Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.03.1995 y. 86-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatidagi хotin-qizlar ishlari ishchi organlari tuzilmasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.03.1995 y.

N 86



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR KENGAShI, RESPUBLIKA VILOYaTLARI,

ShAHARLARI VA TUMANLARI HOKIMLIKLARI

APPARATIDAGI XOTIN-QIZLAR IShLARI IShChI

ORGANLARI TUZILMASI TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida хotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1995 yil 2 martdagi PF-1084-son Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari shtat jadvaliga хotin-qizlar ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, hokimlar oʻrinbosarlari lavozimlari 1-ilovaga* muvofiq lavozim maoshlari bilan kiritilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparati tarkibidagi хotin-qizlar ishlariboʻyicha ishchi organlar tuzilmasi va shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, kiritilayotgan lavozimlar va tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalarni mabla bilan ta’minlash Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Rsspublikasi Moliya vazirligi yangidan kiritilayotgan shtatlarni mabla bilan ta’minlash uchun mablalarni respublika byudjetidan ajratsin va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mahalliy byudjetlarga bersin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari ularning faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari D.M. ulomova, B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.