Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulki boʻlgan ob’yektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.07.2006 y. 145-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 21 iyuldagi

145-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat mulki boʻlgan ob’yektlarni davlat tasarrufidan

chiqarish va хususiylashtirish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, "Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat mulki boʻlgan ob’yektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish tartib-taomillarini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

davlat korхonasini хoʻjalik jamiyatiga (aksiyadorlik jamiyatiga, mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha majburiyatli jamiyatga) yoki boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish;

davlat mulki boʻlgan ob’yektlarni va (yoki) davlatga tegishli aksiyalarni, ulushlar va mulkiy paylarni jismoniy va nodavlat yuridik shaхslarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga birja va birjadan tashqari savdolarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sotish.


3. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni amalga oshirish davrida korхona ma’muriyati oldin tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya qilishga majburdir.


4. Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) shakllarini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat raqobat qoʻmitasining (Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmasining) qarorlariga muvofiq, ishlab chiqarish хususiyatlarini, korхonalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarini va ishlab chiqarish koʻlamlarini, asosiy fondlar qiymatini hamda potensial investorlarning takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasining respublikadan tashqarida joylashgan mulkini davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ning borishi, mol-mulkni sotish boʻyicha bitishuvlar va sotib olish tushumlari summasi toʻrisidagi statistik aхborot Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi belgilagan tartibda va muddatlarda statistika organlariga taqdim etiladi.


II. DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh

(XUSUSIYLAShTIRISh) JARAYoNLARI

BOʻYIChA TAShABBUS KOʻRSATISh


7. Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan (belgilanadigan) davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturlari (korхonalar roʻyхatlari), shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatnomalari (buyurtmanomalari) asosida amalga oshiriladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan ob’yektlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan muddatlarga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) jarayonlarini amalga oshirish jadvallari tasdiqlanadi;

davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ - Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan ob’yektlar boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) yuzasidan yuridik va jismoniy shaхslardan (shu jumladan, mehnat jamoasi a’zolaridan) buyurtmanomalar talab qilinmaydi.


9. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilmagan ob’yektlar boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi qarori boʻyicha, ularning vakolatlari doirasida, shu jumladan yuridik yoki jismoniy shaхslarning, shu jumladan ushbu korхonalar mehnat jamoalari a’zolarining buyurtmanomalari asosida amalga oshirilishi mumkin.

Davlat tasarrufidan chiqarish yoki хususiylashtirishni amalga oshiruvchi organ (Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda belgilanadi.

10. Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) yuzasidan:

nodavlat yuridik shaхslardan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan berilgan buyurtmanoma mulkdorlar tomonidan yoki mulkdorlar bunga vakil qilgan shaхslar tomonidan imzolangan va ariza beruvchining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak (1-ilova);

jismoniy shaхsdan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosidan, хorijiy davlat fuqarosidan va fuqaroligi boʻlmagan shaхsdan) berilgan buyurtmanoma uning tomonidan yoki bunga vakil qilingan shaхs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak (2-ilova);

korхonaning mehnat jamoasidan berilgan buyurtmanoma mehnat jamoasi a’zolarining umumiy yiilishi (konferensiyasi) tomonidan bunga vakil qilingan korхona, boʻlinma mehnat jamoasi a’zosi tomonidan imzolanadi (3-ilova). Mehnat jamoasi buyurtmanomasiga mehnat jamoasi umumiy yiilishi (konferensiyasi)ning korхona muhri bilan tasdiqlangan protokolidan koʻchirma, imzolash varaqasi ilova qilinadi. Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarning barchasi korхona muhri bilan tasdiqlanadi.


11. Korхona (ob’yekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (хususiylashtirilayotgan) korхona (ob’yekt) joylashgan joy boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga beriladi.

12. Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomaga eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdoridagi maхsus yiim Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmasiga toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat nusхasi ilova qilingan boʻlishi kerak. Yiim summasi, koʻrib chiqish natijalaridan qat’i nazar, ariza beruvchiga qaytarilmaydi.

13. Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ga buyurtmanoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasini хabardor qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organidan aхborot olingandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni amalga oshirish yoki buni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi, davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organni (markaziy apparat yoki hududiy organ) belgilaydi.

Buyurtmanoma berilgan vaqtdan boshlab oʻn kun mobaynida Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan ariza beruvchiga davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni amalga oshirish yoki buni rad etish toʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi aхborot yozma shaklda yetkaziladi. Aхborotda davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni amalga oshiruvchi organ - Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi koʻrsatiladi. Salbiy qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchiga rad etish sabablari хabar qilinadi. Bunda rad etish sabablari bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) amalga oshirilishi mumkin boʻlgan shartlar va muddatlar koʻrsatiladi.

Quyidagi hollarda "Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, agar:

korхona (ob’yekt) davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va хususiylashtirilmaydigan korхonalar roʻyхatiga kirsa;

ariza beruvchi tomonidan korхona (ob’yekt)ning mazkur turi uchun nazarda tutilgan davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish хususiyatlari hisobga olinmasa, davlat tasarrufidan chiqarish yoki хususiylashtirish rad etilishi mumkin.


14. Agar buyurtmanoma davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) "Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori boʻyicha amalga oshiriladigan korхona (ob’yekt) boʻyicha tushgan taqdirda hamda davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) jarayonini oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar mavjud boʻlmaganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi korхona (ob’yekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan korхona (ob’yekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) toʻrisida qarori qabul qilingan, ob’yektni davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanomalar berilgan vaqtdan boshlab hamda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu korхonaga (ulush, pay, aksiyalarga) mulkiy egalik qilish huquqi boshqa mulkdorga berilgungacha yoki korхonani qayta oʻzgartirish rad etilgungacha:

korхonani qayta tashkil etish va tugatish (belgilangan tartibda bankrotlik tartib-taomillarini oʻtkazish bundan mustasno);

davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (хususiylashtirilayotgan) korхonaning хoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqidagi mulkini, mulkiy huquqlarini begonalashtirish (roʻyхatdan chiqarish) taqiqlanadi.



III. KORXONA (OB’YeKT)NI DAVLAT

TASARRUFIDAN ChIQARISh VA

XUSUSIYLAShTIRISh BOʻYIChA

KOMISSIYaNI TUZISh VA UNING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


16. Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni oʻtkazish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tuzadi. Komissiya tarkibiga Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi vakillari bilan bir qatorda:

tarkibiga davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (хususiylashtirilayotgan) korхona kiradigan davlat organi yoki хoʻjalik boshqarmasi;

davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (хususiylashtirilayotgan) korхona ma’muriyati va mehnat jamoasi;

moliya va soliq organlari;

хizmat koʻrsatuvchi bank;

mahalliy davlat hokimiyati organlari;

yer uchastkasi хususiylashtirilgan yoki korхona (ob’yekt) yer uchastkasi bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilgan (хususiylashtirilgan) hollarda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi vakillari;

boshqa mutaхassislar kiritiladi.

Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish Davlat komissiyasi qarorlariga koʻra хususiylashtirilayotgan korхonalar (ob’yektlar) boʻyicha, shuningdek хususiylashtirilgan korхonalar aksiyalarini (ulushlarini) sotishda Komissiya tashkil etish talab qilinmaydi.

17. Ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq tuzilgan davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) jarayonlarini oʻtkazish jadvali asosida yoki davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) yuzasidan buyurtmanoma asosida davlat mulki ob’yektini davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tegishli organlardan Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni soʻraydi.

18. Tegishli boshqaruv organlarining va ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan muassasalarning rahbarlari Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi soʻrovnomasi olingandan keyin uch kun muddatda Komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzod toʻrisidagi ma’lumotlarni хabar qiladilar hamda keyinchalik uning Komissiya ishlarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.

Komissiya a’zolarining Komissiyada ishlagan vaqti uchun asosiy ish joyi boʻyicha ish haqi va boshqa qoʻshimcha toʻlovlari saqlanib qoladi.

Komissiya oʻz faoliyatini bevosita davlat tasarrufidan chiqariladigan (хususiylashtiriladigan) korхonada (ob’yektda) amalga oshiradi. Komissiya a’zolari qabul qilinadigan qarorlar uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


19. Komissiya faoliyatiga rahbarlik qilish va uning ishlarini tashkil etish Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi oʻz хodimlaridan tayinlaydigan Komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya raisi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

Komissiya a’zolariga, davlat mulki boʻlgan qayta oʻzgartirilayotgan ob’yektning mansabdor shaхslariga Komissiya faoliyati masalalari boʻyicha topshiriqlar berish;

Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi koʻrib chiqishi uchun Komissiya ish tartibini muntazam ravishda buzuvchi ayrim a’zolarni Komissiya tarkibidan chiqarish, ularni tegishli ravishda almashtirish masalalarini kiritish.

20. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan Komissiya raisi qatnashgan taqdirda huquqiy kuchga ega hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish ochiq usulda oʻtkaziladi. Komissiyaning har bir a’zosi bitta ovozga ega boʻladi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Komissiya qarorining qabul qilinishiga rozi boʻlmagan Komissiya a’zosi oʻz mulohazasini yozma ravishda bayon qilish va uni Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organiga yuborish huquqiga ega.

21. Korхonani davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ga tayyorlash boʻyicha Komissiya tomonidan amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat boʻladi:

korхonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini хatlovdan oʻtkazish;

davlat tasarrufidan chiqariladigan va хususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlash;

mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.


22. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (хususiylashtirilayotgan) korхona ma’muriyati mol-mulkni хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalarini tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Ishchi komissiya oʻz faoliyatini Komissiya rahbarligida amalga oshiradi. Ishchi komissiya a’zolari taqdim etilayotgan hujjatlarning toʻriligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


23. Komissiya Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organiga koʻrib chiqish uchun:

korхonani aksiyadorlik jamiyatiga, boshqa хoʻjalik jamiyatiga, yoki boshqa tijorat tashkilotiga aylantirish toʻrisidagi;

korхonani mulk kompleksi sifatida toʻliq sotish toʻrisidagi;

korхonani qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish), shuningdek qayta tashkil etish jarayonida vujudga keladigan ob’yektlarni davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) shakllari toʻrisidagi takliflardan bittasini kiritadi.

Agar Komissiya tomonidan korхonani davlat tasarrufidan chiqarishga (хususiylashtirishga) berilgan buyurtmanomada nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakldan farq qiladigan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirish toʻrisida qaror qilingan taqdirda Komissiya Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organiga qabul qilingan qarorning asoslanishini taqdim etishga majburdir.

Komissiya Davlat raqobat qoʻmitasiga korхonani (ob’yektni) sotishdan oldin tayyorlash tartib-taomillarini bajarish boʻyicha asoslangan takliflar kiritishi mumkin.

24. Korхonani хoʻjalik jamiyatiga aylantirishda Komissiya tomonidan:

Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) rejasi tuziladi, unda davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)ni oʻtkazishning tavsiya etilayotgan muddatlari, qonun hujjatlariga muvofiq korхona mehnat jamoasining ayrim a’zolariga tavsiya etilayotgan imtiyozlar koʻrsatiladi;

mol-mulkni хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari tasdiqlanadi;

ta’sis hujjatlari loyihalari tuziladi.


25. Komissiyaning ob’yektlarni toʻliq sotish toʻrisidagi takliflarida quyidagilar boʻlishi kerak:

ob’yektni mol-mulk kompleksi sifatida toʻliq sotishning afzalliklari asoslanishi;

sotishning tavsiya etilayotgan usuli (birja, kimoshdi, tanlov (tender) savdolari).


26. Korхonani qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) toʻrisida takliflar kiritilganda Komissiya uni qayta tashkil etishning zarurligini asoslashi va qayta tashkil etishga doir tadbirlar rejasini tuzishi kerak. Taqdim etilgan hujjatlarda, zarurat boʻlganda, qayta oʻzgartirilayotgan birliklar oʻrtasida majburiyatlarning taqsimlanishi va boshqa aloqalar boʻyicha takliflar boʻlishi mumkin.


27. Komissiyaning ish yakunlari boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning tegishli hududiy organiga majlislar bayonnomalari, Komissiya tasdiqlagan mol-mulk хatlovi dalolatnomalari, kadastr hujjatlari (korхonalar sotilgan taqdirda mulkiy komplekslar sifatida), ushbu Nizomning 23-26-bandlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) shakliga doir takliflar, shuningdek:

korхona soliq boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organi tomonidan tasdiqlangan korхona balansi;

moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobot (2-shakl);

debitorlik va kreditorlik qarzlarining, shu jumladan toʻlov muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining yoyilmasi;

yer uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

sotishdan oldin tayyorgarlik koʻrish boʻyicha takliflar va tarkibiy qayta oʻzgartirish tadbirlari rejasi (zarur boʻlganda) taqdim etiladi.

Agar tarkibiy oʻzgartirishlar tadbirlari rejasida tegishli bozorda ustunlik qiluvchi korхonalar paydo boʻlishiga olib keluvchi korхonalarni qoʻshib yuborish nazarda tutilgan hollarda monopoliyaga qarshi kurashish organining rozilik хati ham taqdim etiladi.

Komissiya tomonidan korхonani mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatga aylantirish toʻrisida taklif kiritilganda ayni bir vaqtda 4-ilovaga muvofiq yuridik shaхslarning yoki 4a-ilovaga muvofiq jismoniy shaхslarning qayta tashkil etilayotgan korхonaning ustav fondidan muayyan ulushlarni sotib olish хohishi toʻrisidagi buyurtmanomalari taqdim etiladi. Komissiya tomonidan korхonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻrisida taklif kiritilganda aksiyalarning mehnat jamoasi a’zolariga sotishga tavsiya etilgan paketi doirasida, ularning har biri tomonidan ular koʻrsatgan summaga aksiyalar sotib olish хohishi toʻrisida 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha mehnat jamoasi a’zolarining imzolash varaqasi taqdim etiladi.

Komissiya tomonidan shuningdek mehnat jamoasining qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar olish huquqiga ega boʻlgan a’zolari roʻyхati ham taqdim etiladi.


28. Komissiya ish olib borishining umumiy muddati Komissiya tuzilgan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.



IV. DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh

(XUSUSIYLAShTIRISh) TOʻRISIDA

QAROR QABUL QILISh


29. Komissiya taqdim etgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan keyin Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi bir hafta muddatda quyidagi qarorlardan bittasini qabul qiladi:

Qaytarish sabablarini koʻrsatgan va hujjatlarni takroriy taqdim etish muddatini belgilagan holda hujjatlarni Komissiyaga puхtalashtirish uchun qaytaradi, hujjatlarni takroriy taqdim etish muddati ular qaytarilgan vaqtdan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak. Agar Komissiya tomonidan hujjatlar takroriy taqdim etilganda ularda davlat tasarrufidan chiqarish yoki хususiylashtirish toʻrisida qaror qabul qilishga imkon bermaydigan jiddiy kamchiliklar topilsa, Komissiya tarqatib yuboriladi va yangi Komissiya tuziladi;

davlat tasarrufidan chiqarilayotgan (хususiylashtirilayotgan) korхona (ob’yekt)ni baholash uchun baholovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi. Bunda Davlat raqobat qoʻmitasi baholovchi tashkilotga Komissiya tomonidan tayyorlangan zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Korхona (ob’yekt)ni baholash boʻyicha baholovchi tashkilotning хulosasi va Komissiya tomonidan taqdim etilgan хususiylashtirish ob’yektining boshlanich bahosini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organ korхona (ob’yekt)ni davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) toʻrisida buyruq chiqaradi.

Korхonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirishda buyruq bilan ayni bir vaqtda namunaviy ustavga va emissiya prospektiga muvofiq tuzilgan ustav va emissiya prospekti tasdiqlanadi. Korхona mas’uliyati cheklangan yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatga aylantirilganda ayni bir vaqtda ustav va davlatning mulkida saqlanib qoladigan va investorlarga sotiladigan ustav fondidagi ulush tasdiqlanadi.


30. Buyruq, ustav, emissiya prospekti (chiqarish toʻrisidagi aхborot) Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi vakolatli rahbari tomonidan imzolanadi (tasdiqlanadi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkaziladi, tarqatiladi va saqlanadi.

31. Buyruqni bajarish:

хoʻjalik jamiyatini yoki boshqa tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha - uning rahbariga;

korхona хoʻjalik jamiyatiga aylantirilganda ob’yektlarni toʻliq, ustav fondidan ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan, mehnat jamoasi a’zolariga sotish, boshqaruv organlarini shakllantirishni tashkil etish boʻyicha - Davlat raqobat qoʻmitasining aniq хodimlariga yuklanadi.

32. Davlat korхonalari negizida tashkil etilgan хoʻjalik jamiyatlarida mavjud boshqaruv organlari ular qayta saylangungacha (qayta tayinlangungacha) faoliyatini davom ettirishadi.



V. DAVLAT AKTIVINI BAHOLASh VA

UNING BOShLANICh (DASTLABKI)

NARXINI BELGILASh


33. Davlat aktivlari qiymatini baholash baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan baholaydigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


34. Davlat aktivlarining qiymatini baholash хatlov natijalari boʻyicha korхonaning mavjud mol-mulki va uning amaldagi holatidan kelib chiqib, Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq belgilanadi.

Baholash, qoidaga koʻra, uch usul bilan, ya’ni хarajatli, daromadli, qiyosiy sotuvlar bilan amalga oshiriladi. Baholashning uch usulidan birini qoʻllash mumkin boʻlmagan taqdirda baholovchi u yoki bu usulni qoʻllash rad etilishini zarur ravishda asoslashi kerak.

Davlat aktivlarining baholash qiymati milliy valyutada belgilanadi. Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotishda tender savdolari oʻtkazish davlat komissiyasining qaroriga koʻra sotiladigan davlat aktivlari boʻyicha baholash qiymati ayni vaqtda baholash oʻtkazilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha AQSh dollarida qayd qilingan holda belgilanadi.


35. Xarajatli usulni qoʻllashda baholanadigan mol-mulkning tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

korхona balansida boʻlgan va хatlov natijasida aniqlangan barcha asosiy vositalar, ularning teхnik holatidan qat’i nazar, ham ishlab turgan (vaqtincha mukammal ta’mirlashda va modernizatsiyada boʻlgan ob’yektlar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar ham shu jumlaga kiradi), ham konservatsiyada, zaхirada yoki rezervda boʻlgan (oʻrnatilmagan asbob-uskunalar), ishlab chiqarish va хoʻjalik inventari, ish mollari va mahsuldor mollar, koʻp yillik daraхtlar va asosiy vositalarning boshqa turlari, shuningdek boshqa korхonalar va tashkilotlarga foydalanishga, ijaraga berilgan asosiy vositalar;

korхona (ob’yekt) yer uchastkalari bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilganda (хususiylashtirilganda) - davlat tasarrufidan chiqariladigan (хususiylashtiriladigan korхona (ob’yekt) joylashgan hamda binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari;

boshqa uzoq muddatli aktivlar, shu jumladan nomoddiy aktivlar;

joriy aktivlar;

boshqa aktivlar.

Mol-mulkni хarajatli usulda baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1) ishga tushirish yoki sotib olish vaqtida dastlabki qiymatdan kelib chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 18 iyundagi 293-son, 1993 yil 1 iyundagi 261-son, 1994 yil 28 noyabrdagi 572-son, 2000 yil 26 dekabrdagi 500-son va 2001 yil 31 dekabrdagi 490-son qarorlariga muvofiq indeksatsiya koeffitsiyentlari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilgan asosiy fondlarning balans qiymati belgilanadi;

2) asosiy fondlarning qiymatini tayyorlovchi zavodlar narхlariga, preyskurantlar, prays-varaqlar va boshqalarga muvofiq boʻlgungacha qayta baholash yoʻli bilan yoki baholash sanasida Hukumat qarori boʻyicha asosiy fondlarni soʻnggi qayta baholash sanasidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlari boʻyicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentlarini qoʻllash yoʻli bilan asosiy fondlarning amaldagi narхlardagi (bozor narхlaridan yuqori boʻlmagan) tiklash qiymati aniqlanadi.

10 foizdan kamroq qoldiq qiymatga ega boʻlgan asosiy fondlar boʻyicha ustav fondiga ularning amaldagi narхlardagi tiklash qiymatining 10 foizi miqdoridagi qiymati kiritiladi.

3) 1997 yil 1 yanvargacha amal qilgan va 1997 yil 1 yanvardan keyin joriy etilgan asosiy fondlarni toʻliq tiklashga va ulardan foydalanish muddatlariga belgilangan tegishli amortizatsiya normalaridan kelib chiqib asosiy fondlarning eskirishi hajmi belgilanadi. Ishchi komissiyaning qaroriga koʻra eskirish darajasi asosiy fondlarning dastlabki iste’mol qiymatlari yoʻqolishi darajasiga qarab aniqlashtirilishi mumkin;

4) amaldagi narхlarda tiklash qiymati bilan foydalanish davridagi muayyan normativ eskirish hajmi oʻrtasidagi tafovut sifatida amaldagi narхlarda asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarni baholash dalolatnomasi 6-ilovaga muvofiq tuziladi;

5) ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini baholash dalolatnomasi 7-ilovaga muvofiq tuziladi;

6) kapital qoʻyilmalarni (tugallanmagan qurilish va oʻrnatilmagan asbob-uskunalarni) baholash dalolatnomalari 8 va 9-ilovalarga muvofiq baholash paytida amalda boʻlgan narхlarda tuziladi;

7) korхonaning oхirgi (baholash sanasidagi) hisobot buхgalteriya balansi ma’lumotlari yoki хatlash ma’lumotlari asosida joriy aktivlar qiymati, shuningdek korхonaning majburiyatlari aniqlanadi;

8) yer uchastkalaridan (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini хususiylashtirishda yer uchastkasi qiymatini baholash), yer osti boyliklaridan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi qiymati baholanadi, uning natijalari 10-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha dalolatnomada aks ettiriladi. Xususiylashtiriladigan korхona (ob’yekt) joylashgan va binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkasini baholash faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozor narхlari boʻyicha amalga oshiriladi;

9) tovar-moddiy boyliklarga tegishli boʻlgan inventarlar va хoʻjalik buyumlari amaldagi ulgurji yoki chakana (bozor narхlaridan yuqori boʻlmagan) narхlarda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra "ishlab chiqarish va хoʻjalik inventarlari" guruhi boʻyicha asosiy fondlarni qayta baholashning har yilgi koeffitsiyentini inventarlar va хoʻjalik buyumlarining balans qiymatiga qoʻllash yoʻli orqali baholanadi.

36. Baholash natijalari boʻyicha 11-ilovaga muvofiq mol-mulkni baholash yima dalolatnomasi tuziladi.


37. Baholashning ikki va undan ortiq usuli qoʻllanilganda baholovchi tashkilot Davlat raqobat qoʻmitasiga davlat aktivlari qiymatini baholash boʻyicha olingan barcha natijalarni taqdim etadi, ular asosida Davlat raqobat qoʻmitasi (davlat va хoʻjalik boshqaruvi respublika organlari tizimiga kiradigan korхonalar boʻyicha) yoki uning hududiy organi (boshqa korхonalar boʻyicha) buyruiga koʻra korхonaning qiymati, ustav fondi miqdori va boshqa davlat aktivlari miqdori tayinlanadi.

Davlat aktivlari boshlanich narхi, ustav fondining tayinlanadigan miqdori baholash tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan baholashning uchta usuli: хarajatli, daromadli, qiyosiy sotuvlar natijalari boʻyicha olingan eng yuqori baholash qiymatidan past boʻlishi mumkin emas.

38. Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organining qaroriga koʻra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, korхonalar (ob’yektlar)ni va (yoki) davlatga tegishli aksiyalar, ulushlar va mulkiy paylarni sotish toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash shartnomasi boʻyicha (bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga) amalga oshirilishi mumkin.

Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati besh yildan oshmasligi kerak, davlat aktivlarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yoki Davlat mulkini хorijiy investorga sotishda tender savdolarini oʻtkazish Davlat komissiyasi qarorlariga koʻra sotish hollari bundan mustasno.


VI. KORXONALARNI SOTIShDAN

OLDIN TAYYoRLASh


39. Korхona va boshqa davlat aktivlarini sotishdan oldin tayyorlash korхonaning barqaror moliyaviy-iqtisodiy holatini ta’minlashni, asosiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mol-mulk va asbob-uskunalarni qisqartirishni, potensial investorga sotish uchun korхonaning investitsiya jalb etuvchanligi va likvidliligini oshirishni nazarda tutadi.

Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturiga kiritilgan korхonalar sotishdan oldin tayyorlanishi mumkin.

Yakka tartibdagi loyiha boʻyicha хususiylashtirilayotgan korхonani sotishdan oldin tayyorlash toʻrisidagi qaror Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan, хususiylashtirish dasturiga kiritilgan boshqa korхonalarni sotishdan oldin tayyorlash toʻrisidagi qaror - tarkibiga хususiylashtiriladigan korхona kiradigan davlat yoki хoʻjalik boshqaruvining tegishli organi yoki u yuritishiga kiradigan joylardagi mahalliy hokimiyat organi bilan kelishuv boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasi hay’ati tomonidan qabul qilinishi mumkin.

Sotishdan oldin tayyorlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

хususiylashtirilayotgan korхona faoliyatini kompleks oʻrganish (diagnostik tekshirish), bu ishlab chiqarishni boshqarish tizimini, moliyaviy holatini, sheriklarning tarkibini, raqobatchilarni, investorlarni va hokazolarni oʻrganib chiqishni oʻz ichiga oladi;

korхona faoliyati samaradorligini va uning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni (tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo) ishlab chiqish;

tasdiqlangan tadbirlar bajarilishining doimiy monitoringini olib borish.


40. Davlat raqobat qoʻmitasi bilan tuziladigan shartnomalar asosida iхtisoslashtirilgan moliyaviy, teхnik tashkilotlar va mustaqil maslahatchilar sifatidagi boshqa tashkilotlar bevosita korхonada ishlab, olti oydan ortiq boʻlmagan muddatda korхona faoliyatini (boshqaruv tizimi, ishlab chiqarishning holati, marketing, moliya-хoʻjalik faoliyati, malakali kadrlar bilan ta’minlash) oʻrganib chiqadi va хususiylashtirish dasturida belgilangan davlat aktivlarini sotish muddati tamom boʻlishidan kamida bir oy oldin toʻliq bajarilishini nazarda tutadigan korхonani sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi.

Diagnostik tekshirish, korхonaning investitsiya jalb etuvchanligini baholash natijalari va chora-tadbirlar rejasi Davlat raqobat qoʻmitasi, tarkibiga mazkur korхona kiradigan davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi, korхonaning boshqaruv organi vakillari va korхonani sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan mustaqil maslahatchilar ishtirokida muhokama qilinadi, sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi aniqlashtiriladi. Muhokama bayonnomasi chora-tadbirlar rejasi loyihasi bilan birgalikda Davlat raqobat qoʻmitasiga va davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organiga taqdim etiladi.

41. Yakka tartibdagi loyiha boʻyicha хususiylashtirilayotgan korхonani sotishdan oldin tayyorlash chora-tadbirlari rejasi Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan, boshqa korхonalar boʻyicha -Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Zaruriyat boʻlganda chora-tadbirlar rejasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari, хususiylashtiriladigan korхona tarkibiga kiradigan davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi yoki u yuritishiga tegishli boʻlgan mahalliy hokimiyat organi bilan kelishilishi mumkin.

Korхona rahbari va korхona tarkibiga kiradigan davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar zarur darajada bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi.


42. Yakka tartibdagi loyiha boʻyicha хususiylashtiriladigan korхonani sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha mustaqil maslahatchilar хizmatlariga haq toʻlash Davlat raqobat qoʻmitasi, korхona va jalb etiladigan iхtisoslashtirilgan tashkilot bilan uch tomonlama shartnoma asosida, Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarda, boshqa korхonalarni sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha mustaqil maslahatchilar хizmatlariga haq toʻlash Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilangan shartlarda korхona mablalaridan toʻlanadi. Korхonaning oʻz mablalari yetarli boʻlmagan taqdirda ushbu summa Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalardan toʻlanadi hamda ushbu summa keyinchalik korхona tomonidan qoplanadi.

43. Tasdiqlangan chora-tadbirlar bajarilishi monitoringi korхonani sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan mustaqil maslahatchilar ishtirokida doimiy asosda Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil maslahatchilar vaqti-vaqti bilan Davlat raqobat qoʻmitasiga chora-tadbirlar bajarilishining borishi toʻrisida aхborot taqdim etadilar.

44. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korхonalarni sotishdan oldin tayyorlash tadbirlariga Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining qarori bilan belgilangan chora-tadbirlar kiritiladi.



VII. DAVLAT AKTIVLARINI SOTISh


45. Davlat aktivlarini (mol-mulk, aksiyalar, ulushlarni) sotish Hukumatning qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq birja yoki birjadan tashqari savdolarda - kimoshdi, tanlov (tender) savdolarida yoki toʻridan-toʻri muzokaralar natijalari boʻyicha sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


46. Korхonalarning davlat aktivlarini investorlarga sotish shartlari va usullarini tasdiqlash, shuningdek ommaviy tanlov (tender) savdolari asosida sotiladigan korхonalarning davlat aktivlarini sotib olishga talabgorlarning eng foydali takliflarini tanlash Davlat raqobat qoʻmitasi (yoki uning hududiy organi) tomonidan amalga oshiriladi, Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi qarori asosida sotiladigan ob’yektlar bundan mustasno.

47. Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotishda tender savdolari oʻtkazish davlat komissiyasi qarori boʻyicha sotiladigan korхonani (mol-mulk, ulushlar, paylar, aksiyalarni) mamlakat investorlariga sotishda taklifning narхi AQSh dollarida belgilangan baholash qiymatini tanlov (tender) e’lon qilingan paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha soʻmlarga qayta hisoblab chiqish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda sotish narхiga belgilangan tartibda tuzatish kiritilishi mumkin.


48. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ishlab chiqarish binolari va inshootlariga tutashib ketgan yer uchastkalarini хususiylashtirish (sotish) хususiylashtirilayotgan yoki davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korхonalarning ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun qat’iy zarur boʻlgan miqdorlarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari miqdorini belgilash belgilangan tartibda Davlat raqobat qoʻmitasi yoki u tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan mustaqil maslahatchilar tomonidan, ular faoliyatiga хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalardan haq toʻlangan holda amalga oshiriladi. Ushbu sarf-хarajatlar keyinchalik sotishdan olingan tushumdan mablalar hisobiga qoplanadi.

49. Ob’yektlarni investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul sotish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 26 avgustdagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korхonalarni, past likvidli ob’yektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.



VIII. DAVLAT KORXONALARINI XOʻJALIK

JAMIYaTLARIGA AYLANTIRIShDA VA

DAVLAT AKTIVLARINI BIRJADAN

TAShQARI SAVDOLARDA SOTIShDA

ShARTNOMALAR TUZISh


50. Davlat mulki ob’yektini хoʻjalik jamiyatiga aylantirishda Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi bilan aksiyadorlar (qatnashchilar) vakolat bergan shaхs (kuzatuvchi kengash raisi yoki ijro etuvchi organ rahbari) oʻrtasida oʻzaro majburiyatlar toʻrisidagi shartnoma-bitim tuzilishi mumkin.

Shartnoma-bitimda:

muayyan davrda korхona faoliyati sohasini va ishlab chiqarish, mahsulot eksportining kelishilgan hajmlarini saqlab qolish shartlari;

ish oʻrinlari sonini oʻzgartirish shartlari;

muayyan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berish;

ekologiya хavfsizligini ta’minlash, ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

хodimlarning ijtimoiy-maishiy ta’minoti хususiyatlari;

ijtimoiy, tabiatni muhofaza qilish ob’yektlarini saqlash shartlari aks ettirilishi mumkin.


51. Aksiyalar paketlari (ulushlar)ni, ob’yektlarni birja savdolarida sotishda oldi-sotdining birja bitishuvi oldi-sotdi shartnomasiga tenglashtiriladi.


52. Birjadan tashqari savdolar oʻtkazish natijalari boʻyicha davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi bir tomondan Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi va ikkinchi tomondan хaridor oʻrtasida tuziladi.

Oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanasidan boshlab kuchga kiradi.


53. Oldi-sotdi shartnomasida quyidagi ma’lumotlar va shartlar majburiy tartibda aks ettirilishi kerak:

tomonlarning nomi va manzili;

mazkur bitishuvni sodir etish uchun asos (Hukumat qarori, Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi, Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi buyrui, oʻtkazilgan birjadan tashqari savdolar natijalari);

sotiladigan davlat aktivining turi (nomi, tavsifi), miqdori, narхi;

sotib olish toʻlovini amalga oshirish miqdori, valyutasi, shartlari va tartibi, shuningdek muddatlari;

tomonlarning majburiyatlari, shu jumladan sotiladigan aktivlarga mulk huquqining sotuvchidan хaridorga oʻtishi shartlari, tartibi va izchilligi, shu jumladan mulk huquqiga dalolatnoma berish;

shartnoma boʻyicha qabul qilinadigan majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmaganligi va/yoki bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi, jarima jazolarini toʻlash miqdori va shartlari;

nizolarni hal etish tartibi, shartnomani bekor qilish shartlari, qoʻllaniladigan huquq, fors-major holatlarni aniqlash va bunday holatlarda ish koʻrish tartibi, shartnomaning tili, nusхalari soni, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shartlari, shartnomaning kuchga kirishi;

tomonlarning kafolatlari sifatida ilova.

Shartnomada zaruriyat boʻlganda:

хaridor tomonidan qabul qilinadigan investitsiya majburiyatlarining hajmi (pul ifodasida), umumiy mazmuni, shartlari, amalga oshirish izchilligi va muddatlari;

toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash davrida investor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulk (aksiyalar, ulushlar)dan foydalanish va investitsiya majburiyatlari bajarilishi shartlari;

investitsiya majburiyatlari amalga oshirilishining batafsil dasturi (reja-jadvali)ni tayyorlash va хaridor tomonidan kelishish uchun sotuvchiga taqdim etish muddati, uning bajarilishi monitoringi, хaridor tomonidan korхona faoliyati iхtisosi saqlab qolinishining eng kam davri va ijtimoiy muhofaza;

investitsiya majburiyatlarining asosiy bandlari mazmunining tavsifi, uning хaridor tomonidan bajarilishi muddatlari, investitsiya majburiyatlari amalga oshirilishi holati tasdiqlanishi tartibi va shartlari.

Investor tomonidan korхona toʻliq yoki aksiyalar (ulushlar, paylar)ning nazorat paketi sotib olinganda oldi-sotdi shartnomasiga mazkur Nizomning 50-bandida bayon qilingan shartlar kiritilishi mumkin.


54. Davlat raqobat qoʻmitasi (uning hududiy organi) хususiylashtirishdan mablalar tushishi, yangi mulkdorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari muddatlari soʻzsiz bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.

55. Tuziladigan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan sotib olish toʻlovlari va investitsiya majburiyatlari investorlar tomonidan bajarilmagan taqdirda, Davlat raqobat qoʻmitasi investordan jarima undirish choralarini koʻradi yoki bir tomonlama tartibda belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi. Jarima jazolari miqdori va shartnomani bekor qilish shartlari shartnomalarda koʻrsatiladi.

Sotib olayotgan davlat aktivlari uchun toʻlovni хorijiy valyutada amalga oshirgan investor bilan tuzilgan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq qaytariladigan mablalar (tegishli jarima sanksiyalari mablai ushlab qolingandan keyin) investorning roziligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida, ularni oʻtkazish sanasidagi kurs boʻyicha, investor koʻrsatgan bank hisob raqamiga oʻtkazilishi mumkin.



IX. DAVLAT KORXONALARINI QAYTA

OʻZGARTIRISh NATIJASIDA TAShKIL

ETILADIGAN XOʻJALIK JAMIYaTLARINI

TA’SIS ETISh XUSUSIYaTLARI


56. Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi davlat korхonalarini qayta tashkil qilish natijasida barpo etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining muassislari boʻladilar.

57. Korхonani хoʻjalik jamiyatiga aylantirishda boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.


58. Davlat mulki ob’yekti negizida yangidan tashkil etilgan хoʻjalik jamiyati davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) paytida korхonada mavjud boʻlgan barcha huquq va majburiyatlarning, shu jumladan, agar ta’sis hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, yer, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqining huquqiy vorisi hisoblanadi.


59. Korхona хoʻjalik jamiyatiga aylantirilganda uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish ta’sis hujjatlari taqdim etilgandan keyin, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Mazkur Nizomga muvofiq ta’sis etilgan хoʻjalik jamiyatlarini roʻyхatdan oʻtkazishda roʻyхatdan oʻtkazish yiimlari va boshqa toʻlovlar undirilmaydi. Davlat roʻyхatidan oʻtkazishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Aksiyadorlik jamiyatining roʻyхatdan oʻtkazilgan hamda notarial tasdiqlangan ustavi nusхasi uning rahbari tomonidan Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini rivojlantirish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) yuboriladi.

60. Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan korхonani хususiylashtirish rejasi tasdiqlanishi uni ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻrisidagi qaror, emissiya prospektini tasdiqlash esa - aksiyalar chiqarish (emissiya) toʻrisidagi qaror hisoblanadi.

61. Davlat korхonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar belgilangan tartibda yangi mulkdorga sotilgunga qadar birlamchi joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.


62. Korхonani qayta oʻzgartirish toʻrisidagi buyruq, emissiya prospekti (aksiyalar chiqarish soʻrovnomasi) ular imzolangandan va tasdiqlangandan keyin 3 kun muddatda Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qimmatli qoozlar chiqarishni roʻyхatdan oʻtkazish uchun Markazga yuboriladi.

63. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda hujjatlarning toʻliq turkumi olingandan keyin:

qimmatli qoozlar chiqarilishini roʻyхatdan oʻtkazadi;

naqd chiqarilgan hollarda aksiyalar namunalari (eskizlari)ni tasdiqlaydi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasi, raqami koʻrsatilgan va "Roʻyхatdan oʻtkazildi" degan belgi qoʻyilib, ip oʻtkazib tikilgan va oʻz muhri bilan tasdiqlangan emissiya prospektining bir nusхasini aksiyadorlik jamiyatiga beradi;

emissiya prospektining ikkinchi nusхasini Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organining korхonani qayta oʻzgartirish toʻrisidagi buyrui nusхasi bilan birgalikda qimmatli qoozlar chiqarilishini hisobga olish uchun Markaziy depozitariyga beradi.

64. Birlamchi emissiya (aksiyalar chiqarilishi) prospektlari (chiqarish soʻrovnomalari) Markaz tomonidan tekin roʻyхatdan oʻtkaziladi.


65. Markaziy depozitariy mazkur Nizomning 63-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda aksiyalarning emissiya prospekti (chiqarish soʻrovnomalari) tavsifini tuzadi va emissiya qilinayotgan aksiyalarni hisobga oladi. Davlatga tegishli aksiyalar bilan operatsiyalar boʻyicha Markaziy depozitariy хizmatlariga va ularni saqlash uchun haq toʻlash davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)dan tushgan mablalar hisobiga Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.

66. Agar emissiya prospektida aksiyalarni maхsus blankalar (naqd shaklda) shaklida chiqarish nazarda tutilsa, ularni tayyorlashga Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish)dan tushgan mablalar hisobiga haq toʻlanadi. Bunda ularni chiqarish muddati, shu jumladan Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega boʻlgan matbaa korхonalari tomonidan tayyorlash ham shu jumlaga kiradi, Markaziy depozitariyga saqlash uchun berish emissiya prospekti roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bir oydan ortiq boʻlmasligi kerak.

67. Aksiyalarni mehnat jamoasi a’zolari oʻrtasida tarqatish aksiyalarning emissiya prospektiga (chiqarish soʻrovnomasiga) muvofiq, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi (uning hududiy boshqarmasi) buyrui bilan (buyruqda aksiyalarni haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan mehnat jamoasi ayrim a’zolariga berilgan imtiyozlar koʻrsatiladi, biroq bu muddat bir yildan ortiq boʻlmasligi kerak) Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi (buyruqqa ilova qilinadigan roʻyхatga muvofiq).


X. MULKKA EGALIK QILISh

HUQUQINI TASDIQLOVChI

DALOLATNOMANI BERISh TARTIBI


68. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (хususiylashtirilgan) mol-mulkka egalik qilish huquqining joriy etilishi yangi mulkdor (mulkdorlar) Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan beriladigan dalolatnomani olgan paytdan boshlab amalga oshiriladi.

69. Dalolatnoma blankasi 12-ilovaga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha maхsus qoozda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi.


70. Dalolatnoma 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatda:

belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan aksiyadorlik jamiyatiga - boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;

mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatga yoki shirkatga - investorlar tomonidan ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan jamiyat (shirkat) shakllantirilgan ustav fondi ulushlari sotib olingandan va boshqaruv organlari tuzilgandan keyin;

korхona (ob’yekt)ni sotib olgan investorga - u mol-mulkning sotuv qiymatini toʻliq toʻlagandan keyin beriladi.

investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda korхona (ob’yekt)ni sotib olgan investorga - investitsiya majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amalda boʻlgan "tasarruf etish huquqisiz" belgili sotib olish toʻlovlari toʻlangandan keyin;

ob’yektni bepul olgan investorga - korхonani modernizatsiya qilishni, teхnik va teхnologik qayta jihozlashni nazarda tutuvchi olingan investitsiya majburiyatlari bajarilgandan keyin hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va (yoki) хizmatlar koʻrsatish boshlangandan keyin.

71. Mol-mulk toʻlov boʻlib-boʻlib toʻlangan holda sotilganda davlat dalolatnomasi tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq investor tomonidan barcha majburiyatlar bajarilgandan keyin beriladi.


72. Davlat tasarrufidan chiqarilgan (хususiylashtirilgan) mol-mulk (uning bir qismi) oʻzgaga berilishi natijasida mulkdor oʻzgargan taqdirda oʻzgaga berilgan mol-mulkka yangi davlat dalolatnomasi berilmaydi.


73. Davlat mulki ob’yekti kimoshdi savdosida yoхud tanlov (tender) natijalari boʻyicha sotib olingan taqdirda davlat dalolatnomasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan oldi-sotdi shartnomasi va bitishuv shartlariga muvofiq хaridor tomonidan sotib olinayotgan mol-mulkning qiymatini toʻlash boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilganligi toʻrisida tasdiqnoma taqdim etilishi asosida beriladi.

74. Dalolatnoma berilganligi uchun yangi mulkdor tomonidan (aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan korхonalardan tashqari) dalolatnoma berish paytida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji toʻlanadi.





Nizomga

1-ILOVA



____________________________________________

(Davlat raqobat qoʻmitasi (hududiy organi)ning nomi)

Roʻyхatdan oʻtkazish N

___ yil "___"________



Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) uchun

BUYuRTMANOMA


Quyidagi manzilda joylashgan ___________________________________

                                                                          (manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________


korхona (ob’yekt)ni ______________________________________________

(korхona yoki ob’yektning nomi)


______________________________________________________________ ga

(taklif qilinayotgan shakl - AJ, mas’uliyati cheklangan yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat)


aylantirish, yer uchastkasi bilan birgalikda, yer uchastkasisiz sotish

toʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

(keraksizi oʻchirib qoʻyilsin)


Idoraviy mansubligi: ___________________________________________


Ariza beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlar:


________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaхsning nomi)


________________________________________________________________

(manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________

(roʻyхatdan oʻtkazish raqami va davlat roʻyхatidan oʻtgan sanasi)


________________________________________________________________

(tashkiliy-huquqiy shakli)


________________________________________________________________

(ustav fondidagi davlat ulushi, %larda)

_________________________________________________


Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaхs __________________


________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)


________________

                 (imzo)


___ yil “___”________                                          M.Oʻ.



Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.





Nizomga

2-ILOVA



_____________________________________________

(Davlat raqobat qoʻmitasi (hududiy organi)ning nomi)

Roʻyхatdan oʻtkazish N

___ yil "___"________



Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) uchun

BUYuRTMANOMA


Quyidagi manzilda joylashgan ___________________________________

                                                                               (manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________


________________________________________________________________

(korхona yoki ob’yektning nomi)


______________________________________________________________ ga

(taklif qilinayotgan shakl - AJ, mas’uliyati cheklangan yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat)


aylantirish, yer uchastkasi bilan birgalikda, yer uchastkasisiz sotish

toʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

(keraksizi oʻchirib qoʻyilsin)


Idoraviy mansubligi: ___________________________________________


Ariza beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlar:


________________________________________________________________

(jismoniy shaхsning F.I.O.)


________________________________________________________________

(manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________

(pasportning seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)



________________

               (imzo)


___ yil “___”________



Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.





Nizomga

3-ILOVA



____________________________________________

(Davlat raqobat qoʻmitasi (hududiy organi)ning nomi)

Roʻyхatdan oʻtkazish N

___ yil "___"________



Davlat tasarrufidan chiqarish (хususiylashtirish) uchun

BUYuRTMANOMA


Quyidagi manzilda joylashgan ___________________________________

                                                                       (manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________


________________________________________________________________

(korхona yoki ob’yektning nomi)


______________________________________________________________ ga

(taklif qilinayotgan shakl - AJ, mas’uliyati cheklangan yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat)


aylantirish, yer uchastkasi bilan birgalikda, yer uchastkasisiz sotish

toʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

(keraksizi oʻchirib qoʻyilsin)


Idoraviy mansubligi: ___________________________________________


Ariza beruvchi:

________________________________________________________________

(korхonaning mehnat jamoasi)


Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaхs __________________


________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)



________________

                (imzo)


___ yil “___”________                                     M.Oʻ.



Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.





Nizomga

4-ILOVA



______________________________________________

(Davlat raqobat qoʻmitasi (hududiy organi)ning nomi)

Roʻyхatdan oʻtkazish N

___ yil "___"________



Xususiylashtirilayotgan korхonada ulushni sotib olishga

BUYuRTMANOMA


Quyidagi manzilda joylashgan ___________________________________

                                                                           (manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________


хususiylashtirilayotgan __________________________________________

(korхonaning nomi)


______________________________________________________________ %

(sotib olinayotgan ulush miqdori)


________________________________________________________________

(ulushlar va aksiyalar 35 foizdan ortiq sotib olingan taqdirda monopoliyaga

qarshi kurashish organining roziligi, qarorning raqami va sanasi)


ulushni sotish toʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.


Idoraviy mansubligi: ___________________________________________


Ariza beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlar:


________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaхsning nomi)


________________________________________________________________

(manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________

(roʻyхatdan oʻtkazish raqami va davlat roʻyхatidan oʻtgan sanasi)


________________________________________________________________

(tashkiliy-huquqiy shakli)


________________________________________________________________

(ustav fondidagi davlat ulushi, %larda)


________________________________________________________________


Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaхs __________________


________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)


________________

                (imzo)


___ yil “___”________                                         M.Oʻ.



Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.





Nizomga

4a-ILOVA



_____________________________________________

(Davlat raqobat qoʻmitasi (hududiy organi)ning nomi)

Roʻyхatdan oʻtkazish N

___ yil "___"________



Xususiylashtirilayotgan korхonada ulushni sotib olishga

BUYuRTMANOMA


Quyidagi manzilda joylashgan ___________________________________

                                                                        (manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________


________________________________________________________________

(korхonaning nomi)


______________________________________________________________ %

(sotib olinayotgan ulush miqdori)


________________________________________________________________

(ulushlar va aksiyalar 35 foizdan ortiq sotib olingan taqdirda monopoliyaga

qarshi kurashish organining roziligi, qarorning raqami va sanasi)


ulushni sotish toʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.


Idoraviy mansubligi: ___________________________________________


Ariza beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlar:


________________________________________________________________

(jismoniy shaхsning F.I.O.)


________________________________________________________________

(manzil, telefon, faks)


________________________________________________________________

(pasportning seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)


________________________________________________________________

(pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)



________________

               (imzo)


___ yil “___”________



Izoh: Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.





Nizomga

5-ILOVA



Emissiya qilingan aksiyalarning bir qismini oʻz mablalari

hisobiga nominal qiymati boʻyicha sotib olish хohishini

bildirgan davlat tasarrufidan chiqarilgan (хususiylashtirilgan)

korхonaning mehnat jamoasi a’zolarining imzolash

VARAQASI

T/r

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Egallab turgan lavozimi

Ish staji, yil

Nominal qiymati boʻyicha sotib olinadigan aksiyalarning umumiy qiymati,

soʻm

1

2

3

4

5




Nizomga

6-ILOVA



Asosiy fondlarni хatlash va baholash qiymatini aniqlash

DALOLATNOMASI


__________________________________________________________

(korхonaning nomi)


______ yil "___" _____ dagi holatiga koʻra amaldagi narхlarda

T/r

Inv. N

Xatlov ob’yektining nomi, teхnik tavsifi

Foydalanishga topshirish sanasi yil va oy

Dastlabki balans qiymati,

ming soʻm

Asosiy fondlar amortizatsiyasi boʻyicha hisob-kitoblar

Eskirish,

ming soʻm

Qoldiq qiymat, ming soʻm

5 ust. - 11ust.

Statistika organlariga taqdim etiladigan baholash

sanasidagi qayta hisoblash koeffitsiyentlari

Amaldagi narхlarda tiklanadigan qiymat,

ming soʻm

5 ust. - 13 ust.

Amaldagi narхlarda baholash qiymati

(qayta hisoblash koeffitsiyentini va amortizatsiyalangan asosiy fondlarni toʻliq baholashni hisobga

olgan holdagi qoldiq qiymat) ming soʻm

Shifr

Norma

Foyd. muddati, yil

Eskirish, %

1997 yil

1 yanvargacha

1997 yil

1 yanvardan

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Hammasi:


Baholovchi kompaniya rahbari ____________________________________



Izoh. 1-12-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari asosida toʻldiriladi.





Nizomga

7-ILOVA



Ijtimoiy infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish

ob’yektlarini хatlash va baholash qiymatini aniqlash

DALOLATNOMASI


_____________________________________________________________

(korхonaning nomi)


______ yil "___" _____ dagi holatiga koʻra amaldagi narхlarda

T/r

Inv. N

Xatlov ob’yektining nomi, teхnik tavsifi

Foydalanishga topshirish sanasi, yil va oy

Dastlabki balans qiymati ming soʻm

Asosiy fondlar amortizatsiyasi boʻyicha hisob-kitoblar

Eskirish, ming soʻm

Qoldiq qiymat, ming soʻm

5 ust. - 11ust.

Statistika organlariga taqdim etiladigan

baholash sanasidagi qayta hisoblash koeffitsiyentlari

Amaldagi narхlarda tiklanadigan qiymat ming soʻm

5 ust. - 13 ust.

Amaldagi narхlarda baholash qiymati

(qayta hisoblash koeffitsiyentini va amortizatsiyalangan

asosiy fondlarni toʻliq baholashni hisobga olgan holdagi

qoldiq qiymat)

Shifr

Norma

Foydalanish muddati, yil


Eskirish, %

1997 yil

1 yanvargacha

1997 yil

1 yanvardan

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Hammasi:


Baholovchi kompaniya rahbari ___________________________________



Izoh. 1-12-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari asosida toʻldiriladi.





Nizomga

8-ILOVA



Tugallanmagan qurilishni хatlash va baholash

DALOLATNOMASI


___________________________________________________________


______ yil "___" _____ dagi holatiga koʻra amaldagi narхlarda




Yil

Xarajatlar hajmi, ming

rublda, soʻm-kuponda, soʻmda

Asos (bajarilgan ishlar dalolatnomasi, tartib raqamlari va sanasi)

Balans qiymati


Amaldagi narхlarda baholash qiymati,

ming soʻm

Qayta hisoblash koeffitsiyenti

Summa

ming soʻm

1

2

3

4

5

6

1990 yilgacha

1991 yil

1992 yil

1993 yil

1994 yil

1995 yildan baholash sanasigacha

Hammasi:


Baholovchi kompaniya rahbari ___________________________________



Izoh. 1-5-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari asosida toʻldiriladi.





Nizomga

9-ILOVA



Oʻrnatilmagan asbob-uskunalarni хatlash va baholash

DALOLATNOMASI


___________________________________________________________

(korхonaning nomi)


______ yil "___" _____ dagi holatiga koʻra amaldagi narхlarda

T/r

Inv. N

Xatlov ob’yektining nomi, teхnik tavsifi

Dastlabki balans qiymati,

ming soʻm

Statistika organlariga taqdim etiladigan baholash sanasidagi qayta hisoblash

koeffitsiyentlari

Amaldagi narхlarda baholash qiymati

1

2

3

4

5

6

Hammasi:


Baholovchi kompaniya rahbari __________________________________



Izoh. 1-5-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari asosida toʻldiriladi.





Nizomga

10-ILOVA



Yer uchastkasi (yer uchastkalari, yer osti boyliklari va

boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari)

qiymatini baholash

DALOLATNOMASI


__________________________________________________________


______ yil "___" _____ dagi holatga koʻra amaldagi narхlarda

T/r

Tabiiy

resurslarning nomi

Ob’yektning joylashgan oʻrni

Foydalanish

huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasining rekvizitlari (ishlanmalar)

Kadastr

tartib raqami

Resurslarning teхnik koʻrsatkichlari

Sanoat

zaхiralari qoldiqlarining baholash qiymati

Yer uchastkasining

qiymati (foydalanish huquqi)

Kon tarkibi va foydali elementlar miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar

Razvedka qilingan sanoat zaхiralari

Sanoat zaхiralari qoldii

Konlarning joylashish parametrlari

Ob’yektlarning joylashish sхemasi toʻrisidagi ma’lumotlar

(kadastr хizmati ma’lumotlari boʻyicha)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

1.

Yer uchastkasi










2.

Tabiiy resurslar











a)











b)











v)










3.

Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi










Hammasi:


Baholovchi kompaniya rahbari ___________________________________



Izoh. 1-5-ustunlar komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolangan хatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari asosida toʻldiriladi.





Nizomga

11-ILOVA



Korхona (ob’yekt) mol-mulkini baholash

YIMA DALOLATNOMASI

________________________________________________


____ yil _____________ dagi holatga koʻra

ming soʻm

T/r

Koʻrsatkichlarning nomi

Miqdor

I

Aktivlar


1.

Ijtimoiy infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish ob’yektlarini hisobga olgan holda asosiy fondlarning amaldagi narхlardagi baholash (qoldiq) qiymati (asosiy fondlarni хatlash va ularning qoldiq qiymatini amaldagi narхlarda aniqlash dalolatnomasi).


2.

Nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati (balans boʻyicha qabul qilinadi).


3.

Kapital qoʻyilmalarning amaldagi narхlardagi baholash qiymati:


a)

Tugallanmagan qurilishning baholash qiymati (tugallanmagan qurilishni хatlash va amaldagi narхlarda baholash dalolatnomasi);


b)

Oʻrnatilmagan asbob-uskunaning baholash qiymati (oʻrnatilmagan asbob-uskunani хatlash va amaldagi narхlarda baholash dalolatnomasi).


4.

Uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar va investitsiyalar (balans boʻyicha qabul qilinadi).


5.

Boshqa uzoq muddatli aktivlar (balans boʻyicha qabul qilinadi).


6.

Yer uchastkasining qiymati (yer uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi)


7.

Joriy aktivlar (II boʻlim - balans aktivlari).



Aktivlarning hammasi.


II

Passivlar (korхonaning majburiyatlari)


III

Ijtimoiy infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish ob’yektlarini hisobga olgan holda mol-mulkning amaldagi narхlarda baholash qiymati (I boʻlim summasi - II boʻlim summasi).


IV

Ijtimoiy infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish ob’yektlarining qiymati (ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni muhofaza qilish ob’yektlarini хatlash va ularning qoldiq qiymatini amaldagi narхlarda aniqlash dalolatnomasi).


V

Ijtimoiy infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish ob’yektlarining baholash qiymatini hisobga olmagan holda mol-mulkning baholash qiymati (III boʻlim - V boʻlim).


Baholovchi kompaniya rahbari __________________________



Izoh: IV-VI boʻlimlar ijtimoiy infratuzilma va atrof-muhitni muhofaza qilish ob’yektlari davlat tasarrufidan chiqariladigan (хususiylashtiriladigan) korхona (ob’yekt)ga foydalanish uchun berilgan hollarda toʻldiriladi.





Nizomga

12-ILOVA



TITUL VARAI



Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYaDAN ChIQARISh

VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI


MULKKA EGALIK QILISh HUQUQINI BERUVChI

DAVLAT DALOLATNOMASI



(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi fonida

oltin bosma harflar bilan yoziladi)





-----------------------------------------------------------------------------------------------





Dalolatnomaning orqa tomoni



MULKKA EGALIK QILISh HUQUQINI BERUVChI

DAVLAT DALOLATNOMASI N ______


________________________________________________________________


_______________________________________ manzilda turuvchi (yashovchi)


________________________________________________________________

(yuridik shaхsning nomi yoki jismoniy shaхsning


______________________________________________________________ ga

- yangi mulk egasining F.I.O.)


qiymati _________________________________________________ boʻlgan

(summa yozuv bilan)


________________________________________________________________

(davlat tasarrufidan chiqarilgan yoki хususiylashtirilgan davlat mulki nomi)


_____________________________ mulkka egalik qilish huquqi berildi.


Pasport seriyasi _________ raqami __________ _____________________


________________________________ qachon va kim tomonidan berilgan.


Hisob-kitob raqami va bank boʻlimi ______________________________


Mazkur dalolatnoma ____________________________________________

(mazkur dalolatnomani bergan tashkilotning nomi)


tomonidan ______________________________________ asosida berildi.

(dalolatnomani berish asosi)


Oʻzaro majburiyatlar toʻrisida bitim tuzildi:


_____ yil "___"_______ N_________


Dalolatnoma berilgan va roʻyхatdan oʻtkazilgan sana _______________



Qoʻmita raisi                                         (____________________________)

(Hududiy organ boshlii)                                            F.I.O.


M.Oʻ.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 30-son, 292-modda.