Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasining 09.04.1993 y. "Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.04.1993 y.



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaSINI AMALGA KIRITISh

TARTIBI TOʻRISIDA



Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. 1993 yil 9 aprelga qadar qabul qilingan Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlarining, davlat idoralari qabul qilgan boshqa hujjatlarning Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismi oʻz kuchini saqlab qolishi belgilab qoʻyilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasining хalq deputatlari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga saylovlar toʻrisidagi yangi Qonun asosida Joʻqori Kenges saylangunga qadar oʻz vakolatlarini saqlab qoladilar.

Qoraqalpoiston Respublikasining Oliy Kengashi Joʻqori Kenges saylangunga qadar Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasida Joʻqori Kengesga beriladigan barcha vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpoiston Respublikasining Oliy Kengashi Raisi Joʻqori Kengesning Raisi saylangunga qadar Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasida Joʻqori Kenges Raisiga beriladigan barcha vakolatlarni amalga oshiradi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasining Joʻqori Kengesi saylangunga qadar oʻz vakolatlarini saqlab qoladi.


4. Vazirlar Kengashi, davlat hokimiyatining joylardagi vakillik, ijroiya va boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chaqirilgan qonun hujjatlarining Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.


5. Sudlar, prokuratura organlari va davlatning boshqa organlari oʻz vakolatlarini Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlarini Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilasin. Konstitutsiyada nazarda tutilgan barcha qonunlar kelgusi ikki yildan kechiktirilmay qabul qilinishi kerak. Oliy Kengash Raisi 1993 yil mobaynida Joʻqori Kengesga saylovlar toʻrisidagi Qonun loyihasini tayyorlasin va uni umumхalq muhokamasiga kiritsin.


7. 1978 yilda qabul qilingan Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonun) 1993 yil 9 apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qoraqalpoiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                            U. Ashirbekov