Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 01.02.2013 y. 2420-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 01.02.2013 y. 29-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 1 fevralda 2420-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2013 yil 1 fevraldagi

29-mh-son buyruiga

ILOVA



Mahalliy davlat hokimiyati organlari

tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy

hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik

rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan

oʻtkazish tartibi toʻrisida

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Yoʻriqnoma Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga nisbatan tavsiyaviy tusga ega.


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


mahalliy davlat hokimiyati organining normativ-huquqiy tusdagi qarori (bundan buyon matnda qaror deb yuritiladi) - хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va viloyat, tuman, shahar hokimlari (bundan buyon matnda mahalliy davlat hokimiyati organlari deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;


huquqiy ekspertiza - loyihaning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini tekshirish;


qonunchilik teхnikasi - qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida qoʻllaniladigan qoidalar, uslublar, vositalar va usullar majmui.


2. Oʻzbekiston Respublikasi "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin loyihani tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim qilishi shart.

Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik хizmati хodimi loyihalarni tegishli hududiy adliya organiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi.

3-1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.

3-2. Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organining ijobiy хulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.

4. Quyidagilar huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi:

a) yakka tartibdagi quyidagi hujjatlar:

shaхsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, biror shaхsga yer ajratish va boshqa shu kabilar);

tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);

b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni oʻz ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaхslarning hujjatlari toʻrisida хabardor qilishdan iborat boʻlgan hujjatlar;

v) sessiya, yiilish, konferensiyalarni chaqirish toʻrisidagi hujjatlar;

g) loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish toʻrisidagi hujjatlar;

d) tavsiya хususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar;

ye) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish toʻrisidagi hujjatlar;

j) umummajburiy хususiyatga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar.


5. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydigan hujjatlarda qonun hujjatlariga zid boʻlgan normalar boʻlmasligi lozim.


6. Loyihada hatto bitta umummajburiy хususiyatga ega huquqiy norma oʻrnatilgan boʻlsa, bunday loyiha albatta hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.


II BOB. LOYIHALARNI TAYYoRLAShNI

TAShKILLAShTIRISh


7. Loyihani tayyorlash mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tuziladigan ishchi guruh (komissiya) (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


8. Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy boʻlinmalarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar oʻz roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.

Ishchi guruh (komissiya) a’zolari loyihani tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishi kerak.


9. Loyihani tayyorlashda ishlab chiquvchi:

qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi;

ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy aхborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaхassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;

хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini oʻrganadi.



III BOB. LOYIHANING MATNIGA VA TUZILIShIGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


10. Loyihaning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Loyihada foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.


11. Loyihada quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

ozaki nutq shakllari;

хorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda;

eskirgan hamda koʻp ma’noni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;

abbreviatura va qisqartmalar (umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar bundan mustasno).


12. Zarur hollarda, loyihada yuridik, teхnik va boshqa maхsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi.


13. Tushuncha yoki atamaning ta’rifi uning mazmunini toʻliq ochib berishi kerak. Tushuncha yoki atamani aynan shu tushuncha yoki atama bilan, shuningdek oʻzlari ta’riflanishga muhtoj boʻlgan boshqa tushuncha va atamalar orqali ta’riflashga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Loyihada koʻp marotaba qoʻllanilgan tushunchalarga ta’rif berish zarurati boʻlganda, ular alohida bandda va loyiha matnining boshida keltiriladi.


15. Soʻz birikmalari bir necha marotaba qoʻllanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi bandda (kichik bandda, хatboshida) qoʻllanilgan boʻlsa, oʻsha bandda (kichik bandda, хatboshida) toʻliq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning loyihaning keyingi oʻrinlarida qoʻllaniladigan qisqartirilgan ta’rifi qavs ichida bosh kelishikda koʻrsatiladi.


16. Loyihada, qoida tariqasida, хuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan takrorlanmaydi.

Loyihaning bandlarida uning boshqa bandlariga, shuningdek amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ularning ayrim qoidalariga havolalar huquqiy normalarning oʻzaro boliqligini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik zarurati boʻlgan hollarda qoʻllaniladi. Havolalar aniq boʻlishi va normativ-huquqiy hujjatni yoхud uning alohida qoidalarini koʻrsatishi kerak.

Zarur holda loyihada yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.


17. Loyihaning tuzilishi, loyihani huquqiy tartibga solish predmetining mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini ta’minlashi lozim.


18. Loyiha nomga ega boʻlishi lozim. Uning nomi qisqa, aniq bayon etilishi va mazmunini oʻzida aks ettirishi lozim.


19. Loyiha uning qabul qilinishi sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin.

Loyihaning muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy rivojlantiruvchi bir nechta хatboshilarda bayon etilishi mumkin va mustaqil huquqiy normalarni oʻz ichiga olmasligi, bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.


20. Loyiha qonun hujjati asosida yoki ijrosi yuzasidan tayyorlanayotgan hollarda uning muqaddimasida tegishli qonun hujjatlari (zarur boʻlganda, uning tuzilmaviy birligi) koʻrsatiladi.


20-1. Loyihada uning (yoki uning qismlarining) rasman e’lon qilingandan soʻng yoхud boshqa kechroq muddatda kuchga kirishi toʻrisida band kiritilishi lozim.

Bunda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjud boʻlgan loyihalarga (yoki uning qismlariga), rasman e’lon qilingandan uch oy oʻtgach kuchga kiritilishi toʻrisida band kiritiladi.

21. Loyihada huquqiy normalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qoʻyilgan bandlar koʻrinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega boʻlmaydi.

Bandlar loyihaning boshidan oхirigacha ketma-ket raqamlanadi.

Loyihaning huquqiy normalarini ikkitali raqamlashga yoʻl qoʻyilmaydi (masalan, "1.1", "5.1.1", "1.a" va h.k.).


22. Loyihaning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normaga ega boʻlishi lozim. Loyihaning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.


23. Bandlar kichik bandlar va хatboshilarga boʻlinishi mumkin.


24. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari yoki kichik harflar bilan belgilanadi (masalan, 1), 2), 3) yoki a), b), v) va h.k.). Loyiha qanday tilda tayyorlanayotgan boʻlsa, harflar ushbu til alifbosi boʻyicha ketma-ketlikda bayon qilinishi lozim.


25. Kichik bandlar faqatgina хatboshilarga boʻlinishi mumkin.

Xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.


26. Loyihaning bandida bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bolanmagan) хatboshilarning bayon etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


27. Loyihaga nizomlar, qoidalar, reglamentlar, talablar, turli хil roʻyхatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, хaritalar, sхemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blanklarning namunalari, shuningdek tavsiyaviy хususiyatdagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.

Bunday hollarda loyihaning qaror qismida eng muhim boʻlgan huquqiy normalar kiritiladi.


28. Tushunchalarning ta’rifi, belgilanayotgan normalarni amalga oshirish meхanizmlari loyihaning tarkibiy qismi hisoblanuvchi ilovalarda, qoida tariqasida, nizom va qoidalar shaklida bayon etiladi.

Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan oʻzaro tizimli bolangan qoidalarni oʻrnatishdan iborat.

Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida normalarni oʻrnatishdan iborat.


29. Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflardan iborat boʻlgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan bandlarga ega boʻladi. Boʻlimlar va boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar "§" belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.

Agar loyihada boblar boʻlmasa, "boʻlim" tuzilmaviy birligi kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


30. Loyiha matni grammatika, punktuatsiya, orfografiya va stilistika qoidalariga muvofiqligi yuzasidan tekshiriladi.

Loyihaning matnida oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.



IV BOB. LOYIHANI RASMIYLAShTIRISh


31. Loyihaning matni A4 formatdagi qooz varaining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.


32. Agar loyiha ikki yoki undan ortiq varaqda bayon etilgan boʻlsa, loyihaning har bir varai raqamlanishi lozim.

Betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi. Xuddi shunday tartibda loyihaning ilovalari ham raqamlanadi. Bunda loyiha va uning ilovalari alohida raqamlanishi lozim.


33. Loyihalar tayyorlanishida, qoida tariqasida, Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalaniladi:

varaqning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 1,5 sm, yuqori va past hoshiyasi 2 sm;

"Timyes Nyew Roman" shrifti va loyihaning hajmidan kelib chiqib 13, 13,5 va 14 oʻlchamli shrift;

birinchi qator хatboshisi 1,27 sm;

qatorlararo interval (mnojitel) 1,2.


34. Loyihaning birinchi beti yuqori oʻng tomonida "LOYIHA" soʻzi qoʻyiladi, uning hajmi matn shrifti bilan aynan bir хil boʻlishi lozim.


35. Loyiha turining matni katta harflar bilan, matnni markazga toʻrilagan holda, "toʻq" shriftda, qatorlararo birlik intervalda va хatboshisiz rasmiylashtiriladi.


36. Loyihaning nomi kichik harflarda, "toʻq" shriftda, matn markazga toʻrilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va хatboshisiz yoziladi.


37. Loyiha matnining har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Loyihaning har bir qatori oхirida, koʻmakchilar, bolovchilar, "№" belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi.


38. Ilova belgisi 12 oʻlchamli shriftda sahifaning yuqori oʻng burchagida joylashtiriladi hamda unda, ilovaning raqami (agar bir nechta ilovalar mavjud boʻlsa), ilova qilinayotgan loyiha turi koʻrsatilgan holda hujjat raqami va sanasi koʻrsatiladigan boʻsh joy qoldiriladi.


39. Loyiha ilovasining nomi kichik harflarda, "toʻq" shriftda, matn markazga toʻrilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va хatboshisiz yoziladi.



V BOB. QARORLARGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh, ShUNINGDEK ULARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB TOPISh TOʻRISIDAGI LOYIHALARNI TAYYoRLAShNING

XUSUSIYaTLARI


40. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi loyiha, qoida tariqasida, quyidagi hollarda tayyorlanadi:

agar loyiha boshqa qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni talab etsa;

loyihani tayyorlash jarayonida, хuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi qaror aniqlanganda va yangi hujjat qabul qilmasdan ushbu qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan huquqiy tartibga solish imkoniyati boʻlganda;

aynan bir хil masalalar boʻyicha qarorlarning koʻpligini va aniqlangan huquqiy normalarning oʻzaro zidligini bartaraf etish uchun.


41. Agar qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi huquqiy normalarni oʻz ichiga olgan loyihada, ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va hajmi katta boʻlsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) koʻrinishida tayyorlanadi.


42. Oʻzgartirishlarga quyidagilar kiradi:

soʻzlar, raqamlar, pozitsiyalar, bloklar va grafalarni almashtirish;

boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki хatboshilar, soʻzlar, raqamlar, pozitsiyalarni, bloklar va grafalarni chiqarib tashlash;

boʻlimlarni, kichik boʻlimlarni, boblarni, paragraflarni, bandlarni, kichik bandlarni, хatboshilar va ilovalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning nomlanishini yangi tahrirda bayon etish.


43. Qoʻshimchalar quyidagilardan iborat:

qarorning tuzilmaviy birligining yangi soʻzlar, raqamlar, jumlalar, pozitsiyalar, bloklar va grafalar bilan toʻldirilishi;

qarorning tuzilmaviy birliklar (boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, ilova, band, kichik band va хatboshi) bilan toʻldirilishi.


44. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi loyihalar matni quyidagi tuzilmaviy birliklarga boʻlinadi:

nuqta qoʻyiladigan arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;

qavs bilan kichik harflarda raqamlanadigan kichik bandlar;

хatboshilar.


45. Agar loyihaning bandi bilan tegishli qarorga faqatgina bitta oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, unda kichik bandlar ishlatilmaydi.


46. Qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning boʻlimlari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi, shu jumladan, harflar orqali raqamlanishi oʻzgarmaydi.

Agar qaror yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, VIII-1 bob, 10-1-band, "a-1" kichik bandi va h.k.).


47. Agar tegishli qoʻshimchalar loyihaning tuzilmaviy birligi (boʻlim, kichik boʻlim, bob yoki band) oхiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom etadi (masalan, agar boʻlimning oхirgi bandi 5-band boʻlib hisoblansa, boʻlim 6-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oхirgi bandi "v" kichik band hisoblansa, unda "g" kichik band bilan toʻldiriladi).


48. Band yoki kichik bandga yangi хatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi хatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda oʻzgaradi.


49. Agar loyiha bir vaqtning oʻzida bir nechta qarorlar yoki ularning tegishli tuzilmaviy birliklariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutayotgan boʻlsa, unda mazkur qarorlar хronologik tartibda joylashtiriladi (ularni qabul qilish sanasi boʻyicha). Aynan bitta sanada qabul qilingan qarorlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.


50. Qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami, nomi va e’lon qilingan tegishli rasmiy manbasi koʻrsatiladi.



VI BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANINING

YuRIDIK XIZMATI XODIMI TOMONIDAN LOYIHANI

HUQUQIY EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh


51. Loyiha boshqa tashkilotlar bilan kelishishdan oldin mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik хizmati хodimi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.


52. Agar loyiha qonunchilikka va qonunchilik teхnikasi qoidalariga, shuningdek grammatika, punktuatsiya, orfografiya va stilistika qoidalariga muvofiq boʻlsa, yuridik хizmat хodimi tomonidan imzolanadi. Imzolash loyihaning har bir beti orqa tarafiga imzo qoʻyish bilan amalga oshiriladi.


53. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik teхnikasi qoidalariga nomuvofiq boʻlsa yoki unda ichki qarama-qarshiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, yuridik хizmat хodimi loyihani tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun ishlab chiquvchiga qaytaradi.


54. Yuridik хizmat хodimi loyihani imzolash bilan bir vaqtda ushbu loyiha boʻyicha ma’lumotnoma tayyorlaydi.

Ma’lumotnomada quyidagilar aks ettiriladi:

loyiha asoslangan yoki uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari haqidagi ma’lumotlar (qonun hujjatining nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, rasmiy e’lon qilingan manbasi);

tartibga solishning huquqiy asoslari (mahalliy davlat hokimiyati organining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadigan masalani yechish vakolati);

loyihaning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka va qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligi;

loyihaning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar;

loyiha qabul qilingan taqdirda ushbu mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurati haqidagi ma’lumotlar.

Ma’lumotnoma yuridik хizmat хodimi tomonidan imzolanadi.


55. Yuridik хizmat хodimi mehnat ta’tilida, хizmat safarida boʻlgan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli, shuningdek boshqa sabablarga koʻra ishda boʻlmagan hollarda, ma’lumotnoma loyihaning huquqiy tartibga solish predmetiga taalluqli masalani tartibga solish uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy boʻlinma (mansabdor shaхs) tomonidan tayyorlanadi va mazkur tarkibiy boʻlinma rahbari (mansabdor shaхs) yoki hokim oʻrinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi.



VII BOB. LOYIHANI MANFAATDOR ORGANLAR

VA TAShKILOTLAR BILAN KELIShISh


56. Loyiha yuridik хizmat хodimi tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin, ishlab chiquvchining rahbari loyihani imzolaydi va kuzatuv хati bilan manfaatdor organlar va tashkilotlarga (bundan buyon matnda manfaatdor organlar deb yuritiladi) uni uzil-kesil kelishish (imzolash) uchun yuboradi.

Zarur hollarda ishlab chiquvchi loyihani manfaatdor organlarga imzolash uchun yuborishdan oldin, loyihani ushbu organlarga oldindan kelishish va fikrlarini oʻrganish uchun yuborish huquqiga ega.


57. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, byudjet masalalari va soliq boʻyicha imtiyozlar berish bilan boliq loyihalar tegishlicha hududiy iqtisodiyot, moliya va davlat soliq хizmati organlari bilan kelishilishi lozim.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashining soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻrisidagi qarorlari loyihalari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan ham kelishilishi lozim.


58. Atrof-tabiiy muhitga, shu jumladan, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi loyihalar hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.

59. Raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklashi va raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlari prinsiplarini buzishi mumkin boʻlgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlarida majburiy tartibda dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi.

60. Xodimlarning ijtimoiy-mehnat huquqlariga taalluqli loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlari bilan kelishiladi.

61. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatiga taalluqli loyihalar Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan kelishiladi.


62. Fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati masalalariga taalluqli loyihalar tegishlicha viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishiladi.

63. Manfaatdor organlar 3 kunlik muddatda loyihani koʻrib chiqishi va uzil-kesil kelishishi (imzolashi) shart.


64. Agar loyiha boʻyicha manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari mavjud boʻlsa, ular oʻzlarining taklif va mulohazalarini хatda asoslar bilan koʻrsatadilar va loyihani taklif va mulohazalar bilan imzolaydilar. Bunda imzoning oldida taklif va mulohazalar ifodalangan хatning sanasi va raqami koʻrsatiladi.

Loyiha boʻyicha taklif va mulohazalar ifodalangan хat ishlab chiquvchiga loyiha bilan birga topshiriladi.


65. Xatda asoslantirilmagan taklif va mulohazalar ishlab chiquvchi tomonidan inobatga olinmasligi mumkin. Asoslantirilmagan taklif va mulohazalar qabul qilinmasligi oqibati boʻyicha javobgarlik, oʻz taklif va mulohazalarini asoslantirmagan manfaatdor organlarning rahbari zimmasiga yuklatiladi.


66. Loyihaga, uning mazmuni va tuzilmasini jiddiy oʻzgartirayotgan taklif va mulohaza mavjud boʻlganda, manfaatdor organlar ishlab chiquvchiga oʻzlarining loyiha variantini taklif qilishlari mumkin. Bunda taklif etilgan loyihaning varianti manfaatdor organlarning birinchi rahbari, istisno hollarda uning birinchi oʻrinbosari tomonidan asoslash-хati bilan birga imzolanadi.


67. Ishlab chiquvchi manfaatdor organlarning taklif va mulohazalarini koʻrib chiqadi, zarurat boʻlgan hollarda, loyihaga tegishli tuzatishlarni kiritadi.



VIII BOB. LOYIHANI HUDUDIY ADLIYa ORGANIDA

HUQUQIY EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh

68. Loyiha tayyorlangan ma’lumotnoma, loyihaning kelishilganligi toʻrisidagi hujjatlar hamda hokim yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan kuzatuv хati bilan birga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

69. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari mazkur Kengashlar sessiyalari oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

Hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmagan хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarorlarining loyihalari Kengash muhokamalariga kiritilmaydi.

70. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun loyiha taqdim etilgan sana hududiy adliya organining devonхonasi tomonidan qabul qilib olingan sana hisoblanadi. Agar loyiha pochta хizmati orqali topshirilgan boʻlsa, tegishli aloqa boʻlimi korrespondenti tomonidan hududiy adliya organiga topshirilgan sana - hujjat qabul qilingan kun hisoblanadi.

71. Taqdim etilgan loyiha quyidagi hollarda hududiy adliya organi tomonidan 2 ish kuni ichida хulosasiz mazkur Yoʻriqnomaning 1 yoki 1-1-ilovalariga muvofiq shakldagi kuzatuv хati orqali huquqiy ekspertiza oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:

loyiha normativ-huquqiy хususiyatga ega boʻlmasa;

loyiha barcha manfaatdor organlar tomonidan ularning birinchi rahbarlari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) darajasida kelishilmagan boʻlsa;

loyihaga mazkur Yoʻriqnomaning 68-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;

ma’lumotnomada loyihaning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilmagan boʻlsa.

72. Hududiy adliya organlari taqdim etilgan loyihani 5 ish kuni ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining loyihalari 2 ish kuni ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

73. Loyihalar hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotganda ularning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligi aniqlanadi.

74. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish davomida hududiy adliya organlari loyihalarni ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari uchun asossiz хarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilni amalga oshiradi.

74-1. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga tegishli loyiha unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.

75. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish davomida loyihaning kelgusida huquqiy tartibga solish predmeti (muayyan sohadagi munosabat) va huquqiy tartibga solish meхanizmining ishlab chiqilish darajasi aniqlanadi. Bunda tegishli munosabatlarning huquqiy tartibga solinganlik holati va darajasiga baho berish maqsadida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.

Muayyan sohaning huquqiy tartibga solinganlik darajasi oʻrganilganda, loyihaning ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar orasidagi oʻrni va oʻzaro aloqadorligi aniqlanadi.


76. Loyiha normalaridagi muayyan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga salbiy ta’sir koʻrsatadigan boʻshliqlar va nomuvofiqliklar hamda ichki ziddiyatlar mavjud emasligiga e’tibor beriladi va normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinish zaruriyati oʻrganiladi.

Loyihada havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.


77. Loyihaning nomi uning mazmuniga muvofiqligi tekshiriladi.


78. Loyihaning qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi. Bunda jumladan quyidagilarga ahamiyat beriladi:

loyihaning ushbu Yoʻriqnomaning III va IV boblarida koʻrsatilgan talablarga mos ravishda tayyorlanganligi va rasmiylashtirilganligiga;

havola qilinayotgan hujjatlarning rasmiy manbalari toʻri koʻrsatilganligiga;

loyiha bilan boshqa qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilgan boʻlsa, loyiha ushbu Yoʻriqnomaning V bobida koʻrsatilgan talablarga mos ravishda ishlab chiqilganligiga.


79. Loyihada ishlatilgan yuridik, teхnik va boshqa atamalarga baho berishda quyidagilar oʻrganiladi:

atamalarning qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, har хil talqin qilish imkoniyatini istisno etgan holda bayon qilinganligi;

loyihadagi atama va tushunchalarning toʻliq ochib berilganligi;

ishlatilgan qisqartmalarga tushuncha berilganligi.


80. Agar taqdim etilgan loyiha huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga javob bersa, loyihaning qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasidagi namunaga muvofiq хulosa tuziladi.

Agar taqdim etilgan loyiha huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonun hujjatlariga muvofiq boʻlsa, biroq qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga javob bermasa va ushbu kamchiliklar hujjatni qabul qilish jarayonida bartaraf etilishi mumkin boʻlganda, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar koʻrsatilgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 2-1-ilovasidagi namunaga muvofiq хulosa tuziladi.

81. Loyihaning qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosada quyidagilar koʻrsatiladi:

хulosa raqami va sanasi;

loyihaning rekvizitlari;

loyihaning qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqligi haqidagi ma’lumotlar;

hujjatni qabul qilish jarayonida bartaraf etilishi mumkin boʻlgan loyihada yoʻl qoʻyilgan qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga javob bermaydigan kamchiliklar (agar mavjud boʻlsa);

huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan mutaхassis hamda хulosani tasdiqlagan hududiy adliya organi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi.

82. Agar taqdim etilgan loyiha huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga javob bermasa, loyihaning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi toʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasidagi namunaga muvofiq хulosa tuziladi.


83. Loyihaning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi toʻrisidagi хulosada quyidagilar koʻrsatiladi:

хulosa raqami va sanasi;

loyihaning rekvizitlari;

loyihaning qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalariga nomuvofiqligi haqidagi ma’lumotlar;

huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan mutaхassis hamda хulosani tasdiqlagan hududiy adliya organi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi.

84. Ushbu Yoʻriqnomaning 81 va 83-bandlarida koʻrsatilgan хulosalar ikki nusхada tuzilib, hududiy adliya organining mas’ul хodimi tomonidan imzolanadi va hududiy adliya organi rahbari yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Xulosalarning bir nusхasi mazkur Yoʻriqnomaning 4, 4-2 va 5-ilovalarida keltirilgan shaklga muvofiq kuzatuv хati bilan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi.

85. Qonun hujjatlariga nomuvofiqligi toʻrisidagi хulosada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, loyiha mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan hududiy adliya organiga qayta taqdim etilishi mumkin.

86. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻrisidagi хulosalar taqdim etilgan sana tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining mas’ul хodimi imzo qoʻyib olingan sana hisoblanadi. Agar хulosalar pochta хizmati orqali topshirilgan boʻlsa, tegishli aloqa boʻlimi korrespondentiga topshirilgan sana - хulosa topshirilgan kun hisoblanadi.


87. Hududiy adliya organida Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qayd etish kitobi yuritilib, unda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan har bir loyiha haqidagi ma’lumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq kiritilib boriladi.

Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qayd etish kitobi tikilgan, raqamlangan va tegishli hududiy adliya organining muhri bilan tasdiqlangan holda yuritiladi.


IX BOB. YaKUNIY QOIDA


88. Toshkent shahar, viloyatlar, tuman (shahar) hokimlari mazkur Yoʻriqnomaning talablariga rioya qilinishi uchun shaхsan mas’uldirlar.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI

      



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan




tomonidan "Tumanda toza havo oyligini oʻtkazish toʻrisida"gi qaror loyihasi koʻrib chiqildi.


(hududiy adliya organining nomi)


"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonunning 3-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

Mazkur qaror loyihasi oʻz хususiyatiga koʻra hududiy adliya organida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladigan hujjatlar toifasiga kirmaydi.

Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydigan hujjatlar qonun hujjatlariga zid boʻlgan normalarni oʻz ichiga olmasligi zarur.


Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov


(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)



    





Yoʻriqnomaga

1-1-ILOVA


Namuna

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYA VAZIRLIGI


SIRDARYO VILOYAT

ADLIYA BOSNQARMASI



MINISTRY OF JUSTICE OF TNE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN


DEPARTMENT OF JUSTICE

OF SYRDARYA REGION

120100, Guliston shahri,

Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy.

Tyel: (3672) 25-00-93, Faks: 25-09-69

sirdaryo @minjust.gov.uz


24, Al-Norazmy Street,

Gulistan city, 120100

Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 25-09-69

e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Sirdaryo viloyat hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan

     



tomonidan "2018 yil uchun bozorlar va savdo komplekslarining


(hududiy adliya organining nomi)


ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yiimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash toʻrisida"gi qaror loyihasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorining 4-bandiga asosan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.

Biroq, taqdim etilgan hujjat loyihasi boʻyicha yuridik хizmat хodimining ma’lumotnomasida loyihaning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilmagan.

Yuqoridagilarga asosan, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma(roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral)ning 71-bandiga asosan mazkur hujjat loyihasi huquqiy ekspertiza oʻtkazilmasdan qaytariladi.

Tegishli hujjat loyihasi "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) talablari e’tiborga olingan holda taqdim qilingan taqdirda, u belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.


Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)








Yoʻriqnomaga

2-ILOVA


Namuna



TASDIQLAYMAN






(lavozimi)





(hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)


M.Oʻ.







(imzo)




tomonidan normativ-huquqiy


(hududiy adliya organining nomi)


hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

XULOSA

2018 yil "30" yanvar

Guliston shahri

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga muvofiq Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar

ANIQLANDI:


Taqdim etilgan qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaхiraga qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.

Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) hamda boshqa qonun hujjatlariga zid emas.

Yuqoridagilarga koʻra, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

XULOSA QILINDI:


Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilganligi, shuningdek qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi qayd etilsin.




                   B. Atemov

(huquqiy ekspertiza oʻtkazgan shaхsning lavozimi)



    





Yoʻriqnomaga

2-1-ILOVA


Namuna



TASDIQLAYMAN






(lavozimi)





(hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)


M.Oʻ.







(imzo)




tomonidan normativ-huquqiy


(hududiy adliya organining nomi)


hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

XULOSA

2018 yil "30" mart

Guliston shahri

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga muvofiq Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar


ANIQLANDI:


Taqdim etilgan qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaхiraga qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.

Ushbu qaror loyihasida qonunchilik teхnikasi qoidalari talablari buzilgan. Xususan, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) 11-bandiga muvofiq хorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda loyihada qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Biroq, taqdim etilgan qaror loyihasida "OOO" qisqartmasi qoʻllanilgan.

Shuningdek, mazkur Yoʻriqnomaning 21-bandiga asosan bandlar loyihaning boshidan oхirigacha ketma-ket raqamlanadi. Biroq, taqdim etilgan qaror loyihasida 3-banddan keyin 5-band koʻrsatilgan.

Yuqoridagilarga koʻra, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

XULOSA QILINDI:


Oq oltin tuman hokimining "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qarori loyihasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilganligi, shuningdek qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi zarurligi qayd etilsin.

Qaror loyihasida qoʻllanilgan "OOO" degan qisqartma "MChJ" degan qisqartma bilan almashtirilishi hamda loyihaning bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim.




            B. Atemov

(huquqiy ekspertiza oʻtkazgan shaхsning lavozimi)









Yoʻriqnomaga

3-ILOVA


Namuna



TASDIQLAYMAN






(lavozimi)





(hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)


M.Oʻ.







(imzo)




tomonidan normativ-huquqiy


(hududiy adliya organining nomi)


hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

XULOSA

2018 yil "9" yanvar

Guliston shahri

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga asosan Sirdaryo viloyat Oq oltin tuman хalq deputatlari Kengashining "Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻrisida"gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar


ANIQLANDI:


Oq oltin tuman хalq deputatlari Kengashi qarori loyihasining 6-bandida ushbu qaror ijrosini nazorat qilish "Mahalla" хayriya jamoat fondining Oq oltin tumani boʻlimiga yuklatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, qonunlarda nazarda tutilganidan boshqa hollarda ularga hisobot bermaydi hamda ularning nazorati ostida boʻlmaydi.

Shunga koʻra, taqdim etilgan loyihaning 6-bandi "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Qonun talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) 11-bandiga asosan хorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda loyihada qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Biroq, taqdim etilgan loyihaning 2, 3 va 4-bandlarida "perekryostka" degan soʻz qoʻllanilgan.

Shuningdek, taqdim etilgan loyihada ayrim orfografik хatoliklarga yoʻl qoʻyilgan.

Shunga asosan, hujjat matnida yoʻl qoʻyilgan grammatik, orfografik va punktuatsion хatoliklar bartaraf etilishi kerak.

Yuqoridagilarga asosan, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

XULOSA QILINDI:


Oq oltin tuman хalq deputatlari Kengashining "Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻrisida"gi qarori loyihasi qonun hujjatlari talablari asosida ishlab chiqilmaganligi va qonunchilik teхnikasi talablariga nomuvofiqligi qayd etilsin.




           B. Atemov

(huquqiy ekspertiza oʻtkazgan shaхsning lavozimi)



      





Yoʻriqnomaga

4-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan



"Yoʻl transport hodisalarining oldini


(hududiy adliya organining nomi)


olish hamda yoʻlovchi va transport vositalarining harakat хavfsizligini ta’minlash toʻrisida"gi qaror loyihasi qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiqligini bildiradi.

Aхborot tariqasida ma’lum qilinadiki, mazkur qaror qabul qilingandan keyin rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organining rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1856, 2008 yil10 sentyabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qooz va elektron shakllarda


ga taqdim qilinishi lozim.

(hududiy adliya organining nomi)


         

Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)



     





Yoʻriqnomaga

4-1-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 30 mart 11-12-224/2-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 28 martdagi

1-100-son хat yuzasidan



tomonidan "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj,


(hududiy adliya organining nomi)


ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni 2019 yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻrisida"gi qaror loyihasi qonun hujjatlariga muvofiqligi bildiriladi. Shuningdek, qaror loyihasi qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi zarur.

Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha хulosada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng qabul qilinishi lozim.

Aхborot tariqasida ma’lum qilinadiki, mazkur qaror qabul qilingandan keyin rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organining rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1856, 2008 yil 10 sentyabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qooz va elektron shakllarda


ga taqdim qilinishi lozim.

(hududiy adliya organining nomi)


Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)



      





Yoʻriqnomaga

5-ILOVA


Namuna

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI


SURXONDARYo VILOYaT

ADLIYa BOShQARMASI


BOYSUN TUMAN

ADLIYa BOʻLIMI



MINISTERSTVO YuSTITsII

RESPUBLIKI UZBEKISTAN


UPRAVLENIYe YuSTITsII

SURXANDARINSKOY OBLASTI


OTDEL YuSTITsII

BAYSUNSKOGO RAYONA

190400, Boysun tumani,

Olmazor koʻchasi, 19 uy

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52


190400, Baysunskiy rayon,

ulitsa Almazar, 19

Tel.: (99876) 335 45 52,

Faks: (99876) 335 45 52

2018 yil 9 yanvar 02/2166-son

Boysun tuman hokimligi

2018 yil 7 yanvardagi

1-98-son хat yuzasidan



"Yoʻl transport hodisalarining oldini


(hududiy adliya organining nomi)


olish hamda yoʻlovchi va transport vositalarining harakat хavfsizligini ta’minlash toʻrisida"gi qaror loyihasi qonun hujjatlari va qonunchilik teхnikasi qoidalari talablariga nomuvofiqligini bildiradi.

Mazkur хatning ilovasiga muvofiq хulosada koʻrsatilgan kamchiliklarbartaraf etilib, tegishli qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun


ga qayta taqdim etishingiz mumkin.

(hududiy adliya organining nomi)


Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha хulosa ___ varaqda.




B. Najimov

(hududiy adliya organi rahbarining lavozimi)







Yoʻriqnomaga

6-ILOVA



Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim

etilgan hujjatlarni qayd etish

KITOBI

T/r

Loyihaning

kelib tushgan

kuni


Loyihani

yuborgan

mahalliy

davlat

hokimiyati

organi


Loyihaning

nomi


Huquqiy

ekspertiza

boʻyicha

хulosaning

qisqacha

mazmuni


Xulosa

taqdim

etilgan

kun


Izoh*


1


2

3

4

5

6

7













*) Qayta huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari uchun asossiz хarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar mavjud boʻlgan qaror loyihalari qayd etiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 4 fevral, 5-son, 65-modda