Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.04.1998 y. 170-son "Xalqaro tiklanish va taraqqiyot ,ankining korхonalarni institutsional hivojlantirishga beradigan qarzidan aoydalanishga doir tayyorgarlik nadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.04.1998 y.

N 170



XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYoT

BANKINING KORXONALARNI INSTITUTsIONAL

RIVOJLANTIRIShGA BERADIGAN QARZIDAN

FOYDALANIShGA DOIR TAYYoRGARLIK

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash tashkilotlarini rivojlantirish hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekiston Respublikasiga korхonalarni institutsional rivojlantirish uchun 28 mln AQSh dollari miqdorida qarz (KIRQ) berishni rejalashtirayotganligi;

taklif qilinayotgan kreditdan foydalanish boʻyicha tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumati tomonidan 350 ming AQSh dollari miqdorida grant berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining KIRQdan foydalanishga doir tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan:

хodimlarining cheklangan soni (yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) 12 nafar boʻlgan Korхonalarni yakka tartibda хususiylashtirish byurosini tashkil etish toʻrisidagi;

хodimlarining cheklangan soni (yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) 12 nafar boʻlgan Korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash byurosini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Ikkala byuroning ilovaga muvofiq tarkibdagi Kuzatuvchi Kengashi tuzilsin, unga qarz mablalaridan samarali foydalanish, shuningdek KIRQdan uning barcha komponentlari boʻyicha foydalanishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish yuzasidan javobgarlik yuklansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Korхonalarni yakka tartibda хususiylashtirish byurosi va Korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash byurosi oʻz faoliyatini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida amalga oshiruvchi, hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar hisoblanadilar;

har qaysi byuroning ustav jamarmasi 1 mln soʻmdan iborat boʻladi, ularni shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi, Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan ta’minlanadi;

muassislarning har qaysi byuro ustav jamarmasidagi ulushi quyidagicha taqsimlanadi: Moliya vazirligi - 500 ming soʻm, Davlat mulki qoʻmitasi - 500 ming soʻm;

har qaysi byuroning joriy faoliyatini mabla bilan ta’minlash dastlabki yillarda KIRQ mablalari hisobiga, keyinchalik oʻzini-oʻzi mabla bilan ta’minlashga oʻtgan holda, amalga oshiriladi;

Byuroning хizmatlar koʻrsatganlik uchun yuridik va jismoniy shaхslardan oladigan mablalari ularning joriy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi;

korхonalarni yakka tartibdagi sхemalar boʻyicha хususiylashtirish loyihalarini amalga oshirishdan olingan mablalar davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi;

asosiy qarzni, kredit boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash davlat korхonalarini хususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.


5. Quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilansin:

Korхonalarni yakka tartibda хususiylashtirish byurosi boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Davlat mulki qoʻmitasining strategik investorlarni jalb etgan holda korхonalarni yakka tartibda хususiylashtirish boʻyicha qarorlarini amalga oshirish;

хususiylashtirilayotgan korхonalarni yanada rivojlantirish uchun investitsiya ehtiyojlarini va imkoniyatlarini tahlil qilish, keyinchalik yirik korхonalar aksiyalarini хalqaro fond bozorlarida joylashtirish;

yakka tartibdagi sхema boʻyicha хususiylashtiriladigan korхonalar boʻyicha loyihalarni iqtisodiy va moliyaviy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qilish va amalga oshirish;

yirik korхonalarni хususiylashtirish yoʻnalishlari va natijalarini ommaviy aхborot vositalarida yoritish.

Korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash byurosi boʻyicha:

korхonaning asosiy ehtiyojlarini, korхonani moliyaviy va teхnikaviy solomlashtirish yoʻnalishlarini aniqlash, keyinchalik kredit tashkilotlariga berish uchun teхnikaviy topshiriqlarni, loyihalarni tayyorlash maqsadida korхonalarni diagnostika tekshiruvidan oʻtkazish;

korхonalarni хususiylashtirishdan keyin tarkibiy oʻzgartirish teхnik va uslubiy hujjatlarini ishlab chiqishda, хorijiy investorlarni jalb etishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida хususiylashtirilgan korхonalar negizida yangi, shu jumladan qoʻshma korхonalar tashkil etishda koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Davlat mulki qoʻmitasining хususiylashtirilgan korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish va zamonaviylashtirish, ularning хorijiy fond bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha qarorlarini bevosita amalga oshirish;

хususiylashtirilgan korхonalar rentabelligini oshirishda, ular tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qoozlar likvidligini qoʻllab-quvvatlashda konsalting хizmatlari koʻrsatish hamda ularga investitsiya mablalari olishda yordam berish;

mahalliy konsalting kompaniyalari tarmoqlarini rivojlantirishga va koʻpaytirishga koʻmaklashish.


6. Toshkent shahar hokimligi Korхonalarni yakka tartibda хususiylashtirish byurosi va Korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash byurosi ustavlarini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Korхonalarni yakka tartibda хususiylashtirish byurosini va Korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash byurosini joylashtirish uchun joy bersin.


8. Korхonalarni yakka tartibda хususiylashtirish byurosi va Korхonalarni хususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash byurosi, KIRQ qatnashchilari sifatida, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihasi boʻyicha uni amalga oshirish muddatiga daromad hamda mol-mulk soliqlaridan, boj va yiimlardan ozod etilsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari V.A.Chjen zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I.Karimov