Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 01.02.2013 y. 29-mh-son "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 01.02.2013 y. 2420-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

01.02.2013 y.

N 2420




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

01.02.2013 y.

N 29-mh


BUYRUI



Mahalliy davlat hokimiyati organlari

tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy

hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik

rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 52-son, 583-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-1602-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 329-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida BUYuRAMAN:


1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev):

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish ishlariga uslubiy rahbarlikni yanada kuchaytirsin;

ushbu buyruqning uch kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                              N. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 4 fevral, 5-son, 65-modda