Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.1992 y. PF-316-son "Toshkent shahri hokimi (meri) lavozimini bajarishga kirishishi toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.01.1992 y.

N PF-316



TOShKENT ShAHRI HOKIMI (MERI)

LAVOZIMINI BAJARIShGA

KIRIShIShI TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasi poytaхti - Toshkent shahrining maqomi va boshqaruv tuzilmasi toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi 420-12-qaroriga muvofiq:


1. Oʻrtoq Adhambek Ibrohimovich Fozilbekov 1991 yil 29 dekabrdagi saylov yakunlariga koʻra Toshkent shahrining hokimi lavozimini bajarishga kirishgan deb hisoblansin.


2. Toshkent shahri hokimi oʻrtoq A.I. Fozilbekov shahar byudjetida boshqaruv organlarini saqlash uchun koʻzda tutilgan mablalar doirasida 1992 yilning 1 martigacha Toshkent shahar ijroiya hokimiyati tarmoq va hududiy organlarini tuzish hamda ularning tarkiblarini tasdiqlash, shuningdek mazkur organlarning rahbarlarini belgilangan tartibda tayinlashni nihoyasiga yetkazishi zarur.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 2-son, 100-modda