Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 26.12.2013 y. OʻRQ-360-son "Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 28.08.2013 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 12.12.2013 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

26.12.2013 y.

N OʻRQ-360

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BYuDJET KODEKSINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 28 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tasdiqlansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2014 va 2015 yillar mobaynida:

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlasin;

zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.


3-modda. Ushbu Qonun 2014 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2013 yil 27 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 31 dekabr, 52-(I)-son