Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 24.12.2012 y. OʻRQ-342-son "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 01.11.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 05.12.2012 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

24.12.2012 y.

N OʻRQ-342



"NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 1 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 5 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi 160-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 8-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2012 yil 25 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 52-son, 583-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2012 yil, 12-son, 333-modda