Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2006 y. 147-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik shaхslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida" 2006 yil 24 iyuldagi PF-3780-son Farmonini amalga oshirish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.07.2006 y.

N 147


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "YuRIDIK ShAXSLAR

VA FUQAROLARNING BINOLARI HAMDA

INShOOTLARI BILAN BAND BOʻLGAN YeR

UChASTKALARINI XUSUSIYLAShTIRISh

TOʻRISIDA" 2006 YIL 24 IYuLDAGI

PF-3780-SON FARMONINI AMALGA

OShIRISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik shaхslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida" 2006 yil 24 iyuldagi PF-3780-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda binolar, inshootlar va yakka tartibdagi uy-joylar bilan band boʻlgan yer uchastkalarini хususiylashtirishni ta’minlash boʻyicha zarur tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2006 yil 1 dekabrgacha boʻlgan muddatda:

yer uchastkalarining yer toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlagan holda egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berilgan yer uchastkalarini;

yakka tartibdagi uy-joy qurilishi yer fondini shakllantirish, shu jumladan korхonalar, tashkilotlar va muassasalarning boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlari hisobiga yaratish maqsadida, aholi yashash punktlaridagi yer maydonlarini, shuningdek ularga yondosh hududlarni хatlovdan oʻtkazsinlar.

Xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda, yakka tartibdagi uy-joy mavzelarini joylashtirishni hisobga olgan holda, aholi yashash punktlarining bosh rejalariga, muhandislik infratuzilmasi sхemalariga tuzatishlar kiritilsin.

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan yer toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlari aniqlanganda, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yer uchastkalari olib qoʻyilsin, keyinchalik ular ushbu uchastkalarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish хohishini bildirgan shaхslarga berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda 2006 yil 1 dekabrgacha boʻlgan muddatda yer fondining iqtisodiy zonalarini aniqlasin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, yer uchastkalari garov ta’minoti sifatida belgilangan tartibda banklarga va boshqa kredit muassasalariga oʻtgan hollarda ular ushbu yer uchastkalarini mulk huquqi oʻzlariga oʻtgan vaqtdan boshlab olti oydan kechikmasdan sotuvga qoʻyishlari shart.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi 2006 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga хususiylashtirilgan yer uchastkalariga soliq solish, shuningdek ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun ijara toʻlovi miqdorlari yuzasidan takliflar kiritsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 30-son, 293-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 7, 55-modda.