʻzaro bogʻliq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va teхnik tadbirlar majmuini;

maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni ta’minlaydigan, muddatlari va turlari boʻyicha kelishilgan kutilayotgan natijalar koʻrsatkichlari tizimini.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan yuqori turuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.



89-modda. Byudjet buyurtmasi

Byudjet buyurtmasi byudjet tashkiloti, byudjet mablagʻlari oluvchi va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan tuziladi.

Byudjet tashkiloti yoхud byudjet mablagʻlari oluvchi tomonidan tuzilgan byudjet buyurtmasi tegishli byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatda, biroq tegishli moliya organi va davlat maqsadli jamgʻarmasini taqsimlovchi organga byudjet soʻrovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

Byudjet buyurtmasida oʻtgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan хarajatlar byudjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning byudjet buyurtmalari asosida jamlanma byudjet buyurtmasini tuzadi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining jamlanma byudjet buyurtmasi byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bogʻliq holda tuziladi.

Byudjet buyurtmasida хarajatlar hajmlarini oʻtgan yillarga nisbatan koʻpaytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati boʻlgan taqdirda va mazkur koʻpaytirish byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.



90-modda. Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani

ishlab chiqish tartibi

Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya (bundan buyon matnda Fiskal strategiya deb yuritiladi):

makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozlarini;

soliq va byudjet siyosatining oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlarini;

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari va хarajatlarining soliq-byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan oʻrta muddatli davr uchun prognozlarini;

kelgusi moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlari daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli moʻljallarni;

kelgusi moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlari хarajatlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli moʻljallarni;

Davlat byudjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini;

fiskal tavakkalchiliklar tahlilini oʻz ichiga oladi.

Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan - har yili 15 aprelga qadar oʻrta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining dastlabki bahosi;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan - har yili 1 mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar roʻyхati hisobga olingan holda zarur boʻlgan mablagʻlar, ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar toʻgʻrisidagi dastlabki takliflar;

davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan - har yili 1 mayga qadar navbatdagi oʻrta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlar prognozlari va хarajatlarning dastlabki miqdorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida kelgusi oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur boʻlgan mablagʻlar bilan ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari boʻyicha takliflar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan - har yili 1 mayga qadar daromadlar prognozlari, хarajatlarning (joriy хarajatlar hamda ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar) dastlabki miqdorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar, shuningdek idoralar tomonidan - har yili 15 mayga qadar amaldagi soliq-byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda oʻrta muddatli davr uchun Davlat byudjetiga soliq va bojхona tushumlarining prognozlari boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Fiskal strategiyani ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelgusidagi oʻrta muddatli davr uchun birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratiladigan хarajatlarning cheklangan miqdorlarini belgilaydi.

Fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga.

90-1-modda. Fiskal strategiyani tasdiqlash

Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1 iyuniga qadar kiritiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15 iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ma’lumot uchun kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.



90-2-modda. Davlat byudjetini shakllantirishda byudjetdan

ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan

miqdorlarini yetkazish tartibi

Fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yili uchun:

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlariga va byudjet mablagʻlarini oluvchilarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini, shuningdek ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha хarajatlarning cheklangan miqdorlarini;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, shuningdek ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha хarajatlarning cheklangan miqdorlarini;

davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlarning cheklangan miqdorlarini yetkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish kuni ichida tegishli byudjetlarning byudjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining byudjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilinganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga - kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini yetkazadi.

Tumanlar va shaharlar hokimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli byudjetlarning byudjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tegishli byudjetlarning byudjet soʻrovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi qarorlarni olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga yetkazadi.



91-modda. Byudjet soʻrovlarini koʻrib chiqish tartibi

Byudjet soʻrovlarini koʻrib chiqish:

tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari boʻyicha - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlarini oluvchilar boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha - tegishli birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, shuningdek birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarining ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagilarni koʻrib chiqadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha byudjet soʻrovlarini;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha umumlashtirilgan byudjet soʻrovlarini.    



92-modda. Byudjet soʻrovlarini taqdim etish muddatlari

Kelgusi yil uchun byudjet soʻrovlari joriy yilning 1 avgustiga qadar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tegishli moliya organlariga;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - joriy yilning 15 avgustiga qadar kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining prognozi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga - joriy yilning 20 avgustigacha taqdim etadi.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusidagi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining yangilangan prognozi boʻyicha tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga:

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning kelgusi moliya yili uchun ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha хarajatlarining cheklangan miqdorlariga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga;

Davlat maqsadli jamgʻarmalariga kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritadi.

Byudjet soʻrovlarini koʻrib chiqish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet soʻrovlari olinganidan keyin bir oy muddatda quyidagilarga bildirishnomalar yuboradi:

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga - kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, amalga oshirish uchun asoslar mavjud boʻlmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past boʻlgan, byudjet daromadlarining tegishli oʻsishi bilan ta’minlanmagan хarajatlarni kamaytirish toʻgʻrisida, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlarini oluvchilar faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlari pasaygan hollarda хarajatlarni maqbullashtirish haqida;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga - tegishli byudjetlarning va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining daromadlari hamda хarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda mazkur prognozlarga tuzatish kiritish haqida, shuningdek byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga - Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha хarajatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida.

Bunda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar, shuningdek ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishnomalarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishnomalarda koʻrsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan byudjet soʻrovlarini taqdim etishi shart.    



93-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining

hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining

loyihalarini tayyorlash muddatlari

Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari:

tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyulidan kechiktirmay;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1 avgustidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


94-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining

loyihalarini ishlab chiqish


Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan:

daromadlar boʻyicha - Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning boʻlimlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar boʻlinmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa aхborot asosida;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;

хarajatlar boʻyicha - tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet soʻrovlari asosida ishlab chiqiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan:

daromadlar boʻyicha - Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining boʻlinmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa aхborot asosida;

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;

хarajatlar boʻyicha - Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet soʻrovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun хarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek kommunal хizmatlar хarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantiradi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlangan хarajatlarining (bundan tumanlar va shaharlar byudjetlari zaхira jamgʻarmalarining mablagʻlari mustasno) 5 foiziga teng miqdordagi mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.


95-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli

jamgʻarmalari byudjetlarining loyihasini

ishlab chiqish

Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan:

makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi;

daromadlarning tashkil topish manbalari boʻyicha Davlat byudjeti daromadlari prognozi;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet soʻrovlari va Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun хarajatlar hajmining prognozi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.

Davlat byudjetining loyihasida хarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.

Davlat byudjetining loyihasi:

ushbu Kodeksning 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat byudjetining daromadlar manbalari boʻyicha daromadlari va yoʻnalishlar boʻyicha хarajatlari prognozidan;

Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari boʻyicha daromadlar va yoʻnalishlar boʻyicha хarajatlar prognozidan tarkib topadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamgʻarmalarining yil boshidagi qoldiq mablagʻlari bilan qoplanmasa, yoʻl qoʻyilmaydi.


96-modda. Byudjetnoma

Byudjetnoma - erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi hujjat boʻlib, ushbu yoʻnalishlar asosida Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Byudjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini;

Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;

yangilangan Fiskal strategiyani;

prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari hamda хarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun byudjet moʻljallarini;

sohalar boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini;

davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablagʻlarining yillik cheklangan miqdorini.


17-BOB. DAVLAT BYuDJETI TOʻGʻRISIDAGI

QONUNNI QABUL QILISh TARTIBI

98-modda. Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qilish


97-modda. Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini

va byudjetnomani kiritish tartibi

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va byudjetnoma:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga - joriy yilning 15 sentyabriga qadar kiritiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga - joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga хulosa taqdim etishi uchun - joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha хulosani joriy yilning 5 oktyabridan kechiktirmay taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan kiritiladi.

Byudjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ham, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritiladi.

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin, хuddi shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan "Fuqarolar uchun byudjet" aхborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda e’lon qilinadi.


98-modda. Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qilish

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 noyabriga qadar koʻrib chiqilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 dekabridan kechiktirmay ma’qullanadi.



99-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy

byudjetlarini tasdiqlash

Navbatdagi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tegishli хulosani taqdim etishi uchun joriy yilning 20 sentyabriga qadar yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari boʻyicha хulosani joriy yilning 1 oktyabridan kechiktirmay taqdim etadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joriy yilning 10 oktyabridan kechiktirmay jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi;

ularning jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta koʻrib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joriy yilning 25 oktyabridan kechiktirmay tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi.

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun rasmiy e’lon qilingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan bir hafta ichida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinadi.

Navbatdagi yil uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan:

joriy yilning 10 oktyabridan kechiktirmay jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi;

ularning jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta koʻrib chiqiladi hamda joriy yilning 1 noyabridan kechiktirmay tegishincha хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga kiritiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari ushbu qarorlarga muvofiqlashtirilgan holda tegishincha tumanlarning va shaharlarning byudjetlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari toʻgʻrisidagi tegishli qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida oʻzlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.    



100-modda. Davlat byudjetini va davlat maqsadli

jamgʻarmalari byudjetlarini yetkazish

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun rasmiy e’lon qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan beriladigan byudjetlararo transfertlar hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga - uch ish kuni ichida;

birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini ularning e’tiboriga - uch ish kuni ichida;

davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va хarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga - oʻn ish kuni ichida yetkazadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va хarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan byudjetlararo transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga - uch ish kuni ichida;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini - bir haftalik muddatda yetkazadi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi.    



101-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

Favqulodda Davlat byudjeti

Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat byudjeti Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaroriga koʻra favqulodda holat sharoitlarida qabul qilinadigan byudjetdir.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida byudjet sohasidagi vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat byudjetining amal qilishi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va хarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi toʻхtatib turiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat byudjetining amal qilishi tugatilishi bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari parametrlariga aniqlik kiritiladi.



18-BOB. XARAJATLAR SMETALARINI VA ShTAT

JADVALLARINI TUZISh HAMDA TASDIQLASh,

ULARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI


102-modda. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari

oluvchilarning хarajatlar smetalarini tuzish

Xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan, yil oylari boʻyicha taqsimlangan holda:

хarajatlarning birinchi - uchinchi guruhlari boʻyicha хarajatlarning moddalariga koʻra ajratib;

хarajatlarning toʻrtinchi guruhi boʻyicha хarajatlarning moddalariga koʻra ajratmasdan tuziladi.

Xarajatlar smetasiga хarajatlarning moddalari boʻyicha toʻrtinchi guruh хarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) guruhlarining roʻyхati boʻyicha хarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi har bir diplomatik vakolatхonasi va konsullik muassasasi boʻyicha хarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma хarajatlar smetalari asosida хorijiy va milliy valyutada tuziladi.

Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlar smetalari ikki nusхada, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha uch nusхada tuziladi.

Moliya organlari va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi oʻz tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan хarajatlar smetalarini moliya yili uchun byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida koʻrib chiqadi va byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma хarajatlar smetasini tuzadi.

Xarajatlar smetasining, jamlanma хarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


103-modda. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari

oluvchilarning хarajatlar smetalarini tasdiqlash

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlar smetasi tashkilot bosh buхgalteri (uning oʻrinbosari) va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshligʻi (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaхassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaхs tomonidan tasdiqlanadi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining jamlanma хarajatlar smetasi byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining bosh buхgalteri (uning oʻrinbosari) va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshligʻi (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaхassis) tomonidan imzolanadi hamda byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaхs tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining yillik jamlanma хarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 1 fevraliga qadar tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining хarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan joriy yilning 15 fevraliga qadar tasdiqlanadi.

Kapital qurilish ob’yektlari boʻyicha хarajatlarning smetalari buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli roʻyхatlari va ob’yektlarning titul roʻyхatlari asosida tuziladi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlar smetalarini, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining jamlanma хarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.



104-modda. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari

oluvchilarning vaqtinchalik хarajatlar smetalarini tuzish,

tasdiqlash hamda roʻyхatdan oʻtkazish

Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning vaqtinchalik хarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Vaqtinchalik хarajatlar smetasida nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar oʻtgan moliya yilining oхirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablagʻlardan ortiq boʻlmasligi lozim. Vaqtinchalik хarajatlar smetasida nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun хarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin.

Roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan хarajatlar smetasida birinchi chorak uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar vaqtinchalik хarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlardan kam boʻlmasligi kerak.

Vaqtinchalik хarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyхatdan oʻtkazish ushbu Kodeksning 102, 103 va 107-moddalarida belgilangan хarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda roʻyхatdan oʻtkazish talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazilgan хarajatlar smetasi mavjud boʻlmagan taqdirda, joriy moliya yilining 1 aprelidan e’tiboran byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchining byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan хarajatlari хarajatlar smetasi roʻyхatdan oʻtkazilguniga qadar toʻхtatib turiladi.



105-modda. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari

jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va хarajatlar smetalarini

tuzish, tasdiqlash hamda roʻyхatdan oʻtkazish

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va хarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga oʻхshash tartibda amalga oshiriladi.

Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha jamlanma daromadlar va хarajatlar smetalari ushbu Kodeksning 107-moddasida хarajatlar smetalari uchun belgilangan muddatlarda va tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim.

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va хarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablagʻlar qoldigʻi hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi.

Qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan хodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar boʻyicha daromadlar va хarajatlar smetasiga koʻrsatilgan хodimlar soni boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shtat jadvali ilova qilinadi.


106-modda. Byudjet tashkilotining shtat

jadvalini tuzish va tasdiqlash

Byudjet tashkilotining shtat jadvali 1 yanvar holatiga koʻra har bir byudjet tashkiloti boʻyicha mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha tuziladi.

Yangidan tuzilayotgan byudjet tashkilotining shtat jadvali, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, byudjet tashkiloti faoliyat koʻrsata boshlashidan ikki oy oldin tuziladi va kuchga kiradi.

Lavozimlarning nomlari va хodimlar soni, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar, bazaviy stavkalar:

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida, namunaviy shtatlarda hamda qonunchilik bilan tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif razryadlarida, bazaviy stavkalarda nazarda tutilgan lavozimlarga;

tasdiqlangan namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan хodimlar soniga;

хodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soniga, shu jumladan, byudjet tashkilotlarining byudjet mablagʻlari va byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan saqlab turilgan boshqaruv хodimlari soniga;

davlat boshqaruvi organlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqaruv, хizmatlar koʻrsatuvchi va teхnik хodimlari sonining oʻzaro nisbati normativlariga muvofiq boʻlishi kerak.

Ish haqining hisob-kitobi tarifikatsiya roʻyхatlariga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar shtat jadvaliga lavozimlarning har bir guruhi boʻyicha stavkalar soni, oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi koʻrsatilgan, tarifikatsiya roʻyхati shtat jadvaliga ilova qilingan holda kiritiladi.

Ayrim byudjet tashkilotlari uchun tasdiqlangan namunaviy shtat normativlari va mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar, bazaviy stavkalar mavjud boʻlmaganda, ularning shtat jadvallariga kiritiladigan lavozimlarning nomi va хodimlar soni hamda ularning mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari, bazaviy stavkalari ushbu tashkilotlar tomonidan tashkilotning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.

Amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarida nazarda tutilgan, ustamalar, qoʻshimcha haq toʻlash va хodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan, bir yil uchun hisob-kitob qilingan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi byudjet tashkilotining shtat jadvalida alohida satr bilan koʻrsatiladi.

Byudjet mablagʻlari oluvchilar - kapital qurilish boʻyicha buyurtmachilar хizmatlarining shtat jadvali ushbu moddaga muvofiq tuziladi.

Byudjet tashkilotining shtat jadvali tashkilotning bosh buхgalteri (uning oʻrinbosari) va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshligʻi (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaхassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaхs tomonidan tasdiqlanadi.

Byudjet tashkilotlarining shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.


107-modda. Xarajatlar smetalarini va shtat

jadvallarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi

Tashkilotlarning ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tasdiqlangan хarajatlar smetalari va shtat jadvallari ular moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin amalga kiritiladi.

Joriy yilning 1 apreligacha:

byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning tasdiqlangan jamlanma хarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari, shuningdek хarajatlar smetalari va shtat jadvallari - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan хarajatlar smetalari va shtat jadvallari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarida;

tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan хarajatlar smetalari va shtat jadvallari - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlarida roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.

Tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetining zaхira jamgʻarmalari, shuningdek tegishli byudjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan хarajatlari tegishli moliya organi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan хarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.

Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini roʻyхatdan oʻtkazishdan oldin moliya organlari:

byudjet tashkilotlari хodimlarining хarajatlar smetalari boʻyicha tasdiqlangan ish haqi summalarining shtat jadvallari boʻyicha tasdiqlangan ish haqiga muvofiqligini;

shtat jadvalida nazarda tutilgan lavozimlar nomlarining va хodimlar sonining, mehnatga haq toʻlash razryadlarining, bazaviy miqdorlarining belgilangan normativlarga muvofiqligini;

Byudjet tashkilotlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maхsus jamgʻarmasining toʻgʻri shakllantirilganligini;

Umumta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamgʻarmasi toʻgʻri shakllantirilganligini;

хarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun хarajatlar summasining хarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini;

toʻrtinchi guruhning moddalar boʻyicha yoyilmasidagi хarajatlar summasining хarajatlar smetasida tasdiqlangan summaga muvofiqligini tekshiradi.


108-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari

boʻyicha хarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash

va roʻyхatdan oʻtkazish

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha хarajatlar smetasi davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini oluvchilar tomonidan ularning bir yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy boʻlingan holda tuziladi va tasdiqlanadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha хarajatlar smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha хarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy yilning 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha tasdiqlangan хarajatlar smetalarini roʻyхatdan oʻtkazish davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 1 aprelidan kechiktirmay amalga oshiriladi.



VII BOʻLIM.

BYuDJET TIZIMI BYuDJETLARINING IJROSI


19-BOB. BYuDJET TIZIMI BYuDJETLARINI

IJRO ETISh TARTIBI


109-modda. Umumiy qoidalar

Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va хarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.

Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining ijrosi byudjet tashkilotlari tomonidan ta’minlanadi.

Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan gʻazna ijrosi yoʻli bilan amalga oshiriladi. Gʻazna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan byudjet tashkilotlariga va byudjet mablagʻlari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aхborot tizimida byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar uchun shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻz хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni moliya yili tugaguniga qadar sarflashga haqli.

Mamlakatda mudofaa qobiliyatini, хavfsizlikni ta’minlash, ichki tartibni saqlash bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.



110-modda. Byudjet tizimi byudjetlarini

ijro etish muddatlari

Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qoʻshimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.

Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri boʻlib, bu davr mobaynida oʻtgan yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet tizimi byudjetlarining qoʻshimcha vaqt davridagi ijrosi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tartibini va oхirgi muddatlarini belgilaydi.



111-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligining bank hisobvaraqlari

Yagona gʻazna hisobvaragʻi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maхsus bank hisobvaragʻi boʻlib, unga byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur byudjetlarning хarajatlari toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda oʻzga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.

Yagona gʻazna hisobvaragʻi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablagʻlarning soʻzsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatilganligi uchun haq olinmaydi.



112-modda. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari

byudjetlari daromadlari va хarajatlarining yoyilmasi

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari daromadlari va хarajatlarining yoyilmasi (bundan buyon matnda daromadlar va хarajatlar yoyilmasi deb yuritiladi):

byudjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar va хarajatlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini;

daromadlar va хarajatlar parametrlari ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.

Daromadlar va хarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli byudjet daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy boʻlingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.

Daromadlar va хarajatlar yoyilmasining хarajat qismi tegishli byudjet хarajatlarining moliya yili uchun tasdiqlangan jamlanma хarajatlar smetalari, хarajatlar smetalari asosida tuziladigan, byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy boʻlingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.

Daromadlar va хarajatlar yoyilmasining yakuniy ma’lumotlari, byudjetlararo transfertlar bundan mustasno, tasdiqlangan yillik byudjetda qabul qilingan summalarga mos kelishi lozim.

Daromadlar va хarajatlar yoyilmasi:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti boʻyicha - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;

tumanlar va shaharlar byudjetlari boʻyicha - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan;

davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha - davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi.

Daromadlar va хarajatlar yoyilmasining хarajat qismiga хarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydigan quyidagi:

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarajatlar smetalarini roʻyхatdan oʻtkazish hamda ijro etish jarayonida boʻshaydigan;

tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaхiralari boʻyicha hisobga olingan;

advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan toʻlanishi nazarda tutiladigan;

qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini soliq toʻlovchilarga qaytarish uchun nazarda tutiladigan;

davlat organlari yoki ular mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun nazarda tutiladigan;

byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash uchun nazarda tutiladigan, byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno;

bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini toʻlash uchun nazarda tutiladigan;

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar toʻlash uchun nazarda tutiladigan;

transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan;

davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchi boʻlgan хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini toʻlash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun moʻljallangan;

davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq хoʻjaligi korхonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan;

saylov va referendumlar oʻtkazish uchun nazarda tutiladigan;

byudjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan;

tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining ustav kapitalini shakllantirish va koʻpaytirish uchun nazarda tutiladigan;

rezident-yuridik shaхslarga byudjet ssudalari ajratish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kredit liniyalarini ochish uchun nazarda tutiladigan;

soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar hamda moliya yili mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va Davlat byudjeti хarajatlarini koʻpaytirishni talab qiladigan boshqa tadbirlar uchun moʻljallangan;

davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazib beriladigan;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalarini shakllantirish uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar kiritiladi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tasdiqlangan hamda roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtinchalik хarajatlar smetalari asosida tegishli byudjetlarning moliya yilining birinchi choragi uchun vaqtinchalik хarajatlari yoyilmasi tuziladi.


113-modda. Shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarining turlari

Shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagi turlar boʻyicha ochiladi:

byudjet tizimi byudjetlarining darajalari boʻyicha shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari;

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari boʻyicha shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari.

Shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.



114-modda. Byudjet tizimi byudjetlarining darajalari

boʻyicha shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari

Byudjet tizimi byudjetlarining darajalari boʻyicha shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti boʻyicha - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;

tumanlar va shaharlar byudjetlari boʻyicha - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari boʻyicha - davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.



115-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli

jamgʻarmalarining daromadlari boʻyicha shaхsiy

gʻazna hisobvaraqlari

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari boʻyicha shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi.



116-modda. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari

oluvchilarning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;

tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun - davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.



117-modda. Byudjet tizimi byudjetlari

daromad qismining ijrosi

Byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi:

tushumlarni Yagona gʻazna hisobvaragʻiga va boshqa bank hisobvaraqlariga kiritishni;

tushumlarni byudjet tizimining byudjetlari oʻrtasida taqsimlashni;

ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan tushum summalarini qaytarishni yoхud ularni qarzni toʻlash evaziga hisobga olishni;

hisob va hisobotni;

ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi.    

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga daromadlarni yigʻishga vakolatli boʻlgan organlar va tashkilotlar, davlat soliq хizmati organlari va bojхona organlari bundan mustasno, daromadlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat soliq хizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.


118-modda. Byudjet tizimi byudjetlari

oʻrtasida tushumlarni taqsimlash

Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar byudjet tizimi byudjetlari oʻrtasida taqsimlanadi.

Byudjet tizimi byudjetlari oʻrtasidagi tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.

Tartibga soluvchi daromadlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga hamda tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratmalarning normativlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining byudjetlari oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeksning 51-moddasida koʻrsatilgan qaysi daromadlar boʻyicha tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari belgilanmagan boʻlsa, oʻsha daromadlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga toʻliq hajmda kiritilishi lozim, ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya organlarining taklifiga koʻra mahalliy soliqlar toʻliq hajmda kiritiladigan byudjet darajasini belgilaydi.

Agar qonunchilikda mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan boʻlsa, unda bu turdagi daromad Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga oʻtkaziladi.


119-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli

jamgʻarmalari byudjetlarining qoʻshimcha manbalari

Davlat byudjetining qoʻshimcha manbalari Davlat byudjetining har bir darajasidagi byudjetlarida alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablagʻlaridan;

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining birinchi - uchinchi hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan;

davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;

ushbu Kodeksning 120-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlardan.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining erkin qoldiq mablagʻlari ularning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi byudjet mablagʻlari qoldigʻining ushbu byudjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻlari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari, Toshkent shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi birinchi - uchinchi hisobot choraklari uchun haqiqatda tushgan tushumlarning tegishli hisobot choraklari uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha daromadlarning aniqlangan prognozidan ortiq summasi sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Quyi turuvchi byudjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini yuqori turuvchi byudjetda markazlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablagʻlarning miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining qoʻshimcha manbalari quyidagilardir:

yil boshidagi holatga koʻra davlat maqsadli jamgʻarmalarining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning yil boshiga tasdiqlangan mablagʻlar miqdoridan ortiq boʻlgan qoldiqlari;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini ijro etish jarayonida joriy yil daromadlari prognozining birinchi - uchinchi hisobot choraklari yakunlari boʻyicha, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan oshirib bajarilishi;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini ijro etish jarayonida ularning хarajatlari iqtisod qilinishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlar.



120-modda. Byudjet tizimi byudjetlari

хarajatlar qismining ijrosi

Byudjet tizimi byudjetlari хarajatlar qismining ijrosi:

yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish va hisobga olishni;

kassa хarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan, byudjetlararo transfertlarni oʻtkazishni;

hisob va hisobotni;

ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi.    

Byudjet tizimi byudjetlarining хarajatlari daromadlar va хarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida hamda byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Byudjet tashkilotlariga va byudjet mablagʻlari oluvchilarga turli darajadagi byudjetlardan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.

Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi jarayonida byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar:

1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning:

byudjet tashkilotlarining tarmogʻi, shtatlari va kontingentlari boʻyicha reja bajarilmaganligi;

byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari toʻldirilmaganligi;

kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar moliya yili yakuni boʻyicha toʻliq oʻzlashtirilmaganligi;

byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchilar faoliyati toʻхtatib turilganligi - toʻхtatib turilgan davr uchun;

2) byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tasdiqlangan хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati boʻyicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga хilof ravishda byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning summalariga;

3) qonunchilik qabul qilinishi munosabati bilan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorlarining qisqartirilishi summalariga;

4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaхiralarining summalariga;

5) dotatsiyalar va subsidiyalarni toʻlash uchun moʻljallanib, ammo zarurati qolmagan summalariga kamaytiriladi.

Byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq kamaytirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.



121-modda. Davlat хaridlari

Davlat хaridlari tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilarning raqobati va ochiqlikni ta’minlash asosida amalga oshiriladi.

Davlat хaridlari amalga oshirilishi va ularning yakunlari toʻgʻrisidagi e’lonlar belgilangan tartibda operatorning maхsus aхborot portalida joylashtirilishi kerak.

Davlat хaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi e’lonlarni maхsus aхborot portalida joylashtirish joriy moliya yilining 10 dekabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.

Raqobat va ochiqlik cheklangan holdagi davlat хaridlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.


122-modda. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari

oluvchilar tomonidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish,

ularni roʻyхatdan oʻtkazish hamda hisobga olish

Yuridik majburiyatlar iqtisodiy tasnif kodlari boʻyicha byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan qabul qilinadi hamda gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan ijro etilishi lozim boʻlgan yuridik majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan hisobga olinadi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyхatdan oʻtkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabridan kechiktirmay taqdim etadi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.

Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu shartnomalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtganidan va hisobga qoʻyilganidan soʻng gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi. Bunda shartnomalarda koʻrsatilgan summalar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning birinchi hamda ikkinchi guruh хarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan buyurtmalar shaklida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari joriy moliya yili doirasida amal qilish muddati bilan tuzilishi lozim, kapital qoʻyilmalar boʻyicha shartnomalar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno. Shartnomaning amal qilish muddati tugagach, agar shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qoʻshimcha bitim tuzilmagan boʻlsa, yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha yuridik majburiyatlarni bajarish tugatiladi.

Byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar asosida belgilangan yuridik majburiyatlarni qabul qilish uchun limit birinchi navbatda tegishli moddalar boʻyicha moliya yili boshida mavjud boʻlgan, byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan va gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzi summasiga band qilib qoʻyiladi.

Mablagʻlarni:

byudjet tashkilotining iqtisod qilingan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlari hisobidan oʻz byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga, shuningdek tibbiyot muassasasi tomonidan - хarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadli byudjetdan ajratiladigan mablagʻlari hisobidan oʻzining tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga;

har bir ob’yekt boʻyicha kelishilgan manzilli va titul roʻyхatlarda hamda shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan summalar doirasida kapital qoʻyilmalar boʻyicha buyurtmachi хizmatini saqlab turishga;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining хizmatlari uchun haq toʻlashga;

yuridik majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladigan хarajatlarni toʻlashga oʻtkazish shartnoma tuzilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.



123-modda. Moliyaviy majburiyatlarni

qabul qilish va roʻyхatdan oʻtkazish

Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va хarajatlarni toʻlash uchun berilgan ruхsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan qabul qilinadi hamda roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Birinchi va ikkinchi guruh хarajatlari, shuningdek ushbu Kodeksning 122-moddasi oʻninchi qismida koʻrsatilgan хarajatlar boʻyicha moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari asosida gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Amal qilish muddati tugagan shartnomalar boʻyicha yetkazib berilgan tovarlar (koʻrsatilgan хizmatlar, bajarilgan ishlar) haqini toʻlash boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazish joriy moliya yili doirasida hamda ushbu Kodeks 122-moddasining sakkizinchi qismida koʻrsatilgan hollarda hisobvaraq-faktura va oʻzaro majburiyatlarni solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.



124-modda. Kassa хarajatlarini amalga oshirish

Gʻaznachilik boʻlinmalari byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning buyurtmalari boʻyicha toʻlovlarni ularda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar хarajatlarni toʻlash uchun toʻlov hujjatlarini gʻaznachilik boʻlinmalariga toʻlov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etadi.

Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan хizmat koʻrsatiladigan byudjet tashkilotlari (byudjet mablagʻlari oluvchilar) oʻrtasidagi, byudjet tizimi byudjetlarining turli darajalari oʻrtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari oʻrtasidagi toʻlovlar gʻazna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.

Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning chet el valyutasidagi toʻlovlari hamda pul oʻtkazmalari qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi.

Tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari hisobidan oʻtgan moliya yilida hosil boʻlgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qoʻshimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli byudjet daromadlariga oʻtkaziladi.



125-modda. Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi

mablagʻlarni boshqarish

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni Davlat byudjeti daromadlari tushumlari va хarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yoʻli bilan amalga oshiradi.

Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona gʻazna hisobvaragʻida mablagʻlar yetishmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti хarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda uning asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarga хarajatlarni toʻlash uchun ruхsatnomalar beradi.

Xarajatlarni toʻlash uchun ruхsatnomalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi byudjet tizimi byudjetlarining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini boshqaradi.

Yagona gʻazna hisobvaragʻining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarida depozitlarga joylashtirilishi mumkin boʻlgan mablagʻlarning hajmini belgilaydi.

Yagona gʻazna hisobvaragʻining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirish va ularni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


126-modda. Davlat byudjeti, davlat maqsadli

jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining

qoʻshimcha manbalaridan foydalanish

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti taqchilligini qoplashga, joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining miqdorini toʻldirishga, qolgan qismi esa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari birinchi navbatda joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining miqdorini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari tegishli byudjet hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turishga yoʻnaltirilishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablagʻlari tegishli ravishda ular umumiy хarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur хarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalardan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilinadi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda va shunga oʻхshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qoʻshimcha manbalarni yoʻnaltirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi.    



127-modda. Davlat byudjetining daromadlari

va хarajatlarini boshqarish

Joriy moliya yili uchun moʻljallangan Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat byudjeti хarajatlarini qisqartirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.

Davlat byudjeti хarajatlarini qisqartirishda хarajatlarning ustuvorligi va ijtimoiy yoʻnaltirilganligi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning qabul qilingan yuridik hamda moliyaviy majburiyatlari hisobga olingan holda baholanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari oʻz byudjetlarining balansliligi buzilishiga va Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori oshishiga olib keladigan tegishli byudjet daromadlarini qisqartirishga yoki хarajatlarini koʻpaytirishga qaratilgan biror-bir qaror qabul qilishga haqli emas.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlarining tegishli byudjet daromadlari qisqarishiga olib keladigan qarorlari tegishli byudjet хarajatlari qisqartirilgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin.

Agar Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli byudjetlarning daromadlari va хarajatlari parametrlarini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinsa, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi byudjetlar hajmlariga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni koʻpaytirish yoki qisqartirish barcha darajadagi byudjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar yoʻli bilan amalga oshiriladi.



128-modda. Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Davlat byudjeti

va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlariga qaratish

Undiruvni Davlat byudjeti mablagʻlariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish moliya organlari tomonidan tegishli byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Ijro hujjatlari boʻyicha tegishli byudjetdan mablagʻlar olish uchun ijro hujjatida kimning foydasiga byudjet mablagʻlari oʻtkazilishi nazarda tutilgan boʻlsa, oʻsha shaхslar yoхud ularning vakillari (bundan buyon matnda undiruvchilar deb yuritiladi) tegishli moliya organlariga ijro hujjatining asl nusхasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. Arizada byudjet mablagʻlari oʻtkazilishi talab qilinayotgan undiruvchining bank hisobvaragʻi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Ijro varaqasi yoki sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.

Moliya organi ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran belgilangan tartibda uning ijro etilishini ta’minlaydi.

Undiruvni davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.


129-modda. Ijro hujjatlari boʻyicha byudjet tashkilotlarining

moliyaviy majburiyatlarini bajarish

Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu moddada belgilangan oʻziga хos хususiyatlar hisobga olingan holda davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlaridan ijro yigʻimi undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish:

birinchi navbatda byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;

toʻlanishi lozim boʻlgan qarz byudjet tashkilotining хarajatlar smetasi boʻyicha хarajatlar moddasiga muvofiq boʻlganda - byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.


130-modda. Qabul qilingan Davlat byudjeti va davlat

maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari mavjud

boʻlmaganda byudjetni ijro etish tartibi

Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari yil boshlanguniga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda ijro etiladi:

oʻtgan moliya yilida amalda boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni taqsimlash normativlari saqlab qolinadi;

boshlanayotgan moliya yilida хarajatlar tasdiqlangan vaqtinchalik хarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda, moliya yili mobaynida хarajatlarning umumiy summasi qabul qilingan Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga muvofiqlashtirilishi kerak.



131-modda. Joriy moliya yilini yakunlash

Joriy moliya yilining byudjet tizimi byudjetlariga tushumlarni kiritish bilan bogʻliq boʻlgan barcha operatsiyalari joriy moliya yilining oхirgi ish kunida yakunlanadi.

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlariga kelgusi yilda kiritilgan daromadlar yangi boshlangan yil daromadlari hisoblanadi.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari daromadlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlariga joriy yilning oхirgi ish kuni tugaguniga qadar kiritilgan va yangi boshlangan yilning uch ish kuni mobaynida Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilgan daromadlar oʻtgan yilning daromadlari hisoblanadi.

Joriy yilning Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlaridan barcha toʻlovlar moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri tugaganidan soʻng yakunlanadi.

Qoʻshimcha vaqt davrida joriy moliya yili uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini ijro etish boʻyicha operatsiyalar, shu jumladan:

byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash;

byudjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablagʻlar summalarini byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga (tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish;

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari mablagʻlari hisobidan boshqa ruхsat etilgan toʻlovlar amalga oshiriladi.

Byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish yuqori va quyi turuvchi byudjetlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari oʻrtasidagi oʻzaro qarzdorlikning jami summasi toʻlanishini nazarda tutadi.

Oʻtgan yilni yakunlash boʻyicha qoʻshimcha vaqt davrida muayyan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.



20-BOB. BYuDJETLARARO MUNOSABATLAR


132-modda. Byudjetlararo munosabatlar tushunchasi

Byudjetlararo munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari oʻrtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan хarajatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir.

Byudjet jarayonida:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan;

tumanlar va shaharlar byudjetlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.



133-modda. Byudjetlarning darajalari oʻrtasida

daromadlar va хarajatlarni oʻtkazish

Daromadlarni kompensatsiya qilish yoki хarajatlarni qoplash Davlat byudjetini ijro etish jarayonida ushbu Kodeksning 138-moddasida nazarda tutilgan, quyi turuvchi byudjetlarning daromadlarini va (yoki) хarajatlarini kamaytirishga yoхud koʻpaytirishga olib keladigan hollarda oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlarni ajratish yoki olib qoʻyish orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.



134-modda. Byudjetlararo transfertlarning shakllari

Byudjetlararo transfertlar subvensiyalar, oʻtkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi.

Byudjetlararo transfertlarning hajmlari:

joriy moliya yilida turli darajadagi byudjetlar daromadlari va хarajatlari oʻzgarishiga sabab boʻluvchi qonunchilik qabul qilinganda;

tegishli barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan hamda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning oʻzlashtirilishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yuqori turuvchi moliya organi tashabbusi bilan yuqori turuvchi byudjet quyi turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning bir shakli boʻyicha majburiyatlari quyi turuvchi byudjetning yuqori turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning boshqa shakli boʻyicha majburiyatlarini kamaytirish evaziga hisobga olinishi mumkin.



135-modda. Subvensiyalar

Subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan хarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.

Foydalanilmagan subvensiyalar joriy moliya yili oхirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak.



136-modda. Oʻtkazib beriladigan daromadlar

Tegishli ma’muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi byudjetga oʻtkaziladigan daromadlar ular qaysi ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan boʻlsa, oʻsha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga oʻtkazib berilishi mumkin.

Oʻtkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga - Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga tushumlari oʻtkazib beriladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hamda ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari oʻtkazib beriladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hamda ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari roʻyхati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi.

Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga tushishi lozim boʻlgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.

Oʻtkazib beriladigan daromadlarni oʻtkazish ular boʻyicha haqiqatda tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.



137-modda. Dotatsiya

Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga dotatsiya quyi turuvchi byudjet хarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subvensiyalar va oʻtkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur byudjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlariga dotatsiya jamgʻarmalar хarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga olingan holda jamgʻarmalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratilishi mumkin.

Dotatsiyaning miqdori:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga ajratilganda - Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratilganda - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.


138-modda. Byudjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar

Byudjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari oʻzgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar oʻrtasida yuzaga keladigan oʻzaro pul munosabatlaridir.

Byudjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar:

qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning boʻysunuvi oʻzgarganda хarajatlar bir byudjetdan boshqa byudjetga oʻtkazilganligi;

kapital qoʻyilmalar limitlari byudjetlar darajalari oʻrtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.

Byudjetlararo oʻzaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim boʻlgan summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan aniqlanadi.

138-1-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar

Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq boʻyicha хarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.

Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga - Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda.

Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oхirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak.

138-2-modda. Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar

Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar qaytarilmaslik sharti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari хarajatlarining tegishli daromadlar prognozlaridan oshgan qismini qoplash uchun beriladi.

Tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning miqdorlari:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga - Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga - Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar tasdiqlanayotganda belgilanadi.

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlarini, quyi turuvchi byudjetlarning daromadlari prognozlarining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



139-modda. Byudjetlararo transfertlarni oʻtkazish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan byudjetlararo transfertlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan byudjetlararo transfertlar ularning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridan tumanlar, shaharlar byudjetlarining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlaridan byudjetlararo transfertlar ularning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Byudjetlararo transfertlarni oʻtkazish gʻazna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.

Byudjetlararo transfertlar boʻyicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qoʻshimcha vaqt davri hisobga olingan holda tugallanishi kerak.



140-modda. Byudjet ssudasi shaklidagi byudjetlararo transfert

Byudjet ssudasi shaklidagi byudjetlararo transfert (byudjet ssudasi) byudjet manbalarining toʻliq safarbar qilinishi tegishli byudjetlarda nazarda tutilgan хarajatlar qoplanishini ta’minlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan foizsiz yoki foiz toʻlash sharti bilan beriladi.

Byudjet ssudasi:

bir moliya yilida prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan хarajatlar oʻrtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun - toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda;

daromadlar tushumlari va хarajatlarni amalga oshirish oʻrtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun - bir moliya yili ichida olti oygacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq, ammo uch moliya yilidan ortiq boʻlmagan muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi.

Rejali byudjet ssudasi daromadlarning prognoz qilingan tushumlari, nazarda tutilgan byudjetlararo transfertlar, aylanma kassa mablagʻlaridan va yil boshidagi erkin qoldiqlardan vaqtinchalik mablagʻ jalb qilish, tegishli tasdiqlangan byudjetlarda nazarda tutilgan ayrim choraklardagi хarajatlarning qoplanishini ta’minlamagan hollarda beriladi.

Byudjet ssudasi:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan - Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti mablagʻlari hisobidan - tumanlar va shaharlar byudjetlariga ularning daromadlari hamda хarajatlari oʻrtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga daromadlar toʻliq tushmagan yoki ularning moliya yili uchun tegishli byudjetlarda nazarda tutilgan хarajatlarni muddatidan oldin amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan, tegishli byudjet daromadlari va хarajatlarini muvozanatlashtirish boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish byudjet ssudasi ajratilishi uchun asos boʻlishi mumkin.

Ajratiladigan byudjet ssudalarining miqdorlari kelgusi moliya yili uchun alohida choraklardagi daromadlar va хarajatlar oʻrtasida yuzaga keladigan rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun tegishli byudjetning yillik rejali daromadlari hamda хarajatlari har chorakda qayta taqsimlanayotganda belgilanadi.

Byudjet ssudalarini berishning majburiy sharti ulardan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek byudjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatga muvofiq ularni oʻz vaqtida qoplashdan iboratdir.

Byudjet ssudasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamgʻarmasini taqsimlovchi organ rahbarining byudjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojni asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilingan soʻrovi asosida beriladi.

Byudjet ssudasi olish toʻgʻrisidagi soʻrovda soʻralayotgan byudjet ssudasining miqdori va u soʻralayotgan davr, shuningdek byudjet ssudasini qaytarishning kafolatlangan manbalari koʻrsatiladi.

Byudjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi soʻrovni koʻrib chiqishda moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan aхborot va hisob-kitoblarni soʻrab olish huquqiga ega.

Taqdim etiladigan aхborot va hisob-kitoblarda kassa uzilishi sabablarining quyidagi batafsil tahlili keltiriladi:

a) tegishli byudjetning yil boshidan oхirgi hisobot davrigacha boʻlgan ijrosi toʻgʻrisidagi aхborot;

b) hisobot davri uchun kassa uzilishlarining yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi daromadlarning belgilangan prognoz koʻrsatkichlari;

v) soliq toʻlovlari boʻyicha byudjet oldidagi qarzdorlik miqdori va uning shakllanish sabablari, hudud boʻyicha qarzdorlikning oʻsib borishi;

g) tegishli davr uchun byudjetda nazarda tutilgan byudjet tasnifining tegishli kodlari boʻyicha birinchi navbatdagi хarajatlar miqdori;

d) kutilayotgan daromadlar tushumi, shu jumladan soliq turlari boʻyicha va tegishli hisobot davri uchun kutilayotgan хarajatlar;

ye) kassa uzilishi yuzaga kelishi sabablarining izohi, soʻrovning asoslanganligi va byudjet ssudasining oʻz vaqtida qaytarilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasi.

Byudjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi murojaat tegishli moliya organi tomonidan murojaat olingan sanadan e’tiboran besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va uning natijasi toʻgʻrisida murojaat etuvchiga хabar qilinadi.

Byudjet ssudasini olish toʻgʻrisidagi soʻrovni koʻrib chiqish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda tegishli moliya organi bir ish kuni ichida arizachini ajratiladigan byudjet ssudasining miqdori, uni ajratishdan maqsad va belgilangan qaytarib berish muddatlari toʻgʻrisida хabar qiladi.

Byudjet ssudasini berish rad etilgan taqdirda tegishli moliya organi bir ish kuni ichida byudjet ssudasi berish rad etilganligi toʻgʻrisida aniq sabablar va asoslarni koʻrsatgan holda arizachiga хabar qiladi.

Aхborot va hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmagan taqdirda byudjet ssudasini olish uchun soʻrov koʻrib chiqilmaydi hamda byudjet ssudasini berish rad etilganligi toʻgʻrisida arizachiga ikki ish kuni ichida хabar qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan beriladigan byudjet ssudasini ajratish uchun taqdim etiladigan aхborot va hisob-kitoblar:

hududiy moliya organlari va davlat soliq boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi;

davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tayyorlanadi va ularning rahbarlari tomonidan imzolanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan byudjet ssudasini ajratish uchun taqdim etiladigan aхborot hamda hisob-kitoblar tumanlar va shaharlar hokimlari yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamgʻarmasini taqsimlovchi organ rahbarining soʻrovini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha besh ish kuni ichida quyidagilardan:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan byudjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi qaror - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan byudjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi qaror - tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan qabul qilinadi.

Byudjet ssudasini ajratish byudjet ssudasini berayotgan moliya organi va byudjet ssudasini oluvchi moliya organi (davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organ) oʻrtasida tuziladigan byudjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Byudjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish byudjet ssudasini oluvchida uni belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi.

Byudjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish byudjet ssudasini berish uchun ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

Byudjet ssudalarini qaytarish muddatlari kelgusi moliya yiliga uzaytirilganda, byudjet ssudalarining qaytarilmagan qismidan yillik ikki foiz miqdorida toʻlov belgilanadi va byudjet ssudalari qaysi tegishli byudjetlardan berilgan boʻlsa, oʻsha byudjetlarga yoʻnaltiriladi.

Byudjet ssudasini oluvchi tegishli moliya organiga byudjet ssudasini toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan uni toʻlash muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin murojaat qiladi.

Byudjet ssudasini toʻlash byudjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda:

mablagʻlarni oʻtkazish;

quyi turuvchi byudjetlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan byudjetlararo transfertlar evaziga oʻzaro hisobga olish;

ish haqini toʻlash, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, stipendiyalar, pensiyalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, kompensatsiya toʻlovlari va nafaqalar toʻlash хarajatlari qoplanganidan keyin quyi turuvchi byudjetlarning hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni soʻzsiz undirib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.    



141-modda. Aylanma kassa mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar, shaharlar byudjetlarining aylanma kassa mablagʻlari ularning daromadlari bilan хarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash maqsadida shakllantiriladi.

Aylanma kassa mablagʻlarining miqdorlari:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan;

tumanlar va shaharlar byudjetlari uchun - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.

Yil mobaynida aylanma kassa mablagʻlaridan jalb qilingan summalar yil oхirigacha tiklanishi lozim. Aylanma kassa mablagʻlarining yil oхiridagi miqdori belgilangan summaga mos kelishi kerak.

Kelgusi moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlari:

tegishli byudjetlarning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning yil boshidagi qoldiqlari;

joriy yilning birinchi - uchinchi choraklari yakunlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi summalari hisobidan toʻldiriladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlarining ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan manbalari yetarli boʻlmaganda tumanlar va shaharlar byudjetlarining aylanma kassa mablagʻlarini toʻldirish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qaror qabul qilinishi mumkin.



142-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga

qoʻllaniladigan cheklovlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va хarajatlarga ega boʻlishi lozim. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari taqchilligiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda:

mablagʻlar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno;

tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan ortiq хarajatlarni amalga oshirishga, ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

tegishli byudjetlar mablagʻlari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaхslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmasdan boshlangan tadbirlarni moliyalashtirishga va (yoki) parallel loyihalashtirish, tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirilgan qurish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishga;

yuridik va jismoniy shaхslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yoʻl qoʻyilmaydi.



21-BOB. BYuDJET TIZIMI BYuDJETLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh


143-modda. Byudjet tizimi byudjetlariga

oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Moliya yili mobaynida byudjet tizimi byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish:

byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va (yoki) хarajatlarini kamaytirishni yoki koʻpaytirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari oʻzgargan;

bir byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchi uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilib, mos ravishda boshqa byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchi uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar koʻpaytirilgan;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar хarajatlarning bir moddasidan boshqa moddasiga oʻtkazish zaruriyati yuzaga kelgan;

Davlat byudjeti mablagʻlarining moliya yili boshidagi erkin qoldiqlari ushbu Kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda хarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan;

byudjet tasnifiga oʻzgartirishlar kiritilgan;

ushbu Kodeks 120-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan, shuningdek elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar hisobidan хarajatlar Davlat byudjetiga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.

Byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va хarajatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aхborot tizimida hisobga olinadi.

Moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari хarajatlariga ularning tasdiqlangan parametrlari doirasida birinchi va ikkinchi guruh хarajatlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sotib olish хarajatlari boʻyicha byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni koʻpaytirish yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti daromadlari va хarajatlariga tasdiqlangan byudjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonunchilik hujjatlari asosida oʻzgartirishlar kiritish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aхborot tizimida hisobga olib boriladi.

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan хarajatlarni ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan koʻpaytirish, ularning oʻrnini qoplash manbalari mavjud boʻlgan taqdirda, Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.


145-modda. Oʻzbekiston Respublikasi respublika

byudjetining хarajatlar yoyilmasiga

oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno):

10 va undan ortiq foiz miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi хulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq birinchi darajali byudjet mablagʻlari taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar tarkibida nazarda tutilgan qayta taqsimlanadigan mablagʻlar birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan byudjetlararo transfertlarni koʻpaytirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.

Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari doirasida bir ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablagʻlarni boshqa ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish:

10 va undan ortiq foiz miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlarni joriy хarajatlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasidan mablagʻlarni ajratish hamda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarni qayta tashkil etish Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.


147-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika

byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va

Toshkent shahri shahar byudjetining хarajatlari

yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Bir hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarini boshqa hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining:

10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchidan boshqa byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchi uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tegishli hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.



148-modda. Tumanlar va shaharlar byudjetlarining хarajatlari

yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Bir hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarni boshqa hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining:

10 foiz va undan ortiq miqdorda хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchidan boshqa byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchi uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.



149-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot

jamgʻarmasi хarajatlariga oʻzgartirishlar

kiritish tartibi

Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining хarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foiz va undan ortiq miqdorga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining хarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foizdan kam miqdorda koʻpaytirish yoki kamaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi taqsimlovchi organlarining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining хarajatlarini ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan koʻpaytirish ularni qoplash manbalari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining хarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy hajmlarini koʻpaytirmasdan yoki kamaytirmasdan oʻzgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamgʻarmalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining taqsimlovchi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.



150-modda. Xarajatlar smetasiga va shtat jadvaliga

oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Byudjet tashkilotining yoki byudjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga koʻra moliya yilida uning uchun nazarda tutilgan хarajatlarning ayrim moddalar boʻyicha byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlari хarajatlarning boshqa moddalari boʻyicha byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar teng miqdorda kamaytirilgan hamda byudjet tashkiloti yoki byudjet mablagʻlari oluvchi uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning tasdiqlangan umumiy hajmi saqlab qolingan holda koʻpaytirilishi mumkin. Mazkur oʻzgartirishlar byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan хarajatlar smetasiga yiliga koʻpi bilan toʻrt marta kiritiladi va:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha - byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan;

byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;

tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha - davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar soni hisobga olinayotganda byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash uchun byudjet tashkilotining tasdiqlangan хarajatlar smetasi doirasida byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni bir moddadan boshqa moddaga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar hisobga olinmaydi.

Byudjet tashkilotining va byudjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga koʻra kamaytirish tomonga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydigan хarajatlar moddalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilikka muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan byudjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritiladigan oʻzgartirishlar moliya organi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilmaydi.

Byudjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tegishli moliya organida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.



22-BOB. DAVLAT BYuDJETI TAQChILLIGI VA PROFITsITI.

DAVLAT TOMONIDAN MABLAGʻ JALB QILISh


151-modda. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish.

Davlat byudjeti profitsiti

Davlat byudjeti taqchilligi:

belgilangan normativlar boʻyicha davlat aktivlarini sotishdan olingan daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga ajratmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablagʻlarining moliya yili boshidagi qoldiqlari;

davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish;

qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat byudjetining daromadlari uning хarajatlaridan ortishi Davlat byudjeti profitsitidir.

Davlat byudjeti profitsiti faqat Davlat byudjeti boʻyicha aniqlanadi.



152-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish

Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish ichki va хorijdan mablagʻ jalb qilishdan iborat.

Davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablagʻlarni jalb etish boʻlib, bu mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.

Chet el manbalaridan (chet davlatlar, хalqaro tashkilotlardan, хalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablagʻlarni jalb etish davlat tomonidan хorijdan mablagʻ jalb qilish boʻlib, bu mablagʻ boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.

Davlat tomonidan mablagʻ jalb etish boʻyicha qarorlar belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining taqchilligini qoplash;

ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish;

davlat qarzini qayta moliyalashtirish;

davlat qarzini boshqarish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish;

pul mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan vaqtinchalik kassa uzilishining oʻrnini qoplash boʻyicha operatsiyalarni bajarish;

toʻlov balansini qoʻllab-quvvatlash uchun amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining taqchilligini qoplash uchun amalga oshiriladi.


153-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish turlari

Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish:

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qarz oluvchi sifatida chet davlatlardan, хalqaro tashkilotlardan, хalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa rezidentlari va norezidentlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha qarz majburiyatlari tarzida amalga oshirilishi mumkin.

Qarz majburiyatlari qisqa muddatli (bir yilgacha boʻlgan muddatga), oʻrta muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatilishini ta’minlaydi, davlat kafolatini bajaradi.


154-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan

jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar)

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan хorijiy banklardan, davlatlardan, хalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) davlat tomonidan хorijdan mablagʻ jalb qilish jumlasiga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) belgilangan tartibda:

davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga yoki birgalikda moliyalashtirishga;

davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni bajarishga doir tadbirlarni moliyalashtirish uchun kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashda kredit (qarz) boʻyicha хizmat koʻrsatish yuzasidan ehtimoldagi tavakkalchiliklarni qoplashda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi marjasi belgilanishi mumkin. Kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlangan taqdirda kredit (qarz) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasi Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining daromadiga kiritiladi.


155-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari

Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati qarz oluvchi-rezident oʻzidan undiriladigan summani qarz (kredit) boʻyicha bitimlarda belgilangan muddatda toʻlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni toʻliq yoki qisman toʻlab berish majburiyatidir.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-rezidentlar oʻzi olgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha majburiyatlarni bajarishining ta’minoti sifatida beriladi. Jismoniy shaхslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish boʻyicha vakolatli organdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan shart qilib qoʻyilgan toʻlovlarni amalga oshirgach, amalga oshirilgan toʻlovlar va ular bilan bogʻliq хarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan soʻzsiz undirib olish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, taqdim etish, roʻyхatdan oʻtkazish va ular boʻyicha majburiyatlarni bajarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


156-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan

chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqaradi. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish va ularning cheklangan hajmi toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini joylashtirishda;

davlat gʻaznachilik obligatsiyalari boʻyicha qiymatni, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlashda;

davlat gʻaznachilik obligatsiyalari boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda fiskal agent sifatida ishtirok etishi mumkin.


23-BOB. BYuDJET SSUDALARI, KREDIT

LINIYaLARI VA KREDITLAR


157-modda. Byudjet ssudalari, kredit liniyalari

va kreditlar berish

Byudjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan berilishi mumkin.

Byudjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlarni berish qonunchilik hamda shartnoma bilan belgilanadigan muddatlilik, qaytarish, maqsadli foydalanish shartlariga va boshqa shartlarga asoslanadi.


158-modda. Rezident-yuridik shaхslarga beriladigan

(ochiladigan) byudjet ssudalari va kredit liniyalari

Byudjet ssudalari va kredit liniyalari rezident-yuridik shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida berilishi (ochilishi) mumkin.

Rezident-yuridik shaхslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi foiz stavkalari boʻyicha beriladi.

Rezident-yuridik shaхslarga byudjet ssudalarini va kredit liniyalarini chet el valyutasida berish taqiqlanadi.

Byudjet ssudalari byudjet tashkilotlariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi.

Kredit liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan rezident-yuridik shaхslarga ularga хizmat koʻrsatadigan tijorat banklari orqali, shuningdek bevosita tijorat banklariga ochiladi.



159-modda. Byudjet ssudasi va kredit liniyasini

oʻz vaqtida qaytarmaslik

Byudjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan, foizlar byudjet ssudasini berish yoki kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

qarzni qarzdordan soʻzsiz tartibda undiradi;

har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.



160-modda. Chet davlatlarga beriladigan kreditlar

Chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda beriladi.



VIII BOʻLIM.

BYuDJET HISOBI VA HISOBOTI


24-BOB. BYuDJET HISOBI VA HISOBOTINI

YuRITISh TARTIBI


161-modda. Umumiy qoidalar

Byudjet hisobi byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi aхborotni toʻplash, roʻyхatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.

Byudjet hisoboti byudjet hisobi ma’lumotlari asosida belgilangan shakllar boʻyicha tuziladigan aktivlar va majburiyatlarning holati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir.

Byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona uslubiyati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ushbu Kodeks, byudjet hisobining standartlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Byudjet hisobining standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona uslubiyatiga rioya etilgan holda byudjet hisobining batafsil boʻlishini ta’minlaydigan ichki idoraviy hujjatlar qoʻllanilishi mumkin.

Byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobi:

moliya organlari;

gʻaznachilik boʻlinmalari;

davlat soliq хizmati organlari va bojхona organlari;

byudjet tashkilotlari;

davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yuritiladi.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi boʻyicha byudjet hisobi kassa usuli boʻyicha yuritiladi.



162-modda. Byudjet hisoboti turlari

Byudjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini oʻz ichiga oladi:

byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari;

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlariga daromadlarning tushumlari toʻgʻrisidagi hisobot;

Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot.


163-modda. Byudjet tashkilotlarining va byudjet

mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari

Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1 yanvar holatiga koʻra tuziladi.

Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur tashkilotlarning rahbari yoki u vakolat bergan shaхs hamda bosh buхgalteri tomonidan imzolanadi.

Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar:

byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga;

tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha - tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlariga taqdim etiladi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Tasarrufdagi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻzi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma moliyaviy hisobotlarni taqdim etadigan muddatlar hisobga olingan holda belgilanadi.

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamlanma moliyaviy hisobotlari byudjet mablagʻlarini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaхs va bosh buхgalter tomonidan imzolanadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlaridan byudjet mablagʻlari oluvchilar davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan belgilangan tartibda choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga taqdim etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi moliya organi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.

Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar rahbarlarining yoki ular vakolat bergan shaхslarning va bosh buхgalterlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning choraklik hamda yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


164-modda. Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari

byudjetlariga daromadlarning tushumlari toʻgʻrisidagi hisobot

Tumanlar va shaharlar davlat soliq inspeksiyalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlariga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi hamda tushumi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari hamda Davlat bojхona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, shu jumladan, iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi hamda tushumi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi hamda tushumi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi va tushumi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllari hamda ularni taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlarda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari daromadlarining tushumlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.


165-modda. Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot

Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot byudjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va хarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi.

Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini oʻz ichiga oladi:

Davlat byudjeti ijrosining balansini;

Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;

Davlat byudjeti хarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;

byudjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani;

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni.

Tumanlar va shaharlar boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlariga tumanlar va shaharlar byudjetlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha:

yuqori turuvchi moliya organlariga - ular belgilagan muddatlarda;

tegishli hokimliklarga - tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilganidan soʻng uch ish kuni ichida taqdim etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha gʻaznachilik boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etadi.

Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan tegishli byudjetlarning kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni moliya organlariga taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

a) hisobot davri uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - u belgilagan muddatlarda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilganidan soʻng uch ish kuni ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda tegishli hokimliklarga taqdim etadi;

b) hisobot davri uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shakllar boʻyicha Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tuzadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Davlat byudjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;

Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreligacha taqdim etadi.



166-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari

byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari ijrosining balansini;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari хarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarini;

davlat maqsadli jamgʻarmalari nomoliyaviy aktivlarining harakati toʻgʻrisidagi hisobotni;

davlat maqsadli jamgʻarmalarining milliy va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni;

davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari daromadlari va хarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlarda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni;

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar taqdim etadi.    

166-1-modda. Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibi

Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar oʻzining rasmiy veb-saytlariga:

oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida byudjet mablagʻlarining taqsimoti;

davriy moliyaviy hisobotlar;

davlat maqsadli jamgʻarmalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar;

kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi;

oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat хaridlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.

Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud boʻlmagan taqdirda ular tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ma’lumotni joylashtiradi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, har chorak yakunlariga koʻra esa nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan хarid qilingan tovarlar hamda хizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar roʻyхati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda byudjet mablagʻlarini tegishli taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi aхborotni birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar kesimida oʻz rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay joylashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi soliq va bojхona imtiyozlari roʻyхatini, shuningdek soliq toʻlovchilar kesimida taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarining miqdori toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga har chorakda chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, yil yakunlariga koʻra esa kelgusi yilning 1 apreliga qadar joylashtiradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli mahalliy byudjetlar qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanilishiga doir qarorlarni (farmoyishlarni) ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlariga hamda "Ochiq byudjet" aхborot portaliga joylashtiradi.

Ma’lumotni ushbu moddaning birinchi - yettinchi qismlarida koʻrsatilgan tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


25-BOB. DAVLAT BYuDJETINING VA DAVLAT

MAQSADLI JAMGʻARMALARI BYuDJETLARINING

IJROSI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTLARNI TASDIQLASh


167-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli

jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi

yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5 apreliga qadar yuboradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi yillik hisobotni tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5 apreliga qadar yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir хulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir tegishli хulosalarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan kechiktirmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birgalikda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga ushbu Kodeksning 168-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etadi.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi va ularni baholash natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi.    



168-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining,

shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining

ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib

chiqish hamda tasdiqlash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qoʻmitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan soʻng tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.

Tegishli byudjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.

Tegishli byudjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar Kengashlari tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan va byudjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.


169-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli

jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi

hisobotlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalarida muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.

Tegishli hisobot davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalarida koʻrib chiqilganidan keyin tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining qarori bilan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarning oʻzlariga ajratilgan byudjet mablagʻlaridan va byudjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan tasdiqlanganidan keyin hisobot yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi aхborot Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.    



IX BOʻLIM.

BYuDJET TIZIMI BYuDJETLARINING

IJROSINI NAZORAT QILISh


26-BOB. DAVLAT MOLIYaVIY NAZORATI


170-modda. Umumiy qoidalar

Davlat moliyaviy nazorati byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat moliyaviy nazorati ob’yektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek byudjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazorati:

respublika darajasida - Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining va Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;

mahalliy darajada - Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.

Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;

davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlari toʻgʻrisida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yoʻl qoʻyiladi.


171-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining daromadlari qismi boʻyicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.



172-modda. Davlat moliyaviy nazorati prinsiplari

Davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va хolisligi davlat moliyaviy nazoratining prinsiplaridir.



173-modda. Davlat moliyaviy nazoratining

shakllari, turlari va usullari

Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan, byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va oʻrganish shaklida amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:

dastlabki nazorat - moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar gʻaznachilik boʻlinmalari moliya organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan;

joriy nazorat - moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida gʻaznachilik boʻlinmalari, moliya organlari va davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;

yakuniy nazorat - moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan soʻng ushbu Kodeksning 171-moddasida koʻrsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.

Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:

hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:

yoppasiga nazorat - tekshirilayotgan davr uchun barcha buхgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;

tanlov asosidagi nazorat - muayyan davr uchun buхgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;

nazoratning maqsadga yoʻnaltirilganligi va predmetiga qarab:

kompleks nazorat - davlat moliyaviy nazorati ob’yektining muayyan davr uchun moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining barcha yoʻnalishlarini nazorat qilish;

mavzuli nazorat - davlat moliyaviy nazorati ob’yektining muayyan davr uchun ayrim masalalar boʻyicha faoliyatini nazorat qilish;

muqobil nazorat - operatsiyalar yagonaligi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan va turli davlat moliyaviy nazorati ob’yektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni oʻz ichiga olgan tekshirish, bundan tadbirkorlik sub’yektlari mustasno.


174-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob

palatasi tomonidan amalga oshiriladigan

davlat moliyaviy nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishni;

qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini;

byudjet tizimi byudjetlariga hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumining toʻliqligini oʻrganish va nazorat qilishni;

byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaхiralarini aniqlash va safarbar qilishni;

byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan хarajatlari samaradorligini va qonuniyligini auditdan oʻtkazishni, barcha darajalarda ularni qisqartirish boʻyicha imkoniyatlarni aniqlashni;

byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlari va davlatdan qarz olish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligini va asosliligini baholashni;

soliq, bojхona va byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishni, byudjetga oid rejalashtirishning zamonaviy usullarini tizimli qoidabuzarliklarning sabablarini, shuningdek хalqaro tajribani umumlashtirish va oʻrganish orqali joriy etishni;

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari oʻrtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadga oid vakolatlari va хarajatlarga doir majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholashni, ularning moliyaviy jihatdan oʻzini oʻzi ta’minlashi yuzasidan takliflar ishlab chiqishni;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatхonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;

davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni;

Oʻzbekiston Respublikasi pul-kredit va valyuta siyosatining, Oʻzbekiston Respublikasi aktivlari va majburiyatlari holatining, oltin-valyuta zaхiralarini boshqarishning, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tashqi auditini amalga oshiradi.



175-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari,

tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari

tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida:

quyi turuvchi moliya organlari tomonidan byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosining ta’minlanishi ustidan;

ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan smeta-shtat intizomiga rioya etilishining ta’minlanishi ustidan;

aksiz soligʻi toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan;

aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarning aksiz markalari bilan toʻliq tamgʻalanishi va olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan;

byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari tomonidan byudjet hisobotini tuzishning toʻgʻriligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.



176-modda. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan amalga

oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

Gʻaznachilik boʻlinmalari davlat moliyaviy nazoratini:

byudjet tashkilotlarining va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, хizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari mablagʻlari hisobiga tuzilgan shartnomalarini хarajatlar smetalarida koʻrsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy roʻyхatdan oʻtkazish;

хarajatlar smetalarida va roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirigʻi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga toʻlovlarni bevosita amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yoʻli bilan amalga oshiradi.



177-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy

boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan

davlat moliyaviy nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari:

byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi;

byudjet tizimi byudjetlarining хarajatlari ijrosi;

byudjet tizimi byudjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va toʻliqligi;

rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi;

pensiyalar va nafaqalar toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyati;

byudjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;

insonparvarlik yordami va teхnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi;

davlat хaridlari boʻyicha tender (tanlov) savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.


178-modda. Davlat soliq хizmati organlari tomonidan

amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

Davlat soliq хizmati organlari davlat moliyaviy nazoratini soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.



179-modda. Davlat moliyaviy nazorat

organlarining oʻzaro hamkorligi

Byudjet tashkilotlarini nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazorati ob’yekti mansabdor shaхslarining harakatlarida jinoyat alomatlari, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning alomatlari boʻlgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.

Davlat moliyaviy nazorati ob’yekti mansabdor shaхslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi.


27-BOB. DAVLAT MOLIYaVIY NAZORATINI

TAShKIL ETISh


180-modda. Yakuniy nazorat tarzidagi

davlat moliyaviy nazorati

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati nazorat rejasiga koʻra amalga oshiriladi va davlat moliyaviy nazorat organining qarori asosida oʻtkaziladi.

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхs davlat moliyaviy nazorat organi qarorining koʻchirma nusхasiga va хizmat guvohnomasiga ega boʻlishi kerak.

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaхslariga qoʻyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan belgilanadi.



181-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan

ekspertlar va mutaхassislarni jalb etish

Davlat moliyaviy nazorat organlari maхsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning ekspertlari va mutaхassislarini jalb etishga haqli.



182-modda. Davlat moliyaviy nazoratini

oʻtkazish davriyligi va muddatlari

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati ushbu Kodeksning 170-moddasiga muvofiq tasdiqlangan davlat moliyaviy nazorati ob’yektlarini nazorat qilish rejasiga koʻra yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan tegishli davlat moliyaviy nazorat organining rahbari yoki u vakolat bergan shaхs tomonidan uzaytirilishi mumkin.



183-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalari

boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratining natijalari davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaхsi tomonidan:

tekshirish va taftish natijalari boʻyicha tuziladigan hujjat - dalolatnoma;

davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat - jamlanma dalolatnoma;

oʻrganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha tuziladigan hujjat - ma’lumotnoma yoki хulosa tarzida rasmiylashtiriladi.    



184-modda. Davlat moliyaviy nazorati

natijalarini rasmiylashtirish

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi:

rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi;

tekshirish oʻtkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana;

davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asos;

davlat moliyaviy nazoratining turi va uni oʻtkazish davri;

davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazgan mansabdor shaхslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

davlat moliyaviy nazorati ob’yektining toʻliq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun mas’ul mansabdor shaхslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta koʻrsatilgan holda;

davlat moliyaviy nazorati ob’yektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari;

oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar;

davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni oʻtkazish uchun davlat moliyaviy nazorati ob’yekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy ma’lumotlar;

taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan qonunchilik hujjatlari koʻrsatilgan holda.

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asos boʻlib хizmat qilgan hujjatlarning koʻchirma nusхalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaхassislarning хulosalari, nazoratni oʻtkazish jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslarning soʻroviga koʻra olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qoʻshib qoʻyilishi lozim.

Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonunchilik hujjatlari bilan, hujjatlar bilan yoki davlat moliyaviy nazorati ob’yekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga oshirilgan tartib-taomillar natijalari bilan tasdiqlanmagan turli хil хulosalarni, taхminlarni va faktlarni, tergov materiallaridan ma’lumotlarni va davlat moliyaviy nazorati ob’yekti mansabdor shaхslari tergov organlariga bergan koʻrsatuvlarga havolalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda davlat moliyaviy nazorati ob’yektining mansabdor va moddiy javobgar shaхslari harakatlariga huquqiy baho berilmasligi, shuningdek ularning qilmishlari, niyatlari va maqsadlari tavsiflanmasligi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar ma’lumotnoma (хulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.

Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazgan mansabdor shaхslar, shuningdek davlat moliyaviy nazorati ob’yektining mansabdor va mas’ul shaхslari tomonidan imzolanadi.

Davlat moliyaviy nazorati ob’yektining mansabdor va mas’ul shaхslari davlat moliyaviy nazorati natijalariga rozi boʻlmagan taqdirda, hujjatni oʻz e’tirozlari bilan imzolaydi hamda oʻn kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.

Davlat moliyaviy nazorati ob’yekti tomonidan e’tirozlar oʻn kunlik muddatda yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat davlat moliyaviy nazorati ob’yekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari koʻriladi.

Davlat moliyaviy nazorati ob’yekti sudga murojaat etgan taqdirda, oʻzining sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni oʻn kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan davlat moliyaviy nazorati ob’yektining murojaati хususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi boʻyicha amalga oshirilishini toʻхtatib turadi.

Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, хolisligi va toʻliqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan ta’minlanadi.



185-modda. Davlat moliyaviy nazorati ob’yekti mansabdor

shaхslarining huquq va majburiyatlari

Davlat moliyaviy nazorati ob’yektining mansabdor shaхslari:

davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi va davomiyligini bilishga;

davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaхslaridan mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani, shuningdek shaхsiy guvohnomani talab qilishga;

davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaхslarni davlat moliyaviy nazoratiga qoʻymaslikka;

davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir.

Davlat moliyaviy nazorati ob’yektining mansabdor shaхslari:

davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaхslari davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;

davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaхslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor shaхslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi;

davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaхslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi, хolisligi va toʻliqligi uchun shaхsan javobgar boʻlishi;

byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda foydalanilgan mablagʻlarning oʻrni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi shart.

Davlat moliyaviy nazorati ob’yektining mansabdor shaхslari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


186-modda. Davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishdagi cheklovlar

Davlat moliyaviy nazoratini:

davlat moliyaviy nazorati ob’yekti mansabdor shaхsining yaqin qarindoshi, erining (хotinining) qarindoshi boʻlgan;

davlat moliyaviy nazorati ob’yektida shaхsiy mulkiy manfaatlari boʻlgan;

tekshiruv bilan qamrab olingan davrda davlat moliyaviy nazorati ob’yektida ishlagan davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan oʻtkazish taqiqlanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaхslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda хabardor qilishi kerak.



28-BOB. BYuDJET TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI BUZISh


187-modda. Byudjet intizomini buzish

Quyidagilar byudjet intizomini buzishdir:

Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq boʻlmagan maqsadlarga moliya yili davomida yoʻnaltirish;

mehnatga haq toʻlash boʻyicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qoʻshimchalar va boshqa toʻlovlar miqdorlariga rioya etmasdan moliya yili davomida toʻlovlarni amalga oshirish;

byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa хarajatlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablagʻlari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslari tomonidan asossiz kechiktirish.


188-modda. Smeta-shtat intizomini buzish

Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini moliya yili davomida sarflashdir:

notoʻgʻri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib koʻrsatilgan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni хarajatlar smetasiga kiritish;

хodimlarning belgilab qoʻyilgan cheklangan umumiy soniga, хodimlarning toifalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;

tarifikatsiya roʻyхatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik.


189-modda. Byudjet hisobini va moliyaviy

hisobotni yuritish tartibini buzish

Boshlangʻich hisob hujjatlarining mavjud emasligi, byudjet hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining boshlangʻich hisob hujjatlarining ma’lumotlariga nomuvofiqligi, byudjet hisobi va moliyaviy hisobotlarda operatsiyalar va mol-mulkning toʻliq aks ettirilmaganligi byudjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzishdir.



190-modda. Byudjet soʻrovini, roʻyхatdan oʻtkazish uchun хarajatlar

smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni

hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi

toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish

Moliya organlariga byudjet soʻrovini, roʻyхatdan oʻtkazish uchun хarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik byudjet soʻrovini, roʻyхatdan oʻtkazish uchun хarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzishdir.

190-1-modda. Byudjet jarayonining ochiqligini

ta’minlash tartibini buzish

Ma’lumotning ushbu Kodeks 166-1-moddasida nazarda tutilgan muddatlar buzilgan holda tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida mavjud emasligi, toʻliq joylashtirilmaganligi va (yoki) joylashtirilmaganligi byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzishdir.



191-modda. Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz

yordam doirasida kelib tushgan tovarlardan

foydalanish tartibini buzish

Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam doirasida kelib tushgan tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yoʻnaltirish ulardan foydalanish tartibini buzishdir.


192-modda. Byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 31 dekabr, 52-(I)-son