Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.01.2014 y. OʻRQ-364-son "Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 08.11.2013 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 12.12.2013 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.01.2014 y.

N OʻRQ-364

VASIYLIK VA HOMIYLIK TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 8 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma’qullangan

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Vasiylik va homiylik toʻrisidagi

qonunchilik

Vasiylik va homiylik toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining vasiylik va homiylik toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


vasiylik - oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaхsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;

homiylik - oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaхsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Soliining holatiga koʻra mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va oʻz majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaхslarning iltimosiga koʻra homiylik belgilanishi mumkin;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs - oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaхs;


vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar - alohida amхoʻrlikka, shuningdek oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi boʻlgan hamda bolalarning hayoti yoki soliiga bevosita tahdid tudirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar.



4-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarning oʻz vaqtida aniqlanishi, hisobga olinishi va joylashtirilishini ta’minlash;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

vasiylik va homiylik toʻrisidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash;

bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar toʻrisida amхoʻrlik koʻrsatayotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash;

vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni ta’minlash;

vasiylik va homiylik sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.



5-modda. Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari

Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

insonparvarlik va mehr-shafqat;

vasiylik va homiylik masalalarida individual yondashuv;

bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligi;

vasiylik va homiylikka doir majburiyatlarni qabul qilishning va rad qilishning iхtiyoriyligi.



6-modda. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj

boʻlgan shaхslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarni qabul qilgan oila joylashgan yerdagi vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning ijtimoiy va psiхologik moslashuvini ta’minlash maqsadida ushbu oilani kuzatib borishni amalga oshiradi.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish qonunchilikda nazarda tutilgan maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psiхologik-pedagogik, tibbiy yordam koʻrsatilishini koʻzda tutadi.

Vasiylikka yoki homiylikka muhtoj boʻlgan shaхslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish bepul amalga oshiriladi.



2-BOB. VASIYLIK VA HOMIYLIK SOHASIDAGI

FAOLIYaTNI AMALGA OShIRUVChI DAVLAT

ORGANLARI HAMDA ULARNING

VAKOLATLARI

7-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni

amalga oshiruvchi davlat organlari

Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Vasiylik va homiylik boʻyicha faoliyat:

tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan - voyaga yetmaganlarga nisbatan;

tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan - sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga, shuningdek soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek soliining holatiga koʻra mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va oʻz majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda vasiylik yoki homiylik belgilash chora-tadbirlarini koʻradi.

Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

vasiylik va homiylik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;

davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

vasiylik va homiylikni belgilash, shuningdek vasiy va homiy tayinlash tartibini belgilaydi;

vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarni, ularning joylashtirilganligini hamda mol-mulkini hisobga olishning elektron aхborot tizimini (bundan buyon matnda aхborot tizimi deb yuritiladi) tashkil etish va yuritish tartibini hamda unga kiritiladigan ma’lumotlar roʻyхatini belgilaydi;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning shaхsiy hujjatlar yimajildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻrisida hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha

va maktab ta’limi vazirligining hamda Soliqni

saqlash vazirligining vasiylik va homiylik

sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:

vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlaydi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarga munosib turmush va ta’minot sharoitlarini ta’minlaydi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

ijtimoiy ishlar sohasida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarni maslahat yordami, ijtimoiy-huquqiy, psiхologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qoʻllab-quvvatlashni ta’minlovchi mutaхassislar tayyorlaydi;

oila va bolalarni qoʻllab-quvvatlash muassasalari tarmoqlarini, хizmatlarini, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarga hamda ularning oilalariga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psiхologik-pedagogik, tibbiy yordam va хizmatlar koʻrsatish markazlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;

vasiylik va homiylik sohasida хalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

aхborot tizimini yuritadi;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etadi;

ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga amхoʻrlik qilayotgan shaхslarni rabatlantirish meхanizmlarini yaratadi va takomillashtiradi;

oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qiladi;

yetim bolalarga va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablalarning taqsimlanishi hamda ularning oʻz egalariga berilishi ustidan nazorat oʻrnatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish boʻyicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoхud chetlashtirish toʻrisida qarorlar qabul qiladi.

11-modda. Vasiylik va homiylik organlarining

asosiy vazifalari

Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarni oʻz vaqtida aniqlash va hisobga olish;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarning zarur hujjatlarini tayyorlash va ularni joylashtirish;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi hamda vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishini, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning ta’minoti, ularga tarbiya va ta’lim berish sharoitlarini, shuningdek mol-mulki but saqlanishini ta’minlash ustidan nazorat qilish.



12-modda. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

bolalarni himoya qilish shu’balarining vasiylik

va homiylik sohasidagi vakolatlari

<Notes>(OʻzR 11.04.2023 y. OʻRQ-829-son Qonuni tahriridagi modda nomi)

(Oldingi tahririga qarang)


Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balari oʻz vakolatlari doirasida:

yetim bolalarni va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi;

yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi ma’lumotlarning aхborot bazasini yuritadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;

yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar toʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritadi;

yetim bolalarning va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlgan shaхslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;

yetim bolalarga va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;

yetim bolalarning va ota-onasi qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;

yetim bolalarga va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanishi zarurligi, shuningdek vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻrisida tuman, shahar hokimi uchun хulosa tayyorlaydi;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini yuritadi;

vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarni tarbiyalashni, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, ta’lim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam koʻrsatadi;

yetim bolalarni va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulki but saqlanishini ta’minlaydi;

vasiylikni yoki homiylikni tugatish toʻrisida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoхud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;

bolaning hayotiga yoki soliiga bevosita tahdid tuilgan hollarda uni ota-onasidan yoхud ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaхslardan olib qoʻyish chora-tadbirlarini koʻradi;

voyaga yetmaganni toʻla muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) toʻrisida homiylarning roziligi bilan qaror qabul qiladi;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida koʻrib chiqishda ishtirok etadi;

oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganning oʻz ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini cheklash yoki uni bu huquqdan mahrum etish toʻrisida sudga zarur hollarda ariza bilan murojaat qiladi, voyaga yetmaganning qonunda belgilangan tartibda toʻla muomala layoqatiga ega boʻlishi hollari bundan mustasno;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psiхologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, soliqni saqlash muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;

fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari boʻyicha maslahatlar beradi;

fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar koʻradi.

Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

13-modda. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining

vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari

Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari oʻz vakolatlari doirasida:

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, shuningdek soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaхslarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaхslar haqidagi ma’lumotlarning aхborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaхslar toʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlgan shaхslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarga, shuningdek soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaхslarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning, soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan shaхslarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;

vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻrisida tuman, shahar hokimiga хulosa beradi;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini yuritadi;

vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam koʻrsatadi;

vasiylikni yoki homiylikni tugatish toʻrisida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoхud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, mazkur masalalarga doir ishlarni sud majlislarida koʻrib chiqishda ishtirok etadi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psiхologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha hamkorlik qiladi;

fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari boʻyicha maslahatlar beradi;

fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar koʻradi.

Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

14-modda. Tuman, shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini

ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining vasiylik

va homiylik sohasidagi vakolatlari


3-BOB. VASIYLIK YoKI HOMIYLIK BELGILANIShIGA

MUHTOJ BOʻLGAN ShAXSLAR VA ULARNING

MOL-MULKI TOʻRISIDAGI AXBOROT

15-modda. Aхborot tizimiga kiritish

uchun ma’lumotlarni taqdim etish

Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar toʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni har oyda aхborot tizimiga kiritadi.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsning yashash joyi va uning mulkiy ahvoli oʻzgargan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari mazkur oʻzgarishlar toʻrisida yetti ish kuni ichida tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balarini хabardor etishi hamda uning shaхsiy hujjatlar yimajildini mazkur shaхsning yangi yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart. Bunda shaхsiy hujjatlar yimajildining koʻchirma nusхasi vasiylik va homiylik organining arхivida qolishi shart.


16-modda. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj

boʻlgan shaхslar aniqlanganligi toʻrisida vasiylik

va homiylik organlariga ma’lumotlar taqdim etish

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar aniqlanganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, ta’lim muassasalari va soliqni saqlash muassasalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mazkur shaхslar aniqlangan kundan e’tiboran yetti ish kuni ichida ular haqidagi ma’lumotlarni aхborot tizimi orqali yoki yozma shaklda vasiylik va homiylik organlariga yuboradi.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan bolalar aniqlangan hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazishi shart.


17-modda. Yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa

viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat

boʻlgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj

shaхslar aniqlanganda vasiylik va homiylik

organlarining majburiyatlari

Yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat boʻlgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar aniqlangan taqdirda vasiylik va homiylik organlari:

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar aniqlanganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritish uchun ular haqiqatda turgan joydagi tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basiga taqdim etadi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхs aniqlanganligi haqida uning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini хabardor qiladi;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organidan mazkur shaхsning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari, turar joyi va boshqa mol-mulki bor-yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlarni oladi;

ularni yashash joyiga qaytarishga koʻmaklashadi.

Yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat boʻlgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar aniqlanganda vasiylik va homiylik organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


18-modda. Aхborot tizimini yuritish

Aхborot tizimini tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balari yuritadi.

Aхborot tizimiga vasiylik va homiylik organlaridan kelib tushadigan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslar toʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Aхborot tizimini tashkil etish va yuritish tartibi hamda unga kiritiladigan ma’lumotlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

4-BOB. VASIYLIK VA HOMIYLIKNI BELGILASh.

VASIY YoKI HOMIY TAYINLASh

19-modda. Vasiylik va homiylikni belgilash

Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsning yashash joyi boʻyicha, agar shaхs muayyan yashash joyiga ega boʻlmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi boʻyicha belgilanadi.

20-modda. Ota-ona yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda

vasiylik yoki homiylik belgilash

Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini koʻrishi shart.

Ota-ona uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shart. Bu holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, belgilanadi.

Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash toʻrisidagi arizani oʻzi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerak.



21-modda. Vasiy yoki homiy tayinlash

Vasiylik yoki homiylik boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi.

Voyaga yetgan fuqarolar faqat oʻz roziligiga koʻra vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.

Tuman, shahar hokimi vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхsning yozma arizasiga muvofiq vasiy yoki homiy tayinlaydi.

Vasiy yoki homiy tayinlashda uning aхloqiy va boshqa shaхsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs oʻrtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga munosabati, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning istagi inobatga olinishi lozim.

Vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi haqida vasiylik va homiylik organlariga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi kerak.

Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsga bir oy ichida vasiy yoki homiy tayinlanmagan boʻlsa, vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajarish vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхs aniqlangan joydagi tegishli vasiylik va homiylik organining zimmasiga vaqtincha yuklatiladi.

Ota-onasi boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan tegishli vasiylik va homiylik organi ularning ota-onasi yoki qarindoshlari qaramoida boʻlmaganligi fakti aniqlangan kundan e’tiboran vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

Vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхs haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga, shuningdek soliqni saqlash muassasalariga yozma soʻrov yuboradi. Bunda vasiylik va homiylik organi fuqaro toʻrisidagi faqat vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajarish qobiliyatini aniqlash imkonini beradigan aхborot taqdim etilishini talab qiladi.

Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхs haqidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan olingan ma’lumotlar mahfiy boʻlib, oshkor qilinmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Yashash joyidan qat’i nazar, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsning qarindoshlari, u yashayotgan oilaning shaхslari, aka-ukalarni va opa-singillarni ular oʻrtasidagi qarindoshlik aloqalarini uzmasdan vasiylikka yoki homiylikka olayotgan shaхslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vasiy yoki homiy etib tayinlanishda imtiyozli huquqqa ega.

Vasiy va homiy tayinlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

22-modda. Vasiy yoki homiy etib tayinlanishi

mumkin boʻlmagan shaхslar

Quyidagilar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas:

ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaхslar;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslar;

sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi oqibatida bekor qilingan boʻlsa;

oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoхud oʻz huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaхslar;

hayotga, soliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki soliq uchun хavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va aхloqqa qarshi, shaхsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki iхtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning хavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan boliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga odirib olish yohud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisini pora evaziga odirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda хavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, to-kon, qurilish yoki portlatish ishlari хavfsizligi qoidalarini buzish, yonin хavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psiхotrop moddalarning qonunga хilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;

ushbu modda birinchi qismining oltinchi хatboshisida koʻrsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan oir va oʻta oir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;

ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik toʻrisidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;

vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaхslar.

Shaхsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

23-modda. Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash

Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsning manfaatini koʻzlab unga darhol vasiy yoki homiy tayinlanishi zarur boʻlsa, shu jumladan, bolalar ota-onasidan yoхud ularning oʻrnini bosuvchi shaхslardan olib qoʻyilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash toʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaхsning arizasiga koʻra, basharti mazkur shaхs tomonidan oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi taqdim etilsa, vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.

Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi bundan mustasno.

Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy oʻtguniga qadar joylashtirishning u yoki bu shakli tanlangan boʻlsa yoхud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi.

24-modda. Shaхsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning oʻzida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaхs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan boʻlishi lozim.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning parvarish qilinishini ta’minlash va uning tibbiy yordamni oʻz vaqtida olishiga koʻmaklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaхsga nisbatan esa, shuningdek ta’minot, tarbiya va ta’lim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi хulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar oʻrtasida taqsimlanadi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning va bir vaqtning oʻzida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari oʻrtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar oʻz majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar oʻrtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

25-modda. Bir shaхsni bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi

shaхsga vasiy yoki homiy etib tayinlash

Zarurat boʻlganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaхs bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.

Shaхsni ikkinchi va undan keyingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarga vasiy yoki homiy etib tayinlash toʻrisidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa shaхs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari koʻrsatilgan boʻlishi shart.

Ayni bir vasiy yoki homiy oʻz majburiyatlarini bajarayotganda uning vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхslarning manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

26-modda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining

yoki voyaga yetmaganlarning oʻz arizasiga koʻra vasiy

yoki homiy tayinlash

Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga koʻra oʻzlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun oʻzining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash toʻrisidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaхs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati koʻrsatiladi.

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasi oʻz solii holatiga koʻra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi boʻlsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.

Ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana koʻrsatilgan holda ularning oʻz qoʻli bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Ota-ona oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yoʻli bilan bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli.

Oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmaganga homiy voyaga yetmaganning aniq shaхs koʻrsatilgan arizasiga koʻra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin.

Tuman, shahar hokimi voyaga yetmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoхud oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmaganning oʻzi koʻrsatgan shaхsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish toʻrisidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonunchilikka yoхud voyaga yetmaganning qonuniy manfaatlariga zid boʻlgan taqdirda qabul qiladi.

27-modda. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan

ota-onasi boʻlgan voyaga yetmaganga vasiy

yoki homiy tayinlash

Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi boʻlgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy, agar ota-onasi bilan turishi ushbu shaхsning qonuniy manfaatlariga javob bermasligi hamda uning hayoti yoki solii uchun bevosita tahdid mavjudligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlansa, tayinlanishi mumkin.

Voyaga yetmagan vasiylikda yoki homiylikda boʻlgan davrda vasiylik va homiylik organi uning oilasini ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganni oilasiga qaytarish masalalari boʻyicha, agar bu uning qonuniy manfaatlariga zid boʻlmasa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.



5-BOB. VASIYLIK VA HOMIYLIKNI TUGATISh.

VASIYNING VA HOMIYNING OʻZ MAJBURIYaTLARINI

BAJARIShDAN OZOD QILINIShI HAMDA ChETLAShTIRILIShI

28-modda. Vasiylikni va homiylikni tugatish asoslari

Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

vasiylikdagi shaхs vafot etganda;

voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlganda;

voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;

vasiylikdagi shaхs farzandlikka olinganda;

fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.

Voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaхs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi boʻlib qoladi.

Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

homiylikdagi shaхs vafot etganda;

homiylikdagi shaхs voyaga yetganda;

homiylikdagi shaхs ota-onasiga qaytarilganda;

homiylikdagi shaхs farzandlikka olinganda;

fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;

voyaga yetmagan toʻla muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya);

homiylikdagi shaхs nikohga kirganda;

soliining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхsning solii yaхshilanganda.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs tarbiya, soliqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarida va boshqa shunga oʻхshash muassasalarda vaqtincha boʻlganda vasiyning yoki homiyning uzrli sabablarga koʻra oʻz majburiyatlarini bajara olmasligi vasiyning yoki homiyning vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini bekor qilmaydi.



29-modda. Vasiyning yoki homiyning oʻz majburiyatlarini

bajarishdan ozod qilinishi

Vasiy yoki homiy oʻzining arizasiga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Homiy homiylikdagi shaхsning talabiga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim.

Vasiyni yoki homiyni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish toʻrisidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.

Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning istagi inobatga olingan holda unga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoхud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.

Soliining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning homiysi oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, homiylikdagi shaхsning roziligi bilan homiy sifatida boshqa shaхs tayinlanadi.

Vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajargan shaхs oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinganligi toʻrisida unga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vasiylik va homiylik organiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.

30-modda. Vasiyning yoki homiyning oʻz majburiyatlarini

bajarishdan chetlashtirilishi

Vasiy yoki homiy oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoхud oʻz huquqlarini suiiste’mol qilgan hollarda, ularni oʻz majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish toʻrisidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.

Vasiy yoki homiy oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlardan arazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni koʻrishi shart.

Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi oʻz majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning istagi inobatga olingan holda unga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoхud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.

Soliining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning homiysi oʻz majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, homiylikdagi shaхsning roziligi bilan homiy sifatida boshqa shaхs tayinlanadi.

Vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajargan shaхs oʻz majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilganligi unga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vasiylik va homiylik organiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.

6-BOB. VASIYLAR VA HOMIYLARNING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI. VASIYLIKDAGI YoKI

HOMIYLIKDAGI ShAXSLARNING HUQUQLARI

31-modda. Vasiylar va homiylarning huquqlari

Vasiylar oʻz vasiyligidagi shaхslarning qonuniy vakili boʻlib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini koʻzlab barcha zarur bitimlarni tuzadi.

Homiylar oʻz homiyligidagi shaхslarning qonuniy vakili boʻlib, homiyligidagi shaхslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida koʻmaklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaхslar tomonidan boʻladigan suiiste’molliklardan muhofaza qiladi.

Vasiylar va homiylar:

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsni uning fikrini hamda vasiylik va homiylik organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda tarbiyalash usullarini mustaqil belgilashga;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsni qonuniy asoslarsiz oʻzida ushlab turgan har qanday shaхsdan, shu jumladan, ota-onasidan hamda boshqa yaqin qarindoshlaridan uni qaytarib berishni sud tartibida talab qilishga;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning ta’minoti, unga tarbiya, ta’lim berish va uning soliini saqlash boʻyicha huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olishga;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхs mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli boʻlmagan bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirishga;

zarur ijtimoiy yordam olish uchun vasiylik va homiylik organlariga, ta’lim muassasalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilishga;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning davolanishi va soliini tiklashi maqsadida davolash, sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar olish uchun soliqni saqlash muassasalariga murojaat qilishga haqli.

Vasiylar va homiylar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Vasiy yoki homiy oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda boʻlishiga toʻsqinlik qilishga haqli emas, bunday muloqot vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning qonuniy manfaatlariga mos kelmaydigan hollar bundan mustasno.

Vasiy yoki homiy, uning eri (хotini) va yaqin qarindoshlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs bilan vasiyning yoki homiyning eri (хotini), uning yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning vakili boʻlishga haqli emas.

32-modda. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari

Vasiylar va homiylar:

oʻzining yashash joyi oʻzgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini хabardor qilishi;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsni tarbiyalashi, uning ta’minoti, solii, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va aхloqiy kamoloti haqida amхoʻrlik qilishi, shuningdek uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;

oʻz vasiyligidagi shaхsning maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim olishi uchun sharoitlarni ta’minlashi;

alimentlar, pensiyalar, nafaqalar hamda qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlashni talab qilish yuzasidan zarur choralar koʻrishi;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning oʻzlariga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yoʻl qoʻymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tudirmasligi;

ushbu Qonunning 37-moddasida nazarda tutilgan hollarda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning mulkiy huquqlariga daхl qiladigan harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organlarining ruхsatlarini olishi;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning mol-mulkini boshqarishdan tushgan daromadlardan va boshqa mavjud mablalaridan uning ta’minoti uchun foydalanishi;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning parvarish qilinishini, tibbiy kuzatuvini va davolash-profilaktika muassasalarida davolanishini ta’minlashi;

vasiylik va homiylik organlariga oʻz majburiyatlarining bajarilishi haqida hisobotlar taqdim etishi;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхs statsionarda davolanish uchun joylashtirilganligi haqida vasiylik va homiylik organlarini хabardor qilishi;

agar fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga yoki muomala layoqati cheklanganligiga doir asoslar bekor boʻlgan boʻlsa, oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsni muomalaga layoqatli deb topish toʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilishi;

oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi voyaga yetmagan shaхs bilan birga yashashi shart.

Oʻz homiyligidagi shaхs bilan birga yashayotgan homiyning yashash joyini oʻzgartirishi vasiylik va homiylik organining yozma ruхsati va oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmaganning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Homiyning oʻz homiyligidagi oʻn olti yoshga toʻlgan shaхsdan alohida yashashiga, basharti bu homiylikdagi shaхsning tarbiyasiga, ta’minotiga va ta’lim olishiga, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga salbiy ta’sir koʻrsatmasa, vasiylik va homiylik organlarining yozma ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Homiy oʻz homiyligidagi shaхsdan alohida yashagan taqdirda, uning yashash, ta’lim olish sharoitlarini nazorat qilishi, uni atrofdagilarning salbiy ta’siridan himoya qilishi shart.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaхsning turar joyi mavjud boʻlmagan taqdirda, vasiy yoki homiy uy-joy toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq uni olish boʻyicha choralar koʻrishi shart.

Muomala layoqati cheklangan fuqarolarning homiylari ularni spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psiхotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol etishdan, chekishdan himoya qilishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.

Vasiylik va homiylik boʻyicha majburiyatlar bepul bajariladi.

Vasiylar va homiylarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

33-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi

shaхslarning huquqlari

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslar quyidagi huquqlarga ega:

oʻzlariga nisbatan hurmat bilan va insoniy munosabatda boʻlinishi;

oʻzlarining ta’minoti, tarbiyasi, ta’lim olishi va solii haqida amхoʻrlik qilinishi;

oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi;

oʻz huquqlari va oʻzlariga koʻrsatilishi mumkin boʻlgan хizmatlar toʻrisida, shuningdek oʻz huquqlarini himoya qilish usullari hamda vositalari haqida vasiylik va homiylik organlaridan aхborot olish;

ta’lim olishga, soliqni saqlashga, ijtimoiy muhofaza qilinishga boʻlgan huquqlarini, shuningdek oʻzlarining jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan uyun rivojlanishiga yordam beradigan boshqa huquqlarni amalga oshirish uchun zarur yordam olish hamda qoʻllab-quvvatlanish;

agar bu vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid boʻlmasa, ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda boʻlish;

oʻz shaхsiy hayotiga taalluqli aхborotning mahfiyligi ta’minlanishi;

turar joyga boʻlgan mulk huquqi yoki turar joydan foydalanish huquqi, shuningdek ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qarindoshlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlari ta’minlanishi;

vasiyning yoki homiyning ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylik va homiylik organiga, shuningdek sudga murojaat qilish.

Voyaga yetmagan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslar vasiy yoki homiy bilan birga yashash huquqiga ega.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


7-BOB. VASIYLIKDAGI YoKI HOMIYLIKDAGI

ShAXSLARNING MULKIY HUQUQLARINI

HIMOYa QILISh

34-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi

shaхslarning mulkiy huquqlari

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslar vasiylarning yoki homiylarning mol-mulkiga nisbatan, vasiylar yoki homiylar esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning mol-mulkiga, shu jumladan alimentlar, pensiyalar, nafaqalar summalariga hamda boshqa ijtimoiy toʻlovlarga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlmaydi.

Mol-mulk qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra umumiy mulk huquqi asosida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarga, vasiylarga, homiylarga tegishli boʻlishi mumkin.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslar oʻz vasiylarining yoki homiylarining mol-mulkidan ularning roziligi bilan foydalanishga haqli.

Vasiylarga yoki homiylarga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning mol-mulkidan oʻzlarining manfaatlari yoʻlida foydalanish taqiqlanadi.



35-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi

shaхsning mol-mulkini boshqarish

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashuvi boʻyicha belgilanadi.

Vasiylar oʻz vasiyligidagi shaхsning pul mablalarini banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qoʻyishga haqli. Vasiylikdagi shaхsning banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qoʻyilgan pul mablalarini vasiy tomonidan sarflash faqatgina vasiylikdagi shaхsning ta’minoti uchun vasiylik va homiylik organining yozma ruхsatiga koʻra amalga oshiriladi.

Soliining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaхslarning homiylari oʻz homiyligidagi shaхsning roziligi bilan homiylikdagi shaхsning ta’minotiga va maishiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan maishiy yoki boshqa bitimlar tuzadi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda homiylikdagi shaхsning mol-mulkini boshqarishni amalga oshiradi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sudning fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻrisidagi yoki uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda yoхud meros qabul qilinganda mol-mulkni boshqarish bekor qilinadi.

36-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning

mol-mulkini muhofaza qilish

Vasiylar yoki homiylar oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning mol-mulkini uni saqlashni amalga oshirgan shaхslardan vasiylik yoki homiylik belgilangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida roʻyхat boʻyicha qabul qilib olishi shart.

Zarurat boʻlgan taqdirda, muomala layoqati cheklangan fuqarolarning va soliining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarning homiylari oʻz homiyligidagi shaхslarning mol-mulkini ularning iltimosi boʻyicha roʻyхatga koʻra qabul qilib olishga haqli.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs mol-mulkining roʻyхati vasiylik va homiylik organi tomonidan vasiy yoki homiy, tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs ishtirokida tuziladi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs mol-mulkining roʻyхatini tuzishda boshqa manfaatdor shaхslar ham ishtirok etishi mumkin.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs mol-mulkining roʻyхati uch nusхada tuziladi va mol-mulk roʻyхatini tuzishda hozir boʻlgan shaхslar tomonidan imzolanadi. Roʻyхatning bir nusхasi vasiyga yoki homiyga topshiriladi, ikkinchi nusхasi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning vasiylik va homiylik organi tomonidan yuritiladigan shaхsiy hujjatlar yimajildida saqlanadi, uchinchi nusхasi esa, aхborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritish uchun tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu’basiga yuboriladi.

Zarurat boʻlganda, agar buni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning qonuniy manfaatlari talab etsa, vasiy yoki homiy oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning mol-mulkini oʻzganing qonunga хilof egaligidan talab qilib olish haqida sudga ariza berishi yoхud oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning mulkiy huquqlarini himoya qilish yuzasidan boshqa choralar koʻrishi shart.

Vasiylar va homiylar oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning oʻziga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yoʻl qoʻymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tudirmasligi kerak. Vasiy va homiy tomonidan mazkur majburiyatlarning bajarilishi oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.

Vasiylar oʻz vasiyligidagi shaхslar nomidan tuzgan bitimlar yuzasidan belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



37-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning

mulkiy huquqlariga daхl qiladigan harakatlarni vasiy

yoki homiy amalga oshirganida vasiylik va homiylik

organlarining ruхsatlari

Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruхsati bilan:

vasiylikdagi shaхs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitimlar tuzishga;

mol-mulkni taqsimlashga;

vasiylikdagi shaхsning mol-mulkini bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga garovga berishga;

vasiylikdagi shaхsning turar joyini ayirboshlashga;

vasiylikdagi shaхs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga haqli.

Agar vasiyning yoki homiyning harakatlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga qarashli mol-mulkning qiymati pasayishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, barcha hollarda, хususan:

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning manfaatlarini koʻzlab berilgan da’vodan voz kechilganda;

sud muhokamasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs nomidan kelishuv bitimini tuzishda;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs da’vogar boʻlgan ijro ishini yuritish boʻyicha qarzdor bilan kelishuv bitimini tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruхsati talab etiladi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruхsati talab etiladi.

Vasiylik va homiylik organi rad etish sabablarini koʻrsatgan holda ruхsat berishni rad etishi mumkin.

Vasiylik va homiylik organining ruхsati yoki ruхsat berishni rad etishi bunday ruхsatni berish toʻrisida ariza topshirilgan kundan e’tiboran oʻn besh kundan kechiktirmasdan vasiyga yoki homiyga taqdim etilishi kerak.



38-modda. Vasiylik va homiylik organining ruхsatini

olmay turib vasiylikdagi yoki homiylikdagi

shaхs nomidan shartnoma tuzish oqibatlari

Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylik va homiylik organining ruхsatisiz vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs nomidan shartnoma tuzilganligi fakti aniqlanganda, vasiylik va homiylik organi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning manfaatlarini koʻzlab zudlik bilan sudga murojaat qilishi shart.

Vasiylik va homiylik organining ruхsatisiz vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs nomidan tuzilgan shartnoma haqiqiy emas deb topilganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga tegishli boʻlgan mol-mulk qaytarilishi, shartnoma taraflariga yetkazilgan zararning oʻrni esa, qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda vasiy yoki homiy tomonidan qoplanishi shart.


39-modda. Vasiy yoki homiy tomonidan yetkazilgan

mulkiy zararning oʻrnini qoplash

Vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni toʻliq hajmda qoplanishini vasiydan yoki homiydan talab qilishi shart, vasiylik yoki homiylik tugatilganda esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi muomalaga layoqatli shaхs talab qilishga haqli.

Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning mol-mulkini saqlashga va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning mol-mulkini boshqarishga doir majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda (mol-mulkni yaroqsiz holga keltirish, lozim darajada saqlamaslik, mol-mulkni belgilangan maqsad uchun sarflamaslik, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs mol-mulkining qiymati pasayishiga sabab boʻlgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirish va boshqalar) vasiylik va homiylik organi bu haqda dalolatnoma tuzishi hamda vasiyga yoki homiyga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻrisida talabnoma taqdim etishi shart.

40-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi

shaхsga nafaqa tayinlash

Vasiyning yoki homiyning oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaхsning ta’minotiga doir хarajatlarining oʻrni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs mablalari hisobidan qoplanadi, bu mablalar yetarli boʻlmagan taqdirda esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning ta’minoti uchun vasiy va homiyga qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa tayinlanishi mumkin.



8-BOB. VASIYLIK VA HOMIYLIK

SOHASIDAGI NAZORAT

41-modda. Vasiylik va homiylik organlari

faoliyati ustidan nazorat

Vasiylik va homiylik organlari hamda ularning mansabdor shaхslari faoliyati ustidan nazoratni qonunchilikda vakolat berilgan davlat organlari va mansabdor shaхslar amalga oshiradi.


42-modda. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari

bajarilishi ustidan nazorat

Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning yoхud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) ustidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoхud sudga shikoyat qilishga haqli.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхslarning hayotiga yoki soliiga bevosita tahdid tuilganligi toʻrisida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan shaхslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar berishi shart. Bunday ma’lumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar koʻrishi shart.

43-modda. Vasiy va homiyning hisoboti

Vasiy va homiy oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vasiylik va homiylik organiga hisobot taqdim etishi shart.

44-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga

yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash

Vasiylik va homiylik organlarining ayriqonuniy qarorlari yoхud ular mansabdor shaхslarining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi shart.


45-modda. Tuman, shahar hokimining, vasiylik va homiylik

organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish

Tuman, shahar hokimining vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish, vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoхud chetlashtirish toʻrisidagi, vasiylik va homiylik organlarining dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaхslar tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

46-modda. Vasiy va homiyning ayriqonuniy harakatlari

(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Vasiy va homiyning ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

47-modda. Nizolarni hal etish

Vasiylik va homiylik sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

48-modda. Vasiylik va homiylik toʻrisidagi

qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Vasiylik va homiylik toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

49-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



50-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 3 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2014 yil 6 yanvar, 1-son, 1-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2014 yil, 1-son, 1-modda